Respublihasi



Download 8,03 Mb.
bet2/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)


Birinchi bo lim




  1. §. Elektrlaxhtirilgan temiryo‘llardan foydalanixh va elektr ta'minoti


Birinchi bor elektr energiyasidan tortish maqsadida foydalanish fikrini Rossiya olimlari oldinga surdilar. 1837-yil Peterburgdagi Neva daryosida katta bo‘lmagan kemaga o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr motor o‘rnatilgan edi. Uni akademik B. . Yakobi loyihalashtirgan. Kemaning motori galvanik element yordamida ishlar edi. Elektrotexnikaning tez rivojlanishi elektr energiyasini katta masofaga uzatishga yordam berdi. 1874-yilda muhandis
F. A. Pirotskiy birinchi bor uzoq masofaga elektr tokini uzatish yordamida yurib turgan tarkibga (ekipaj, elektrovoz va boshqalar) erishdi. U taklif qilgan tizimda elektr motorlarini ishlatishda rels zanjiridan va yuqori ulanish simlardan foydalanilgan holda birin- chi bor elektrlashtirilgan temiryo‘llardan foydalanishga asos solindi. Bundan tashqari, 1918-yilda Rossiya temiryo‘l xalq komissariati qoshida Temiryo‘llar eksperimental instituti tashkil topdi. Bu temiryo‘l transporti sohasida ilmiy ishlarni rivojlantirishga, shu jum- ladan, elektr tortish kuchidan foydalanishga ilmiy asos bo‘ldi.
Temiryo‘llarni elektrlashtirish muammolarini hal qilishda o‘sha davrning yirik professorlari A. V. Vulf, G. O. Graftio, V. A. he- valin, A. B. Lebedev, K. I. hefner. M. A. hatelen va boshqalar qatnashdilar.
Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar tomonidan temiryo‘llarni elektr quvvati bilan ta'minlash, elektr toki yordamida tarkibni tortish qoidalarini, yuqori ulanish simlaridan foydalanish va harakatdagi elektr tarkibining elektr quvvati sarfini hisoblash va ularni ishlatish asoslari ishlab chiqilgan edi. Birinchi bor Boku—
obunchi (1926-yil) elektr temiryo‘l uchastkasida 1500 V o‘zgarmas tokda, keyin esa 3000 V kuchlanish yordamida elektr poyezdi harakatlantirildi.
Olimlarning olib borgan izlanishlaridan ma'lum bo‘ldiki, elektr temiryo‘llarida kelgusida bir fazali o‘zgaruvchan tokdan foydalanish katta tejamkorlikka olib kelishi mumkin ekan. 1959-yilning oxirida Transsibir temiryo‘lining Chernorechensk—Klyukvennaya uchastkasida birinchi bor elektr temiryo‘lida o‘zgaruvchan tokdan foydalanildi.
5
Elektrlashtirilgan tarkib va elektr uzatish ta'minoti bu butun bir zanjir hisoblansa, tashqi qismi elektr ta'minotidan, ichki qismi esa elektrlashtirilgan tarkibdan iborat. Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr quvvatlari, baquvvat simlar orqali uch fazali transformator yordamida podstansiyalariga uzatiladi. U yerdan xalq xo‘jaligi, temiryo‘l va boshqa tarmoqlarga ulanadi.
Tortish elektr ta'minoti podstansiyalardan iborat bo‘lib, undagi uskunalar qo‘llaniladigan elektr tortish tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr ta'minoti elektr temiryo‘llarida ishlaydigan elektr tarkiblarga uzluksiz elektr quvvati yetkazib berib turishi kerak. Ayrim hollarda elektr poyezdlari va elektrovozlarning yo‘lda (peregonda) to‘xtab qol- masligi uchun qo‘shimcha elementlardan foydalaniladi. Uzatiladi- gan elektr quvvati asosan uning kuchlanishiga, bundan tashqari uning sinusoidasiga (ya'ni bir xil tartibda uzatilishiga) va chastota- siga bog‘liq. Agarda tokning kuchlanishi yetarli bo‘lmasa, elektr tarkibining yurish tezligi kamayadi, elektr mashinalari o‘ramlari- ning qoplamasi qizib ketishi, hatto, kuyib qolishi mumkin.
Tezyurar poyezdlarda yuqori ulanish simlaridan tokni qabul qilib oluvchi asboblar asosiy rol o‘ynaydi. huning uchun ulanish simlari va tok qabul qilib oluvchi uskunalar o‘zaro juda yaxshi ishlashi kerak, ayniqsa, qish faslida.
Elektr toki yordamida tortish tizimlaridan qaysi birini tanlash ko‘p holatda xalq xo‘jaligi taraqqiyotiga, fan-texnika rivojlanishiga, ayniqsa, elektrotexnikaning yuqori saviyada bo‘lishiga qarab belgi- lanadi. Bundan tashqari tanlangan tizim elektr ta'minoti va elektrlashtirilgan tarkibni yetkazib bera olishi kerak. Temiryo‘llarni elektrlashtirishda asosan uch tizim qabul qilingan: o‘zgarmas tok yordamida ishlaydigan tarkib, bir fazali o‘zgaruvchan past chastotali

3
162/ va 25 Hz, shuningdek, bir fazali 50 yoki 60 Hz. Rossiyada
esa ikki tizim qo‘llaniladi: o‘zgarmas tokda kuchlanish 3000 V va bir fazali o‘zgaruvchan tokda chastotasi 50 Hz, kuchlanishi 25000 V ga teng. O‘zgarmas tok tizimi juda ko‘p chet mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Asosiy xususiyatlaridan biri — o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuvchi motorlar ketma-ket uyg‘onish chulg‘amiga ega bo‘lib, tortish tizimiga ko‘proq mos keladi. Bu tizimning asosiy kamchiligi yuqori ulanish simlarida kuchlanishi (3 kV) bo‘lishi maksimal kuchlanishga hisoblanganligidadir. To‘g‘ri ulanish simlaridan elektr motorlarga uzatilishi va lokomotivlarga hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan holda ishlashi mumkin. Bu tizimda yerosti qazilmalari va metall qurilmalarining zanglashi kuzatiladi.
6
Bu elektr toklarining bir qismi tok o‘tkazgichlari atrofida tartibsiz harakatlanishiga sabab bo‘ladi, ularni yig‘ish va tartibga solish uchun maxsus uskunalar qo‘llaniladi.
Bir fazali tizim chastotali elektr tokidan foydalanish sanoatda qulay va tejamli hisoblanadi. Bunda uzatish simlarning kesimini 2,5—3 barobar kamaytirish mumkin. Ana shunday sharoitda tor- tish podstansiyalarining ish jarayoni transformatornikiga o‘xshab qoladi. Lekin bir fazali sanoat chastotali tashqi uch fazali toklardan foydalanish fazalarning notekis yuklanishiga olib keladi. Bunday holat elektr podstansiyasidagi tok ishlab chiqarish generatorlaridan unumli foydalanishni pasaytiradi. Chunki ayrim fazalarning haddan tashqari qizib ketish hollari uchraydi va asinxron motorlar elektr yuritmalarining yuklamasidan to‘liq foydalanishga imkon bo‘lmay- di. Bundan tashqari, bir fazali tokdan elektr va magnit to‘lqinlar- dan o‘tadigan metall qurilmalariga ham ziyon yetishi mumkin. Ularda bo‘ylama elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi, bu esa ishlovchilarga va metall qoplamalariga ancha ziyon yetkazish bilan birga aloqa ishlariga ham birmuncha xalaqit beradi. huni hisobga olib, aloqa simlarini maxsus qoplamalar bilan o‘rash kerak.

    1. Elektrlaxhtirilgan temiryo‘llarning elektr ta'minoti. Elektrlashtirilgan temiryo‘llar elektr energiyaning eng asosiy iste'molchilaridan biri hisoblanadi. Elektr tarkibning yo‘lda to‘xtab qolmasligi uchun ikki ayrim-ayrim tarmoqdan foydalaniladi. Agar bunday tarmoqlardan foydalanishning iloji bo‘lmasa, unda bir tarmoqdan alohida ikki zanjir orqali elektr tokini uzatish ham mumkin. Bu elektr tarmoqning ishonchliligini birmuncha oshiradi. Elektr toki uzatish tizimini shunday qabul qilishi kerakki, mabodo birorta oraliqdagi elektr podstansiya ishdan chiqib qolsa, atigi shu podstansiya oralig‘ida elektr quvvati yo‘q bo‘lishi mumkin, qolgan liniyalarda har doim elektr toki bo‘ladi.

Tortish podstansiyalari tokni uzatish bo‘yicha o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokka bo‘linadi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan pod- stansiyalarning oraliq masofasi bir-biridan 10—25 km ni tashkil qilsa, o‘zgaruvchan tokniki 40—50 km masofani tashkil qiladi va temiryo‘l bekati yoqalarida joylashtiriladi. O‘zgarmas tok podstansiyalari tokning quvvatini pasaytiradigan transformatorlar, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi yarim o‘tkazgich ventillar hamda har xil uskunalarni ishga tushirish va o‘chirish agregatlari, bundan tashqari, uskunalarni qisqa tok ulanishdan saqlovchi, tok ortib ketishi va kuchlanishini sozlab turuvchi

7
apparatlardan iborat bo‘ladi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan podstansiyada elektr stansiyasidan uzatiladigan elektr quvvati 35 yoki 110 kV bo‘lsa, kuchlanishni pasaytiradigan transformator yordamida 10—11 kV gacha pasaytiriladi. o‘ng o‘zgaruvchan tokni taqsimlovchi uskunasidan bu kuchlanish tortish transformatoriga va 3,3 kV gacha pasaytirilib o‘zgartirgichlarga, ularning kuchla- nishidan hosil bo‘lgan 3,3 kV o‘zgarmas tok esa ulanish simlariga uzatiladi.


O‘zgaruvchan tok podstansiyalarida kuchaytirish va boshqa is- te'molchilarga uch fazali ikki va uch o‘ramli (yoki bir fazali) kuchlanishni pasaytiradigan transformatorlar qo‘llaniladi.
Elektr podstansiyalari tuzilishi bo‘yicha statsionar (ko‘chmas) va ko‘chma yuradigan bo‘lishi mumkin. Oxirgi turdagi podstan- siyalarda ko‘pincha asosiy tokni o‘zgartiruvchi agregatlar uzoq muddatga ta'mirlashga qo‘yilganda yoki ko‘chmas (statsionar) pod- stansiyalarni ishga yaroqsiz bo‘lib qolganda qo‘llaniladi.
Podstansiyalarni avtoteleboshqarish va teleboshqarish usullari mavjud. Avtoteleboshqarish, ya'ni uni tekshirish va rostlash maxsus apparatlar yordamida, teleboshqarish esa uzoq masofadagi dispetcher xonasidan podstansiyada distpetcher bo‘lmagan holatda avtomat amalga oshiradi. Bunda yaqin masofadagi podstansiyadan operator masofaviy boshqarib turishi mumkin. Qisman avtomatlashtirilgan podstansiyada navbatchilar mavjudligida boshqarilishni qo‘lda yoki masofada turib pult orqali bajariladigan qila olinsa, uskunalar ishini yarim avtomat ravishda boshqarish mumkin.



      1. Download 8,03 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish