VI. Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha hisobot tuzish va himoya qilish tartibi
Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha hisobot har bir ish joyi bo’yicha alohida tuziladi. Hisobot 30-40 bet (ilovalarsiz) hajmda kompyuterda 1 intervalda tayyorlanadi va tikilgan holda topshiriladi.Hisobot kafedradan tayinlangan rahbar o’qituvchi (yoki kafedra mudirining ruxsatiga ko’ra boshqa professor-o’qituvchi) tomonidan tekshiriladi va taqriz yoziladi. Taqrizda hisobotning ijobiy va salbiy jihatlari ko’rsatiladi. Taqriz oxirida hisobotni himoyaga qo’yish yoki qo’yilmaslik to’g’risida ma’lumot beriladi. Agar taqriz «Himoyaga qo’yilmaydi» deb baholangan bo’lsa, hisobot talaba tomonidan taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar asosida qayta ishlanadi, to’ldiriladi va qayta taqrizga beriladi. Ijobiy xulosaga ega talaba kafedrada tuzilgan komissiya huzurida amaliyot yuzasidan hisobotni himoya qilish huquqiga ega bo’ladi.
Himoyada talaba, komissiyaning talabiga ko’ra, amaliyotning maqsadi, mazkur dastur asosida bajarilgan ishlarning mazmuni, olib borilgan tahlillarning xulosalari haqida hisobot beradi va komissiyaning savollariga javob beradi.
Amaliyot yuzasidan hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi va berilgan ketma-ketlikda ilova etiladi:
Amaliyot bazasidan amaliyot rahbarining imzosi va tashkilotningmuhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma;
Amaliyotdasturi;
Amaliyotrahbariningimzosivatshkilotningmuhribilantasdiqlanganamaliyotkundaligi;
Amaliyoto’tashningkalendar-mavzulirejasi;
Amaliyotdasturimavzularibo’yichahisobothujjatlarivatahliliymateriallar.
Hisobotda o’rganilishi lozim bo’lgan har bir mavzu bo’yicha bajarilgan ishlar ko’rsatilib, ilova qilingan hujjatlarga izoh berish talab etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so’ng, hisobot amaliyot tugagan sanadan 10 kun davomida yoki keyingi kurs boshlanishidan 10 kun oldin kafedraga taqdim etiladi. Bunda talaba quyidagilarni topshirishlari lozim:
Buyruqdan ko’chirma;
Talaba tomonidan to’ldirilgan va amaliyot rahbarining xulosasi ko’rsatilgan kundalik;
Amaliyot dasturida ko’rsatilgan har bir bo’lim bo’yicha bajarilgan va o’rganilgan ishlar bo’yicha yozma hisobot.
Hisobot tituli dastur ilovasida keltirilgan namunadagi kabi rasmiylashtirilishi lozim. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan tekshirilib, yozma ravishda yozilgan taqriz bilan birga 3 kun ichida talabaga qaytariladi. Taqrizda o’tilgan amaliyot bo’yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning kamchiliklari, xatolari shu bilan birga yutuqlari ham ko’rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko’rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.
Hisobot kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda talaba o’z hisobotini kafedra tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |