YUSUPOV ZARIFJON.
521-GURUH TALABASI.
1-Kazus.
Huquqiy tartibga solish usuli---jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta’sirida qo’llaniladigan usul. Vosita va yo’llar majmuyi. Agar huquqiy tartibga solish predmeti huquq nimani tartibga solsdi degan savolga javob bersa, huquqiy tartibga solish usulu esa shu ijtimoiy munosabatlarni qanday, qaysi yo’l , usul bilan tartibga solidi degan savolga javob beradi.
Huquqni sohalarga ajratish asosi sifatida huququi tartibgs solish usulini muhokama qiling…
JAVOB
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish aniq usullar yordamida amalga oshiriladi .Huquqiy tartibga solish usuli huquqiy tartibga solish predmeti bilan bevosita bog’liq bo’ladi .Yuridik va jismoniy shaxslar shaxslar o’rtasidagi munosabatlarga huquqiy tasir etishning yo’llari yig’indisi huquqiy tartibga solish metodi deb ataladi. Huquqiy tartibga solishning usulining ikki turi ya’niavtonomiya usuli va avtiritar usuli mavjud.
Avtonomiya metodi asosida tartibga solunuvchi munosabatlarda taraflar teng huquqli bo’ladilar hamda ular qonunda belgilangan vakolatda mustaqil faoliyat ilib boradilar. Misol uchun , fuqarolik huquqiy munosabatlarni olaylik, ularda ishtirok etuvchi subyektlar qonun belgilagan me’yiq ko’lamida o’z hatti harakatlarini mustaqil kelishuv, shartnoma asosida belgilaydilar.
Avtoritar usul deganda ijtimoiy munosabatlarda hamkorlik, buyruq asosida qat’iy ta’sir o’tkazish tushuniladi. Masalan , ma’muriy huquqiy va jinoiy huquqiy munosabatlarni olaylik. Bu munosabatlarda bir tomonda davlat// davlat idorasi yoki vakolatli mansabdor shaxs// namoyon bo’ladi, ikkinchi tomonda esa fuqaro maydonga chiqadi. Ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni qo’llovchi vakolatli ssubyekt davlat hokimiyati nomidan ish ko’radi, ya’ni avtoritar usulga tayanib huquqiy tartibga solishni amalga oshiradi.
2---KAZUS
Kishilar ongi va hohish irodasiga huquq yordamida ta’sir ko’rsatish ko’rinishlaridan biri muayyan faoliyat turlarini rag’batlantirish hisoblanadi. Mazkur chorani qqo’llash natijasida subyekt taqdirlanadi uuning uchun ijtimoiy oqibatlar ro’y bergan sanaladi.
Huquqiy rag’batlantirishning hususiyati, funksiyasi va ijtimoiy ahamiyatini atroflicha muhokama qiling….
JAVOB
Rag’batlantirish jamiyat uchun ham, rag’batlantirilayotgan subyekt uchun ham foyydali bo’lib, ularni ijobiy oqibatlar bilan qanoatlaantirgan holda , turli manfaatlarni uyg’unlashtiradi.rag’batlantirish odatda ancha ta’sirchan yuridik omil hisoblanadi.
Huquqiy rag’batlantirish nazorat qiluvchi, da’vat etuvchi, ahborot berish, kafolatlash, taqsimlash va tarbiyalash funksiyalarini bajaradi. Xusuusan, huquqiy rag’batlantirishninng ijtimoiy nazorzt funksiyasi shaxsning muayyan faoliyatini muvofiqlashtiradi, da’vat etish funksiyasi majburiyarlarni oshirib bajarishga va ijtimoiy foydali ijobiy harakatlar qilishga da’vat etadi; axborot funksiyasi rag’batlantirish orqali muayyan yuridik axborotni, subyektidan obyektiga oshiriluvchi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtiradi; baxolash funksiyasi yordamida boshqaruvchi organ muayyan shaxsning xulq atvorini rasman ijobiy baxolaydi, uni tan oladi , baholaydi, faoliyatning jamiyat uchun foydalilik darajasini aks ettiradi; kafolatlash funksiyasi intizom va tartibni mustahkamlash uchun qulay shart sharoit yaratadi.
Ayni paytda huquqiy rag’batlantirishning qator belgilari mavjuud . Avvalambor, huquqiyrag’batlantirish hurmatga sazovor va taqdirlashga loyiq xulq atvor bilan bog’liq bo’ladi.Bunda shaxs davlat va jamiyat oldidagi o’z xizmatlari uchun shunday hurmatga sazovor bo’ladi. Ko’pincha rag’batlantirish bilan bog’liq nhujjatning mazmunidz xizmat to’g’risa bevosita fikr yuritiladi. Shu bois xizmat va rag’batlantirish o’rtasidagi bog’lanish yana bir karra ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |