Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 320,5 Kb.
bet14/15
Sana11.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#46
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Savol va topshirqlar:


  1. Qadimgi Rim aholisi kimlar bo`lishgan?

  2. Rimda respublika qay tariqa tashkil topgan?

  3. Rimda respublika boshqaruvi qay tariqa bo`lgan?


Mavzu: O`rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash. Qullar va gladiatorlar.
Reja:

  1. Qadimgi Rim armiyasi

  2. Puni urushlari

  3. Galdiatorlar jangi


Miloddan avvalgi IX asrda Finikiyaning Tir shahri hukmdorlari Shimoliy Afrikadagi kichik yarim orolda o'z manzilgohlarini barpo etib, uni Kar-Xadashey „ Yangi shahar” deb ataganlar. Shahar keyinchalik Karfagen nomi bilan mashhur bo'lib, O'rtayer dengizidagi yirik quldorlik davlatiga aylangan. Miloddan avvalgi V asrga kelib Karfagenliklar Shimoliy Afrika sohillarining bir qismini, Sitsiliyaning g'arb tomonini, Malta, Sardiniya, Korsika va Balear orollarini bosib oladilar. Shu davrda Karfagenda savdo-sotiq, hunarmandchilik va qishloq xo'jaligi rivoj topgan. Karfagen shahri o'sha davrdagi Tir va Aleksandriya shaharlari kabi qadimgi jahon savdosi markazlari darajasiga ko'tarilgan. Karfagen savdogarlari Misr, Etruriya, Ispaniya, Britaniya, Yunoniston va O'rtaYer dengizi sohilidagi mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlari olib borganlar. Karfagenning qulay va chuqur qo'ltiqlarida juda ko'p savdo va harbiy kemalar turgan. Sohil bo'ylarida xilma-xil mollar saqlanadigan omborxonalar bo'lgan. Yuk tushirish, ortish va kemalarda eshkakchilik ishlarini qullar bajarganlar. Karfagen harbiy-dengiz kuchlari va yollanma askarlardan iborat kuchli qo'shinga ega bo'lgan. Shahar mustahkam tosh devor va minoralar bilan o'rab olingan edi. Karfagen quldor oqsuyaklar va yirik savdogarlar respublikasi bo'lib, hokimiyat tepasida aslzodalar tomonidan saylab qo'yiladigan ikkita oliy magistr-suffetlar turgan.Magistr lotincha so'z bo'lib o'rgatuvchi, o'qituvchi va boshliq, degan ma'nolarni bildiradi. Miloddan avvalgi III asrga kelib Karfagen biroz zaiflashib qoladi. Ilgari Karfagenga tobe bo'lgan joylar mustaqillikka intilganlar. Endi kuchga to'lib borayotgan Rim Karfagenning zaiflashuvidan foydalanib O'rtayer dengizida o'z mavqeini mustahkamlash uchun Karfagenga qarshi kurash boshlagan. Bu keyinchalik Puni urushi nomi bilan mashhur bo'lgan Rim-Karfagen urushini keltirib chiqargan. Rimliklar Karfagenni Puni deb atar edilar. Puni Finikiyaning lotincha nomi. Birinchi Puni urushi Rim bilan Karfagenning boy Sitsiliya oroli uchun olib borgan kurashidan boshlangan. Sitsiliyaning sharqiy qismi Sirakuza podsholigiga, g'arbiy qismi esa Karfagenga qarar edi. Sirakuza podshosi Agafokl vafot etgach, kampaniyalik yollanma askarlar Sitsiliyaning shimoli-sharqidagi Messanani bosib olganlar. Bu hol urushning boshlanishiga sabab bo'lgan. Sirakuzaning yangi podshosi Giyeron II Messanani qamal qilib, kampaniyalik yollanma askarlarga qarshi kurash boshlagan. Yollanma askarlarning bir qismi Karfagenga, bir qismi esa Rimga yordam so'rab murojaat qilganlar. Har ikki tornon Sitsiliyani qo'lga kiritish uchun tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Rim­liklar Messanaga qo'shin tushirib Karfagenga urush e'lon qiladi. Bu urush miloddan avvalgi 264- yilda boshlanib 23 yil davom etgan. Quruqlikdagi janglarda rimliklar g'olib chiqqan bo'lsalar, dengiz jangida esa karfagenliklarning qo'li baland kelgan. Rimliklar . harbiy-dengiz flotini kuchaytirish maqsadida 120 ta harbiy kemani jihozlab jangga hozirlaydilar. Miloddan avvalgi 260- yili Mila burnidagi dengiz jangida rimliklar Karfagen ustidan g'alaba qozonganlar. Bu jangdan keyin karfagenliklar Sitsiliyadan surib chiqarilgan. Miloddan avvalgi 256- yilda rimliklarning 360 harbiy kemasi Karfagen tomon yo'l olgan. Eknom burnida ikki harbiy flot to'qnashgan. Dengiz jangida rimliklar g'alaba qozonib, Karfagen tuprog'ida urush harakatlarini boshlab yuborganlar. Rim qo'shini quruqlikda ham karfagenliklar ustidan g'alabaga erishganlar. Bu g'alabadan so'ng konsul Mark Atiliy Regun boshliq qo'shin Karfagenda qolib, qo'shinning boshqa qismi Rimga qaytgan. Miloddan avvalgi 255-yili Karfagenning yollanma askarlari Rim qo'shinlariga hujum qilib, ularni tor-mor etgan. Rim konsuli Mark Atiliy Regun asir tushib, qamoqxonada o'lgan. Rim flotining qolgan qismi Rimga qaytishga majbur bo'lgan. Biroq flot Rimga qaytayotib dengizda dovulga uchrab, butunlay halok bo'lgan. Rimliklar katta qiyinchilik bilan qarg'a tumshuqli kemalardan iborat kuchli flot tuzganlar. Miloddan avvalgi 251- yili Egada oroli yaqmidagi dengiz jangida Karfagen floti Rim flotidan mag’lubiyatga uchraydi.

Karfagen Rimga sulh tuzishni taklif etadi. Miloddan avvalgi 241-yili Rim-Karfagen sulhi tuziladi. Sulhga ko'ra Karfagen 10 yil davomida Rimga bar yili 3200 talant miqdorida tovon to'lashi, asirlarni qaytarishi, Apennin orolidagi qabilalardan askar yollamasligi, eng muhimi o'zining Sitsiliyadagi yerlarini Rim ixtiyoriga topshirishi lozim bo'lgan. Miloddan avvalgi 241-yilda tuzilgan Karfagen Rim shartnomasi uzoqqa bormagan. Har ikki davlat O'rtayer dengizining g'arbiy qismida hukmdorlikni qo’Iga kiritish uchun katta tayyorgarlik ko'rganlar. Bu davrda Karfagenda ahvol og'irlashib, qullar va qishloq ahlining qo'zg'oloni boshlangan. Karfagen hukmdorlari zodagonlar lashkarboshi Gamilkar Barkaga qo'zg'olonni bostirishni topshirgan. Gamilkar askarlari qo'zg'o-lonni shafqatsizlik bilan bostirib, qo'zg'olonchilarning katta qismi qirib tashlangan. Miloddan avvalgi 238- yilda rimliklar Karfagendagi bu og'ir vaziyatdan foydalanib, Sardiniya bilan Korsika orollarini bosib olganlar. Ikki o'rtada yana urush chiqish xavfi tug'ulgan. Karfagenliklar Rimga qarshi kurashga tayyorlanish uchun Ispaniyadagi Iberiyani tanlaganlar. Miloddan avvalgi 237-yili Gamilkar o'z qo'shinlari bilan Iberiyaga kelib joylashib, Yangi Karfagen shahrini barpo qilgan. Miloddan avvalgi 229- yilda bo'lib o'tgan janglarning birida Gamilkar halok bo'Igan. Karfagen qo'shiniga Gamilkarning kuyovi Gasdrubal lashkarboshi etib tayinlangan. Gasdrubal keltlar bilan bo'Igan janglarning birida halok boMgan. Gasdrubal vafotidan so'ng qo'shinga Gamilkarning 25 yoshli o'g'li Gannibal lashkarboshi etib tayinlangan. U mohir lashkarboshi va shijoatli jangchi edi. Qadimgi Rim tarixchilaridan biri: „ Gannibal xavfli jangga kirar ekan, mardona harakal qilardi. Xavf-xatar oldida esa nihoyatda ehtiyotkor edi. U har qanday mehnatdan ham jismonan toliqmas yoki ruhi tushmas edi. Issiqda ham, sovuqda ham barobar hli edi. U yumshoq o'rinda yotmasdi, harbiy chakmonga o'ralgan holda askarlari orasida uxlardl. U jangga birinchi bo'lib otlanar, jang maydonidan eng oxirida chiqar edi" deb yozgan ekan. Gannibal miloddan avvalgi 219- yili Rim bilan ittifoqda bo'lgan Sagnut shahrini bosib oladi va shahar aholisini qul qilib sotib yuboradi. Bu voqeadan norozi bo'lgan Rim Yangi Karfagenga elchilar yuborib Gannibalni Rimga topshirishni talab qilgan. Bu talab rad etilsa Rim Karfagenga qarshi urush boshlashini bildirgan.Miloddan avvalgi 218- yili Gannibal o'z qo'shinlari va jangovar fillari bilan Yangi Karfagendan yo'lga chiqib, Pireney tog'laridan oshib o'tadi. Yo'lakay u keltlar bilan jang qilib, Alp tog'lari etaklariga yetib keladi. U 33 kunlik mashaqqatli safardan so'ng Alpning qor va muzli tog'larini oshib o'tadi. Oshib o'tish davrida askarlar, otlar va fillarning ko'p qismi tog'dan jarlikka qulab halok bo'lganlar. Gannibal Shimoliy Italiyaga tushganda 20 ming piyoda, 6 ming otliq va bir necha jangovar fillari qolgan edi xolos. Shimoliy Italiyada kelt qabilalari Gannibalga kelib qo'shiladilar.Gannibal Shimoliy Italiyada turgan Rim qo'shinlarini yengib, janub tomon qo'shin tortadi. U Trebiya yonidagi jangda rim qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratadi. Rimliklar Etruriyadagi Arrisiy shahri yonida Gannibal qo'-shinlari yo'lini to'sganlar. Lekin Gannibal qo'shinlari rimliklar kutmagan botqoqlikdan kechib o'tib, ularning orqa tomonida paydo bo'lganlar. Kechib o'tish vaqtida Gannibal ko'zidan ajragan. U minib yurgan yagona fil ham halok bo'lgan. Gannibal qo'shinlari Traziman ko'li yaqinida rim qo'shinlarini qurshab olib qirib tashlaganlar. Lekin u qo'lga tushgan asirlarni o'ldirmaslik haqida buyruq berib, ularni qo'yib yuborgan. Miloddan avvalgi 216- yilda Gannibal qo'shinlari rimliklarning kichik-kichik hujumlarini qaylarib Janubiy Italiyaga o'tib olishga harakat qilgan. Chunki Gannibal Janubiy Italiya, Sitsiliya va Karfagendan maclad olishni ko'zda tutgan edi.

Miloddan avvalgi 216- yilda Gannibal qo'shinlari Janubiy Italiyadagi Kanna qishlog'iga kirib kelganda uning ixtiyorida 40 ming piyoda va 10 ming otliq jangchisi bor edi.Rimliklar Gannibalga qarshi 80 ming piyoda va 6 mingdan iborat otliq qo'shin yuboradilar. Jang maydoni qilib Apuliyaning Kanna qjshlog'i yaqinidan oqib o'tadigan Aufid daryosining etagi tanlangan. Gannibal o'z qo'shinini juda ustalik bilan joylashtiradi. U piyoda qismlarni yarim oysimon shaklda joylashtirib, qabariq Kanna turgan tomonini dushman tomonga qaratadi. Shaklning markaziga ishonchsizroq kelt va iberiy qismlanni joylasntiradi. Uning ikki tomoniga esa karfagenliklardan iborat otliq va piyoda askarlarni joylashtiradi. Jangni yengil qurollangan yordamchi qo'shinlar boshlab berishlari kerak edi. Jang Gannibal rejasi asosida boshlanadi. Rim qo'shinlari Gannibal qo'shinlarining oldingi qabariq qismiga hujum qiladilar. Hujum natijasida qabariq qismining o'rta qismi orqaga chekinib ikki qanotga ajralib rimliklarni o'rab oladi. Shu vaqtda karfagenliklardan iborat piyoda va otliq qo'shin hujumga o'tib rimliklarning orqa tomoniga o'tib oladilar. Rimliklar qurshovda qoladilar. Shiddatli jang boshlanadi. Jangda rimliklarning 58 ming askari qirib tashlanadi. 18 ming kishi asir tushadi. Rim konsuli Emiliy Pavel jangda halok bo lib, ikkmchi konsul Terensiy Varron omon qolgan qo'shinlar bilan Rimga qaytadi. Tanxchilar va kuzatuvchilarning bergan ma'lumollariga qaraganda, Kanna jangi qadiingi zamon urushlari tarixida eng shiddatli janglarning bir bo'lgan ekan. Kanna yonidagi mag'lubiyatdan so'ng Italiyaning markaziy va janubiy qismida yashagan kapulliklar, samnitlar, lukanlar va apullar Gannibal tomonga o'tadilar. Karfagendan madad olgan Gannibal Rim ustiga qo'shin tortadi. Rimni olish uchun qilingan harakat kutilgan natijani bermaydi.

Rim senati 17 dan 70 yoshgacha bo'lgan erkaklarni qo'shinga safarbar qilib, 250 ming askar to'playdi. Rimliklar qo'shinlarni mayda bolaklarga bo'lib dam Sitsiliyada, dam Yangi Karfagenda va Gannibal tomonga o'tgan Italiya shaharlarida urush olib boradilar. Sunday urush Gannibal uchun halokatli edi. Gannibal ittifoqchilaridan ajralib ketadilar. Uning qo'shini tobora kamayib boradi. Yangi Karfagendan qo'shin tortib kelayotgan Gannibalning ukasi Gasdrubal Shimoliy Italiyadagi Metavra daryosi bo'yida bo'lib o'tgan jangda rimliklartomonidan tor-mor etiladi. Gasdrubal ham jangda halok bo'ladi. Miloddan avvalgi 204- yildan boshlab urush harakatlari Shimoliy Afrikaga ko'chiriladi.

Urush harakatlari Karfagenga ko'chgach, Gannibal Italiyadan chaqirih olinadi. Bu davrda rimliklar Ssipion qo'mondonligidagi katta qo'shinni Karfagenga jo'nata-dilar. Miloddan avvalgi 202-yili Karfagendagi Zama shahri yaqi-nidaGannibal boshliq karfagenliklar bilan Ssipion boshliq Nu-midiya podshosining birlashgan qo'shinlari o'rtasida ayovsiz, shiddatli jang boshlanadi. Birinchi va ikkinchi Puni urushlari dav-rida yengilish nimaligini bilmagan Gannibal o'z vatanini dush-manlardan mudofaa qilayotib tor-mor etiladi. Shu bilan miloddan avvalgi 218-yilda boshlangan ikkinchi Puni urushi miloddan avvalgi 201-yilda o'z nihoyasiga yetadi. Karfagen Rimga taslim boMib, uning mulkiga aylanadi. Miloddan avvalgi 201- yilda Karfagen bilan Rim o'rtasida sulh tuziladi. Sulhga ko'ra Karfagen Rimga katta miqdorda tovon to'laydi. Karfagen butun floti va fillarini Rimga berib, qo'shinlarini tarqatib yuboradi. Ayni paytda Karfagen o'zining ko'p rnulklaridan ham ajraladi. Ikkinchi Puni urushidan so'ng Karfagen Rim qara-mog'idagi davlatga aylanib mustaqilligidan ajraladi. Gannibal esa Zama mag'lubiyatidan so'ng o'z vatanini tark etib, Suriyaga ketishga majbur bo'ladi. U yerdan Kichik Osiyoning shimolidagi Vifmiyaga o'tib, o'sha yerda yashaydi. Viflniya shohi uni rimliklarga tutib berishga ahd qilganini eshitib, miloddan avvalgi 183-yili zahar ichib o'ladi. Milodiy I –II asrlarda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasli ma’lum bo`ldi. Ko`plab quldorlar qullarni yer ijarachilarga aylantira boshlashadi. Ana shu yerlarda ijarachilar dehqonchilik bilan shug’ullanishardi. Ular yerga qancha iyaxshi ishlov bersalar, hosilning shuncha ko’p ulushi o’zlariga nasib etardi. Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan foydalanganlik uchun ular yer egasiga o’zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to’lov berishardi. . Ayrim yer egalari xo’jaliklarni yuritish uchun qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishga mehnat qurollari ,urug’lik va oilasi bilan birga yashashga ruxsat berishardi. Bunday qullar “kulbali qullar ” ya’ni uy-joyli qullar deb nomlangan. Ular ham yerdan foydalanish uchun haq to’lashardi, ammmo o’zlarining taqdiri xo’jayinlarining qo’lida bo’lgan.



Rimliklarning sevimli tomosholaridan biri gladiatorlar jangi bo’lgan.Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo’lishgan .Ularga maxsus yopiq maktablarda ta’lim berishar, so’ngra bir-birlari bilan olishishga , tomoshabinlar ko’nglini xushlashga majbur qilishardi. Har bir jang so’ngida tomoshobinlar yengilgan gladiator tirik qolish- qolmasligini hal qilishardi. Agar tomoshabinlarning ko’pchiligi o’ng qo’lining bosh barmog’ini yuqoriga ko’tarsa – yengilgan gladiator tirik qolgan ,aksincha pastga qaratishsa – uni tomoshabinlar ko’z o’ngida o’ldirib tashlashardi.Janglar ulkan tosh stadionlar yoki amfiteatrlarda bo’lib o’tardi. 50 ming tomoshabin sig’adigan Kolizey eng katta amfeteatr bo’lgan.Ba’zida gladiatorlar katta-katta guruhlarga jang qilishgan shunda sahna jang maydoniga o’zshab qolardi. :o’ldirilgan yaralangan va jong berayotgan gladiatorlar hamma yoqda ag’anab sochilib yotardi. Yanada qiziqarli bo’lishi uchun gladiatorlar janglari kuchi teng raqiblar o’rtasida o’tkazilgan. Birovida faqat qilich va qalqon bo’lsa ,boshqasida to’r va changak(uch ayrili nayza )bo’lgan .To’r va changak bilan qurollangan gladiator o’zini hech nasa bilan himoya qila olmasa ham u raqibini to’r bilan o’rab tashlashi va changak bilan o’ldirishi mumkin edi. Gladiatorlarning yovvoiy arslonlar, qoplonlar, darg’azab xo’kizlar bilan janglari ham o’tkazilgan Rimlik quldorlar behudaga:”Qullar qancha bo’lsa- dushmanlar shunchadir”, deyishmagan. Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’aloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo’zg’alonlardan biri bo’lgan.Rim armiyasidagi a’lo xizmatlari uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul-Spartak m.avv. 74 yilda boshlangan qo’zg’alonga rahbarlik qildi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga xujum qiladilar va turmadan qochib chiqadilar. Shaharda yashirinish imkoniyati bo’lmaganligi sababli ular Vezuviy tog’idagi poyalarga chiqib oladilar .Asta-sekin egasidan qochgan boshqa qullar ularga kelib qo’shila boshladi,qo’zg’alon ko’targanlar safi kengaydi. Ko’p o’tmay ular 10 ming kishiga yetdi.Qo’zg’alon ko’targan qullarni tor-mor etishga jo’natilgan 3000 askarlik qo’shin Vezzuviy tog’lari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal boshlandi, ammo Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi.Qullar uzum novdalaridan narvon to’qib ko’rinmaydigan tarafdan cho’qqidan pastga tushib oldilalr. Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligi ko’p ming somli qo’shin jo’natildi. M.avv.71 yilning bahorida ro`y bergan xal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor –mor etildi, uning o`zi esa ana shu jangda xalok bo`ldi. Bir necha asirlar xojlarga mixlab osib o`ldirib tashlandi. Qo`zg`olon ko`targanlarning alohida to`dalari esa tag`in o`n yil kurashni davom ettirdi.

Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish