Respublihasi



Download 8,03 Mb.
bet1/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)


O‘ZBEHISTON RESPUBLIHASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, HASB-HUNAR TA'LIMI MARHAZI
X. I. NURXO‘JAYEV

ELEHTROVOZLAR VA ELEHTR POYEZDLARNI ISHLATISH VA TA'MIRLASH ASOSLARI


Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


„O‘QITUVCHI“ NA HRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TO HKENT — 2007



BBH 39.k3k я 7kk


Taqrizchilar:
N.M. Usmohxo‘jayev, — texnika fanlari doktori, professor.
A. Islomov — O‘zbekiston temiryo‘llari DATK, lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i.


Mazkur o‘quv qo‘llanmada O‘zbekistonda temiryo‘llarning rivojlanishi tarixi, elektrovozlar va elektr poyezdlari, temiryo‘l va metropoliten vagonlarining tuzilishi, ishlatish va ta'mirlash asoslari bayon qilingan. Elektrovoz va vagon xo‘jaligi hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish haqida ma'lumot berilgan. Bundan tashqari, tarkibni diagnostika qilish bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan. Qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan temiryo‘l transporti muhandis-texnik xodimlari va talabalar ham
foydalanishlari mumkin.



N 3kk4000000—190 qat. buyurtma—k007
353(04)— k007

2
I3BN 978-9943-02-097-9
© «O‘qituvchi» NMIU, T., 2007.






SO‘ZBOSHI

O‘zbekiston temiryo‘llarining tarixi 1874-yildan boshlanadi. U o‘tgan davr ichida unutilmas voqealarga boy bo‘lsa-da, biroq mamlakatimizning o‘z temiryo‘li 1994-yil 7-noyabrda tashkil topdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, xuddi o‘sha yili sobiq O‘rta Osiyo Temiryo‘l boshqarmasining mamlakatimiz hududidagi bo‘limlari asosida «O‘zbekiston temiryo‘llari» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. O‘sha paytdan boshlab, temiryo‘l transporti faoliyatini takomillashtirish maqsadida, istiqbolli tad- birlar amalga oshirilib kelinmoqda. Dastlabki bosqichda kompa- niyaning barcha temiryo‘l bo‘limlari tarkibiy tuzilishi hal qilinib, yo‘lovchilar tashish jarayoni ixtisoslashtirildi.


Tarmoqni rivojlantirishning strategik masalalarini hal etish davrida temiryo‘l transportida tuzilmaviy islohotlarni chuqur- lashtirish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. Bu islohotlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ishlab chiqarish va texnika bazasini yangilash asosida yuk tashishning hajmi va sifatiga oshib borayotgan talablarni qondirish, temiryo‘l transportining boshqa bo‘g‘inlarida samara- dorlikni oshirishdan iborat.
Hamkorlik sharofati bilan mamlakatimizda Yevropa bilan Osiyoni bog‘laydigan TRA EKA dasturi loyihalari amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq TRA EKA maxsus dasturi tuzilgan edi. Bu dastur mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishga, uning jahon iqtisodiyoti jarayonlariga kirib borishini tezlashtirishga imkon beradi.
Temiryo‘l korxonalarida olib borilayotgan samarali ishlar erishilayotgan muvaffaqiyatlar omilidir. Avvallari mamlakatimiz hududidan tashqarida amalga oshirilayotgan yuk va yo‘lovchi tashish vagonlarini, shuningdek, teplovoz, elektrovoz va elektr poyezdlarni ta'mirlash jarayonlari endilikda o‘z kuchimiz bilan amalga oshirilmoqda. hu bilan birga, lokomotiv va vagon depolarida harakatlanuvchi tarkiblarni nafaqat yaxshi holatda saqlash, balki MDH mamlakatlari temiryo‘l tashkilotlari bilan kelishib, ularning xizmat muddatlarini uzaytirishga qaratilgan ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Respublika korxonalarida

3
qismlar, agregatlar va ularning 400 dan ortiq turi o‘z samarasini berdi. 1996-yilga kelib, lokomotivlarni to‘liq ta'mirlash texnolo- giyasi o‘zlashtirildi. «O‘ztemiryo‘lmashta'mir» korxonasida elektrovoz va teplovozlarni to‘liq ta'mirlashda yil sayin yaxshi ko‘rsatkichlarga erishilganligini e'tirof etish joiz.


Respublikamizda temiryo‘llarni elektrlashtirish 1965-yillarda boshlandi. Dastlabki keltirilgan elektrovozlar ikki xil elektr tokida, ya'ni o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda ishlardi. Bu bir qancha qiyinchiliklar tug‘dirdi, so‘ng butunlay o‘zgaruvchan tokda ishlay- digan tarkiblarga o‘tildi. Birinchi bor 1971-yil 5-noyabr kuni ER2 elektr poyezdi Yangiyo‘l shahriga yo‘lovchilarni olib keldi. 1977- yil 1-iyul kuni «O‘zbekiston» nomli elektrovoz deposi ishga tushdi. 1987-yil 27-avgust kuni esa 3P9E elektr poyezdi Jilg‘aga, so‘ng Chingeldiga qatnay boshladi.
1987-yil 28-avgust kuni birinchi bor BЛ60K tipidagi elektro- voz Toshkentdan Aris shahriga yo‘lovchilarni tashiy boshladi.
Hozirgi paytda Toshkent—Aris (150 km), Toshkent—Xo‘ja- kent (68 km), Toshkent— amarqand (360 km) asosiy yo‘nalishlari butunlay elektrlashtirildi. Kelajakda esa Toshkent—Qo‘qon (253 km) va Buxorogacha temiryo‘llarni elektrlashtirish mo‘ljallab qo‘yilgan.
Hozirgi vaqtda asosiy yo‘nalishlarda ishlaydigan teplovozlarni elektrovozlarga almashtirish juda qo‘l keldi. Bunda yonilg‘i va energiya resurslari 1,5 baravar tejaladi va keyingi paytlarda dolzarb bo‘lib qolgan atrof-muhit ekologiyasini muhofaza qilish muammolari atroflicha hal bo‘ladi. Muallif ushbu kitobni tayyorlashda foydali maslahatlarini bergan professor
N. M. Usmonxo‘jayevga va dotsent Y. K. Qurbonovga katta min- natdorchilik bildiradi. Mazkur kitob kamchiliklardan xoli bo‘lma- ganligi tufayli muallif barcha tanqidiy fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.

4


Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish