45-§. Metro vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi
Metro vagonlarining yaxshi ishlashi uchun maxsus dastur bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatiladi. Texnik xizmat ko‘rsatish asosan metro vagonlarining ishlash muddatini oshirish, uning har doim ishga tayyor bo‘lishi, puxta hamda xavfsiz ishlashini ta'minlash- dir. Khuni hisobga olib, metro vagonlarining texnik xizmat ko‘rsatish va texnik ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Metro vagonlarini ishlatish davri bosib o‘tilgan masofani hisobga olib ularga birinchi, ikkinchi va uchinchi (TO-1, TO-2, TO-3) hajmda texnik xizmat ko‘rsatiladi.
Texnik ta'mirlash ishlari ham uch turga bo‘linib, metro vagon- larining yo‘lda buzilib qolish hollarining oldini olish tarkibning doimo kam-ko‘stsiz ishlashini ta'minlash, elektr quvvatini va moylash materiallarini tejashga erishishdan iboratdir.
Texnik xizmat ko‘rsatishda TO-1, TO-2 va TO-3 ishlarini vagonlar tuzilishini biladigan mutaxassislar maxsus texnik xizmat ko‘rsatish joylarida o‘tkazadilar.
Joriy ta'mirlash ishlarida asosan vagonlarning ishdan chiqqan asosiy qism va detallari ta'mirlanadi. Bu ishlarni maxsus ta'mirlash brigadalari depoda bajaradilar.
Ishlab turgan metro vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun maxsus vaqt ajratiladi. Rezervda turgan vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatilmaydi, joriy ta'mirlash ishlari esa o‘tgan masofaga nisbatan bajariladi.
7-jadvalda metro vagonlari uchun texnik qarov va ta'mirlash ishlarini o‘tkazish davriyligi keltirilgan.
168
7-jadval
Texnik xizmat ko‘rsatish turi
|
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi
|
Ishlab turgan vagonlarga
|
Rezervda turgan vagonlarga
|
Texnik xizmat ko‘rsatish (kundalik)
|
20 soatdan oshmasligi kerak
|
10 sutkadan keyin
|
TO-1
|
3,75 1 ming km
|
10 sutkadan to 45 sutkagacha
|
TO-2
|
7,5 1 ming km
|
45 sutkadan to 6 oygacha
|
TO-3
TO-4
|
Juft g‘ildirakning yuzini yedirish uchun
|
—
|
Joriy ta'mirlash:
|
|
|
TP-1
|
60 10 ming km
|
6 oy turgandan so‘ng
|
TP-2
|
240 10 ming km
|
24 oydan so‘ng
|
TP-3
|
960 40 ming km
|
48 oydan so‘ng
|
Kapital ta'mirlash
|
2880 ming km
|
—
|
45.1. Vagonlarning yurish qismiga texnik xizmat ko‘rsatish Metro vagonlarini TO-1, TO-2, TO-3 texnik xizmat ko‘rsatishga va joriy ta'mirlash TP-1 va TP-2 ga qo‘yishdan ilgari buksalarining harorati aniqlanadi (qo‘l yordamida), bunda buksalar harorati 35˚C dan oshmasligi kerak. Kardan o‘qi va reduktor korpusi 20˚C atrofida bo‘lishi kerak. Agar bu qismlar harorati birmuncha baland bo‘lsa, darhol metro vagonlarini depoga olib kelib, kamchiliklarini aniqlab, ta'mirlanadi.
Arava bo‘yicha TO-1 va TO-2 da asosan juft g‘ildiraklarga katta ahamiyat beriladi. Bunda g‘ildiraklar yuzida tez yeyilish alomatlari, g‘ildiraklarning yuzida polzun (supa yeyilish) bo‘lmas- ligi, mayda yoriqlar, metall yuzida yemirilish alomatlari va bosh- qa kamchiliklar bo‘lmasligi kerak.
TO-3 o‘tkazish paytida TO-2 ishlar hajmi bajarilgandan so‘ng kuzov podpyatnigi, ya'ni aravacha o‘rnatilgan joyi va shkvoren, suyangichlari qo‘shimcha tekshiriladi. Bundan tashqari rezinali amortizatorlari ko‘zdan kechiriladi.
TO-3 ni o‘tkazish paytida juft g‘ildiraklarning tortuv motorla- ridagi podshipnigining oraliqda borib kelish zazori 8 mm dan oshmasligi kerak. Ishdan chiqqan tormoz kolodkalari almashtiri-
169
ladi. Bundan tashqari tok qabul qilib oluvchi bashmoqlari tozalanadi, mahkamligi tekshiriladi va kerak joylari yog‘lanadi.
Joriy ta'mir TP-1 va TO-3 hajmidagi ishlar bajarilgandan so‘ng quyidagi qo‘shimcha ishlar amalga oshiriladi:
— rama va telejkaning asosiy qismi chang va kirdan tozalana- di. Juft g‘ildiraklar diametri o‘lchanadi va ichki masofasining ikki g‘ildirak oralig‘i o‘lchanadi. Tormoz kolodkasi va g‘ildirak yuzi orasidagi masofa (zazori) o‘lchanadi. G‘ildirak gardishi obdan tekshiriladi. G‘ildirak burtlari, yuzasining butunligi, yoriqlari va boshqa kamchiliklar bo‘lmasligi kerak.
Gidravlik amortizatorlari vagondan tushiriladi va maxsus uskunada ishi tekshiriladi. Uskunaga o‘rnatishdan ilgari rezinali salniklari va vtulkalaridan suyuqlik chiqib ketmasligi tekshiriladi. Agar suyuqlik chiqib ketsa, bu holda amortizator to‘liq ta'mirlanadi. Uning ishlash prinsipi yuqorida keltirilgan. Ta'mirlashdan so‘ng 3 daqiqa vaqt ichida amortizatorlar ish diagrammasi lentaga yoziladi. Uskunada tekshirilgandan so‘ng vagonga qayta o‘rnatiladi.
Katta TP-2 hajmdagi ta'mirlash ishlari ancha keng bo‘lib, quyi- dagi ishlar bajariladi. Aravachaning ramasi yuvilib, tozalanadi va artib, TP-1 hajmdagi tekshiruv ishlari o‘tkaziladi. Reduktorning mahkamlangan joyi qo‘shimcha ravishda tekshiriladi, buning uchun yarim muftasi va qolgan qismlar ham bo‘shatiladi, so‘ng har bir qism alohida o‘lchanadi va defektoskop qilinib, qayta joyiga o‘rnatiladi. Nosoz qismlar qayta tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |