52
tekshirish kiradi.
Vodorod peroksid, benzidin, fenolftalein eritmalari bilan ishlov berish asosida
ishlab chiqilgan dastlabki kimyoviy sinov tajribalari qon fermentlari bo‘lmish
katalaza va peroksidazani mavjudligini aniqlashga asoslangan.
Vodorod peroksid sinamasi.
Buning uchun
qon mavjudligiga gumon
qilinayotgan dog‘ ustiga 2-3 tomchi 3% vodorod peroksid eritmasi tomiziladi.
Agarda dog‘da qon mavjud bo‘lsa, dog‘ ustiga tomizilgan eritmani o‘ziga xos
“qaynashi” kuzatiladi. Chunki qon tarkibidagi katalaza va peroksidaza fermentlari
ta’sirida vodorod peroksid moddasi parchalanib erkin holatda kislorod ajralib
chiqadi va suyuqlik yuzasida pufakchalar hosil qiladi.
Benzidin sinamasi.
Buning uchun qon mavjudligiga gumon qilinayotgan dog‘
ustiga benzidin va vodorod peroksid eritmalaridan bir tomchidan tomizilganda,
qon borligida vodorod peroksidning parchalanishidan hosil bo‘lgan kislorod
hisobiga benzidin oksidlanib, ko‘k rang paydo bo‘ladi.
Fenolftalein sinamasi.
Buning uchun qon mavjudligiga
gumon kilinayotgan
dog‘ ustiga maxsus tayyorlangan fenolftalein va 3% vodorod peroksid eritmasidan
bir tomchidan tomiziladi. 10-15 soniya mobaynida qizg‘ish rangning paydo
bo‘lishi musbat natija hisoblanadi. Ayni shunday rangning bir daqiqadan so‘ng
paydo bo‘lishi inobatga olinmaydi, chunki bu holatda oksidlanish havoda yoki nur
ta’sirida ham sodir bo‘lishi mumkin.
Inson organizmiga tegishli boshqa suyuqliklar tarkibida ham katalaza va
peroksidaza fermentlarini bo‘lishligi ushbu tajribalarni ishonchli sinov usullari
qatoriga kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Lyuminol sinamasi.
Ushbu sinama qorong‘i, yaxshi yoritilmagan joylarni
ko‘zdan kechirishda qo‘llaniladi. Dog‘ga lyuminol eritmasi purkalganda yoki bir
necha tomchi tomizilganda, qon mavjuligida bir
minutgacha davom etadigan
yorqin havo rang nurlanish vujudga keladi.
Ultrabinafsha nurlari ostida tekshirish.
Qon borligi shubha qilingan
dog‘larga ultrabinafsha nurlar bilan ta’sir qilganda, qon dog‘i lyuminestsentsiya
bermaydi va to‘q jigar rang baxmalsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda dog‘
atrofi
53
sohalari ma’lum bir darajada flyuorestsentsiya beradi. Eski qon dog‘larida
gematoporfirin hosil bo‘lishi hisobiga dog‘ sohasida olov rang flyuorestsentsniya
kuzatiladi. Ultrabinafsha nurlar bilan sinama qorong‘i sharoitda o‘tkaziladi.
Ammo, zang va boshka narsalar ultrabinafsha nurlar yordamida tekshirilganda qon
dog‘lari bilan bir-biriga juda o‘xshab ketadi.
Taxminiy sinamalarning barchasi nospetsifik bo‘lib, ba’zan boshqa modda
saqlagan dog‘larda soxta musbat natija berishi mumkin. Shu sababli ushbu usullar
bilan dog‘larda qon borligini qat’iy tarzda aniqlab bo‘lmaydi, ular faqat dog‘da
qon borligini gumon qilish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: