Резервная копия Монография Адилбекова cdr


 Qon va qon dog‘ining sud-tibbiy tekshiruvi



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

2.3. Qon va qon dog‘ining sud-tibbiy tekshiruvi
Og‘ir jinoyatlar, masalan, odam o‘ldirish, nomusga tegish, jarohat yetkazish, 
yo‘l-transport halokatlari sodir etilganda ashyoviy dalillardan qon izlari topilib, 
uning qaysi tur va guruhga mansubligi aniqlanadi. Jinoyatni ochishda bu juda 
muhim ahamiyatga egadir.
Fuqarolik ishlari ekspertizasida, masalan, otalik va onalikni aniqlashda, 
bolalarni almashtirish hollarida qon tekshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Otalik va onalikni aniqlash kabi bahsli hollarda, bolalar almashtirilganda
jabrlangan yoki ayblanuvchining qonlarini ashyoviy dalil sifatidagi tekshirish 
natijalarini solishtirishda, qiyoslashtirish uchun namuna sifatida suyuq qon 
tekshiriladi. 
Sud biologiya laboratoriyasida qon suyuq va dog‘lar (izlar) ko‘rinishida 
tekshiriladi.
Qonni individualizatsiyalash eritrotsitlar, leykotsitlar, zardob, ferment 
tizimlari bo‘yicha tekshirishlar orqali aniqlanadi. 
Eritrotsitlar tizimi
bo‘yicha qon guruhlari ABO, MNSS, P, rezus (Rh), Le 
(Lyuis), Lu (Lassern), K (Kell), Kr, Fu (Daffi), Di (Diego), Xu, I guruh tizimlarida 
aniqlanadi.
Leykotsitlar tizimi
bo‘yicha 10 dan ortiq leykotsitar guruhlar (HL-A) 
farqlanadi. Qonni tekshirish leykotsitlarda mavjud bo‘lgan, o‘z belgilarini 


46 
avloddan-avlodga beruvchi antigenlarni o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga 
asoslangan.
Zardob tizimi
qon zardobi (plazma) takibidagi o‘z belgilarini avloddan-
avlodga beruvchi oqsillarni tekshirish bilan aniqlanadi. Zardob tizimi bo‘yicha sud 
tibbiyoti amaliyotida gaptoglobin (Нр), gamma-globulinlar (Gm), Inv, guruhga xos 
komponent (Gc), lipoprotenlar (Ag) tizimlari ko‘llaniladi. 
Ferment tizimi
inson qonini eritrotsitlari va zardobida saqlanadigan ko‘plab 
fermetlarni o‘z ichiga oladi. Sud tibbiyotida asosan izofermentlar qo‘llanadi. 
Izofermentlar aynan bir xil reaksiyalarga katalizator hisoblanib o‘zlariga xos 
bo‘lgan belgilarni avloddan-avlodaga o‘tkazish xususiyatiga ega. Ulardan 
eritrotsitlar javhar fosfatazasi, xolinesteraza, fosfatdegidrogenaza fermentlari qon 
dog‘larini tekshirishda keng qo‘llaniladi. 
Yuqorida ko‘rsatilganlardan ABO tizimi (klassik guruhi) o‘zida nafaqat 
agglyutinogenlar, balki agglyutininlarning mavjudligi bilan boshqa guruhlardan 
farq qilishi, tekshiruv usullarni qo‘layligi sababli sud tibbiyoti amaliyotida keng 
qo‘llaniladi. ABO tizimiga dastlab 1901 yilda Vena anatomiya instituti assistenti 
K.Landsteiner tomonidan asos solingan bo‘lib, shu vaqtgacha o‘z ishonchlik 
darajasini yo‘qotmagan. ABO tizimida suyuq qon va qon dog‘lari guruh 
mansubligi bir vaqtni o‘zida aglyutinogenlar va agglyutininlarning aniqlash bir 
qancha usullar yordamida tekshiriladi. Qon dog‘larida agtlyutinogenlar va 
agtlyutininlarning bir vaqtni o‘zidan aniqlash 1930 yilda N.V.Popov tomonidan 
taklif qiligan va amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.
Suyuq qon guruhini sud biologiya laboratoriyasida aniqlash asoslari boshqa 
tibbiy muassasalarida (jarroxlik, travmatologiya, qon quyish stantsiyalari, 
ginekologiya va akusherlik va h.k.) qon guruhini aniqlash printsiplaridan xech ham 
farq qilmaydi. Bu tekshirish usullari agglyutinin va agglyutinogenlarning qonda 
mavjudligini aniqlashga asoslangan bo‘lib faqat texnik jihatdan bajarilishi bilan 
farq qiladi. 
Arar klinik laboratoriyalarda agglyutinogen va agglyutininlarni aniqlash yassi 
jismlar orqali (likopcha, chinni idishlarda, plastinkalarda) amalga oshirilsa, sud-


47 
biologiya laboratoriyasida probirkalarda tekshirish orqali qon guruhi aniqlanadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish