Review of law sciences
(2020) 107-112
2
huquqini belgilaydigan shartnomalardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolar milliy sudlarda
O‘zbekistonning xalqaro xususiy huquqiga asoslangan holda qay tarzda hal etilishi haqida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Islom moliyasi, Islom bank tizimi, shariat huquqi, qo‘llaniladigan huquqni
tanlash, taraflarning erk muxtoriyati.
I.
Kirish
Dunyo bo‘ylab islom moliya bozori tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. So‘nggi
yillarda
islom moliyasi O‘zbekiston bank sektoriga ham sarmoya kiritishni boshladi. Xususan, mashhur
jurnallardan biri Reuters 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi islom moliyasini respublika
hududida tatbiq etish harakatlarini boshlab yuborganligi haqida ma’lum qildi. Bu harakatlar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish bo‘yicha
amalga
oshirayotgan siyosatining bir qismi ekanligi ta’kidlanadi [1]. Albatta, islom moliyasining
O‘zbekistonga kirib kelishi aholisining katta qismi islom dinida bo‘lgan va islom dinining asosiy
markazlaridan bo‘lib kelayotgan mamlakatimizda uning rivojlanishi uchun yetarli asoslar mavjud
hisoblanilayotganligi uchundir.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonning tahminan 30% aholisi
aynan omonat foizi (ribo) xaromligidan qo‘rqqani bois o‘z sarmoyalarini banklarga qo‘ymaydilar
[2]. Mana shuning uchun ham
islom moliyasi, xususan, islom banklarining mamlakatimizga kirib
kelishi va bizning banklarimiz bilan tuzadigan shartnomalari mamlakatimiz rivojida katta
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Bu sohadagi amaliy misollarni keltiradigan bo‘lsak, Asia Alians Bankning rasmiy sayti ham
mazkur bank va Xalqaro islomiy savdo-sotiqni moliyalash korporatsiyasi (International Islamic
Trade Finance Corporation) o‘rtasida 9 million dollarlik “Murabaha” tamoyiliga asoslangan islom
moliyaviy shartnomasi imzolanganligi borasida rasmiy xabarlarni tarqatdi [3]. Yana Asia Alliance
bank tomonidan 2020-yilning oxiriga kelib to‘liq islom dini talablariga
mos keladigan bank
xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilmoqda [4]. Bundan tashqari, yaqin kelajakda islom
moliyasi O‘zbekistonga yanada jadal ravishda kirib kelishi kutilmoqda.
Albatta, hukumatimiz tomonidan ham mazkur islomiy moliyaviy institutlarning kirib
kelishiga ma’lum bir tayyorgarliklar ko‘rilmoqda deb ayta olamiz. Masalan, O‘zbekiston
Respublikаsi Prezidentining “Islom tаrаqqiyot bаnki guruhi (ITB) vа Arаb muvofiqlаshtirish
guruhi (AMG) jаmgʼаrmаlаri bilаn sheriklikni yanаdа kengаytirish
vа chuqurlаshtirish chorа-
tаdbirlаri toʼgʼrisidа”gi PQ-4224-son qаrori qabul qilindi. Usbu qarorning maqsadi sifatida Islom
taraqqiyot banki guruhi va Аrab muvofiqlashtirish guruhi jamgʼarmalari bilan uzoq muddatli
sheriklikni yanada kengaytirish,
shuningdek, ustuvor loyihalarni va ular bilan hamkorlik
dasturlarini qoʼllab-quvvatlash belgilandi. Mazkur qarorda respublikamizning ITB guruhi va
АMG bilan uzoq muddatli sherikligining asosiy yoʼnalishlari hamda
vazifalaridan biri sifatida
bank-moliya tizimini hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirish hamda bank
sektorida islomiy moliyalashtirish asoslarini joriy etish, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini,
jumladan vaqf jamgʼarmalarni tashkil etish yoʼli bilan qo‘llab-quvvatlash dasturlarini birgalikda
ishlab chiqish va O‘zbekistonda tatbiq qilish (qarorning 2-bandi) belgilab berildi. Bundan anglash
mumkinki, O‘zbekiston hukumati islom moliyaviy institutlarining mamlakatimizga kirib kelishiga
qarshi emas va aksincha, ularning kirib kelishiga xayrixohdir.