Резервная копия Монография Адилбекова cdr



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

Qonning vazifalari.
Qon, limfa va to‘qima suyuqligi inson tanasidagi barcha 
hujayra va to‘qimalarni yuvib turuvchi organizmning ichki muhitini hosil qiladi. 
Qon inson hayotiga kerakli bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. Ulardan 
birinchisi 
transport 
vazifasi bo‘lib qon tomirlarda harakatlanishi bilan organizmda 
to‘qimalarga oziq moddalar: glyukoza, aminokislotalar, polipeptidlar, yog‘lar, 
vitaminlar, mineral moddalar va suvni, shuningdek o‘pkada qonga o‘tadigan 
kislorodni yetkazib beradi hamda buyraklar, ter bezlari, o‘pka, ichak orqali 
organizmdan chiqarib yuboriladigan modda almashinuvining oxirgi mahsulotlari: 
ammiak, mochevina, siydik kislotasi va boshqa tashlandilarni, jumladan karbonat 
angidridni to‘qimalardan olib ketadi. Shuningdek, qon hujayra va to‘qimalardagi 
suv va elektrolitlar miqdorining nisbiy doimiyligini (
gomeostaz) 
saqlaydi; qon 
organizmdagi kimyoviy o‘zaro ta’sir protsesslarida gormonlarni va boshqa 
fiziologik faol moddalarni hosil qilgan hujayralardan boshqa hujayralarga tashib 
beradi -
gumoral regulyatsiya
; qonda fagotsitozga qodir leykotsitlar hamda 
mikroorganizmlarni va ularning zaharlarini zararsizlantiruvchi va yot oqsillarni 
parchalovchi immun jismlar (antitanalar) mavjudligi qonning himoya funktsiyasini 
tashkil etadi va bu 
immunitetning
eng muhim omili bo‘lib xizmat qiladi
organizmdagi modda almashinuvi jarayonida hosil bo‘lgan enegriya hisobga inson 
hayot uchun zarur 
termoregulyatsiya
jarayoni ta’minlaydi.


30 
Qonning tarkibi. 
Qon suyuq qism - plazma (zardob) va undagi muallaq 
shaklli elementlar: eritrotsitlar (qizil qon tanachalari), leykotsitlar (oq qon 
tanachalari) va qon plastinkalaridan iborat. Plazma qon hajmining 50-60% ini, 
shaklli elementlar 40-45% tashkil etadi va bu 
gematokrit ko‘rsatkichi
deb ataladi.
Odam organizmidagi qonning umumiy miqdori normada gavda vaznining 6-
7,5% ini tashkil etadi.
 
Suvning yopishqoqligi birga teng deb olinsa, plazmaniki 
1,7-2,2 ga, qonniki esa taxminan 5,0 ga teng bo‘ladi. Qonning yopishqoqligi unda 
oqsillar va eritrotsitlar borligiga bog‘liq. Qon quyulib qolganda, ya’ni, masalan, 
odam ichi ketganda yoki qattiq terlaganda, ya’ni suv yo‘qotganda, shuningdek 
qonda eritrotsitlar ko‘payganda yopishqoqlik ortishi mumkin. Butun qonning 
solishtirma og‘irligi 1,050-1,060 ga, eritrotsitlarniki 1,090 ga, plazmaniki esa 
1,025-1,034 ga teng. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish