Резервная копия Монография Адилбекова cdr



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

Trombotsit
qon tarkibidagi eng muhim, eng kichkina, dumaloq, oval, 
poligonal shakldagi hujayra. Diametri 3-6 mikron bo‘ladi. Trombotsit ikki qismdan 
iborat bo‘lib, birinchi qismi - gialomer, ya’ni uning kichik tsitoplazmasi; ikkinchi 
qismi-granulomer, ya’ni yadrodagi donachalardir. Donne (1844) yilda 
trombotsitlarni “globulinlar”, ya’ni sharchalar degan bo‘lsa, Bizzazero (1882) 
ularni qon “blyashkalari”, ya’ni mustaqil hujayralar deb ta’kidlagan. Trombotsit 
qon oqimida suzib yuruvchi eng muhim hujayra, chunki uni qonning ivish 
jarayonini boshqaruvchi “dirijyor” desa bo‘ladi. Zero, trombotsitda 60 dan ortiqroq 
faol moddalar bo‘lib, ularning 13 tasi bevosita qon ivish jarayonida qatnashadi. 
Trombotsitlar osoyishta holatlarda dumaloq shaklda bo‘lib, tsitoplazmalaridagi 
moddalari pushti rangga, donachalari esa to‘q qora qizil rangga bo‘yaladi. Ayrim 
ta’sirotlar tufayli masalan, aspirin ta’sirida ularda “ozodlanish reaksiyasi” ro‘y 
beradi, ularning tsitoplazmalari bo‘shab chetlarida “antennalar” paydo bo‘lishi 
kuzatiladi. 
Trombotsitlarning granulomalarida 3 xil donachalar bo‘ladi. Ularning 
tsitoplazmasida polisaxaridlar, geparin va boshqa faol moddalar borligi aniqlangan. 


36 
Sog‘lom odamning qonida trombotsitlarning soni 180 000 dan 320 000 ni tashkil 
etadi. 
Limfotsit
- dumaloq yoki oval shakldagi, diametri 9-12 mikronga teng, to‘q 
qizil-binafsha rangli, ekstsentrik joylashgan yadrosining atrofida torgina havorang 
yoki zangori tsitoplazmasi bor hujayra. Unda oz miqdorda auerofil donachalar 
borligi aniqlandi. Bu donachalarning har biri atrofida perigranulyar bo‘shliq borligi 
ma’lum. Bu xususiyatiga qarab limfotsitlarnn limfotsitlarga o‘xshash 
monotsitlardan ajratib olish mumkin. Bu hujayralarga “limfotsit” degan nomni 
Erlix bergan.
Xozirgi vaqtda limfotsitlarni vazifalariga qarab ikki xilga bo‘lishadi: T va B 
limfotsitlar. Ushbu limfotsitlar o‘z tsitomorfologik xususiyatlari bilan bir-biridan 
farq qilmasa ham organizmdagi vazifalari turlicha. Sog‘lom odamning qonida, 
aniqrog‘i leykotsitlar formulasida limfotsitlar 25-30% hujayralarni tashkil qiladi. 
Limfotsitlar odam organizmining ikkilamchi immunitet reaksiyasida faol 
qatnashadi. 
Monotsit
- ko‘p burchakli (poligonal shakldagi), diametri 15—25 mikronga 
teng hujayra. Uning havo rang yoki zangori tsitoplazmasida loviyasimon 
shakldagi, to‘q qizil-qo‘ngir rangli yadrosi ekstsentral holatda joylashgan bo‘ladi. 
Hujayraning tsitoplazmasida mayda, qizil-azurofil donachalari bo‘ladi. Monotsit 
organizmda fagotsitoz jarayonida ishtirok etadi. Bu hujayraga I.I.Mechnikov 
“makrofag” deb nom bergan. Makrofag organizmiga tuShgan yot hujayralarni va 
ularning parchalarini yutib yuboradi. Ushbu hujayralar faoliyati organizmdagi 
birlamchi himoya reaksiyasi deyiladi. 
Umumlashtirib aytganda, monotsit - makrofaglar to‘rt xil vazifani bajaradi: 
organizmni unga yot bo‘lgan makro- va mikroorganizmlardan himoya qilish; 
limfotsitlar va boshqa antigenlar bilan immunitet reaksiyalarida munosabatda 
bo‘lish; organizmning kuchsizlangan, kasallangan va o‘lgan hujayralarini yeyish; 
regeneratsiya jarayonini kuchaytirish. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish