40-§. Elektr tarkibining elektr ta’minoti bilan uzviy bog‘lanishi
Elektr tarkibi ishlash jarayonida temiryo‘l uchastkalari bo‘ylab harakatlanadi, elektr podstansiyalaridan uzoqlashadi, ayrim holatlarda yaqinlashadi. Bunday holatlarda elektr quvvatining hajmi o‘zgarishi tabiiy hol. Elektr tarkibining soni o‘zgarishi aynan iste'molchilar bilan bir vaqtda bir-biriga yaqin ishlashi elektr podstansiyalariga o‘rnatilgan agregatlarning bir maromda ishlashiga xalaqit beradi. Masalan, tortuv podstansiyalari yuklamasining tez ko‘payishi, poyezdlarning tepalikka bir vaqtda to‘g‘ri kelib qolishi yoki bir nechta tarkib joyidan bir vaqtda qo‘zg‘alishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar podstansiya ishini og‘ir- lashtiradi.
Elektr podstansiyasidan uzoq masofadagi ulanish simining kuchlanishi birmuncha kam bo‘ladi, podstansiyaga yaqin joylashganlari esa, aksincha, kontakt simlarda birmuncha baland. Ayniqsa, masofada bir nechta poyezd bir vaqtda ishlab tursa, ulanish simidagi kuchlanish birmuncha kamayadi. Podstansiyaga yaqin joyda ishlaydigan tarkibda kuchlanish biroz ko‘p. Bunday ulanish simidagi kuchlanishlarning o‘zgarishi elektr tarkibining ravon ishlashiga xalaqit beradi.
Ulanish simlaridagi kuchlanishning kamayishi tarkibning yurish tezligini pasaytiradi, peregonda yurish vaqti cho‘ziladi, uchastkaning yuk o‘tkazish qobiliyati pasayadi. Bundan tashqari o‘zgarmas tokda ishlaydigan uchastkalarda ulanish simidagi kuchlanish kam bo‘lsa, tortuv motorlaridan o‘tadigan sovuq havo bosimi kamayib, ularning qizib ketishiga olib keladi. Havo haydagich ventilatorining aylanish soni ham kamayadi. Tarkibning tepalikka yurish vaqtining cho‘zilishi ham tortuv motorlarining qizib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Ulanish simlaridagi kuchlanishning past bo‘lishi hisobiga tezlik kamayadi. Temiryo‘llarda eng katta balandlikka ega bo‘lgan masofa- lar bor, ularni bosib o‘tish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflanadi. Bunday joylarda tarkibning yurish tezligining pasayishi og‘ir
157
yuklarni o‘tkazishni chegaralab qo‘yishi mumkin. Khuning uchun bu uchastkalarda ulanish simining kuchlanishi ko‘p yuk o‘tkazish qobiliyati bilan tenglashtirilib turiladi. Yuqori ulanish simlaridagi kuchlanish vaqtincha hisoblanganligi sababli tortish kuchini hisoblash qoidalarida u nominal qiymati bo‘yicha hisoblanadi. Bundan tashqari, ulanish simidagi kuchlanishning tez o‘zgarishi poyezdlarning ravon ishlashiga putur yetkazadi. Qisqa muddat ichida kuchlanish masofada bir nechta poyezd bo‘lganligi uchun ham o‘zgarishi mumkin.
Kuchlanishning pasayish hollarini kamaytirish uchun elektr podstansiyalarining oraliq masofasini kamaytirish va o‘zgarmas tokda ishlaydigan joylarda ulanish simlarining diametrini kattaroq qilib olish mumkin. O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ulanish simlarining kuchlanishini reaktiv quvvatidan foydalanish yo‘li bilan oshirsa bo‘ladi.
Poyezdlarni ishlatish vaqtida, ayniqsa, tepalikdan tushishda rekuperativ tormozidan foydalanish samaralidir. Bunda tokning quvvati qayta ishlanib, yuqori ulanish simlariga uzatiladi, bu esa tokni iqtisod qilishga, to‘g‘in va tormoz kolodkalarining kam yeyilishiga, poyezdlarning ravon ishlashiga olib keladi.
158
Ikkih hi bo‘lim
Do'stlaringiz bilan baham: |