Qonning ivishi.
Qonning ivishi - suyuq holatdan jelesimon laxtaga aylanishi
organizmning qon yo‘qotishga to‘sqinlik qiladigan muhim biologik himoya
reaksiyasidir. Mayda qon tomirining jarohatlangan joyida qon laxtasi - tromb hosil
bo‘ladi, u tomirni tiqin kabi berkitib, qon ketishini to‘xtatadi. Qonning ivish
xossasi kamayganda hatto kichkina jarohatdan ham bir talay qon oqib, o‘lim
xavfini tug‘diradi. Odam qoni tomirdan chiqqach 3-4 minutdan keyin iviy
boshlaydi, 5-6 daqiqadan so‘ng esa butunlay dirildoq laxtaga aylanadi. Qon
42
tomirlarining ichki qavati (intimasi) shikastlanganda va qonning ivish xossasi
ortganda butun organizmdagi tomirlar ichida ham qon ivib qolishi mumkin. Bu
holda tromb qon tomirining ichida hosil bo‘ladi. Qon ivishi plazmadagi oqsil -
fibrinogenning fizik-kimyoviy holatining o‘zgarishiga asoslanadi. Fibrinogen
erigan shakldan erimaydigan shaklga o‘tib, fibringa aylanadi va laxta hosil qiladi.
Fibrin uzun ingichka iplar shaklida cho‘kib, to‘rlar hosil qiladi va to‘r
qovuzloqlarida shaklli elementlar uShlanib qoladi. Tomirdan chiqarilgan qon
chilcho‘pda aralashtirilsa, hosil bo‘layotgan fibrinning ko‘p qismi chilcho‘pda
qoladi. Eritrotsitlardan yaxshilab yuvib olingan fibrin oq rangli bo‘lib, tola-tola
bo‘lib turadi. Shu yo‘l bilan fibrini ajratilgan qon fibrinsizlangan (defibrinlangan)
qon deb ataladi. U shaklli elementlardan va qon zardobidan iborat. Demak, qon
zardobi tarkibida fibrinogen yo‘qligi bilan plazmadan farq qiladi.
2.2. Sud-tibbiy ekspertiza materiallari bo‘yicha qon dog‘larida
agglyutininlar va agglyutinogenlarni aniqlanish holatini o‘rganish
Yangi qon dog‘larida qon guruhini aniqlash dearli qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Ammo, turli tashqi omillar ta’sir qilgan va xosil bo‘lganiga uzoq vaqt o‘tgan qon
dog‘larining tekshirishda qon guruhini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bu esa
birinchi o‘rinda agglyutininlarning qon dog‘larida yomon saqlanib qolishligi bilan
bog‘liq.
Turli hil buyumlarda joylashgan qon dog‘larida agglyutininlar va
agglyutinogenlarni aniqlashda manfiy natijalar nisbatini tekshirish maqsadida,
Respublika sud-tibbiy ekspertizasi Bosh byurosiga qarashli Toshkent shahar sud-
tibbiy ekspertiza byurosining sud-biologiya bo‘limida 1992-1996 yillarda
o‘tkazilgan ekspertizalar arxiv materiallari va Respublika sud-tibbiy ekspertiza
ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyat filialining sud-biologiya bo‘limida 2016-
2018 yillarda o‘tkazilgan ekspertizalar arxiv materiallari tahlil qilindi.
Respublika sud-tibbiy ekspertizasi Bosh byurosiga qarashli Toshkent shahar
sud-tibbiy ekspertiza byurosining sud-biologiya bo‘limida 1992-1996 yillarda
o‘tkazilgan ekspertizalar arxiv materiallari tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi:
5 yil davomida qon dog‘larida (dog‘da qon mavjudligi va turini aniqlangandan
43
so‘ng) guruh mansubligini aniqlash bo‘yicha 1714 ta ekspertiza o‘tkazilgan.
Tekshirilgan buyumlar soni 4128 tani tashkil etgan bo‘lib, ularda jami 50873
ob’ekt topilgan. Dog‘da odam qoni aniqlangan barcha ob’ektlar ABO tizimi
bo‘yicha qon guruhi tekshirilganda 33357 tasida guruh mansubligi aniqlangan, bu
umumiy tekshirilgan ob’ektlarni 65,6% ni tashkil qilgan. 16084 holatda (31,6%)
ABO tizimi bo‘yicha qon guruhini alohida komponentlari aniqlangan. Qolgan
1432 (2,8%) holatda guruh mansubligi umuman aniqlanmagan, ya’ni qon
dog‘larida agglyutininlar va agglyutinogenlar umuman topilmagan. Qon izlari
metal jismlarda va tuproqda topilgan holatlarda qon guruhi aniqlanmaslik holati
ko‘pchilikni tashkil etgan.
Ta’kidlash lozimki, ABO tizimi bo‘yicha qon guruhini alohida
komponentlari aniqlangan 16084 holatlardan A agglyutinogen 7709 holatda
(47,9%) topilgan, ammo unga mos tarzda beta (β) agglyutinin aniqlanmagan. 7147
holatda (44,4%) B agglyutinogen topilgan, ammo alfa (α) agglyutinin
aniqlanmagan. 1193 holatda (7,4%) agglyutinogen H topilgan, ammo alfa va beta
agglyutininlar aniqlanmagan. ABO tizimi bo‘yicha qon guruhini alohida
komponentlari aniqlangan holatlar ichida qon dog‘larida faqat agllyutininlar
aniqlangan holatlar kamchilikni tashkil etgan. Masalan, qon guruhini alohida
komponentlari aniqlangan 16084 holatdan 24 holatda (0,15%) alfa (α) va 11
holatda (0,07%) beta (β) agglyutinin aniqlangan.
Arxiv materiallari yil fasllari bo‘yicha o‘rganilganda qon dog‘larida guruh
mansubligini aniqlashdagi manfiy natijalarining katta qismi yilning birinchi
(25,7%) va ikkinchi (26,5%) choraklariga, ya’ni qish-bahor davriga to‘g‘ri kelishi
aniqlandi, bu ko‘rsatkich barcha holatlarning 52,2% tashkil etdi. Manfiy
natjalarning kam miqdori (47,8%) uchinchi (24,6%) va to‘rtinchi (23,2%)
choraklariga, ya’ni yoz-kuz davriga to‘g‘ri kelishi aniqlandi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyat
filialining sud-biologiya bo‘limida 2016-2018 yillarda o‘tkazilgan ekspertizalar
arxiv materiallari tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi: 3 yil davomida qon
dog‘larida (dog‘da qon mavjudligi va turini aniqlangandan so‘ng) guruh
44
mansubligini aniqlash bo‘yicha 526 ta ekspertiza o‘tkazilgan. Tekshirilgan
buyumlar soni 5149 tani tashkil etgan bo‘lib ularda jami 8147 ob’ekt topilgan.
Dog‘da odam qoni aniqlangan barcha ob’ektlar ABO tizimi bo‘yicha qon guruhi
tekshirilganda 5965 tasida guruh mansubligi aniqlangan, bu umumiy tekshirilgan
ob’ektlarni 73,3% ni tashkil qilgan. 1633 holatda (20,0%) ABO tizimi bo‘yicha
qon guruhini alohida komponentlari aniqlangan. Qolgan 549 (6,7%) holatda guruh
mansubligi umuman aniqlanmagan, ya’ni qon dog‘larida agglyutininlar va
agglyutinogenlar umuman topilmagan. Qon izlari metal jismlarda va tuproqda
topilgan holatlarda qon guruhi aniqlanmaslik holati ko‘pchilikni taShkil etgan.
Ta’kidlash lozimki, ABO tizimi bo‘yicha qon guruhini alohida
komponentlari aniqlangan 1633 holatlardan A agglyutinogen 849 holatda (51,9%)
topilgan, ammo unga mos tarzda beta (β) agglyutinin aniqlanmagan. 611 holatda
(37,4%) B agglyutinogen topilgan, ammo alfa (α) agglyutinin aniqlanmagan. 149
holatda (9,2%) H agglyutinogen topilgan, ammo alfa va beta agglyutininlar
aniqlanmagan.
ABO tizimi bo‘yicha qon guruhini alohida komponentlari aniqlangan
holatlar ichida qon dog‘larida faqat agllyutininlar aniqlangan holatlar kamchilikni
tashkil etgan. Masalan, qon guruhini alohida komponentlari aniqlangan 1633
holatdan 18 holatda (1,1%) alfa (α) va 6 holatda (0,4%) beta (β) agglyutinin
aniqlangan.
Arxiv materiallari yil fasllari bo‘yicha o‘rganilganda qon dog‘larida guruh
mansubligini aniqlashdagi manfiy natijalarining katta qismi yilning birinchi
(28,6%) va ikkinchi (27,8%) choraklariga, ya’ni qish-bahor davriga to‘g‘ri kelishi
aniqlandi, bu ko‘rsatkich barcha holatlarning 56,4% tashkil etdi. Manfiy
natjalarning kam miqdori (43,6) uchinchi (21,2%) va to‘rtinchi (22,4%)
choraklariga, ya’ni yoz-kuz davriga to‘g‘ri kelishi aniqlandi.
Yillar kesimida tahliliy o‘rganish qon dog‘larda guruh mansubligini aniqlash
bo‘yicha o‘tkazilgan umumiy tekshiruvlardan 1992-1996 yillarda o‘tkazilgan
ekspertizalarlarda 31,6% va 2016-2018 yillarda o‘tkazilgan ekspertizalarda 20,0%
holatlarda guruh mansubligini aniqlanmasligi ob’ektlarda agglyutininlarning
45
topilmasligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Qon dog‘larida guruh mansubligini
aniqlanmasligi ob’ektlarda agglyutinogenlarning topilmasligi bilan bog‘liqligi
1992-1996 yillarda o‘tkazilgan ekspertizalarlarda 0,22% va 2016-2018 yillarda
o‘tkazilgan ekspertizalarda 1,5% ni tashkil etgan. Bu esa agglyutinogenlarning
taShqi omillar ta’siriga chidamligidan dalolat beradi.
Agglyutininlarning aniqlanmasligi bilan bog‘liq tarzda qon guruhi
mansubligini aniqlashdagi katta miqdordagi manfiy natijalar, ushbu holatni keltirib
chiqaruvchi sabablarni izlashga ekspertlar diqqatini chorlaydi. Shu sababdan ushbu
kamchiliklarning bartaraf etuvchi usullarni izlab topish ashyoviy dalillarning sud-
tibbiy ekspertizasida muhim muammo va dolzarb mavzu hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |