33
leykotsitlarning 1-4% tashkil qiladi) kislotali buyoqlar (eozin va b.) bilan
bo‘yaladi. Ular oqsil tabiatli toksinlarni va yot oqsillarni parchalash hamda
zararsizlantirishda ahamiyatga ega.
Inson organizmini ikki immunitet tizimi integral ravishda himoya qiladi: a)
qondagi hujayraviy immunitet (yadrosi segmentlashgan leykotsitlar, monotsitlar,
limfotsitlar va boshq.); b) qondagi gumoral tizim immuniteti nasldan-naslga
o‘tuvchi va hayot davomida
ortirilgan antitanalar, flokulinlar, pretsipitinlar va
boshq).
Qondagi hujayraviy immunitet yetilgan, ya’ni yadrosi segmentlashgan
neytrofil va eozinofil leykotsitlar, qondagi va ilikdagi monotsitlar, makrofaglarning
faoliyati bilan bog‘liq. Yadrosi segmentlashgan neytrofil leykotsit-dumaloq
shakldagi, diametri 15 mikronli hujayra, uni panoptik bo‘yoqlar (Pappengeym,
Gimza-Romanovskiy usullari) bilan bo‘yalganda
och pushti rangdan, to‘q pushti
ranggacha bo‘yalgan tsitoplazmasida to‘q qizil-binafsha rangli, uchtadan
beshtagacha, ayrim segmentlardan iborat yadrosi bo‘ladi. Yadrosining ayrim
segmentlari o‘zaro xromatin iplari bilan bog‘langani ko‘rinib turadi. Ushbu
leykotsitning tsitoplazmasida mayda,
changsimon, 300 taga yaqin tsitoplazmatik
qora-kulrang donachalari bo‘ladi. Mazkur donachalar neytrofil leykotsitlar
tarkibida lizosomalar vazifasini bajaradi, chunki ularda ayrim spetsifik
tsitokimyoviy bo‘yash usullari bilan aniqlanadigan peroksidaza, tsitoxromoksidaza
va hujayra faoliyati uchun kerakli bo‘lgan boshqa faol moddalarni ko‘rish
mumkin.
Yadrosi segmentlashgan neytrofil leykotsitning odam organizmidagi asosiy
vazifasi - fagotsitoz (fagos - grekcha yutib yuboruvchi, tsitoz - lotincha hujayra)
bo‘lib, kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni yutib yuborishdan iborat.
Har
bir odamning immuniteti, yadrosi segmentlashgan neytrofil leykotsitlarning
yoki mikrofaglarning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Tashqi ta’sirotlardan
yoki har xil dori-darmonlarning noto‘g‘ri iste’mol qilinishi oqibatida ro‘y beruvchi
agranulotsitoz (qonda granulotsitlarning nihoyat darajada kamayib ketishi)
immunitet inqiroziga, demakki, xastalanishga olib keladi. Immunitet inqirozi ichki
34
a’zolar kasalliklari-o‘tkir leykoz, gipoaplastik anemiya, leykopeniya, neytropeniya
bilan o‘tuvchi og‘ir yuqumli kasalliklar, revmatoid artrit va boshqalarga sabab
bo‘ladi. Ayrim surunkali kasalliklarning (obstruktiv bronxit, pnevmoniya, jigar
tsirrozi, buyrak kasalliklari) qayta-qayta xuruj qilishiga ham sabab bo‘lishi
mumkin.
Leykotsitlardagi ayrim moddalarni aniqlash klinik amaliyotda ko‘plab
kasalliklarga tashxis qo‘yishga, ularning rivojlanishini bashorat qilishga yordam
beradi. Masalan, mikrospektrofotometriya usullari bilan DNK (dezoksiribonuklein
kislota) aniqlangan odam organizmidagi xavfsiz
va xavfli hujayralarining
differentsial farqini bilish mumkin; tsitoxromoksidaza fermentining faoliyatiga
qarab qalqonsimon bezning gormonal faolligiga baho berish mumkin; peroksidaza
fermentining faolligiga qarab ilikdagi qon ishlab chiqarish jarayonida birinchi
granulopoezga mansub hujayralarni aniqlash mumkin.
Sog‘lom odamning leykotsitlarida 23 juft xromosoma bo‘lib, ulardan 22 jufti
autosomalar, 2 jufti esa jinsiy X va Y xromosomalar deyiladi. Erkaklarda 44
autosoma bo‘lib, ikkita jinsiy xromosomalari X va Y bo‘lgani uchun ularning
kariotip formulasi 44A + XY; ayollarning kariotip formulasi 44A + XX bo‘ladi.
Ayol va erkaklarning yadrosi segmentlashgan neytrofilda jinsiy farq topilgan.
Ayollarning yadrosi segmentlashgan neytrofil (ya.s.n.) leykotsitlari yadrolarida
jinsiy xromatin (“baraban tayoqchalari”) uchrab turadi. Bu diametri 1 mikronga
teng xromatin sharcha bo‘lib, ipdek ingichka xromatin bilan ya.s.n. segmentlaridan
biriga birikkan holda ko‘rinadi. Sog‘lom odamning ya.s.n. 55-67% tashkil qiladi.
Sog‘lom odamning qonida ya.s.n. leykotsitlardan tashqari 1-3%
gacha
tayoqchasimon yadroli neytrofil (t.ya.n.) leykotsit uchraydi. Bu hujayra o‘zining
tsitomorfologik belgilari bilan xuddi ya.s.n. leykotsitning o‘zginasi bo‘lib, undan
segmentlarga bo‘linmagan yadrosi bilan farq qiladi. T.ya. neytrofil leykotsit yosh
leykotsit bo‘lgani uchun fagotsitozda ishtirok qilmaydi. Yadrosi segmentlashgan
eozinofil leykotsit - dumaloq shakldagi, diametri 15 mikronga barobar hujayra.
Uning pushti rangli tsitoplazmasida och binafsha rangga bo‘yalgan, odatda ikkita
segmentli yadrosi bo‘ladi. Yadroning segmentlari xromatin ipi bilan bir-biriga
35
bog‘langan buladi. Eozinofilning
tsitoplazmasida yirik, dumaloq shaklda to‘q
sariq-qizil rangli donachalar bo‘ladi. Eozinofillar asosan ayrim kokkbakteriya va
antigen-antitelo komplekslarini fagotsitoz qiladi. So‘nggi yillarda eozinofil
leykotsitlarning fibrnnoliz komponentlarini transportirovka (tashish) qilishi
aniqlangan. Bundan tashqari ular suyak-ko‘mik iligida sintez bo‘ladigan
plazminogen
tashuvchilaridandir.
Sog‘lom
odamning
qonida
eozinofil
leykotsitlarning soni 0-3% gacha bo‘ladi.
Yadrosi segmentlashgan bazofil leykotsit-dumaloq shakldagi, diametri 15
mikronga barobar hujayra. Uning pushti rangli tsitoplazmasida och binafsha
rangga bo‘yalgan, barg shakldagi, 3-4 segmentlarga bo‘lingan
yadroli hujayrasi
bo‘lib, uning tsitoplazmasida dumaloq, yirik, xuddi shingil kabi zangori-qora
rangli donachalari bo‘ladi. Ya.s. bazofil leykotsitlar o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lib, qonni suyuq holatda saqlab turishda qatnashadi. Sog‘lom odamning qonida
ya.s. bazofil leykotsitlar 0,1% gacha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: