Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 320,5 Kb.
bet5/15
Sana11.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#46
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu
Savol va topshiriqlar:

  1. qadimgi Mesopotamiya aholisining asosiy mashg`uloti nima?

  2. Mesopotamiya qadim zamonlarda qanday atalgan?

  3. Navoxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigida qanday o`zgarishlar ro`y bergan?


Mavzu: Old Osiyo davlatlari va ularning qo`shnilari
Reja:



  1. Qadimgi Xett podsholigi

  2. Qadimgi Ossuriya davlati

  3. Urartu podsholigi

  4. eng qadimgi Finikiya va Falastin davlatlari



Miloddan avvalgi II mingyillikda Old Osyo hududida o`lkada yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar –davlatlari. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaaa urushlarida kun kechirishgan. Taxminan mil. avv. XVIII asrda kichik Osiyo markazida(hozirgi Turkiya) xettlar degan shimollik xalq o`z davlatiga asos soladi. Xattusas shahri ana shu davlatning poytaxti bo`lgan aholining asosiy mashg`uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Jangovor aravalr va qoq o`rtasida temir uchlik o`rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan. Hozirgi suriya hududida vujudga kelgan qo`shni Mitanni podsholigi xettlarning xafvli raqibiga aylandi. Urushlarda Mitanniliklar otliq qo`shinlardan foydalanioshgan xettlar poytaxti Xattusasni bosib olish chog`ida otliq qo`shin xal qiluvchi rol o`ynagan edi. Shunday bo`lsada, mil. avv. XIV asr boshlarida Xettlar podsholigi tag`in kuchaya boshladi. Faqat Ossuriya taxddi xafv –xatari ostida xettlar misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo`ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to`xtatishga muyassar bo`ladilar. Mil. avv. XIII asr oxirida tarixdanoma’lum xalqlar (ularni “dengiz xalari” deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Ossuriyaliklar jangari xalq bo`lgan. Mil .avv. XIII asrda podsho Salamansar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o`z ravnaqining yuqori cho`qqisiga erishadi. Mil. avv. VIII –VII Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastnning bir qismi ham bosib olinadi. Hukmdorlarning haddan tashqari shavqatsizligi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani “qonga botgan shahar” yoki “sherlar darasi” deya ta’riflashgan. Oshshurbanipal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat bo`lgan kutubxona jamlangan edi. Mil. avv. 627 –yilda dastlab Bobil, so`ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi . so`ngra Bobil va Midiya birlashib, bir hamla bilan Oshshur va Nineviyani mil. avv 612 –yilda zabt etishdi. Mil. avv. 605 –yili Ossuriya armiyasi batamom qirib tashlangandan keyin bu davlat xam zavolga yuzlandi. Urartu davlati Kavkaz ortida, Van, Urmiya va Sevan ko`llari oralig`ida joylashgan edi. Aholisini urartlar deyishgan Urartu qo`shinlari to`g`ridan –to`g`ri janglarga kirmaslik taktikasiga amal qilardilar. Mil. avv. IX asrda Sardur hukmronligi davrida Urartu davlati gullab yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlat poytaxtiga aylanadi. Ammo mil. avv. 704 –yilda Ossuriyaliklar qo`shinlari urartlar armiyasini tor –mor etib tashlaydi. Teyshebaini shahridagi qal’a ishg`ol etildi va vayron qilib tashlandi. Uni ko`chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o`ziga tobe ayladi. Mil. avv. 590 –yilda Urartu podsholigi ham tarix sahnasidan ketdi. Qadim zamonlarda O`rtayer dengizining sharqiy qirg`og`i bo`ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan edi. Finikiyaliklar kemasozlikda usta bo`lganlar. Kedr yog`ochidan kemalar yasashardi. Kedr qatroni (smolasi) mumiyo tayyorlash uchun Misrga keltirilardi. Savdo –sotiq Finikiyaning asosiy mahg`ulotlaridan biri bo`lgan. O`rtayer dengizi sohillarida Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengiz bo`yi shaharlari vujuda keldi. Mil. avv II mingyillikdayoq ular Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillaridan koloniyalarga asos soldilar. Mil. avv. X –IX asrlarda Finikiyada Tir –Sidon podsholigi vujudga kelgan. Mil avv. VII asrda bu davlatni Ossuriya podsholigi bosib oldi. Mil. avv. X asrda Finikiyada 22 undosh xarfdan iborat bo`lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o`zlashtirib oldilar. Ularga unli xarflarni ham qo`shib qo`ydilar. Mil. avv. II mingyillik o`rtalarida falastinga qadimgi yaxudiy qabilalari ko`chib kelganlar. Mil. avv. IX asrda Falastin hududida Isroil podshligi vujudga keldi. Keyinchalik u Yaxudiya podsholigiga birlashtirildi. Isroil podsholigi Ossuriyaliklar zarbasidan parchalanib ketdi. Mil. avv. 586 –yilda Yaxudiya Bobil podsholigi tomonidan bosibb olindi. Qadimiy Yahudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblar to`plami “Bibliya”ga jamlangan. Bu so`z yunonchadan “Kitob” degan ma’noni anglatadi. “Bibliya”da olam yer yuzidagi ilk odamlar –Odam ato –Momo havo yaratilishi, yer yuzini to`fon tutganligi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud.



Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish