Review of law sciences


III. Kollizion normalar orqali tartibga solish



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana10.04.2023
Hajmi0,51 Mb.
#926713
TuriReview
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-voprosah-primeneniya-pravil-shariata-kasayuschihsya-islamskogo-finansirovaniya-v-sudah-uzbekistana

III. Kollizion normalar orqali tartibga solish 
3.1. Xorijiy mamlakatlarda islom moliyasi bilan bog‘liq munosabatlarni kollizion 
tartibga solish 
Ushbu shartnomalar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish maqsadida 
shariat huquqiga asoslanmaydigan anglo-sakson yoki roman-german huquqiy oilasiga kiruvchi 
davlatlar asosan ikki xil usuldan foydalanib kelishmoqda. Birinchi usulda ichki huquqda islom 
moliyasi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda shariat huquqiga tayanish lozimligini anglatuvchi 
normalarni belgilash orqali (masalan, Qozog‘iston) tartibga solish maqsad qilinadi [10, 279-286 
betlar]. Ikkinchi usulda alohida islom banklari uchun shariat huquqini qo‘llash bo‘yicha norma 
kiritmasdan Xalqaro xususiy huquqdagi qo‘llaniladigan huquqni aniqlash yo‘li bilan nizolarga 
yechim topishga uriniladi. Hozirgi kunda birinchi usuldan foydalanish amaliyotda qandaydir bir 
samara berayotgani yo‘q. Chunki butun shariat huquqini yoki islomning savdo bilan bog‘liq 
tamoyillarini bir-ikki qonunning ichida jamlab qo‘yish yoki yuqoridagi shartnomalarning o‘zida 
keltirib o‘tish amaliy jihatdan imkonsizdir. Hattoki, Pokiston, Misr va Malayziya kabi 
mamlakatlarda islomiy sud tizimi mavjud bo‘lishiga qaramay, shariat huquqi faqatgina an’anaviy 
va oila bilan bog‘liq munosabatlardagina tatbiq etiladi, xolos [12, 11-bet]. 
Shu sababli AQSh, Angliya, Germaniya kabi mamlakatlar ikkinchi usuldan foydalanib 
keladilar. Lekin mazkur usulning ham o‘ziga xos murakkabliklari mavjud. Birinchidan, islom 


Review of law sciences
(2020) 107-112 

banklari shartnomalarda qo‘llaniladigan huquq sifatida shariat huquqini belgilab qo‘yadilar va 
mijozlar bilan bo‘ladigan barcha moliyaviy harakatlar shariat huquqiga zid kelmasligi lozim. 
Ikkinchidan, ba’zi vaziyatlarda islom banki joylashgan mamlakat huquqi qo‘llaniladigan huquq 
sifatida tanlanib, qo‘shimchasiga huquqni qo‘llashda shariat ahkomlari, ya’ni tamoyillariga amal 
qilinishi lozim deb belgilab qo‘yiladi.
Shuning uchun islom banklari bilan yuzaga keladigan nizolarni hal etishda sudlar 
muammolarga uchraydilar. Shunday ishlardan biri – 
Shamil Bank of Bahr. EC v. Beximco Pharms. 
Ltd
ishida shartnoma tomonlari Murabaha tamoyili asosida shartnoma tuzib, unda qo‘llaniladigan 
huquqqa tegishli bandda 
“shartnoma taraflari qo‘llaniladigan huquq sifatida shariat 
prinsiplariga asoslangan holda Angliya huquqining qo‘llanilishiga rozilik beradilar” 
deb 
belgilangan edi [13, 36-41 betlar]. Biroq Angliya sudi ishni ko‘rib chiqib, 
“bir nizoni hal etish 
uchun ikki huquqni qo‘llaniladigan huquq sifatida qabul qilish mumkin emas. Bundan tashqari, 
shariat huquqi davlat huquqi bo‘lmaganligi bois uni Angliya sudlarida qo‘llab bo‘lmaydi”
degan 
javobni taqdim etadi [14]. Xuddi shunga o‘xshash ish Michigan sudida ham ko‘rib chiqiladi va bu 
ishda sud 
“AIGning shariat huquqiga asoslangan xizmatlari AQSh Konstitutsiyasiga zid”
deb 
ta’kidlaydi [15]. Malayziyada ko‘rilgan Malayziya islom banki (Bank Islam Malaysia) bilan 
bog‘liq 11 ta ishda sud islom moliyasi bilan bog‘liq tizimning haqiqiyligini tasdiqlaydi [16]. 
Qisqacha qilib aytganda, shariat huquqini qo‘llaniladigan huquq sifatida belgilash borasida dunyo 
olimlari ham haligacha yakdil xulosaga kela olganlari yo‘q. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish