“…umuman olganda moliyaviy bozorlar haqida oldindan bir nima deb bo’lmaydi. Hodisalarni oldindan bashorat qilish g’oyasining o’ziyoq mening bozor haqidagi tasavvurlarimga to’g’ri kelmaydi.”
Jorj Soros
12-MAVZU. INVESTITSION DASTURLARNI MOLIYALASHTIRISH REJA: - 12.1. Xo'jalik yurituvchi subYektlarni tarkibiy jihatdan qayta qurish - kompleks muammosi
- 12.2. Xo'jalik yurituvchi subyektning innovatsioninvestitsion strategiyasini shakllantirish
- 12.3. Investitsiyalar: manbalari, baholash va samaradorlik
12.1. Xo'jalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy jihatdan qayta qurish - kompleks muammo
Инвестиция дастури
– бу Республика иқтисодиётини барқарор ва тадрижий ривожлантиришга эришишга, табиий, минерал хом-ашё, молиявий, моддий ва меҳнат ресурсларидан оқилона фойдаланиш йўли билан Республиканинг айрим тармоқлари ва минтақаларини таркибий ўзгартиришнинг асосий устуворликларини ва стратегик вазифаларини амалга оширишга йўналтирилган бир - бири билан ўзаро боғланган чора – табдирлар комплексидир
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari
| |
– investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, zarur hajmlarda, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek, loyihalarni tanlab olishning amaliy mexanizmini shakllantirish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
|
– tarkibiy o’zgartirishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga muvofiq mablag’ qo’yishning o’zaro manfaatligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
|
– belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarni, ishlab chiqarishlarni va faoliyat sohalarini qo’llab-quvvatlash;
|
– transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;
|
– ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarni (ta’lim, sog’liqni saqlash, uy-joy kommunal xo’jaligi va boshq.) aholi turmush darajasi va sifatini oshirishni, iste’mol talabini faollashtirishni ta’minlovchi hajmlarda, birinchi navbatda, investitsiyalash;
|
– investitsiya loyihalarini Investitsiya dasturining aniq ro’yxatiga oldindan begilangan mezonlar asosida kiritish;
|
– mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
|
– ilgari boshlangan obyektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |