Respublihasi


-§. Temiryo‘l transportida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi



Download 8,03 Mb.
bet47/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)

51-§. Temiryo‘l transportida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi


Temiryo‘l xo‘jaligida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texni- kasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, ish vaqtida mehnatkashlarning salomatligi va hayotini saqlashga qaratilgan tadbirlar muhim o‘rin tutadi.
Xavfsizlik texnikasiga rioya qilinishini uyushtirish hamda nazorat qilish lokomotiv va vagon deposining bosh muhandisiga (texnik rahbariga) yuklanadi. Uning vazifasi ish sharoitining xavfsizligini kuzatib borish, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri va to‘la sarf etilishini kuzatish hamda xavfsizlik texnikasini targ‘ib qilishdan iborat.
189

190
Ishga yangi kirayotgan xodimlarga hamda barcha ishlovchilarga vaqti-vaqti bilan xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va atrof-muhitga oid qonun-qoidalarni buzganlar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ta'mirlash sexlarida barcha ish o‘rinlari toza saqlanishi, yorug‘lik yaxshi tushadigan bo‘lishi yoki chiroqlar bilan yetarli darajada yoriti- lishi kerak. Barcha dastgohlarda mahkam o‘rnatilgan himoya to‘siqlari bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, har bir temiryo‘l korxona- sida ifloslangan suv va suyuqliklarni qayta ishlash uskunalari bo‘lishi shart.








5k-§. Tarkibga texnik tashxis qo‘yish texnologiyasi


Harakatlanuvchi tarkibning yaxshi ishlayotganini ko‘p ho- latlarda kabinasiga o‘rnatilgan asbob va uskunalar orqali aniqlash mumkin. Lekin tarkibning nosozliklarini aniqlash uchun ko‘pincha qo‘shimcha asbob-uskunalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Tarkibning detal va qismlaridagi nosozliklarni aniqlash uchun u sinchiklab tekshirilishi hamda to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun Davlat standartlari (DKt) ga rioya qilinishi kerak. Tarkibning hammasiga yoki ayrim qism va agregatlari yoki detallariga tashxis qo‘yish mumkin.
Tarkibni tashxis qo‘yishga tayyorlash vaqtida uning tashqi kuzov qismi yuviladi va tekshiriladi. Tarkibni bort daftariga yozib qo‘yilgan nosozliklari o‘rganiladi, tashxis qo‘yish uchun datchiklar va o‘lchov asboblari o‘rnatiladi. Tashxis qo‘yishning asosiy vazifasi asboblar yordamida aniqlangan ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.
Tarkibning umumiy holatiga tashxis qo‘yishda, uni boshqat- dan tekshirib ko‘rish, nosoz qism va agregatlarini aniqlash, ta'mirlash ishlari hajmini va qoldiq chidamliligini (mustahkamligini) aniqlash lozim.
Ktatistik ma'lumotlar yig‘ib, tahlil qilish yo‘li bilan ham tar- kibga tashxis qo‘ysa bo‘ladi. Bunda tarkib ishlayotganda detal va qismlarining ishga yaroqsizlari sonini olib, ehtimollik nazariyasidan foydalangan holda, asosiy chidamlilik, mustahkamlik va boshqa ko‘rsatkichlarini ham hisoblasa bo‘ladi. Amaliy yo‘l bilan, ya'ni asbob va uskunalar yordamida ham tarkibga tashxis qo‘yish mumkin. Bunda asosan qism va agregatlarning tuzilishini chuqur o‘rganish lozim bo‘ladi. Bunda uning fizik va kimyoviy xossalari, strukturasining tuzilishi va to‘satdan ishdan chiqish hollarini o‘rganib, ularning oldini olish mumkin.
To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun tarkibning ichki va tashqi hola- tini, tashqi muhit harorati, bosimi, tebranish va boshqa omillar ta'siri chuqur o‘rganib chiqiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar akustika (tovush) yordamida, vibrotebranish, funksional va boshqa har xil (aralash) usullar bilan aniqlanadi. Tarkibga to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun ko‘pincha funksional usuldan foydalaniladi. Bu usul bilan tarkibga umumiy tashxis qo‘yish va ayrim agregatlarining holatini

191
chiqish parametrlari orqali ham aniqlash mumkin, chunki tarkibning agregat va qismlari o‘zaro uyg‘unlikda ishlaydi va ulardan chiqadigan o‘ziga xos tovushlardan tashxis qo‘yish uchun foydalansa bo‘ladi. Temiryo‘l transporti: teplovoz, elektrovoz va boshqa yerusti va yerosti transport vositalari og‘ir sharoitda ishlaydi, ayniqsa, ularning aravachalari yo‘lning notekisligidan katta zarbalarga duchor bo‘lishi natijasida ular tebranishga uchraydi. Tebranish aravachalar, kardan o‘qlarining og‘ir sharoitida ishlashiga, har xil tovushlar chiqishiga olib keladi. Ana shu tovushlar ichidan agregat ishlashining o‘ziga xos tovushini ajratib olish pyezoelektrik datchiklar orqali amalga oshiriladi: ular mexanik tebranishni elektr signallarga aylantirib beradi.


Ktrobator agregatlar ishlayotganda chiqadigan tovush signalla- rini vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi, boshqa tovush signallarini esa o‘tkazmaydi. Ana shu o‘tgan va o‘tmagan tovush signallarini tahlil qilib, nuqsonni aniqlash mumkin.
Umumiy baho berish uchun ayrim qismlarning tebranishini o‘lchashda pyezoelektrik MNY-1M datchigidan, tezlanishini o‘lchashda MДY-1 yoki NC-313 asbobidan foydalansa bo‘ladi. Umumiy tebranish tezligini aniqlash asbobi MNY-1M orqali H-102 ossilografiga ulanadi. Qolgan qismlarning tebranishini o‘rganish uchun spektral tahlil usulidan foydalanib, qaysi diapazonda qanday tebranish energiyasi o‘zgarishini bilish kerak. Buni bilish uchun butun kompleks elektron apparatlarni umumiy sxemaga ulangan holda aniqlanadi. Khunday soddalashtirilgan sxema quyidagi ti- zimda ko‘rsatilgan.




anik t
Bunda mex
MNYebranish tezlanishi datchigi D orqali elektr

signaliga aylanib, kuchaytirgichda kuchayadi va analizatorga o‘tadi.
Analizator qo‘shma garmonik tebranishlarni ajratib beradi. Uning chastotasini kuchlanish kvadratoriga uzatadi va tebranish energiya- sining kuchlanishini integratorga uzatib, uning o‘rtacha energiya tebranishini ko‘rsatadi. Tebranish jarayonlarini tahlil qilish apparat- lariga juda yuqori talablar qo‘yiladi. O‘zimizda chiqariladigan as- boblarning tavsiflari 10—11-jadvallarda keltirilgan.

192


10-jadval



Asboblar

O‘lchash uzunligi, mm

O‘lchash noaniqligi, %

BPN qo‘l vibrografi

2·102

12

CNM optik mikrovibrografi

3·102

3

BNM-4 elektr vibrometri

5·102

10

BK-1 vibrografi

1·102

5

Bundan tashqari, o‘zimizda va boshqa chet mamlakatlarda chiqarilgan asbob-uskunalardan ham foydalaniladi. Ularning tavsiflari 11-jadvalda keltirilgan.
Qism va agregatlar ishlayotganda harorati qizib ketishi natijasida ko‘p hollarda nosozlik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ularning haroratini bilish uchun indikatorlardan keng foydalaniladi.

11-jadval





Asbobning indeksi va turi

Ishlab chiqarilgan joyi

Chastotalar diapazoni

Registratsiya ko‘rinishi

Kanallarning soni va ulanishi

MNY-1

VNIIT mash., Moskva shahri

50—2500

Ko‘rsatkich strelkali el. ossilograf

1

HBA-1

«Vibro-pribor» 1,4—355







1

BA-2




5—10000




1

YБ-2




10—10000




1

ДM-132













M-211













MNY-1M

Moskva, Taganrog

250·180·150

5

Universal

BA-2




400·218·315

25

1272206 li tarmoqqa

YБ-67




306·400·150

15




HBA-1




306·400·180

15




ДM-132




540·360·270

25

1272206 li tarmoqqa

M-211




250·245·305

8,7

Universal




13—X.I. Nurxo‘jayev

193


Ularni ishlab turgan detallar sirtiga bosib ko‘riladi. Termoindi- katorlar shunday moddaki, ularning rangi ma'lum haroratda tez o‘zgaradi. Rangiga qarab haroratini bilish mumkin. Ular suyuq suspenziya bo‘lib, lak qo‘shilgan sintetik qoramoydan iborat. Ular yordamida detallarning qizigan va qizimaganligini aniqlash mumkin. Haroratni o‘lchashdagi xatoligi 2˚C dan oshmaydi.
Termoindikatorlar TP-36, TP-44, TP-52, TP-55, TP-79, TP-90 markalarda kukun tarzida va bog‘lovchi sifatida ishlab chiqariladi. Ishlatish oldidan termoindikator kukuniga 1:0,5 nisbatda lok qo‘shiladi. Aralashma toza yuzaga shisha tayoqcha yordamida ko‘pi bilan 2 mm qalinlikda surtiladi va 15—30 daqiqa quritiladi. Qurib bo‘lgandan so‘ng qalinligi o‘lchanadi. Agar surtilgan yuzadan uni ko‘chirish qiyin bo‘lsa, spirt yoki skipidar bilan ho‘llab, osongina ko‘chirib olish mumkin. Bunday indikatorlardan texnikada keng foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, ular ichki yonuv dvigatellari silindr vtulkalarining ishlash vaqtidagi haroratini o‘lchashda, dizelning qizib ketishi oldini olishda va tortuvchi motorlar (dvigatellar) podshipnik- lari qopqog‘ining haroratini aniqlashda qo‘l keladi. Tarkibga tashxis qo‘yishda foydalaniladigan asbob va uskunalarga alohida talablar qo‘yiladi. Talablardan biri shuki, u oddiy bo‘lishi kerak, ya'ni o‘rta ma'lumotli xodimlar undan foydalana olishlari kerak. Bu asboblarni ishlatish 5—7 daqiqa vaqtdan oshmasligi va har xil sharoitda
—10˚C dan +60˚C gacha haroratda va dengiz sathid an 1200 m balandlikda, tebranish tezligi 10 m/s2 dan oshmasligi, namligi 95±3%, chastotasi 3 Hz dan 80 Hz gacha (tebranish amplitudasi 1,5 daqiqa) bo‘lishi kerak. Tashxis qo‘yiladigan asboblar chidamli
va mustahkam bo‘lishi lozim. Xizmat muddati kamida 12 yilni tashkil qilishi kerak. Ular ishga tushirish signalizatsiya va qayd qilish bloklaridan tashkil topadi.
Tarkibga tashxis qo‘yish uchun kamida ikki kishi bo‘lishi kerak: ulardan biri boshqarish pulti yonida, ikkinchisi esa tashxis qo‘yi- ladigan agregat oldida turadi. Ularning orasidagi masofa 25 m dan oshmasligi lozim. Asbob va uskunalarning ishlash quvvati 220/380 V bo‘lishi, chastotasi esa 50 Hz va quvvat olishi 0,5 kW dan oshmasligi kerak.
Harakatlanuvchi tarkibni ishlatish jarayonida qism va agregat- larda paydo bo‘lgan nosozliklarni aniqlash birmuncha qiyin, chunki ular har xil sharoitda ishlaydi va yoz paytida ularning
194
ishdan chiqishini bilish uchun oldin uning ishlash sharoitini, ya'ni sabablarini aniqlash kerak. Bunday hollarda tarkibga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar unga tashxis qo‘yishda (asosiy ishdan chiqish sabablarini aniqlashda) yordam beradilar.
Tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va tashxis qo‘yish ishlarini birgalikda o‘tkazsa bo‘ladi. Bunda, umuman, tarkibga yoki uning alohida qism va agregatlariga tashxis qo‘yiladi. Tarkibga tashxis qo‘yishni uzluksiz usulda tashkil qilish ayni muddao. Bunda ish unumi yuqoriroq bo‘ladi. Teplovoz, elektrovoz va metro vagonlariga tashxis qo‘yish ko‘pincha elektr dvigatellaridan boshlanadi, chunki ular boshqa qism va agregatlarga nisbatan og‘ir sharoitda, katta tebranish va yuqori haroratda ishlaydi.
Texnik tashxis qo‘yish ilmiy fan bo‘lib, detal va qismlarda paydo bo‘ladigan nosozliklarning kelib chiqish sabablarini va ularning oldini olish muammolarini hal etishda yordam beradi. Bundan tashqari, detal va qismlardagi nosozliklarni qaysi yo‘l bilan ta'mirlash yoki zaxiradagi detallar bilan almashtirish lozimligini hal etadi.
Texnik tashxis qo‘yishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tashxis qo‘yiladigan obyektlarning matematik nusxalarini qurish;

  • obyektlarni tekshirish dasturini ishlab chiqish;

  • obyektlarni tekshirish uchun texnik vositalarni tanlash. Hozirgi paytda tashxis qo‘yish asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib,

tarkiblar buzilib qolishining oldini oladi va shu tariqa tarkibning chidamliligi va ishonchli ishlashini ta'minlaydi (qarang: adab №1).

195


FOYDALANILGAN ADABIYOT



  1. X. Nurxo‘jaev, Teplovozlar, elektrovozlar, elektr poezdlar, temiryo‘l hamda metro vagonlarini ishlatish va ta‘mirlash asoslari. T., «Turon- Iqbol» 2006-y.

  2. B. A. Дpo6uncкuǔ, M. M. Esynoв. Kak ycтpoeн и paбoтaeт тeплoboз. Nзд. Tpeтьe, пepepaбoт. и дoп. M., Tpaнcпopт. 1980, 362 c.

  3. A. I. Aвpynun. Teплoboзныe дизeли 2Д100 и 10Д100. M., Tpaнc- пopт. 1970, 320 c.

  4. Teплoboзныe дизeли типa Д49. Moд peдakциeй kaнд. тexн. нayk

E. A. Huкumuna. M., Tpaнcпopт. 1982, 258 c.

  1. H. ¥. Kpuвopynкo и дp. BaFoннoe xoзяйcтbo. M., Tpaнcпopт. 1976.

  2. B. Д. Kyзbmun и дp. Teплoboзы. «Ocнobы тeopии и koнcтpykции. Moд peдakциeй B. Д. Kyзbmuna. — M., Tpaнcпopт. 1982, 317 c.

  3. M. N. Бopцoв и дp. Moдbижнoй cocтab и ocнobы тяFи пoeздob. M., Tpaнcпopт. 1976, 352 c.

  4. B. Ф. Iopnoв и дp. Skcплyaтaция и pemoнт пoдbижнoFo cocтaba Элekтpиueckиx жeлeзныx дopoF. M., Tpaнcпopт. 1976, 326 c.


MUNDARIJA

Ko‘zboshi 3
BIRINCHI BO‘LIM

Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish