Reja: Qadimgi tarixni o’rganish



Download 199.63 Kb.
bet1/5
Sana11.01.2017
Hajmi199.63 Kb.
  1   2   3   4   5


Mavzu:Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari

Reja:


  1. Qadimgi tarixni o’rganish

  2. Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish

  3. Yer yuzidagi ilk odamlar va ularning mashg’ulotlari

  4. Diniy e’tiqodning vujudga kelishi

Ma’lumki insoniyat tarixi bir necha yuz ming yilliklardan iborat .Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro’y bergan voqealarni qaytadan tiklash uchun ancha-muncha kuch-g’ayrat sarflashdi.Qadimgi tarixni o’rganish tarix fanini bilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tarix –asli arabcha so’zdan olingan bo’lib o’zbek tiliga tarjima etganda “o’tish voqealardan bayon”,”o’tmishdan hikoya”mazmunini ifoda etadi. Shu bilan birga yunonchadagiHistory so’zining o’;zbekchaga tarjimasi ham shu ma’noni beradi. Demak, tarix- o’tmishda bo’lib o’tgan voqea-hodisalarning qay tariqa nima sababdan bo’lganligini o’rgatuvchi fan sanaladi. Qadimgi tarix esa kishilik jamiyati tarixining katta qismini o’z ichiga iladi. Qadimgi tarixni o’rganish uchun epigrafika,numuzmatika, arxeologiya,antropologiya,etnofragika,lingvistika,geneologiya,arxezoologiya,arxebotanika,geraldika va boshqa yordamchi tarix faning hissalari mavjuddir. Arxeologiya- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”arxe”-“qadim”,”logos”-“fan”degan mazmunni ifoda etadi. Antropologiya- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbek tiliga tarjima etganda”antrop”-“odam”,”logos”-“fan”degan mazmunni ifoda etadi. Numuzmatika- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”numuzus”-“tanga”,lar haqidagi fan degani. Etnografiya- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”etnos”-“xalq”,”grafo”-“yozaman”, ya’ni xalq haqida yozaman degan mazmunni ifoda etadi. Lingvistika- yunoncha so’zdan olingan bo’lib o’zbektiliga tarjima etganda”lingo”-“til”,”logos”-“fan” tillar haqidagi fan degan mazmunni ifoda etadi.

Sivilizasiya esa lotincha so’zdan olingan bo’lib,”sivilus”-“ fuqorolikka oid ”deganidir.Insoniyat o’ta oddiy mehnat qurollaridan toki hunarmandchilik durdonasini yasash , jo’ngina turar joy qurib olishdanto shaharlarni bunyod etishgacha bo’lgan uzoq yo’lni bosin o’tdi. Eng qadimgi shaharlar va davlat tashkil opish davrini olimlar sivilizasiya deb ataydilar.

Jahondagi hamma xalqlar ibtidoiy jamoa tuzumini boshdan kechirgan . Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to’daga birlashuvi bo’lib,ushbu to’da insonlarning katta jamoasini birlashtirgan edi. Ibtidoiy to’da-turmush va mehnat umumiyliginegizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir.Eng qadimgi to’da asta-sekin bo’linib ketdi, qarindoshlarning alohida uyushmasiga – urug’ jamoasiga aylandi. Urug’- birgalikda yashagan va mehnat qilgan umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lganqarindoshlar jamoasidir. Eng qadimgi urug’chilik tuzumi esa – insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari ,hamma baravar ishlagan bir davridir. Eng qadimgi tuzumni mehnat qurollarining yasalishiga qarab xronolog olimlar quyidagicha davrlashtiradilar. Jumladan,

Paleolit-“paleo”-“qadimgi”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 3-1 mlnchi yillarni o’z ichiga oladi.

Mezolit-“mezos”-“o’rta”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.-

Neolit-“neo”-“yangi”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 6-4 ming yiliklarni o’z ichiga oladi.

Eneolit-“eneus”-“mis”, “litos”-“tosh” uning xronologik chegarasi 4-3-ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

Bronza- jez davri bo’lib xronologik chegarasi 3-1 ming yilliklarni o’z ichiga oladi.

Temir davri esa kishilik tarixida miloddan avvlagi 1 ming yillikladan milodiy 1 asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.

Yer yuzida odamning paydo bo’lishi va tarqalishi masalasi bugubgi kunda ham muammoli va munozarali masala hisoblanadi. Shunday bo’lsada antropolog va arxeolog olimlarning izlanishlari vatadqiqotlari sababli ayrim tarixiy taxmin hamda xulosalar , tasavvurlarga ega bo’lishimiz mumkin. Ammo shuni e’tibordan chiqarmaslik kerakki, yer yuzida inson oily ,yagona aql va zakovatga ega mavjudot sanaladi. Uning tadrijiy rivojini quyidagicha ko’rsatamiz

1848 yilli Ispaniyalik ishchilar Gibraltar qoyasida portlash ishlari vaqtida eng qadimgi odamning pastki jag’siz kalla suyagini topadilar. 1856 yil Germaniyaning Neandertal vodiysidagi Feldgofer g’orini tozalash vaqtida Gibraltar topilmasiga zamondosh odam bosh suyagining qoqqog’I, ayrim suyaklari topiladi.Miya suyagining xajmi 14003 sm ga yaqin bu topilma olamshumul ahamiyatga ega edi. Uning yashagan davrini olimlar 1003- 40 ming yillik deb belgilashdi va unga vodiy nomini bildirib turuvchi Neandertal odami deb atashdi.

1856yilda fransuz paleontology Larte Avstriyaning Yuqori Goranna degan joyidan yer tarxining meosin yotqiziqlaridan (12-5mln yil muqaddam)oily tipdagi odamsimon maymunning uchta tishui bilan pastki jag’ini topdi. Unga olimlar driopitik ya’ni “daraxtga yuruvchi maymun” degan nomni berishdi. Uning miya xajmi olimlar tomonidan 600-680 3 sm deb belgilandi. Driopitiklarning dunyo bo’yicha 10 dan ortiq turlari turli xil mamlakatlardan topilgan.

1868 yili Fransiyaning Dordono viloyatidagi Kramonyon g’oridan 5ta odam ko’milgan mozor ochiladi. Bundan 40-12 ming yillikda yashagan bo’yi 180 smli miya xajmi1590 3 sm bo’lgan qazilma odamning miya xajmi hozirgi zamonaviy odamnikiga juda ya’qin edi, shu sababli olimlar bu odmni “Aqlli odam ”deb eslashadi



1890 yili gollandiyalik shifokor olim Yevgeniy Dyuba Indoneziyaga qarashli Yava orolidagi Kedung- braus sohilidagi qatlamdan odamning pastkin jag’ini topdi. 1890-1891 yillarda Ye. Dyuba Trinil degan joydan qandaydir mavjudotning bosh, bolder suyaklari, ikkita jag’ tishini topgan .Unga grekcha pitekantrop ya’ni ikki oyoqda yuruvchi maymun degan nomni berishdi. Mojokertadan topilgan odamning bosh suyagi ,uning qopqog’i ,son jag’ suyaklari ,tishlari o’rganilganda u 1mln 500- 1mln 200 ming yillar oldin yashaganligi aniqlandi. Miya xajmi esa 900 3 sm edi. 1924 yili janubiy Afrikadagi Yer qarining pleosin yotqiziqlaridan yana bir suyak qoldiqlari topiladi. Olimlar uni Avstralapitek ya’ni” Janub maymuni” deb atashadilar Uning miya qopqog’ining xajmi 700 3 sm edi. 1929 yili Xitoy olimlari Blek va Pen Ven Chjun Pekindan 60 km janubi- g’arbda joylashgan Chjoukodyan qishlog’I yaqinidagi g’ordan odam qoldiqlarini topadi. 1963-64 yillarda xitoyliklar Pekindan 900km janubi-g’arbda joylashgan Lantyan degan makondan qazilma odamni topishadi. Olimlar bu ikkala qazilma odamlarga topilgan joy nomining sharafiga Sinantrop- ya’ni”Xitoy odami” deb nomlashdi. Sinantropning yashagan davri 600-500 ming yillik bo’lib bosh suyagining xajmi esa 1100-1200 3 sm edi. 1959 yil amerikalik olimlar Sharqiy Afrikaning Olduvoy darasidan Eng qadimgi ajdodlarimizning suyak qoldiqlarini topdilar. Zinj qishlog’idan topilganligi sababli kishilik tarixiga u Zinjantrop nomi ostida kirdi Uning yashagan davri 1,5 mln – 2mln yillar bilan belgilanmoqda Ushbu odamlar yer yuzidagi insoniyatning shajaraviy jixatdan ilk ajdodi sanaladi. Yer yuzidagi iqlim iliq bo’lgan kezlarda odamlar manzilgohlari kichkina daryolar yoki soylar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan edi. Ilk paleolitning so’nggi davrlarida Buyuk muzlash boshlandi, bu hol odamning yangicha turmush sharoitiga moslashishiga taqozo etdi. Qadimgi odamlar dastlab o’zlashtirma xo’jalik asoisda kun kechirgan . Buni tabiatdagi born oz-ne’matlarni o’z holicha olib ,terib-termachlab, ov qilib iste’mol ehtiyojini qondirishi misolida ko’ramiz. Iqlim sharoitning taqozosi sababli O’zlashtirma xo’jalkdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tildi. Buning oqibatida oddiy, mo’rt va sodda mehnat qurollari takomillashuvi hamda ularning son va sifat jixatdan o’zgarishi kuzatildi Eng qadimgi mehnat qurollari tosh , suyakdan ishlandi va ularning eng qadimgisi fan tilida Chopper deb ataladi. Mehnat faoliyati, tevarak olam haqidagi to’plangan bilimlar asta-sekin insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o’zgartirib yubordi. Odamlar o’zlariga tushunarsiz bo’lgan hodisalar haqida o’ylay boshladi: kun bilan tun , yil fasllarining almashinuvi , vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam fikrini o’ziga tortgan. Ana shu hodisalarni tushuntirib berish qo’lidan kelmagan inson momoaqaldiroq , yashin, shamol, yomg’ir kabi tabiat kuchlariga sig’ina boshladi. Bora- bora eng qadimgi odamlarda insin vafot etgandan keyin yashahsni davom ettiradigan o’zga bir olamga ketadi deganaqidaga ishonch paydo bo’ldi. Odamni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod fanda animism nomini olgan .

Yil fasllarining almashinuvi , momaqaldiroq bo’ronni qadimgi odamlar ruh mujassamlashgan tabiat kuchlari harakati deb tushuntirganlar. Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yohud balo- qazoni bartaraf etishiga ham e’tiqod qilganlar,bu e’tiqod fetishism nomini olgan so’nggi paleolitga oid bo’lgan qoya rasmlarining topilishi eng qadimgi odamlarda diniy e’tiqodlat bo’lgani to’g’risidagiisbotlardan biridir. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir va Boshqirdistondagi Kapova g’orlaridan topilgan.Diniy e’tiqodlar kurtaklari va va marhumlar ko’milgan eng qadimgi qabrlar o’rta paleolit davrida vujudga kelgan.


Savol va topshiriqlar

1.Ilk paleolit odamining tashqi ko’rinishini tasvirlab bering?

2. Qadimgi odam tajrini ko’rsating

3.Diniy e’tiqod kurtaklari haqida gapiring.




Mavzu: Nil vodiysi va uning aholisi. Misr va qo`shni xalqlar. Qadimgi Misr dini
Reja:

1. Nil vodiysi va uning aholisi

2. MIsr va qo`shni xalqlar

3. Qadinmgi misrliklar e’tiqodi.


Nil. Ulug`vor daryo Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun maydon hozirlagan. Nil daryosi borib-borib O`rtayer dengiziga borib quyiladi. Nil daryosi qayirlarini yunonlar delta deb atashgan, chunki dengizga quyiluvhci shoxobchalarning to`la-to`kis manzarasi uchburchaksimon yoki teskari yozilgan “ ” harfiga o`xshash yunoncha “delta” harfiga monand bo`lgan. Nil vodiysi –har ikkala qirg`oq bo`ylab birdan to yigirma kilometrgacha kenglikdagi sug`oriladigan yerlardir. Daryoning har ikkala tomonidan qora tuproqli dala yastanib yotibdi. Vodiyliklar yurtga – Misr

Ya’ni qora tuproq deb nom berishgan.Bu hududda yashovchilar asta-serkin ziroatchilik bilan shug`ullangalar. Mill. avv. IV mingyillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg`og`laridagi yerlarni o`zlashtirishga bel bog`laganlar. Dastlabki qabilalar nil vohasiga milodddan avvalgi IV mingyilllikda ko`chib o`rnashganlar. Misrlik dehqonlar bug`doy va ar[pa ekishar, yetishtirilgan kanobdan esa gazlama to`qishardi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz,loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Mehnat qurollari takomillashishi bilan omoch va hayvonlar kuchidan foydalanila boshlandi. Kuzda dalalarga urug` sochishar, sug`orish uchun kanallar va ariqlar tazalanar edi. Issiq yoz oylarida esa dam olishar, ekinni ekishga tayyorlashardi. Qishda esa yig`im –terimi boshlanardi. Qadimgi Misr hunarmandlarini 30dan ortiq kasb-kori bo`lgan. Mischilar misni eritsalar, temirchilar undan mehnat qurollari yasashardi. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papyrus poyalaridan, zodagonlar uyi esa somon qo`shib qorilgan loydan yasalgan..Odamlar miloddan avvalgi IV mingyillik oxirida Nil vohasidagisermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshlaganlar. Tarqoq manzilgohlar “nom” deb atalgan ilk davlatlarga birlashgan. Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilga: Quyi Misrda, boshqachasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-yilda ikkala davlat o`rtasida boshlangan urushda yuqori Misr hukmdori Menes g`alaba qozondi. Menes birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori, ya’ni fir’avn bo`ldi.yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo`lmish Memfes shaxri barpo etildi. Olimlar Misr tarixini ilk, qadimgi, O`rta, Yangi va So`nggi podsholik davlatlariga bo`lganlar. 200 yildan so`ng mamlakatni yana qaytadan birlashtirila boshlandi.shu tariqa O`rta podsholik hukmronligi davri boshlandi Bu davlatning poytaxti Fiva shaxri edi. Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo`lgan. Bu mamlakatga Misrliklar Nil bo`ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir navli yog`ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g`arbda, Liviya cho`lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko`chmanchi chorvador bo`lgan.

Arabiton sahrosida hech kim istiqomat qilmagan. Ammo u orqali o`tadigan yo`l Sinay yarimoroli orqali borar, bu yerdan esa mis qazib olinar, Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. O`rta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi. Mahalliy qabilalar Misrga “xiroj” to`lar edi.O`rta podsholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo`shib olishga muyassar bo`ldi. Mil. avv. XVIII asr oxirida ko`chmanchi giksoslar qabilalari misrgahujum qildi. Misrning piyoda qo`shinlaridan farqli o`laroq giksoslarning asosiy kuchi yengilaravalar –otlar qo`shilgan jang aravalari bo`lgan. Quyi Misrni Bosib olgach giksoslar Misrliklar shaxarlari va qishloqlariga hujum qildi. Bu vaqtda O`rta podsholik ko`plab mayda nomlarga bo`linib ketgan edi. Ular giksoslarga boj to`lardilar. Ko`p o`tmasdan yuqori Misrning barcha nomlari Fiva nomi fir’avni tevaragida birlashdilar. Bir qancha janglarda fir’avn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan haydab chiqargan. Itoatsiz hukmdorlarni o`ziga bo`ysindirgan Yaxmos yangi fir’avnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu vaqtdan boshlab,Yangi podsholik davri boshlandi. Yaxmos hukmronligi davrida Misr yuksak kuch –qudrat cho`qqisiga chiqqan edi. Fir’avnlar o`z jangchilarini qilichlar va tabarzinlar-dastasi uzun jangavor oyboltalar bilan qurollantirganlar. Bir necha yurishlardan so`ng Misr fir’avnlari butun Nubiyani, Misrga qo`shib oldilar, Liviya qabilalari xiroj to`lashga majbur bo`ldilar. Mil. avv 1500-yillar atrofida fir’avn Tutmos II katta yurishlar tashkillashtirishga muyassar bo`ldi. Faqatgina fir’avn Tutmos III Falastinni bosib olishga muvaffaq bo`ldi.

Mil. avv. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, ammo miloddan avvalgi VI asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Forslardan ulkan lashkar to`plagan shaxanshox Kir II ning o`g`li Kambiz mavvalgi 525-yilda Misrni bosib oldi.

Misr ko`pxudoli mamlakat xisoblanadi. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o`z xudosi – Ptax bo`lgan, Ptax esa, misrliklar e’tiqodicha olamni yaratayotganda har bir narsaning nomini odamga o`rgatgan.Ptaxning yer yuzidagi qiyofasi Apis bo`lib, uning peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora ho`kiz bolgan.

Quyosh xudosi Amon –Ra degan iloh bo`lgan. U fir’avnning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Misrliklar, fir’avnlarning hammasi quyosh xudosining o`g`illaridir ular barcha ishni samoviy otsining amri bilan qilishadi degan fikrda bo`lganlar. Yana bir iloh Xapi –Nil xudosi –Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni

Set –Osirisning birodari, omadsizlik, sahro va bo`ron xudosi.

Xatxor –musiqa, go`zallik va sevgi ilohasi. Maat –adolat va adliya ilohasi.

Anubis –marhumlar va mumiyolar xudosi, mayyitlar posboni.Tot –Oy, donishmandlik va tabiblik ilohi.

Rivoyatlarga ko`ra Osiris mirning ilk podsholaridan biri bo`lib, O`z xalqini dexqonchilikka o`rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo Osirisning sibnglisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O`shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo`lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanar ekan. Kohinlar, xudolar va odamlar o`rtasida vositachi bo`lishgan. Misrliklar e’tiqodicha, mabodo yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa xudolar odamlarga madad bermay qo`yadilar. Kohimlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag`ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Misrliklar uchun ibodatxona xudolar va ilohalarning yer yuzidagi kosonasi edi. Ibodatxonalarda xudolarning xaykalchalari, iloh yoki ilohaning ruhi ular orqali odamlarga murojaat qilar edi. Shuning uchun har kuni tongda, peshinda va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag`ishlashar edilar.



Savol va topshiriqlar:

  1. Qadimgi Misrning tabiiy sharoiti qanday edi?

  2. Qadimgi Misr fir’avnlari qayerlarni bosib olganlar?

  3. Misr hunarmandlarining qancha kasb-kori bo`lgan?



Mavzu: Piramidalar va dahmalar. Misr madaniyati
Reja:


  1. Piramidalarning qurilish sababi

  2. Qadimgi Misr yozuvi

  3. Qadimgi Misrda dunyoviy bilimlarning rivojlanishi



Qadimgi va O`rta podsholik davrida misrliklar barpo etgAn ulkan piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan joy –maqbaralar bo`lgan. Eng mashhur piramidalar Giza shaxri atrofida uch fir’avn –Xufu, Xafra va menkaura uchun bunyod etilgan. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. Piramida har biri 2 tonnadan og`irroq bo`lgan 2,5 million dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik ustalik bilan joylashtirilgaki, ularning orasi 0,5 millimetrdan ham oshmaydi. Piramidalarning har birida fir’avnning jasadi solingan toshtobut –sarkogaf joylashgan.Yirik piramidalarni o`rtacha 20 yil davomida tinimsiz mehnat evaziga qurishgan. Buning og`ir mehnat ekanligi sir emas. Piramidalarni sfinkslar –tanasi arslon va boshi odamsimon bo`lgan ulkanhaykallar qo`riqlaydi. Yangipodsholik davrida boshqa piramida qurmay qo`yishdi. Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan.maqbara ichida tasavvurga sig`maydigan boyliklari bilan bizgacha yetib kelgan. Dafn etilayotgan xar qanday fir’avn, albatta mumiyolangan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Mumiyolash jarayonida jasad turli matolarga jirmab tashlangan matolar orasida omad keltiruvchi tumorlar qo`yilgan.shu taxlit ishlov berilgan inson jasadi dafn etilgan.misrliklar e’tiqodi bo`yicha xudo ko`pincha muqaddas hayvonlar qiyofasida bo`ladi deb faraz qilishgan.shuning uchun mushuk, qo`y, ho`kiz, sigir, arslom, lochin,ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. Qumursqalar orasida qoraqo`ng`iz alohida hurmat e’tiborga sazovor edi. Bastet degan mushuksimon xudo ham misrlaiklar e’tiqodi bo`yicha ilohiy bo`lgan. Qadimgi misrda yozuv dunyo miqyosida birinchilarda rivojlangan. Avvaliga har bir so`z bir surat ko`rinishida bo`lgan. Yozuvdan qarg`ishlar va diniy marosimlarni yozib borishda foydalanilgan. Shuning uchun ham uni “muqaddas” yoki “xudolar kalomi” deb nomlashgan. Yozuvlar maqbara devorlariga va xudolar haykallariga o`yib yozilgan. Qadimgi yunonlar ularni “iyerogliflar” deyishgan (“toshga chekilgan muqaddas bitiklar” ma’nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 700 iyeroglifdan iborat bo`lgan. Iyeroliflarni qamish qilqalam bilan papirusga , ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog`ozga yozishgan. Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savonxon kishilar sanalgan. Ular katta imtiyozlarga ega bo`lib, yuksak hurmatga sazovor bo`lganlar. Taniqli fransuz olimi Jak –Faransua Shampolyon olamshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: misr matnilari o`qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga Qohira shaxridan uncha uzoq bo`lmagan Rozett shaxri yaqinidagi bir toshga chekilganqadimgi misr va yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo`ldi.bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Misrliklarning nazariy bilimlarining amaliy faoliyati bilan bog`liq edi. Ziroatchilar qachon urug`likni yerga qadashlari, qachon hosilni yig`ib olishlari kerakligini bilishlari zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab bilib olishganlar. Shu tariqa asronomiya, ya’ni yulduzlar, haqidagi fan dunyoda keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq –raso belgilashdi. Birinchi bo`lib taqvim tuzishdi. 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlab, qolgan 5 kunni bayram sanab, hisobga kiritishmagan. Misrliklar tomonidan tuzilgan osnomda yulduzlar joylashuvi xaritasi xozirga qadar saqlangan. Anhorlar qaziyotganda yer maydonini hajmini o`lchash juda zarur bo`lgan bu esa geometriya fanini ravnaq topishiga katta ta’sir ko`rsatgan. Qolaversa kasrlar, maxrjlar va hisob-kitob ishlarini, ham bilishgan. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklar tarixga oid ma’lumotlarni ibodatxona devorlariga papiruga bitganlar. Turin papirusi bizgacha yetib kelgan (qattiq shikastlangan holda), unda podsholar sulolasi xronologiyasi izchillikda keltirilgan. Megiddo shaxridagi ibodatxona devorida podsho Tutmos III ning yurishlari kitoblari saqlanib qolingan. Misr tarixiga oid ko`plab manbalar bizgacha Gerodotning “Tarix ” asari orqali yetib kelgan. Misrda asosiy o`lchov birlik “tirsak” bo`lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo`lgan. Qo`llar uzunligi turlicha bo`lgani sababli “podsho tirsagi” degan yagona o`lchov joriy etilgan. U 52,5 santimetrga teng bo`lgan. “Podsho tirsagi” butun mamlakat uchun andazaga aylangan. Qisqasi 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft bit tirsakni tashkil etgan. Misrda vaqt suv soatlari bilan o`lchangan. U 24 ta bo`lmaga o`xshash maxsus idish bo`lgan. Bir bo`lmadan ikkinchisiga oqib o`tadigan suv hajmi bir soat deb olingan. Misrliklarning ko`plab kahfiyotlari hozir ham foydalanilib kelinmoqda: taqvimlar, bir necha osmon burjlari nomi va hokazo. Lekin asosiy yumush matn yozish va o`qish bo`lgan xattotlar mehnati tufayli misrliklarning badiiy asarlari bizgacha yetib kelgan. Masalan: “haqiqat va qing`irlik haqida ertak”, “og` -inilar” degan ertaklar va ko`plab qissalar bizgacha yetib kelgan. “Og`a –inilar” degan ertakda aka –uka dehqonlar turmush tarzi va zolim fir’avn timsoli yoritilgan.

Savol va topshiriqlar:

  1. Qadimgi Misr yozuvining o`ziga xosligi nimada?

  2. Qadimgi Misr hukmdori piramidalarni nima maqsadda barpo ettirgan?

  3. Misr yuzuvlarini kim o`qishga musharraf bo`lgan?



Mavzu: Mesopotamiya sivilizatsiyalari, Bobil podsholigi
Reja:


  1. Mesopotamiyaning tabiiy sharoiti

  2. Ilk shaxar –davlatlar

  3. Bobil –xudolar davrozasi

Dajla va Frot daryolari oralig`idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atamaning tarjimasi ikki daryolik yik ikki daryo oralig`I degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlardayoq ko`chib joylashganlar. Tabiiy sharoitiga ko`ra Mesopotamiya Misrni esga soladi –daryoning doimiy toshqini, jazirama havo, shu sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimi8y miflardan biri dunyoni suv bosishi to`g`risidagi rivoyat vujudga kelgan.Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli –“hayot daraxti” deb atashadi. Bir tup xurmo daraxtidan 50 kilogrammgacha xosil olishadi. Xurmo mevasidan asalga o`xshash sharbat siqib chiqarishadi. Miloddan avvalgi IV mingyillikda Mesopotamiyada shumerliklar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar.Mamalakatning Akkad deb ataladigan shimoliy qismiga Akkadlar o`rnashdilar. Mil. avv. III mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan Akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldi. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg`uloti dehqonchilik bo`lgan. Qo`shni Kavkazorti, Eron hududlariga donni ayirboshlab, oltin, kumush, mis qalay va noyob toshalrni keltirishadi. Suriyadan esa kedr (sidra) yog`ochi keltirilar edi. Savdo –sotiq ishlarida kumush quyilmasi ko`rinishidagi metall tangalardan foydalanilgan. Mesopotamiyada og`irlik o`lchovi bo`lgan “mino” 550 gramm kumushga barobar bo`lgan.Shumerlar esa eng qadimgi yozuvni “mixxatlar”ni ixtiro qilganlar. Mil. avv. IV mingyilllik oxiriga kelib Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaxarlar vujudga kela boshladi. Quyish xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor iloh edi. Shamash oliy hakam hisoblangan. Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea, hosildorlik va sevgi, hamda Urush va g`alaba ilohasi Ishtar bo`lgan . u ikki yuzli bo`lgan.Bundan 5000 yil muqaddam Shumer shaharlari oralisida eng qudratlisi Ur shaxri bo`lgan. Miloddan avvalgi III mingyillik o`rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi. Shumer va Akkadning ko`pgina shaharlari Lagashga qo`shib olingan. Urush paytida Sardorlar saylangan bora –bora ularning doimiy hukmronligi matijasida ularni podsholar deb atashgan. Ular davlarni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo`shinlarga tayanib boshqarganlar. Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamesh Uruk shaxri podshosi bo`lgan. Rivoyatlarga ko`ra Gilgamesh Enkidu degan pahlavon bilan do`st tutinadi. Ikkalasi bir bo`lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadilar. Buning uchun xudoalr Enkiduni jazolaydilar, haramon qazo bo`ladi. Boqiy hayotgaq erishish uchun Gilgamesh sehirli giyoh izidan tushadi. Uni dengiz tubidan topib, o`z xalqi biloan baham ko`rishga qaror qiladi. Lekin ortga qaytayotganda gul hidini bir ilon sezib qolib gulni o`g`irlab ketadi. Shu –shu Gilgamesh ilon izidan quvlab yurgan ekan.



Anashu urushlar natijasida Sargon I butun shumer podshosi bo`lib oladi. Mil. avv. III mingyilik o`rtalarida u Akkadni o`z hokimyati ostida birlashtiradi. Savdo –sotiqni rivojlantirish maqsadida u barcha shaxarlar uchun yagona bo`lgan uzunlik, maydon va og`irlik o`lchovini joriy etadi. Jahon tarixida birinchi bo`lib muntazam qo`shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchlardan iborat. Mesopotamiya Arabiston, Eron, Hindistonga boradigan dengiz savdo yo`llarini egallab oldi. Sargon I hukmronligining so`nggi davrida “to`rt iql;im podshosi unvonini” oldi. Mil. avv. II mingyillikda Shumer –Akkad davlati ko`chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanadi. Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. “Bobil” so`zining ma’nosi esa “xudolar davrozasi” degan manoni anglatadi. Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtiradi. Xamurrapi davlatni boshqarish uchun o`z qonunlari to`plamini ishlab chiqadi. Qonunlar to`plamining matnlari mamlakatning barcha shaxarlarida o`rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo`yilgan. Xamurappi deyarli o`ttiz yil davomida qo`shni mamlakatlarni o`ziga bo`ysindirish uchun tinimsiz kurash olib bordi. Xamurappi vafotidan so`ng qariyb 150 yil davomida Bobil poytaxt bo`lib qoldi. So`ng tog`lik Kassit qabilasi Bobilni bosib oldi. Ularning bosqini Bobilni zavol topishiga zamin yaratdi. Mil. avv. VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi. Navoxodonosor II hukmronligi davrida Bobil o`z ravnaqi cho`qqisiga chiqqan. Yangi Bobil podsholigiga Misr ham qo`shib olingan. U Iyerusalim (Quddus) ni vayron qilib tashlashadi. Navoxodonosor II turar joy va binolar qurilishiga pishgan g`isht ishlatishga farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobilning sakkizta darvozasi bo`lgan. Eronliklar lashkari 539 –yilda bostirib kiradi. Forslar Bobilni zabt etadi. Forslarni Bobildan Makedoniyalik Iskandar haydab chiqaradi. Undan so`ng Bobilni Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biribo`lmish Shumer mixxati miloddan avvalgi IV mingyillikda vujudga kelgan edi. Bu yozuv dastavval suv, quyosh, va boshqa alohida so`zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo`lgan. O`quvchilar qotmagan loy taxtachalarga, suyak va yog`ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyliga Shumerlar tomonidan 365 kun, oy yili 354 kun etib beklgilangan. Eng qadimgi rasadxonalar baland ko`p zinali ibodatxonalar –zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mil. avv. III ming yillikdayoq bu yerda turli –tuman dori –darmonlarini tayyorlash bo`yicha dasturilamal tuzilgan edi. Olam yaratilishi bo`yicha eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi.


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa