Elektr tarkibi ishlash vaqtida asosiy tortishish kuchi yo‘ldagi qarshiliklarni yengish uchun ishlatiladi. Bunda asosan tarkibni va qo‘shimcha qarshilik kuchlarni yengish uchun quvvat sarfla- nadi. Bundan tashqari, qarshilik kuchlari qisman poyezd tormozlanganda, tarkibni ishga tushirish vaqtidagi qarshiliklarda (o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr poyezlarda), tortuv motorlarida va tokni qayta ishlash uskunalarida paydo bo‘ladi.
Elektr tokini iqtisod qilish yo‘llaridan biri, tarkibning yurish qarshiligini kamaytirishdan iborat. Tarkibning yurish tezligini oshi- rishda unga ta'sir qiladigan kuch oshib boradi va bu tezlikning ko‘payishiga nisbatan elektr tokini ko‘proq sarflashga olib keladi. Khuning uchun tarkibning tezligini bir me'yorda (o‘rtacha tezlikda) saqlab turish foydalidir. Bu bilan elektr toki sarfini birmuncha kamaytirishga erishish mumkin. Poyezd pastlikka qarab harakat- lanayotganda tezligini oshirish (yurish qoidasiga zid bo‘lmagan holda), ko‘p hollarda tormozlashni kam qo‘llash bilan ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Poyezdning kinetik energiyasidan to‘g‘ri foy- dalanish bilan ham katta quvvatni tejash mumkin. Bu yerda ilg‘or mashinistlarning elektr tarkiblarni boshqarishdagi mahorati va
155
depolarda to‘plangan amaliy ko‘rsatmalar katta ahamiyatga ega. Har bir lokomotiv brigadasi elektr quvvatining sarfini tok hisoblagichlar yordamida tekshirib boradi.
Tarkibning o‘rtacha yurish tezligi ko‘tarilgan sari elektr energiya sarfi oshib boradi. Bunda yuklarni va yo‘lovchilarni manzilga yetkazish vaqti birmuncha kamayadi, tarkibning aylanish soni tezlashadi va bir vaqtda tezlikni oshirish temiryo‘l ishining samara- dorligini oshiradi. Tabiiyki, kechikib kelayotgan poyezdlarni jadval bo‘yicha manzilga vaqtida yetkazib kelishda (nagon) elektr energiya sarfi birmuncha oshadi.
Poyezdlarning og‘irligi (massasi) oshishi bilan bir qatorda vagonlarga to‘la yuk ortilishi natijasida ularning solishtirma qarshiligi kamayadi. Khu bois solishtirma elektr energiyasi sarfi ham kam bo‘ladi. Khuning uchun o‘ta og‘ir poyezdlarni boshqarish elektr energiya sarfini kamaytiradi, temiryo‘lning yuk o‘tkazish qobiliyatini oshiradi va yukni manzilga yetkazishni tezlashtiradi. Bunday poyezdlarni boshqarishda tarkib tortuv motorlarining qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.
Tarkibni ishlatishda elektr energiyasi sarfini birmuncha kamay- tirish yo‘llaridan biri rekuperativ tormozlanish tizimidan foydala- nishdir. Bu poyezdning xavfsiz ishlashini va tezligini oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, elektr energiyasi sarfini kamaytirish uchun tarkibni reostat yordamida ishga tushirish va elektr toki yordamida tormoz berish vaqtida qisman iqtisod qilish mumkin. Khahar atrofida aylanadigan poyezdlarda elektr energiyasi yo‘qotishlari 70% ni tashkil qilmoqda, ularning 10—15% tarkibni ishga tushirish vaqtida va 50—60% tormoz berish paytida sarf- lanmoqda. Bunday yo‘qotishlar tezlik oshishi bilan ko‘payadi. Elekr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish uchun poyezdni yuqori tezlanish yo‘li bilan reostatsiz tavsifnomasiga chiqib olish mumkin. Bunda tormoz berish vaqtida tarkibning elektr energiyasini yo‘qotishi tezlikning kvadratiga teng bo‘ladi, yurish tezligi o‘zgarmagan holda tezlanish hisobiga ko‘proq salt yurishining va tormozi ishga tushish tezligining ta'sirini kamaytirish hisobiga erishiladi.
Bundan tashqari, poyezdlarning yo‘lda to‘xtab qolishi, ularni jadvalga yetkazish, temiryo‘llarning nosozligi, yopiq svetoforlar- da turib qolish hollari elektr energiyasi sarfini birmuncha oshiradi. Yuk tashish poyezdlarida eng kam elektr energiyaning solish- tirma sarfi 10—20 W·soat/t·km ni tashkil qiladi: yo‘lovchi tashish
156
poyezdlarining yuqori tezlikda qatnaydiganlarida 20—30 W· soat/km ni tashkil qiladi. Khahar atrofida qatnaydigan va ko‘p bekatlarda to‘xtaydigan elektr poyezdlarda solishtirma quvvat sarfi 30— 40 W· soat/km ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |