I. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi



Download 16,96 Kb.
Sana29.07.2021
Hajmi16,96 Kb.
#132287
Bog'liq
Курс иши ВТ 206


I. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.

I. Kirish – bu yerda talaba 2 – 4 bet hajmda tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, uni hal etish vazifalari va istiqbolini ifoda etadi.

II. Nazariy qism: tanlangan mavzuning nazariy asosini tegishli manbalardan foydalangan holda yoritadi.

Amaliy qism: aniq maktabdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, tarbiyaviy soatlar yoki ilg’or pedagoglar ish tajribalari tahlil etadi.

III. Tavsiya: tahlil ma‘lumotlari asosida aniqlangan kuchli va kuchsiz tomonlar aniq ko’rsatiladi. Kuchsiz tomonlarning sabablari aniqlanadi va uni ijobiy hal etishning aniq yo’llari tavsiya etiladi. Qisqacha xulosa beriladi

IV. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati ilova qilinishi shart.

V. Taqdimot
Kurs ishini yozish tartibi va qoidalari.

Kurs ishi 25 – 30 varaq hajmda talaba tomonidan kompyuterda yoziladi. Ishni boshlashdan oldin fan o’qituvchisi yoki kurs ishi yuzasidan tayinlangan rahbar bilan rejani ko’rsatib maslahat olishi mumkin.



Kurs ishini bajarish bosqichlari:

yo’nalishi bo’yicha mavzuni tanlab olishi; mavzu yuzasidan aniq ish rejasi ishlab chiqish; mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishish va zaruriy materiallarni to’plash; tegishli tartibda nazariy asosini yoritishi; amaliy manbalardan olingan ma‘lumotlarni tahlil etishi; kurs ishini aniq tushunarli so’zlardan foydalangan holda yozishi;



Kurs ishini rasmiylashtirish va ro’yxatdan o’tkazish.

Kurs ishi A-4 formatli qog’ozning bir tomoniga yoziladi. Qog’ozning chap tomonidan 30 mm, o’ng tomonidan 20 mm va yuqori va pastdan 25 mm bo’sh joy qoldirib 1,5 interval Times New Roman shriftida yoziladi.

Kurs ishini bosh varag’idan boshlab, barcha sahifalar arab raqami bilan tartib raqam qo’yiladi.

Kurs ishininig barcha tarkibiy qismlari ya‘ni kirish, birinchi, ikkinchi, uchinchi masalalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yangi sahifadan boshlanadi.

Jadvallarning yuqori qismi o’ng burchagiga tartib raqami qo’yilib, so’ng nomi yoziladi. Oxirgi qismiga olingan manba ko’rsatib qo’yilishi shart.

Rasm, chizma va turli diagrammalar nomi pastki qismiga yoziladi va belgilangan tartibda nomerlanadi.

Har qanday jadval, rasm, chizma va diagrammalarga sharh berilishi shart.

Eslatma: Masalani yakuniy jadval, rasm, chizma va diagrammalar bilan tugallanmaydi.

Kurs ishida ilova materiallari keltirilishi mumkin, majburiy va shart emas.

Adabiyotlar ro’yxati quyidagi tartibga keltirilishi shart:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari.

3. O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining qarorlari.

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, nutqlari, asarlari. Shundan so’ng tegishli adabiyotlar muallif familiyasi bosh harfi bo’yicha alifbo tartibda yoziladi, so’ngra maktab ma‘lumotlari, ommaviy axborot vositalari va internet ma‘lumotlari yoziladi.



Kurs ishi mazmuniga ko’ra alohida tanlangan aniq bir mavzuni nazariy jihatdan uning asosini yoritadi, mavzu aniq korxona (tashkilot) maktab misolida o’rganadi, uning kelgusidagi istiqbollarini ifoda etadi.

Kurs ishini nazariy asosini yoritishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident qaror va farmonlari va boshqa me‘yoriy hujjatlarga asoslanishi, tanlangan mavzu bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borgan pedagog olimlarning manbalaridan foydalanishi kerak.

Amaliy ahamiyatini boyitishda maktablarning ish tajribalariga tayangan holda ma‘lumotlariga ega bo’lishi zarur.

Mamlakatimizda olib borilayotgan strategik maqsadlar doirasidan kelib chiqqan holda, kelgusida tarbiyaviy ishlar samaradorligini yuksaltirishni ta‘minlovchi aniq tavsiyalarni ko’rsatib berishi zarur.

Kurs ishining bosh varag’i ilovada keltirilgan tartibda rasmiylashtiriladi.



Kurs ishini himoya qilish

Talaba kurs ishini yozib yakunlagandan so’ng, nazariy kurs tugashidan kamida bir hafta oldin yozib tugatilishi va kafedra ro’yxatidan o’tkazilishi shart.



Kafedraga topshirilgan kurs ishlari rahbar tomonidan ko’rib chiqiladi va himoya qilishga loyiqligi aniqlanadi.

Belgilangan talablarga javob bermaydigan kurs ishlari qayta ishlashga talabaga qaytarib beriladi. Fakultet dekanati tomonidan belgilangan kuni va kafedra tomonidan tuzilgan vakolatli shaxslar guruhi tomonidan himoya qabul qilinadi.
Download 16,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish