Review of law sciences
(2020) 107-112
4
Muzoraba
shartnomasida islom banki investitsion loyihalarga kapital kiritadi. Bunda bank
ushbu shartnomaning shar’iy talablariga asosan moliyalashtirish va uni amalga oshirishni o‘z
bo‘yniga oladi.
Mushoraka
shartnomasi deganda milliy huquqimizdagi mulkiy sherikchilikka
yaqin shartnomani tushunish mumkin. Bunda sheriklar o‘z sarmoyalarini ma’lum
bir loyihaga
yo‘naltiradilar va undan keladigan foyda hamda xatarlarni ulushga qarab belgilab oladilar. Ammo
yuqoridagi ikki shartnomada axloqiy xatarlar mavjud bo‘lgani sabab, banklar ulardan
foydalanishdan qochadilar [10, 130-133 betlar]. Uchinchi shartnoma islomiy banklar tomonidan
keng foydalaniladigan
Murobaha
shartnomasi hisoblanadi. Ushbu shartnomaga ko‘ra bank o‘z
hisobidan, ammo tadbirkorning nomidan biror-bir tovarni uchinchi tomondan sotib oladi. Shu
bilan murobaha vujudga keladi. Musulmon fiqhiga asosan bu yerda bankning sotib olingan tovarga
haqiqatda egalik qilishi talab etiladi. Chunki bankning bu tovarga egalik qilishi uning bozordagi
narxi tushishi bo‘yicha bank xatarlarni o‘z bo‘yniga olishini anglatadi.
Shundan keyin bank
xaridorga ustama evaziga bo‘lib to‘lash sharti bilan tovarni sotadi [11, 50-51 betlar]. Ustama
narxini belgilashda London banklararo stavkasiga (LIBOR) asoslaniladi.
Salam
shartnomasi ham
islom moliyasining asosiy shartnomalaridan hisoblanib, ushbu shartnomaga ko‘ra bank tomonidan
tovar qiymati naqd to‘lanadi va uni yetkazib berish kechiktirilib keyin sotiladi. U milliy huquqdagi
pudrat shartnomalariga o‘xshab ketadi. Biroq salam shartnomasida bank tomonidan pudratchi
kreditlanadi. Pudratchi o‘zi tayyor holatga keltirgan mahsulotni
bankka topshiradi va salam
shartnomasi bajarilgan hisoblanadi. Va nihoyat, yana bir asosiy shartnoma ijara shartnomasi
hisoblanadi. Bu ham milliy huquqdagi ijara shartnomasiga juda o‘xshash bo‘lsa-da, o‘zining ayrim
jihatlari bilan farq qiladi. Ularning asosiy farqi kuchga kirish vaqti hisoblanadi. U ijara predmeti
bo‘lgan mulkni ijarachiga berish vaqtidan boshlab tuzilgan hisoblanadi [10, 135-136 betlar]. Yana
shariat qoidalariga ko‘ra ijara haqi to‘lanishi kechiktirilganda qo’shimcha haq olish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, islom moliyasi bilan bog‘liq qarzi hasan, sukuk, takoful kabi shartnomalar
va yuqorida keltirilgan beshta shartnomaning alohida turlari ham mavjud.
Ushbu shartnomalar
ham O‘zbekiston milliy huquq tizimidagi shartnomalardan qaysidir jihatlari bilan farq qiladi.
Albatta, ushbu shartnomalarning barchasi shariat huquqining asosiy prinsiplariga bo‘ysindiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: