Ishlab chiqarish amaliyoti maqsadi va vazifalari


VII. Ishlab chiqarish amaliyoti natijalarini baholash tartibi va mezonlari



Download 0,6 Mb.
bet8/9
Sana11.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#654424
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-KURS ILM ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI DASTURI

VII. Ishlab chiqarish amaliyoti natijalarini baholash tartibi va mezonlari

“Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish jarayoni, hisobot himoyasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom”i hamda “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom” talablari asosida tashkil etiladi.


Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti hisobotining tayyorgarlik darajasi hamda himoya qilishini baholash tartibi va mezonlari 5 baholik tizim asosida quyidagicha baholanadi:



Baho

Talabaning bilimiga qo’yilgan talablarning asoslanishi

5 (a’lo)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo’yicha mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, mavzularning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda;

4 (yaxshi)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo’yicha mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda;

3 (qoniqarli)

talaba dasturda belgilangan mavzular bo’yicha olgan bilimini amalda qo’llay oladi, mavzularning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda;

2 (qoniqarsiz)

talaba dasturda belgilangan mavzularni o’zlashtirmagan, mohiyatini tushunmaydi hamda mavzu masalalari bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.

Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan-kursga o’tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.


Amaliyot yakuni kafedra yig’ilishi va amaliyot obyektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
Institut va fakultet Kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti himoyasiga qo’yilgan saralash bahosi (“2”) bo’lsa, talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichi “qoniqarsiz”(akademik qarzdor) deb hisoblanadi.
Talabaning amaliyot obyektiga umuman bormaganligi yoki hisoboti talabga mutlaqo javob bermasligi hamda tanishuvishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’liq amaliy ko’nikmalarga ega bo’lmasligi ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti bo’yicha “qoniqarsiz”baholanishiga sabab bo’ladi.
Akademik qarzdor talabaga hisobotni qayta topshirishi (himoya qilishi) uchun bir oy muhlat beriladi. Shu muddat davomida ham amaliyot hisobotini himoya qila olmagan (“2” baho olgan) talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti himoyasining baholanishidan norozi talabalar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 kun davomida fakultet dekanatiga yozma ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Bunday hollarda kafedra mudirining taqdimnomasiga ko’ra fakultet farmoyishi bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda appelyatsiya komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya ishtirokida ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti himoyasi qayta tashkil etiladi.
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti himoyasi natijalaridan olgan ballari himoya yakunida reyting qaydnomasi va daftarchasiga qayd etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti o’rnatilgan tartibda kafedrada saqlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisobotini himoya qilmagan talaba o’rnatilgan tartibga muvofiq kursdan kursga o’tkazilmaydi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish