Kirish
Hozirda O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror o’sishida investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirilishida muhim rol o’ynaydigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni amalga oshiruvchi mutaxassislariga bog’liq. Investitsiya faoliyatida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish yuqori malakali soha mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni amaliyot o’tash yo’li bilan mustahkamlash yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning asosini tashkil etadi.
Ushbu amaliyot dasturi 3-kurs “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun tayyorlangan bo’lib, mutaxassislik fanlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida" PQ-3151sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda ishlab chiqilgan "Toshkent Moliya institutini 2017 -2030 yillarda rivojlantirish dasturi" asosida hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Bakalavriatning “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar ishlab chiqarish amaliyoti kafedra tomonidan tuzilgan shartnomalarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda tijorat banklarida o’tkazadilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti maqsadi va vazifalari
Tanishuv amaliyotining maqsadi 5232700 –“Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi talabalarining mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish, hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.
5232700 –“Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishining DTS, o’quv va ishchi o’quv rejasiga muvofiq tanishuv amaliyoti muddati 3-kursning II semestri yakunlangandan so’ng 6 hafta qilib belgilangan.
Ushbu muddat ichida talabalar ishlab chiqarish amaliyotini O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda tijorat banklarida o’taydilar.
Ishlab chiqarish amaliyotimaqsadini amalga oshirish asosida talabalar tomonidan quyidagi vazifalarnihal etish belgilanadi:
nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish;
sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirish;
amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'play olish, ulardan unumli foydalanish hamda tizimlashtirish;
amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog'liqlikda xulosalar yasash;
amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish.
Do'stlaringiz bilan baham: |