Afrikadagi qadimgi manzilgohlar



Download 82,45 Kb.
Sana10.03.2022
Hajmi82,45 Kb.
#488847
Bog'liq
Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari


Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari

Afrikadagi qadimgi manzilgohlar


Odamzod bugungi qiyofasiga, aql-idrok va taraqqiyot darajasiga birdaniga erishgan emas. Bu bir necha million yillik taraqqiyot natijasidir.



Arxeolog olimlar odamzodning eng qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini dastlab Janubiy va Sharqiy Afrikadan topdilar. Antropolog olimlar esa odamlarning suyak qoldiqlaridan ularning tashqi qiyofalarini tikladilar. Bu odamlar yashagan manzilgohlardan eng sodda mehnat qurollarining qoldiqlari ham topildi.
Olimlar sodda bo‘lsa-da, dastlabki mehnat qurolini yasay olgan ajdodlarimizni «ishbilarmon (uquvi bor) odam» (homo sapiens) deb ataganlar. «Ishbilarmon odam» dastlabki mehnat qurolini tosh (chaqmoqtosh)dan yasagan. Shuning uchun ham insoniyat tarixining boshi tosh asri (tosh davri) deb ataldi. Tosh asri insoniyat tarixida juda uzoq davom etdi.

Osiyodagi qadimgi manzilgohlar


Osiyoda qadimgi odamlarning manzilgohlari Indoneziya va Xitoy hududlaridan topilgan. Olimlar suyak qoldiqlari Indoneziya hududidan topilgan insoniyat ajdodiga pitekantrop (Yava odami), Xitoy hududidan topilgan ajdodini esa sinantrop (Xitoy odami) deb atashdi. Ular bir-birlaridan tashqi qiyofasi, yaratgan mehnat qurollari, ularning sifati va mehnat malakalari bilan farq qilgan.
Sinantroplar tabiiy olovdan foydalanishni bilib olishgan. Ular bunga yashin tufayli o‘rmon yong‘inlari kelib chiqishi natijasida hosil bo‘lgan olovni saqlab qolish yo‘li bilan erishganlar. Bu insoniyat erishgan eng katta yutuqlardan biri bo‘ldi. Yurtimizda sinantropga zamondosh odamlarning suyak qoldiqlari va ular yaratgan mehnat qurollari Farg‘ona vodiysining Selung‘ur g‘oridan topildi.

Yevropadan topilgan qadimgi inson izlari


Davrlar o‘tishi bilan  odamning tashqi qiyofasi, aql-idroki va mehnat quroli yasay olish malakasi tobora mukammallashib bordi.




Neandertal odam (Teshiktosh g‘ori).
Neandertal vodiysidan topilgan va tarixga «neandertal odami» nomi bilan kirgan odamlar hayoti buni tasdiqlaydi. Neandertal odamning tashqi qiyofasi bugungi odam qiyofasiga juda yaqin bo‘lgan. Neandertallar miloddan avvalgi 100–40-ming yilliklar oralig‘ida yashagan. Ular yashagan davrda Yevropada iqlim sovib ketdi.
Sovuqdan saqlanish zarurati natijasida ular hayvon terisidan kiyim o‘rnida foydalanish va go‘shtni olovda pishirib yeyishni o‘rganib oldilar.

O‘zbekiston hududidagi qadimgi manzilgohlar


O‘zbekistonda neandertal qiyofali odam suyaklari qoldiqlari Surxondaryo viloyati hududidagi Teshiktosh g‘oridan topildi.
Miloddan avvalgi 40–12-ming yilliklar oralig‘ida yashagan odam suyaklari qoldiqlari Fransiyaning Kromanyon g‘oridan topildi.2
Unga «kromanyon odami» nomi berildi. Kromanyon odami tashqi qiyofasiga ko‘ra bugungi qiyofadagi odam edi. Olimlar kromanyon odamini «aql-idrokli (homo sapiens) odam», «ongli odam» deb atadilar.
O‘zbekistonda kromanyon odamlari zamondoshlarining manzilgohlari Samarqanddagi Siyobcha soyi bo‘yida va Toshkent viloyatining Ko‘lbuloq (Angren) manzilgohidan topilgan.
Atama mazmunini bilib oling
Antropolog – odamning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlarini, tanasi tuzilishidagi o‘zgarishlarni, shuningdek, bosh suyak qoldiqlaridan odamning tashqi qiyofasini tiklab o‘rganuvchi olim.[1]
Yava — Indoneziyadagi orollardan birining nomi.
Download 82,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish