Review of law sciences



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana10.04.2023
Hajmi0,51 Mb.
#926713
TuriReview
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o-voprosah-primeneniya-pravil-shariata-kasayuschihsya-islamskogo-finansirovaniya-v-sudah-uzbekistana

IV. Xulosa 
Bizga ma’lumki, har bir investor biror mamlakatga kirib kelishidan avval o‘sha 
mamlakatdagi qonunchilik va u yerdagi sudlarning adolati haqida ham bosh qotiradi. Xususan, 
O‘zbekistonga kirib kelishni rejalashtirayotgan Yaponiya kompaniyalaridan birining 
mutaxassislari bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Yapon huquqini tadqiq qilish 
markazida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ular nega qo‘shni mamlakatlarni emas, balki aynan 
O‘zbekistonni tanlaganliklari haqidagi savolga quyidagicha javob bergan edilar” “Biz O‘rta Osiyo 
mamlakatlarini asosan ikkita faktorga qarab o‘rganib chiqdik. Birinchisi bozorning kattaligi 
bo‘lsa, ikkinchisi sudlar tomonidan nizolarning qanday hal etilayotgani edi. Biz shuning guvohi 
bo‘ldikki, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiy sudlarda tadbirkorlar va investorlarning yutib 
chiqish imkoniyatlari ko‘paymoqda hamda iqtisodiy sudlarning qarorlari biz o‘rganib chiqqan 
boshqa davlatlarnikidan ko‘ra adolatliroq”. Bu esa sudlarning investorlarning mamlakatimizga 
kirib kelishi va mamlakatimizning investitsion jozibadorligidagi o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi. 
Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi sudlarida yuqoridagilarni bahona qilib, islom moliyasi 
bilan bog‘liq shartnomalarda taraflar tomonidan tanlangan shariat huquqini qo‘llashni inkor 
etadigan bo‘lsak, islom moliyasini va uning investorlarini mamlakatimizga jalb etishimiz 
murakkab masalaga aylanadi. Ma’lum bir darajada islom olamidan bo‘lgan investorlarning 
nazdida investitsion jozibadorlikni ham yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Shuningdek, so‘nggi 


Review of law sciences
(2020) 107-112 

yillarda O‘rta Osiyoda “Islom moliyaviy markazi”ga aylanishni rejalashtirayotgan 
Qozog‘istondan [17, 121-138 betlar] ortda qolib ketishimiz mumkin va O‘zbekistonning 
islomning barcha sohalaridagi O‘rta Osiyodagi ustunligini ta’minlab qola olmaymiz. Bundan 
tashqari, taraflarning erk-muxtoriyati tamoyili ham ma’lum bir darajada hisobga olinmay 
qolaveradi. Bu esa huquqning asosiy tamoyillaridan bo‘lmish oldindan bashorat qilish 
imkoniyatiga ta’sir etadi. Ammo faqatgina investitsiyani jalb qilishni va taraflarning erk-
muxtoriyati tamoyilini birinchi o‘ringa qo‘yib, huquqiy barqarorlik, huquqdagi aniqlik kabi 
tamoyillarni chetga surib qo‘ya olmaymiz.
Shu sababli tamoyillar o‘rtasidagi muvozanatni saqlagan holda, islom moliyasi va uning 
asosini tashkil etadigan islom banklari shartnomalarini tartibga solishda Xalqaro xususiy 
huquqning asosiy tamoyillariga tayangan holda javob izlashga urinishimiz zarur.
Yuqoridagi kabi noqulayliklarga uchramaslik uchun ba’zi normativ-huquqiy hujjatlarga 
o‘zgartirish kiritish talab etiladi. Bunday normativ-huquqiy hujjatlar qatoriga O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi hamda sudlarga oid bir qancha hujjatlarni 
kiritishimiz mumkin. Masalan, Fuqarolik kodeksidagi mamlakat huquqi jumlasining o‘rniga 
huquq so‘zining o‘zi qoldirilsa, taraflar tomonidan tanlangan shariat huquqini qo‘llashning imkoni 
bo‘ladi. Biroq bu taraflar tomonidan tanlangan har qanday qoidalarning mamlakatimiz sudida 
qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin. Aytaylik, shartnomada yahudiylikning odat normalari 
qo‘llaniladigan huquq sifatida tanlansa, mamlakatimiz sudlarida ularni ham qo‘llashga to‘g‘ri 
kelib qoladi. Bu esa nafaqat ommaviy tartib masalalarini, balki sudyalar tomonidan bunday 
qoidalarni qo‘llashdagi murakkabliklarni ham yuzaga keltirib chiqaradi. Ammo bu kabi 
shartnomalarning amalda tuzilish ehtimoliga keladigan bo‘lsak, bu hali reallikdan ancha yiroq. 
Shu sababli reallikka yaqin bo‘lgan islom moliyasi bilan bog‘liq shartnomalarni tartibga solish 
asosiy o‘ringa qo‘yilgani maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, islom moliyasi bilan bog‘liq alohida qonunchilik normalarini ishlab 
chiqishga ehtiyoj paydo bo‘layotgani ham inkor etilmayapti. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi deputatlari Farhod Zayniyev va Jahongir Аbdurasulov anʼanaviy moliya tizimiga muqobil 
ravishda islom moliyasini joriy etishga qaratilgan qonunchilik asoslarini yaratish vaqti keldi deb 
ta’kidlab o‘tgani ham diqqatga sazovordir. Ularning fikricha, shiddatkor davr yangi imkoniyatlarni 
izlash, real iqtisodiyotning rivojlanishi va faollashuvi uchun moliyaviy imkoniyatlar manbasini 
kengaytirishni taqozo etayotir. Buning uchun esa anʼanaviy moliya tizimiga muqobil ravishda 
islom moliyasini joriy etishga qaratilgan qonunchilik asoslari yaratilishi lozim [18]. Bundan 
tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham 
mazkur masalaga alohida to‘xtalib o‘tgani e’tiborga molikdir. Sodiq Safoyev islom moliyasi 
bo‘yicha quyidagi fikrlarni keltirib o‘tadi: “Islom moliyasi butun dunyoda taraqqiy topayotgan va 
yuqori surʼatlarda rivojlanib kelayotgan moliya sohalaridan biri. Lekin biz shuni tan olishimiz 
kerakki, O‘zbekistonda bu borada amaliy qadamlar tashlangani yoʼq. Vaholangki, hukumat 
tomonidan bu sohaning muhimligi va undan unumli foydalanish, rivojlantirish ishlarini boshlash 
toʼgʼrisidagi qaror qabul qilingan va barcha davlat idoralarga yetkazilgan edi” [18]. Shuningdek, 
mazkur masala O‘zbekistonning yetakchi olimlaridan hisoblanmish Omonboy Oqyulovning ham 
nazaridan chetda qolgani yo‘q. Ularning fikriga ko‘ra, islom dinida bo‘lgan shaxslar uchun islom 
moliyasi bilan bog‘liq masalalarning Fuqarolik kodeksida o‘z o‘rnini topishi juda ham muhim 
hisoblanadi [18]. Bizning fikrimizcha, Fuqarolik kodeksi bilan birgalikda yangi alohida islom 
moliyasi bilan bog‘liq qonunchilikning ishlab chiqilishi va ushbu qonunda islom moliyasi bilan 



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish