Aim.uz
Befarzandlik va uning sabablari
Reja:
1. Abort turlari va uning oqibati.
2. Rezus-omil haqida tushuncha
3. Befarzandlik sabablari.
Tayanch iboralar: Infantilizm, abort turlari, rezus-omil, sun’iy abort, ichki kasallik, yuqumli kasalliklar, zotiljam kasalligi, homiladorlik toksinozlari, gipertoniya-qon bosimining oshuvi kamqonlik, buyrak kasalliklari, yurak nuqsonlari, endokrin bez kasalliklari, ruhiy kasalliklar.
1. Abort turlari va uning oqibati. Homilaning 28 haftagacha turmasligi bola tushishi yoki abort, 28 haftadan 38 haftagacha bo'lgan davrda tug'ilishi chala tug'ish deyiladi. Homila ayolning o'z xohishi bilan ataylab tushiriladi, yoki homila o'z-o'zidan tushadi. Shunga ko'ra; sun'iy va beixtiyoriy abort tafovut qilinadi.
Sun'iy abort ayolning o'z istagi bilan yoki tibbiy ko'rsatmaga binoan tug'ruqxonalarda amalga oshiriladi. Agar abort tibbiy muassasalardan tashqarida boshqa kimsalar tomonidan bajarilsa, bu jinoiy abort deyiladi.
Ba'zi ayollar homilani o'zicha yoki tibbiyotdan bexahar boshqa kimsalar yordamida, antisanitariya sharoitida tushiradilar. Bunday abort esa ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Ayol butun umrga nogiron bo'lib qolishi, hatto, halok bo'lishi ham mumkin. Chunki homilani bachadondan olib tashlash shifokordan katta bilim, tajriba, ehtiyotkorlik, ziyraklik talab qiladi.
Chunki shifokor bachadon devorlarini tozalar ekan, uni o'z ko'zi bilan ko'rmaydi. Shuning uchun shifokor har qancha tajribali bo'lsa ham, abort xavflidir. Ayrimlarda esa bola hadeb tushaveradigan bo'lib qoladi.
2. Bola tushish sabablari juda ko'p bo'lib, ulardan asosiylarini sanab o'tamiz.
Ichki kasalliklar.
1. Zotiljam kasalligi.
2. Homiladorlik toksinozlari.
3. Gipertoniya-qon bosimining oshuvi.
4. Kamqonlik.
5. Buyrak kasalliklari.
6. Yurak nuqsonlari.
7. Endokrin bez kasalliklari.
8. Ruhiy kasalliklar.
9. Rezus-omil.
10.Irsiy kasalliklar.
Yuqumli kasalliklar.
1. Gripp, ich terlama, sariq kasalligi.
2. Zaxm, suzak.
3. Bezgak, tif.
4. Brutsellyoz.
5. Toksoplazmoz.
6. Listerioz.
7. Dizenteriya, salmonellyoz.
Turli xil omillar.
1. Ish sharoitining haddari tashqari issiq yoki sovuq bo'lishi, yuqori namgarchilik bo'lishi.
2. Ichish, chekish.
3. Rentgen va rediy nurlaridan zararlanish.
4. Kuchli hayajonlanish, qo'rqish, xafa bo'lish.
5. Yiqilib shikast olish.
6. Og'ir yuk ko'tarish.
7. Shifokor nazoratisiz har xil dorilar ichish.
8. Zaharli moddalar bilan zaharlanish — qo'rg'oshin, benzin kabilardan.
Ayol jinsiy a'zolari kasalliklari.
1. Tanosil a'zolari yaxshi rivojlanmaganligi.
2. Bachadon va bachadon naychalarning o'tkir yallig'lanishi.
3. Bachadon devoridagi o'simtalar.
4. Bachadon bo’yni muskullarining zaifligi.
5. Bachadon devorining abort yoki tug'ruq paytida yirtilishi.
Yuqondagi holatlarni tahlil qilamiz.
Qiz bolani voyaga yetmasidan turmushga berish natijasida qiz organizmida yoshiga ko'ra kechadigan fiziologik holatlar izdan chiqadi. Tanosil a'zolar hali yetilmaganidan homila o'sishiga sharoit bo'lmaydi va u harvaqt tushadi. Chunki bachadon mushaklari zaif, hajmi tor bo'lib u homiladorlik davrida yetarli davrda kengaya olmaydi.
Bola tushishida har xil yuqumli kasalliklarning roli katta: gripp, ich terlama, sariq kasalligi mikroblari homilaga o'tib uni nobud qilishi mumkin. Agar homilador ayolning isitmasi chiqsa ham bachadon harvaqt qisqarib, bola tushishi mumkin.
Ayniqsa, virus kasaliiklari homiladorlikning dastlabki oylarida bolaga tahdid qiladi. Chunki homilaning tarkib topayotgan a'zolari virus va uning zahariga chidamsiz bo'ladi. Gripp va virusli kasalliklarida organizmda vitamin S kamayib ketadi, natijada gormonlar faoliyati susayadi — progesteron va follikulin muvozanati buziladi va bachadon muskullarining qisqarishiga sabab bo'ladi.
Homilador ayol qizamiq, qizilcha bilan og'rib qolsa, asosan toshmalar tosha boshlaydi. Brutsellyoz, toksoplazmoz, listerioz kabi yuqumli kasalliklar homilaning turmasligiga, bolaning nuqson bilan tug'ilishiga sabab bo'ladi.
Brutsellyoz xom sut ichganda, go'shtni yaxshi pishirmay yeganda, kasal uy hayvonlarini parvarish qilganda yuqishi mumkin. Brutsellyozga uchragan odamning vaqti-vaqti bilan harorati ko'tarilib, bo'g’inlari og'riydi, ko'p terlaydi. Poliklinikada hamma homiladorlardan qon olib brutsellyoz kasalligi bor-yo'qligi tekshiriladi.
Toksoplazmoz kasalligini it, mushuk, kemiravchilar va odamlar tarqatishi mumkin. Kaptar, tovus, qoramolda ham uchraydi. Homilador ayol kasallanib qolgach, parazit yo'ldosh va qog'onoq suvi orqali homilaga o'tib, uni zararlaydi. Natijada bolaning miyasiga suv yig'ilishi, bosh miyaning o'smay qolishi yoki bola tug'ma ko'r bo'lib tug'ilishi mumkin. Bu kasallikning oldini olishda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish (ayniqsa, uyida mol-qo'y boquvchilar) sichqon va kalamushlarni yo'qotish, qoramollarni veterinar tekshiruvidan o'tkazish muhim rol o'ynaydi.
Zotiljam kasalligida ham bakteriya toksinlari, haroratning ko'tarilishi va kislorod yetishmasligi homilaga yomon ta'sir ko'rsatishi va u harvaqt tug'ilishi mumkin.
Homiladorlik paytida har-xil donlarni shifokor maslahatisiz ichish, fizioterapevtik usullar bilan davolanish, rentgen va radiy nurlaridan ta'sirlanish, ichkilik ichish va chekish ham juda zararli.
Spirtli ichimlik butun organizmga, jumladan pushtga ham yomon ta'sir ko'rsatadi. Ichkilikka o'rgangan erkaklarda urug' suyuqligining sifati, hayotchariligi buziladi. Ichkilikboz erkaklarning 43%da jinsiy ojizlik, 70%da erkaklik urug'i harakatsiz ekani va normada bo'lmasligi aniqlangan.
Homilador ayol ichkilik ichsa, u qon orqali homilaga o'tib, uni zaharlaydi, natijada homila qorinda o'lib qolishi, yoki chala tug'ilishi mumkin.
Ichki sekretsiya bezlaridan: qalqonsimon bez, tuxumdon, buyrak usti bezi va boshqa bezlar faoliyatining buzilishi ham homilaning tushishiga olib kelishi mumkin.
Homiladorlikning normal kechishida ovqatlanishning roli katta bo'lib, ayol organizmida oqsil, temir moddalari vitaminlar, ayniqsa vitamin A, V, S, E, yetishmaganda ham homila normal o'smasligi, erta tug'ilishi mumkin.
Bachadon bo'limlarining o'tkir yallig'lanishi ham bola tushishiga sabab bo'ladi.
Ona va bolaning qoni rezus jihatdan bir-biriga mos kelmasa ham bola tushishi, chala tug'ilishi yoki u gemolitik kasallik bilan dunyoga kelishi mumkin.
Ba'zan sog'lom er-xotindan bola sarg'ayib tug'ilishi, biroq ko'p yashamay nobud bo'lishi mumkin. Buning asosiy sababi ona bilan bola qonining rezus jihatidan bir-biriga mos kelmasligidir.
Rezus-omil nima? Odamning qizil qon tanachalari — eritrotsitlarda maxsus oqsil modda bo'ladi, u rezus-omil deyiladi. 85% odamlarning qizil qon tanachalarida bu omil bo'ladi, u rezus (+) deb ataladi, 15% odamlarda esa bu omil bo'lmaydi, u rezus (-) deyiladi.
Rezus omilning bo'lish — bo'lmasligi kishi salomatligiga yomon ta'sir qilmaydi. Agar er-xotin qoni rezus jihatidan bir-biriga to'g'ri kelmasa, ya'ni rezus (-) ayol rezus (+) erkak bilan turmush qursa, homila qonida bu omil bo'lishi ham, bo'lmasligi ham mumkin.
Agar homila qoni onasi kabi rezus (-) bo'lsa, u holda ona bilan homila organizmida hech qanday raqobat bo'lmaydi, bordi-yu homila qoni rezus (+) bo'lsa, ona organizmi homilaning rezus omiliga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Ular homila organizmiga o'tib uni kasal-lantirishi va bola tushishi mumkin.
Rezus (-) ayol homila 8-10 haftalik bo'lgandan boshlab davolansa, u holda homiladorlik normal kechishi va bola eson-omon tug'ilishi mumkin. Ko'pincha eridan olingan bir parcha terini homilador ayolga ko'chirib o'tkazish homilaning tug'ma sariq kasalligiga chalinish va bola tug'ilishidan saqlab qolishda katta rol o'ynaydi. Birinchi va ikkinchi homiladorlik orasidagi vaqt ikki yildan kam bo'lmasligi kerak.
Bachadon bo’yni muskullari zaifligi ularning tug'ruq yoki abort paytida yirtilishi natijasida bola tug'ilishi odat bo'lib qolishi mumkin, u holda homiladorlik paytida bachadon bo’yni tiqilib homila saqlab qolinadi.
Bola tug'ilish xavfining boshlang'ich bosqichida bachadon muskullari taranglashishi natijasida ayol qorninning pastki qismida og'riq sezadi, bachadon qisqarishi tufayli homila ko'chib qon keta boshlaydi. Qonning ko'p yoki kam ketishi homilaning bachadon devoridan qanchalik ko'chganiga bog'liq.
Bola tug'ilish xavfining boshlang'ich bosqichida bachadon muskullari taranglashishi natijasida ayol qornining pastida og'riq boshlanadi, homila hali bachadon devoridan ko'chmagani uchun qon bo'lmaydi. Bu bosqichda ayol darhol shifokorga borsa homilani saqlab qolishi mumkin.
II-III bosqichlarda qon ketib og'riq zo'rayadi, homila bachadon devoridan ko'chib, bo'yinga tushadi, bu holda homilani saqlab qolishning iloji bo'lmaydi, ba'zan bolani saqlab qolish u yoqda tursin onaning hayoti ham xavf ostida qoladi.
3. Befarzandlik sabablari.
U 2 ga bo'linadi:
a) birlamchi
b) ikkilamchi bo'lishi mumkin.
Birlamchi: ayol organizmining yetarli darajada rivojlanmaganligi ya'ni infantilizm sabab bo'ladi. Infantilizmni 2 turga bo'lish mumkin.
. Ayolning tana tuzilishi normal, ammo jinsiy a'zolari rivojlanmagan bo'ladi.
2. Ayolning o'zi nozik va jinsiy a'zolari taraqqiy qilmagan bo'ladi.
Ayolda tuxumdon bo'lgani holda ichki jinsiy a'zolar bo'lmasligi, ya'ni bitov bo'lishi mumkin.
Befarzandkning ikkilamchi sababi:
Bu holda bachadon normal rivojlangan lekin ayol o'z sog'ligiga befarq bo'lgan. Masalan bachadondagi turli yallig'lanish jarayonlari, (suzak, zaxm), abort oqibatida ham ayol ko'pincha tug'mas bo'lib qolishi mumkin, ayol homilasi qorinda o'lib qolishi ham ikkilamchi befarzandlik deyiladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Abort va uning oqibatlari.
2. Bola tushish sabablari.
3. Befarzandlik sabablari.
4. Rezus omilning homilaga ta'siri.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |