Vagonlarda yo‘lovchilar va har xil yuklar tashiladi. Vagonlar saroyi yo‘lovchilar va yuk tashish vagonlaridan iborat. Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan vagonlarda aloqa xatlari va yengil yuk tashiladi. Bundan tashqari, ularga vagon-restoran, maxsus vagonlar va boshqalar kiradi.
Yo‘lovchi vagonlari uzoq masofaga va shahar chetiga qatnaydigan vagonlarga bo‘linadi. Uzoq masofaga yuruvchi (87- rasm) vagonlar yumshoq va qattiq o‘rindiqli, ya'ni kupe (ikki yoki to‘rt joyli) va platskart vagonlariga bo‘linadi. Ular isitish, shamollatish (ventilatsiya) va yoritish asboblari bilan jihozlangan. Vagonlar yurganda havo almashinib turadi, ayrim hollarda vagonlar maxsus havo sovitgichlar (konditsionerlar) bilan jihozlanadi. Kovitgichlar havo haroratini birmuncha pasaytirib, katta bo‘lmagan bosim ostida sovuq havoni vagonlarga uzatadi, ammo bunda tashqaridan issiq havo vagonlar tirqishlaridan kirmasligi kerak.
Uzoq masofaga, mahalliy yo‘llarga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari elektr toki bilan yoritiladi. Ayrim hollarda poyezdlarga vagon elektr stansiyasi ulanadi. Elektr poyezdlar esa kontaktli sim orqali motorli vagonlardagi maxsus qurilmalar yordamida yoritiladi.
87-rasm. To‘rt o‘qli yo‘lovchilar tashish vagoni.
182
88-rasm. 64 t gacha yuk ko‘taruvchi to‘rt o‘qli yopiq vagon.
Yuk tashuvchi vagonlar deposiga yopiq vagonlar, platforma, xopper, dumpkar, sisterna, izotermik va maxsus vagonlar kiradi. Yopiq vagonlar (88-rasm) bir xil yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ikki tomondagi eshiklari vagonning yon tarafiga ochiladi. Bundan tashqari, har tarafida ikkitadan darchasi va vagon tomida ikkita qopqog‘i bor. Bu darchalar vagon ichiga yorug‘lik tushishi, mahsulotlarni ortish uchun mo‘ljallangan.
Platformali vagonlarda (89-rasm) uzun, katta va og‘ir yuklar tashiladi.
Ular taxta, temir-beton qurilmalar va yog‘ochlardan iborat. Platformali vagonlar to‘rt o‘qli bo‘lib, 50 va 60 t yuk ko‘tara oladi. Og‘ir yukli konteynerlarni tashish uchun (10, 20 va 30 t) maxsus to‘rt o‘qli usti ochiq vagonlar chiqariladi. Ularda konteynerlarni o‘rnatish va mahkamlash uchun maxsus uskuna- lari bor.
Usti ochiq vagonlar. Bu vagonlar yuk tashish saroyida juda keng tarqalgan bo‘lib, ularda ko‘mir, ruda, koks, mayda tosh, qum va boshqalar tashiladi. Usti ochiq vagonlarning pastki qismida ochiladigan eshiklari bo‘lib, ortilgan yuklarni bo‘shatish uchun mo‘ljallangan.
89-rasm. 66 t gacha yuk ko‘taruvchi to‘rt o‘qli platforma.
183
90-rasm. 90 t gacha yuk ko‘taruvchi sakkiz o‘qli usti ochiq vagon: 1 — kuzov; 2 — avtossepka; S — ikki o‘qli arava; 4 — tormoz silindri; 5 — kuzovning ramasi.
Temiryo‘larda sakkiz o‘qli vagonlar ham (90-rasm) bor. Ularning yuk ko‘taruvchanligi 125 t ga teng. Olti o‘qli vagonlar 94 t gacha yuk ko‘tara oladi. Bundan tashqari, usti ochiq vagonlarga o‘xshash xopper-dozator vagonlari chiqarildi, ularning yuk ko‘taruvchanligi 50 t ga teng. Ayrimlarining esa usti yopiq bo‘ladi. Katta korxonalarga qarashli temiryo‘llarda to‘rt va olti o‘qli,
yuk ko‘taruvchanligi 60÷130 t ga teng bo‘lgan o‘ziag‘darar
vagonlar ham bor (platformaning bir turi — dumpkar deb ataladi,
91-rasm).
Kuyuq yuklar (neft, kerosin, benzin, moy, kislota) maxsus vagonlarda tashiladi. Bu vagonlar to‘rt va sakkiz o‘qli bo‘ladi (92- rasm). Yuqori qismida suyuqlik quyish uchun qopqoq bor. Kisternalar asosan har xil suyuqliklarni tashiydigan va maxsus sisternalarga bo‘linadi. To‘rt o‘qli sisternalarning hajmi 60 m3, sakkiz o‘qlilarniki esa 134 m3 ga teng. Ular zanglamaydigan po‘latdan, issiq o‘tmaydigan qilib ishlanadi.
Hozirgi paytda sabzavot va mevalar tashish uchun keng refrije- ratorli vagonlardan foydalaniladi. Ular mexanik sovitish uskunalari
91-rasm. ЦHNN-ДBЗ Xopper-dozatori.
184
92-rasm. Kakkiz o‘qli sisterna.
9S-rasm. Yengil avtomobillar tashiydigan vagon.
va elektr isitgichlar bilan jihozlangan bo‘lib, 5 va 12 seksiyali to‘rt o‘qli vagonlardan tashkil topgan. Ayrim refrijeratorli poyezdlar 23 seksiyali to‘rt o‘qli vagonlardan tuzilib, 20 tasiga yuk ortiladi, qolgan 3 vagoni esa yuklarni kuzatib boruvchilar va tekshiruv asboblari uchun mo‘ljallanadi. Bu vagonlarga 30—40 t chamasi yuk ortiladi.
Maxsus vagonlarga mollarni, tirik baliqlarni, qoramol, yengil avtomobillarni tashiydigan (93-rasm) va vagon-ustaxonalar kiradi. Har xil mayda yuklar va uy anjomlarini tashish uchun konteynerlardan keng foydalaniladi. Konteynerlar taxtadan yoki qalin tunukadan ishlangan, balandligi 2,5 m bo‘lib, 5 t yuk
ko‘tarish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |