1901-yili K. Landshteyner, 1907- yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo‘lishini aniqladilar
1901-yili K. Landshteyner, 1907- yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo‘lishini aniqladilar.

Bu moddalar agglutinogen A va B, agglutinin α va β dan iborat. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida agglutinogen A va agglutinin α yoki agglutinogen B va agglutinin β bo‘lmasligi kerak. Normada agglutinogen A va agglutinin β yoki agglutinogen B va agglutinin αbo‘lishi mumkin. Agglutinogen A va B bo‘lgan qonda agglutininlar umuman bo‘lmaydi. Aksincha, agglutinin αva βbo‘lgan qonda agglutinogenlar umuman bo‘lmaydi. Ana shunga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bo‘linadi.

I guruh — eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglutinin αva β bo‘ladi.
II guruh — eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin βbo‘ladi.
III guruh — eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin αbo‘ladi.
IV guruh — eritrotsitlarda agglutinogen A va B bo‘lib, plazmada agglutinin umuman bo‘lmaydi.
K. Landshteyner va boshqalar 1940- yilda eritrotsitlarda rezus omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga irsiy o‘tadi. Rezus omilning bor yoki yo‘qligiga ko‘ra, rezus musbat va rezus manfiy odamlar bo‘ladi. Rezus omil odam hayoti davomida o‘zgarmaydi. Agar ona rezus manfiy, homila rezus musbat bo‘lsa, ularning rezus omili mos bo‘lmaganligi tufayli bolada gemolitik kasallik yuzaga keladi.

Qon quyish. Og‘ir shikastlanganda va ko‘p qon yo‘qotilganda uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo‘ladi. Birinchi guruhqonli odamlar qonini barcha guruhdagi qonli odamlarga berishi mumkin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam retsipiyent deb ataladi).

Ikkinchi guruh qonli odamlar ikkinchi va to‘rtinchi guruh qonli odamlarga, uchinchi guruh qonli odamlar uchinchi va to‘rtinchi guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin. To‘rtinchi guruh qonli odamlar faqat shu guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o‘zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipiyent deb ataladi (jadvalga qarang).

Bemorga qon quyish o‘ta mas’uliyatli ish hisoblanadi. Agar qon guruhi noto‘g‘ri aniqlansa, bemorning qon guruhiga to‘g‘ri kelmaydigan qon quyilsa, bemor halok bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida keyingi yillarda faqat bir xil guruhdagi qon quyishga o‘tish tavsiya etilmoqda.