Payvandlashda texnika xavfsizligi
Jamiyatda ishlab chikarishda ishlovchilarning mexnatini muxofaza kilish birinchi darajali axamiyatga egadir. Korxonalarda xavfsizlik texnikasining tashkil etilishiga va xolatiga shu korxonalarning maьmuriyati javobgardir; xar bir korxonada xavfsizlik texnikasi bulimi yoki xavfsizlik texnikasi buyicha injenerlar buladi.
Mexnatni muxofaza kilish ishlarni bajarishda amal
kilinadigan ishlab chikarish sanitariyasi mexnat gigienasi dam olishni tashkil kilish miditsina erdami xamda xavfsizlik texnikasi buyicha chora tadbirlar kompleksidan tashkil topadi.
Mexnatni muxofaza kilish normalari va koidalarining bajarilishini tegishli inspeksiyalar xamda kasabauyushma tashkilotlari va maxalliy kasabauyushma tashkilotlari nazorat kiladilar. Xar bir ishchi ishga kabul kilinishida xavfsizlik texnikasi buyicha instruktaj utkaziladi, lozim bulgan xollarda texminimumdan utishi kerak. Elektr toki bilan jaroxatlanishdan ximoya kilish.
Payvandchi elektr toki bilan jaroxatlanishdan saklanish unun kuyidagi ishlarni bajarish lozim; yoyning taьminlash manbaini xamda payvandlanadigan buyumni erga yaxshilab ulab kuyishi; erga ulanadigan sim konturidan tok kaytish simi urnida foydalanmasligi; elektrod tutkich dastasini yaxshilab izolyasiyalashi; kuruk va mustaxkam kerak; pana joy bulmasa yomgir va kuchli kor yogayotganda ishni tuxtatish kerak; apparat va jixozlarni remont kilmaslik; idish ichida ishlaganda rezina gilamchadan xamda kuchlanishi kupi bilan 12V bulgan kuchma lampadan foydalanish lozim.
Elektr toki bilan jaroxatlangan odamga yordam kursatish. Birinchi navbatda jaroxatlangan odamga tegib turgan simni olish yoki uzish lozim; buning uchun simni dastasini izolyasiyalangan utkir asbob bilan kirkish yoki kurik, yogoch bilan chetga surish kerak. Agar iloji bulsa tezgina rubilьnik yoki saklagichni uzish kerak.
Jaroxatlanuvchiga toza xavo xamda tinchlik zarur. Nafas olishi va yurak urishi tuxtagan bulsa kechiktirmasdan sunьiy nafas oldirish chorasini kurish lozim. Tok bilan xar kanday jaroxatlanganda xam, albatta, vrachni chakirish lozim.
Gaz alangasida payvandlash va kesishda xavfsizlik texnikasi. Gaz alangasida payvandlash va kesishda kuyidagilar asosiy xavf manbalari bulishi mumkin: suv zatvori ishlamay kolganda alanganing teskari zarbidan atsetilen generatorining portlashi (suv zatvorida xamma vakt kerakli satxgacha yoruglik suv bulishi, vakt-vaktida zatvorning kontrol kranini ochib tekshirib turish lozim); ballon shtukiridan yoki reduktor klapinidan moy bulsa, ballonni ochganda portlashi mumkin; gorelka alangasidan extiyotsizlik bilin foydalanish, alangandan payvandchining sochi kiyimi yonishi, payvandchining kuyishi va xonada yongin chikish mumkin; agar payvandchi yoruglik filьtiridan foydalanmasa, kuzini kuydirishi mumkin; xonada xavo almashtirish ventiliyasiyasi bulmaganda tuplanib kolgan gazlar bilan zaxarlanishi mumkin.
Kislorod alangasi bilan dastaki va mexanizatsiyalashgan usulda kesish, payvandlashda xamda gaz alangasi bilan ishlov beriladigan boshka protsesslarga payvandchilar G-1, G-2, va G-3 shishali ximoya kuzaynoklari takib ishlashlari kerak, G-3 va V-3 shishalari koramtirrok buladi. Otseklar, uralar va rezurvuarlar ichida gaz alangasi bilan ishlaganda unda zararli gazlar tuplagani uchun kuchirma kiritish surish ventilyatorlari bilan ishlash lozim. Suv zatvorida yoki ishga yaroksiz suv zatvori bilan ishlash takiklanadi. Xar kuni ishlatilganda atsetilen generatorini kamida bir oyda ikki marta oxak chukindisidan yaxshilab tozalash lozim.
Atsetilen generatorini ishlatish va unga karshi buyicha koidalar mumayyan generatorni ishlashi instruksiyasiga muvofik tulik bajarilishi lozim.
1. Kirish Eramizdan 8-7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud edi. Asosan mis buyumlar payvandlanar edi, mis avval qizdirilib so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo‘rg‘oshin kabi metallardan buyumlar tayyorlashda, o‘ziga xos quyma payvandlash bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar edi va tutushadigan joyiga oldindan tayorlangan erigan metal quyular edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib so‘ng toblash natijasida buyumlar tayorlanar edi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko‘pgina payvandlash jixozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgarmagan.
Texnika soxasida keskin o‘zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1802 yilda rus olimi akademik V.V. Petrov birinchi bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. 1803 yilda u tomonidan «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangiliklar» kitobida, yoyli zaryadsizlanish yordamida metal erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqliq ma’nbai va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo‘llanishga tez kiritilmadi, chunki, yoy ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tok kuchlanishini etkazib beruvchi manba yo‘k edi. Bunday manbalar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo‘ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davriga elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan edi, elektrotexnik sanoati esa yo‘q edi. 1821 yilda ingliz yetakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektryurutuvchi va elektr generatorni qurilmalar prinsipini ishlab chiqdi.
Ingliz fizigi D. Maksvell matematik xisoblashlar bilan jarayonda xosil bo‘ladigan elektromagnit maydon xususiyatlariga tadqiqotlar natijasida tenglama ishlab chiqdi.
1870 yilda fransuz olimi Z.T. Gramm mexanik elektromagnit mashina uchun uzukli langar ishlab chiqdi, bu elektr generator vazifasini bajarishi mumkin, uning ishi mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. 1882 yilda rus injeneri N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir elektrod bilan elektryoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. O‘zining ixtirosiga N.N. Benardos «Elektrogefest» nomini berdi. 1986 yilda u «Elektr tok ta’siri yordamida metallarni biriktirish va ajratish usullari» ga rus patentini oldi. N.N. Benardos yoyli payvandlash texnologiyasini va payvand birikmalar turlarini ixtiro qildi (uchma-uch, ustma-ust va b.), bular xozirgi kunda ham ishlatilmoqda; qalin metallarni payvandlashda u payvand birikmani yonboshlab joylashtirish usulini qo‘llagan. Yupqa tunuka listlarni payvandlashda, payvand birikmani payvandlashga tayyorlash uchun list chekasi bo’rtini bukib tayorlangan. Payvandlash sifatini oshirish uchun ular flyus ishlatishar edi: po‘latlarni payvandlashda esa kvarsli kum, marmar ishlatilar edilar misni payvandlashda esa bura va nashatir qo‘llanilar edi.
1888-1890 yillarda rus injeneri N.G. Slavyanov eriydigan metal elektrod bilan yoyli payvandlashni taklif etdi. XX asr boshlarida elektr yoyli payvandlash usuli metallarni biriktirishda yetakchi sanoat usuli bo‘lib qelmoqda.
Fransuz olimi Anri Lui Le Shatel’e gaz aralashmalarini yonishini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895 yilda u fransuz fanlar akademiyasiga asetilen va kislorod aralashmasi yordamida yuqori xaroratli alanga xosil qilish haqida xisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlarni kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo‘llab ko‘rdi. Birinchi asetilen-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi, unga Germaniyada 1903 yilda patent oldi. 1904 yilda Fransiyada kesish uchun asetilen-kislorod gorelkasini qo‘llashni sinab ko‘rishdi. Birinchi bo‘lib gaz yordamida payvandlash 1906 yilda Moskva texnik uchilishesida amalga oshirildi. 1911 yildan boshlab Rossiyada avtogen ishi rivojlanish pioneri bo‘lib Peterburgdagi «Perun» zavodi xisoblanadi, bu zavodda gaz payvandlash va kesish uchun apparatura tayyorlanadi va birinchi gaz payvandchilar o‘qitilishi boshlangan edi. Elektr yoy yordamida payvandlash, mexanizasiyasi, avtomatizasiyasi jarayonlari sohasida asosiy xizmatlar Ukrainalik olim akademik E.O. Patonga tegishli. Ikkinchi jaxon urushi davrida flyus ostida avtomatik payvandlash mudofaa zavodlarida tank va artilleriya qo‘rollarini ishlab chiqishda katta axamiyatga ega edi.
Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikaning xamma sohalaridagi metallarni payvandlashda: termit aralashmalar, elektron nur, lazer, yuqori xaroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi effektiv payvandlash usullari ko‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |