Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Bozor munosabatlariga qaratilgan islohatlar



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

11.2. Bozor munosabatlariga qaratilgan islohatlar 
XXR keyingi 20 yil ichidagi iqtisodiy o`sishlari – bu sohadagi islohatlar 
natijasidir. Islohatlarning asosiy yo`nalishi va mazmuni bozor munosabatlariga o`tish, 
uning mexanizmi va vositalaridan foydalanishdir. Islohat tizimli o`zgarish bo`lib, 
uning eng tavsifli tomoni asta-sekinlik, qadam-baqadamlikdir. Bunda hech “xushdan 
ketadigan terapiya” usuliga yo`l qo`yilmaslikka harakat qilinadi. O`zgarishlardagi 
barcha tomonlarga, aytaylik, iqtisodiyotning institusional tuzilmalarini o`zgartirish, 
baho mexanizmi, tashqi iqtisodiy tartiblashtirish kabilar evolyutsiya yo`li bilan 
muxlatni cho`zish, oraliq xosil qilib borish orqali bajariladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiga xos xo`jalik tashkiliy shakllari namuna sifatida 
qo`llanilib, birdaniga emas, balki sekinlik bilan tadbiq etiladi va avvalo sinovdan 
o`tkaziladi, tajriba qilib ko`riladi. So`ngra xo`jaliklarda tadbiq qilib ko`riladi. Avvalo 
aloxida xududda, tarmoqda sinovdan o`tadi. Shu bilan birga turli o`tish shakllari 
qo`llaniladi. Basharti muvaffaqiyatli bo`lmasa orqaga qaytiladi. Agar qaysi bir 
xo`jalik yangilik mokroiqtisodiyotga ta’sir etsa yoki ijtimoiy vaziyatni buzsa, albatta 
eski usulga o`tiladi. 
Bunday sekinlik va ehtiyotkorlik bozor usullarini qo`llash doimo yumshoqlik 
bilan olib boriladi degan tushunchani bermaydi. Aksincha vaqti kelganda Xitoy 
rahbariyati islohatni amalga oshirishda qattiq qo`llik qilib, vaziyatni kuchaytirib ham 


274
turadi. 
Ayniqsa 
Xitoyda 
“tartiblashtirish” 
amaliyoti 
inflyatsiyaga 
qarshi 
stabillashtirish siyosati bu sohada misol bo`lishi mumkin. Bu vaqtda byudjet va pul 
siyosati qattiq qo`llanilib, iste’mol va investitsiya talablarini chegaralab, tashqi 
iqtisodiy sohada cheklanish siyosatlarini qo`llashga olib keladi. Siyosat sohasida hech 
qanday cheklanishlarga yo`l qo`yilmaydi. Aksincha kuchli davlat tizimi uchun 
harakat qilinib, bu iqtisodiy islohatlarning kafilligi deb bilinadi. Ana’aviy sobiq 
sosiolistik mamlakatlarga xos siyosiy va g`oyaviy nazorat hozirgi XXR rahbariyatiga 
qo`l kelib, iqtisodiy islohatlarda ko`pchilikka ma’qul kelmaydigan nazorat usullari 
ishlatiladi, qaysiki demokratik siyosiy tizim sharoitida ommaviy norozilikka olib 
kelishi mumkin. 
Bunda o`tkazilayotgan tadbirlarni g`oyaviy tayyorgarlik asosida olib borilishi 
ahamiyatlidir. G`oyaviy tayyorgarlik yangiliklarni ruhiy yangilik bilan o`tishini 
ta’minlaydi. Shunday qilib, bozor qadriyatlari davlat g`oyasiga singdirilib, aholining 
asosiy qismi uchun ma’qul va odatiy tusga kirib bormoqda.
Islohatlarni g`oyaviy ta’minlash 
takomillashib boradi. Aytaylik, asta-
sekinlik sotsialistik mazmun emas
balki vatanparvarlik oldinga suriladi. 
Aholiga Xitoy iqtisodiyoti kuchliligi 
g`ururi, xalqaro iqtisodiyotdagi o`rni 
kabilar singdirilib boradi. Iqtisodiy 
rivojlanish 
davrida 
milliy 
birlik, 
ijtimoiy-siyosiy muntazamlik g`ururi 
singdiriladi.
Xitoy 
xalqining 
ko`pchilik 
asosiy qismi qishloqlarda joylashgani va qishloq xo`jaligi iqtisodiyotida asosiy o`rin 
egallashi albatta iqtisodiy islohatga ta’sir etib, uni oldinga suradi. Qishloqlardagi 
islohat asosan qishloq xo`jaligi jamoalashtirilishini o`zgartirishdan boshlanadi. 
Qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarining o`zgarishi shunchalik tez amalga 
oshadiki, bu ijobiyligini bildiradi. Bunda oilaviy ijarasi asos qilinib, yer uchaskalari 
Х
it
о

m
а
ml
а
k
а
timizning 
ish
о
nchli 
h
а
mk
о
rl
а
rid
а
ndir. 
Ма
ml
а
k
а
tl
а
rimiz o`rt
а
sid
а
gi 
o`z
а
r
о
t
о
v
а

а
yirb
о
shl
а
sh h
а
jmi 2006 yild
а
q
а
riyb 
698 milli
о

А
QSh d
о
ll
а
rini, 2007 yilning yanv
а
r-
m
а

о
yl
а
rid
а
es
а
2006 yilning shu d
а
vrid
а
gig
а
nisb
а
t
а
n 92 f
о
iz 
о
shib, 300,76 milli
о

А
QSh 
d
о
ll
а
rini t
а
shkil etg
а
n. 
O`zb
е
kist
о
nd
а

Х
it
о
yg
а
en
е
rgiya r
е
sursl
а
ri, 
n
е
ft v
а
n
е
ft kimyosi m
а
hsul
о
tl
а
ri, p
ах
t
а
t
о
l
а
si, 
ip
а
k, o`g`it, m
е
v
а
-s
а
bz
а
v
о
t k
а
bi m
а
hsul
о
tl
а

eksp
о
rt qilin
а
di. 
Х
it
о
yd
а
n es
а
m
а
ml
а
k
а
timizg
а
m
еха
nik v
а
el
е
ktr
о
n uskun
а
l
а
r, 
о
ptik 
а
pp
а
r
а
tl
а
r, 
d
о
ri-d
а
rm
о
n, 
to`qim
а
chilik, 
о
ziq-
о
vq
а

m
а
hsul
о
tl
а
ri, pl
а
stm
а
ss
а
v
а
pl
а
stm
а
ss
а
buyuml
а
r, 
r
а
ngli v
а
q
о
r
а
m
е
t
а
ll
а
r, yog`
о
ch v
а
yog`
о
chd
а

t
а
yyorl
а
ng
а
n m
а
hsul
о
tl
а
r imp
о
rt qilin
а
di


275
dehqon xovlilariga taqsimlanadi. Dehqonlar belgilangan miqdordagi xosilni qattiq 
baho asosida davlatga sotishi va qolganini o`z ihtiyorlari bo`yicha ishlatishi mumkin 
bo`ladi. Avvalo yer ijara muxlati 3-5 yil bo`lsa, so`ngra 15 yilga cho`ziladi. Agar 
1980 – yilda oilaviy pudrat tizimi dehqon xo`jaliklarining 20 foizini tashkil etgan 
bo`lsa, 1983 – yili 94,2 va 1984 – yili esa 96,5 foizga yetadi.
Islohatning birinchi 6 yili ichidayoq yig`ilgan xosil 304,8 dan 407,3 mln. 
tonnaga yetdi. 80 – yillar o`rtasiga kelib, qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorida 
mutanosiblik yuzaga kelib, oziq-ovqat yetishmovchiligi o`z dolzarbligini yo`qotadi. 
Agar 80 – yillar boshida Xitoy xalqining 1/4 qismi ochlikka duch kelib, qashshoqlik 
chegarasidan yashagan bo`lsa, 80 – yillarning 2-yarmida aholining oziq-ovqat va 
kiyim-kechak bilan minimal ta’minlash qishloqda 95 foiz va shaharda to`la amalga 
oshirilgan edi.
Agrar islohatlarning muvaffaqiyatli borishi industrlashtirishning yangi 
mexanizmini 
harakatga 
keltiradi. 
Bu 
bevosita 
qishloq 
joylarda 
viloyat 
korxonalarining tashkil etilishi edi. Katta bo`lmagan sanoat korxonalari va xizmat 
ko`rsatish korxonalari islohatdan oldin ham bor edi hamda bular davlat tomonidan 
o`tkaziladigan ba’zi joylarda o`zini ta’minlash siyosatining tarkibiy qismiga kirar edi. 
Lekin islohat yillari bu korxonalarning vazifalari tubdan o`zgaradi. Avvalo bu 
ishsizlarga taalluqli bo`lib, Xitoy qishloq joylaridagi ortiqcha ish kuchi muammosi 
bilan bog`liq edi. Islohat vaqtida esa bu muammo ancha zo`raydi. Chunki tovar-pul 
munosabatlarining intensiv o`sishi va jadallik bilan tabaqalashishning kuchayishi 
qishloq joylardagi ishsizlikni avjiga chiqarib yubordi. 80 – yillar o`rtasiga kelib 
bularning soni 250 mln.ga yetdi.
Viloyat va qishloq korxonalari soni 1984 – yildagi 6 mln.dan 1990 – yilga 
kelib 24 mln.gacha ko`paydi. Bandlikni olsak, 52 mln. kishidan 130 mln.ga yetdi. 15 
yil ichida bu korxonalar qishloqdagi mehnat resurslarining yarmini o`ziga jalb etdi. 
Hozir kunda Xitoy YAIMning 1/3 qismi shu korxonalarga to`g`ri keladi, milliy 
sanoatda esa bularning hissasi 50 foitzga yetadi. Shu bilan birga bu vaqt ichida 
yangidan 50 mingga yaqin kichik shaharlar paydo bo`ldi. Bu korxonalarda keng 
xajmdagi iste’mol va investitsiya ahamiyatidagi tovarlar ishlab chiqarila boshlandi. 


276
Aytaylik, trikotajning 1/2 qismi, charm-poyabzalning 4/3 qismi, g`isht va 
cherepi
ц
aning 95 foizi kabilardan iborat. 
Agar 1950-1972 yillarda yillik milliy daromadning o`sishi 6 foiz bo`lib, 
qishloq iqtisodi hissasi 37,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1978-1988 yillarda 63,6 
foizga yetgan va milliy daromad o`sishi 9,2 foiz bo`lgan. 1992-1994 yillarga kelib, 
YAIM o`sishining asosiy qismi qishloqdagi qo`shilgan qiymat hisobiga bo`lib, uning 
hissasi 1994 – yilda 75 foizga teng bo`lgan.
Iqtisodiy islohat davri mulkchilik turli shakllarga ega bo`ladi. Avvalo davlat 
mluki markaziy yoki maxalliy darajada bo`lib, shu bilan birga jamoa mulki, 
individual hamda xususiy 8 kishidan ko`p bo`lmagan yollanma ishchilar bilan birga 
va aksionerlar, chet investitsiyali mulklar mavjud bo`lgan. Lekin bular yagona 
shaklda bo`lmay, bir-biriga o`tadigan, o`zgarib turadigan, aralash shakllari ham 
bo`lgan. Umuman olganda davlat va boshqa xil ukladlar deyilsa to`g`ri keladi. Lekin 
keyingi 10 yil ichida iqtisodiy o`sish asosan nodavlat tashkilotlari hisobiga yuz 
bergan.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish