31
va agglyutinin β lar aniqlangan. Odam qonida agglyutinogen A bilan agglyutinin α,
agglyutinogen B bilan agglyutinin β hech vaqt birga uchramaydi, shuning uchun
organizmning o‘z eritrotsitlari agglyutinatsiyalanmaydi.
Eritrotsitlarda agglyutinogenlar, plazmada esa agglyutininlar bor-yo‘qligiga
qarab, barcha odamlarning qonini to‘rt guruhga ajratish mumkin.
Yanskiy
klassifikatsiyasiga ko‘ra, I guruhdagi odamlarning eritrotsitlarida agglyutinogenlar
yo‘q, plazmasida esa α va β agglyutininlari bor; II guruhdagi odamlarning
eritrotsitlarida agglyutinogen A va plazmasida agglyutinin β bor; II
I guruhdagi
odamlarning eritrotsitlarida agglyutinogen B va plazmasida agglyutinin α bo‘ladi;
IV guruhdagi odamlar eritrotsitlarida A va B agglyutinogenlari
borligi va
plazmasida agglyutininlar yo‘qligi bilan ta’riflanadi. Agglyutinatsiya plyus (+)
belgisi, uning ro‘y bermasligini esa minus (-) belgisi ko‘rsatilib belgilanadi.
Yuqoridagidan kelib chiqib, hamma odamlar eritrotsitlarda agglyutinogenlar
(agglyutinogen A va B), plazmada esa agglyutininlar (aggltinin α va β) bor-
yo‘qligiga qarab qarab to‘rtta: Oαβ (I); Aβ (II); Bα (III); AB (IV) qon guruhlariga
bo‘linadilar. Bu klinik gematologiya va sud tibbiyoti uchun o‘ta ahamiyatlidir.
So‘nggi vaqtda yangi agglyutinogenlar kaShf etilgani munosabati bilan qon
guruhlari haqidagi ta’limot ancha murakkablashdi. Masalan, A guruhi bir qancha
guruhchalardan iborat ekan (A
1
A
2
, A
3
, A
4
va h.k.).
Qon quyish imkoniyatini aniqlash uchun qon guruhni aniqlash katta amaliy
ahamiyatga ega. Shu maqsadda donor eritrotsitlari agglyutinatsiyalanmasligini
aniqlashning o‘zi muhim, chunki quyiladigan qon plazmasi retsipient qonida
suyulgani tufayli uning eritrotsitlarini agglyutinatsiyalantirmaydi. I guruhdagi
odamlarga faqat I guruh qonini quyish mumkin. I guruh qonini esa hamma
guruhlardagi odamlarga quyish mumkin. Shuning uchun I guruhdagi odamlar
universal donorlar
hisoblanadi. IV guruhdagi kishilarga barcha to‘rt
guruhning
qonini quyish mumkin. IV guruh qonini esa faqat IV guruhdagi odamlarga quyish
mumkin. II va III guruhdagi odamlarga bir nomli guruh qonini, shuningdek I
guruhdagi odamlar qonini quyish mumkin. II yoki III guruhdagi odamlar qonini
tegishli guruhdagi odamlarga va IV guruhdagi kishilarga quyish mumkin.
32
Turli mamlakatlarda aholining qon guruhlari
tekshirilganda odamlarning
qaysi guruhga mansubligi haqida quyidagi o‘rtacha ma’lumotlar olingan: I guruh-
40%, II guruh-39%, III guruh-15%, IV-6%.
Aksari odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir faktor mavjud bo‘lib, uni
birinchi marta Landshteyner va Viner 1940 yilda makak (macacus rhesus) zotli
maymun qonidan topgan va shuning uchun ham uni rezus faktor (qisqartirilgani Rh
faktor) deb atashgan. Mazkur faktorga xos bo‘lgan odam qoni (rezus musbat qon)
ushbu faktorga xos bo‘lmagan (rezus manfiy) odamga quyilsa, rezus manfiy odam
qonida spetsifik agglyutininlar va gemolizinlar hosil bo‘ladi. Bunday odamga rezus
musbat qon qaytadan quyilsa agglyutinatsiya va og‘ir oqibatlar (gemotransfuzion
shok) paydo bo‘lishi mumkin. Rezus manfiy onada rezus musbat homila
rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu holda homilaning rezus faktori platsenta
orqali ona qoniga o‘tadi, natijada ona qonida spetsifik
antirezus moddalar hosil
bo‘ladi, bu moddalar platsenta orqali qaytadan homila qoniga diffuziya yo‘li bilan
o‘tadi-da, uning eritrotsitlarini agglyutinatsiyalab va gemolizlab, og‘ir oqibatlarga
sabab bo‘ladi. Ba’zan homilaniig o‘lik tug‘ilishi shu bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: