Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 320,5 Kb.
bet10/15
Sana11.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#46
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Savol va topshiriqlar:


  1. Yunon shaharlari qay tariqa tashkil topa boshlagan?

  2. Sparta davlati aholisini qanday atashgan?

  3. Solon qanday islohotlar o`tkazgan?

  4. “Perikl asri” nima?



Mavzu: Yunon –fosr urushlari. Yunonistonning makedoniya tomonidan bosib olinishi
Reja:


  1. Marafon jangi

  2. Salamin jangi haqida

  3. Xeroneya ostonasidagi jang


Miloddan avvalgi VI asrning oxiri — V asrning boshlarida Misrdan Hindistongacha, Arab dengizidan Orol dengizigacha bo'lgan yerlarni bosib olgan Eron Sharqning eng qudratli davlatiga aylanadi. Eron podshosi Doro I Yunonistondagi shahar-davlatlarning orasidagi kelishmovchilikdan foydalanib Yunonistonni ham bosib olish taraddudiga kirishadi. Dastlab eroniylar Yunonistonning Qora, Marmar va Egey dengizi sohillari katta-kichik manzillarini va shahar-davlatlarini bosib oladilar. Miloddan avvatgi 492- yili eron shohi Doro I kuyovi Mardoniy qo'mondonligi ostidagi katta qo'shinni Yunonistonga yuboradi. Eron qo'shinlarining bir qismi Gellespotbo'g'ozidan o'tib Frakiya orqali Bolqonga bostirib kira boshlaydilar. Eroniylarning harbiy dengiz kuchlari Frakiya dengizidan suzib borib Fasos orolini bosib olganlar. Frakiyaning jangovar qabilalari Xalkidika yarimoroliga yaqinlashib kelayotgan eron qo'shinlariga qattiq shikast yetkazganlar. Afina bilan Sparta eroniylarning talablarini rad etganlar. Afinada eron elchilari qoyadan dengizga uloqtirilgan, Spartada esa yerni ham, suvni ham shu erdan olsinlar deb, elchini quduqqa tash-laganlar. Shu tariqa shahanshoh Doro I ning Yunonistonga uyushtirgan birinchi yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan. Miloddan avvalgi 490- yilda Doro I Yunonistonni bosib olish uchun ikkinchi yurishni boshlagan. Eronning Datis va Artafern qo'mondonligidagi harbiy- dengiz qo'shinlari Kilikiya irg'oqlaridan suzib, Egey dengizi orqali Evbiya oroliga qo'shin tushirib, Eretriyani bosib olganlar. Datis esa o'z qo'shinlarini Afinadan 42 km shimoldagi Marafon manziliga tushirgan. Eron qo'shinlarining Marafonga tushganliklari haqidagi xabar Yunoniston bo'ylab tez tarqaladi.Yunonistonning ko'p polislaridagi aslzodalar dushmanga qarshi hech qanday chora ko'rmaydilar. Ammo Afina demosining ko'pchiligi vatan uchun kurashga otla-nadilar. Afmada umumiy safarbarlik e'lon qilinadi.Aimaning jangovar qo'shiniga Miltiad qo'mondonlik qilgan, u butun lashkarni jangovar tartibda saflagan. U ilgari Eronga qaram bo'lgan Frakiya Xersonesining tirani bo'lgan va eron armiyasida ham xizmat qilgan edi.U qo'shinni saflar ekan, qo'-shinning asosiy kuchini falanga-ning ikki yoniga to'plagan. U shid-dat bilan o'z qo'shinlarini dush-man ustiga bosib borishga undagan. Fors qo'shinlari afmaliklarga nis-batan ko'proq bo'lib, unda itoat ettirilgan xalqlarning vakillari ham bor edi. Qilich, qalqon, kamon, dubulg'a bilan qurollangan dushman ham jangga otlanadi. Marafon maydonida qirg'in-barot jangi boshlanib ketadi. Jang nihoyatda shiddatli bo'lib eroniylarning mag'lubiyati, afmaliklarning g'alabasi bilan tugaydi. Afinaliklar dushman qo'shinlarini Egey dengizining sayoz-liklariga chekintirib, ularni o'sha yerda yakson qiladilar. Afinaliklar eroniylarning yetti kemasi va juda ko'p boyliklarini qo'lga tushiradilar. Marafon maydonidagi g'alabani Afmaga yetkazish uchun bir chopar 42 kilometrlik masofani chopib, shahar ostonasiga kelib, ,,Quvonings biz yengdik!" — deb xitob qilgan va yuragi yorilib jon bergan. Rivoyatlarga ko'ra ,,marafoncha" yugurish o'sha zamondan qolgan ekan. Marafon mag'lubiyatidan so'ng eroniylar Afmaga hujum qil-moqchi bo'lganlar. Buni oldindan bilgan Miltiad yunon qo'-shinlarining asosiy qismini Afmaga olib o'tib, kuchli mudofaa chizig'i hosil qilgan. Bu vaqtda Spartadan ham yordam yetib kelgan edi. Kuchli qirg'oq mudofaasini ko'rgan eroniylar vatanlariga qaytishga majbur bo'lganlar. Shu tariqa eroniylarning ikkinchi yurishi ham mag'lubiyat bilan tugagan. Miloddan avvalgi 486- yili Doro 1 vafot etadi. Eron taxtiga uning o'g'li Kserks o'tiradi. Kserks mamlakatning turli joylaridagi qo'zg'olonlarni bostirib Yunonistonni bosib olish-ga tayyorgarlik ko'radi. Bu davrda Yunon polislari o'rtasida birlik bo'lmasa ham Afina quruqlikdagi qo'shinlarni va harbiy-dengiz kuchlarini urushga tayyor qilib qo'ygan edi. Eron urushi xavfi tu-g'ilgach, polislar birlasha boshla-dilar. Miloddan avvalgi 481~yili Afina bilan Sparta o'rtasida ittifoq tuzildi. Bu ittifoqqa boshqa polislar ham qo'shiladilar. Miloddan avvalgi 480- yilning bahorida eronliklarning Yuno-nistonga uchinchi yurishi bosh-lanadi. Eron qo'shinida eronliklardan tashqari turonliklar, ossurlar, bobilliklar, kichik osiyoliklar ham bor edilar. Qo'shinga Kserksning o'zi boshchilik qilgan. Kserks qo'shinlari ham suv, ham quruqlikdan borib Shimoliy Yuno­nistonni ishg'ol qiladilar. Eron qo'shinlari bilan yunon qo'shinlari Fermopo! shahri yonida bir-birlariga to'qnash keladilar. Fermopol mudofaasiga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. Kserks Leonidga taslim bo'lishni va qurol-yarog'larni topshirishni talab qilgan. Leonid esa Kserks elchilariga ,,Kelinglar, kuchinglar yetsa olinglar", — deb javob bergan. Eron elchisi eron qo'shinlarining ko'pligi bilan yunonlarni qo'rqitmoqchi bo'lib: „Bizningkamondan yog'dirilgan o'qlarimiz va nayzalarimiz sizlarni quyoshdan to'sib qo'yadi", deganekan. Bungajavobanbir Spartajangchisi: ,,Hechqisi yo'q, biz soyada ham jang qilaveramiz", deb javob qaytargan ekan. Shundan keyin Fermopolda jang boshlanib Leonid o'z qo'­shinlari bilan ikki kun davomida eroniylarning hujumini qaytarib turgan. Lekin katta boylikka sotilgan fessaliyalik bir xoin eron qo'shinlarini tog' so'qmoqlari osha yunon qo'shinlarining orqa tomoniga olib o'tgan. Bu voqeadan xabardor bo'lgan Leonid 300 spartalikdan boshqa hamma askarlarga chekinishni buyurgan. Leonid o'zining 300 jangchisi bilan birga eronliklarga qarshi ikki kecha-kunduz jang qilib, qahramonona halok bo'lgan. Eroniylar O'rta Yunonistonni bosibolib, so'ng Afinani ishg'ol qilganlar. Dushman Afinani talagan, o't qo'ygan va vayron qilgan. Yunonlar jonajon shaharlarini tark etishgan. Jang qilishga kuchi yetadiganlar qo'shinga borib qo'shilganlar. Ayollar, bolalar, keksalar va qullar Pelo-ponnesga va Salamin oroliga o'tkazib qo'yilgan. Afinaliklar Kserks buyrug'i bilan o't qo'yilgan jo-najon shaharlari alanga ichida qanday yonayotganligini kemalar va oroldan ko'rib turganlar. Yunonlarning 370 harbiy kemasi Attika bilan Salamin oroli ora-lig'idagi bo'g'ozda to'plangan edi. Bu yerda eroniylarning 700 ke­masi turar edi. Yunon kemalari bar tomonida uch qatordan eshkaklari bo'lgan 180 eshkakchisi va 20—30 jangchisi bo'lgan triyerlar edi. Bu kcmalardagi dengizchilar Salamin bo'g'ozining qayeri sayoz, qayerida qoya toshlar borligini yaxshi bilardilar. Ular bo'g'ozda tez, chaqqon harakat qila olar edilar. Eron kemalari katta, qo'pol bo'lib bu joyning past-baland joyini bilmas edilar. Kserks o'z kemalarining kuch-quvvatiga ishonib jang boshlashni buyuradi. O'zi esa Attikaning baland qirg'og'idan jangning borishini kuzatib turadi. Ikki o'rtada dahshatli dengiz jangi boshlanib, yunon floti eron floti ustidan g'aiaba qozonadi. Bu jang tarixga Salamin jangi nomi bilan kirgan. Jangda eroniylarning 200 kemasi cho'ktirilib, ko'pchiligi esa shikastlangan. Mag'lubiyatdan omon qolgan eroniylar Yunonis­tonni tashlab qochadilar. Miloddan avvalgi 479- yili Mardoniy boshliq eron qo'shinlari yana Attikaga bostirib kirib, Afinani vaqtincha ishg'ol qiladi. Yunon polislarining birlashgan kuchlari eroniylarga zarba berib, ularni Beotiyaga chekintiradi. Plateya yonidagijangda Eron qo'shinlari yengilib, Mardoniy halok bo'ladi. Eroniylar Yunonistonni tashlab chiqishga majbur bo'ladilar. Adolatli urush g'olib chiqib, yunonlar o'z vatanlarini yovuz dushmandan tozalaydilar. Miloddan avvalgi 478-yili urusbda ishtirok etgan yunon polislari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi orol-davlatlar Afina boshchiligida Ittifoq tuzganlar. Bu Delosyoki 1- Afina dengiz ittifoqi nom'mi olgan. Uning Delos ittifoqi deb atalishi ittifoq xazinasi muqaddas Delos orolida saqlangan. Bu ittifoq yunonlarning eroniylar ustidan uzil-kesil g'alaba qilishida muhim ahamiyat kasb etgan. Yunon-Eron urushi Yunonistondan tashqarida miloddan avvalgi 449- yilgacha davom etdi. So'nggi urushlarda ham yunonlar g'alaba qozonganlar. Miloddan avvalgi 449- yili Suzada sulh tuzilib, u yunon to-monning vakili Kalliy nomi bilan Kaliiy sulhi deb ataladi. Sulh ahdlariga ko'ra eronliklar Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi barcha orollar mustaqilligini tan olgan. Eron harbiy-dengiz flotiga Egey dengizida suzish taqiqlangan. Eron Yunonistonga ko'p miqdorda tovon to'lashi kerak bo'lgan. 1- Afma dengiz ittifoqidan foydalanib, Afma butun Yunon dunyosidagi eng qudratli davlat bo'lib qolgan. Urush yunonlarning g'alabasi bilan yakunlangan. Bu urush yunonlar uchun ozodlik va mustaqillik urushi edi. Yunonlar bir –birlari bilan urushayotgan bir mahamda Makedoniya podshosi Filipp II Elladani bosib olish maqsadida jang taktikasini takomillashtirdi. Uning qo`shinlari suvoriy va poyidalardan iborat edi. Piyoda qo`shinlari 16 qatordan iborat bo`lgan falangada saflandilar. Falanganing 6 –qatoridagi jangchini muhofaza ertardi. Falanga qanorlarini otliqlar himoya etardi. Faqat mashhur Demosfen Elladani kezib, ularning aholisinibirlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etgan. Ammo faqat Fiva shahri aholisi Filipp II qo`shinlariga qarshi Afina shahrini himoya etgan. Miloddan avvalgi 338 –yil avgustda yunon va Makedonlarning asosiy kuchlari Xeroniya yaqinidagi Beotiyada to`qnashdilar. Qo`shinlar son jihatdan teng edi. Ammo yunonlar qarshisida makedoniyaning erkin fuqarolaridan tuzilgan yaxshi harbiy ta’lim olgan jangchilar turar edi. Yunonlar qo`shinlari esa ma’lum haq evaziga jang qiluvchi yollanma askarlar va fuqorolarning durust harbiy ta’lim ko`rmagan jangchilaridan iborat edi. Yurish chg`ida yunonlarning qo`shinlari ikki bo`lakka ajraldi. Anashu bo`laklarning biriga Filipp II ning o`g`li Aleksandr qo`mondonlik qilayotgan suvoriylar qaqshatqich zarba berdi. “Xeroniya jangida , -deb yozadi o`sha zamonlarda yashagan muallif, -halok bo`lganlarning jasadlari bilan birga yunonlarning erki va ozodligio ham dafn etilgan edi ”. Filipp II yunonlar bilan forslarga qarshi ittifoq tuzdi. U o`zini birlashgan qo`shinlar bosh qo`mondoni deb e’lon qildi. Miloddan avvalgi 337 –yilda Spartadan tashqari barcha yunon shahar –davlatlarining vakillari Korinfga yig`ildilar. Makedoniya hokimyati ostida davlat tuzdilar. Yunonlarning davlat ishlarini Yunon shahar –davlatlari kengashi hal qilishi nazarda tutildi.


Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish