Mavzu: Qadimgi tarix sivilizasiyasining boshlanishi eng qadimgi odam rivojining bosqichlari



Download 320,5 Kb.
bet6/15
Sana11.01.2017
Hajmi320,5 Kb.
#46
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu
Savol va topshiriqlar:


  1. Old Osiyoda ilk davlatlar qachon vujudga kela boshlagan?

  2. xett podsholigi qay tariqa tashkil topgan?

  3. Ossur podshosi Ashshurbanipal nimasi bilan nom qoldirgan?

  4. Urartuning ravnaqi va zavol topishining sababi nimada?


Mavzu: Ahamoniylar davlati
Reja:


  1. Ahamoniylar davlatining tashkil topishi.

  2. Doro I davrida Eron.

  3. So'nggi ahamoniylar davrida Eron.

  4. Yunon-makedonlarning sharqqa yurishi va Eron saltanatining qulashi.

Qadim zamondan boshlab Urmiya ko'lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar. Miloddan avvalgi VIII—VII asrlarda ular Elamga ko'chib ahamon urug'idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar. Ular dastlabki podsholari Kayxusrav I davrida Ossuriyaga, Kambiz davrida (600—559) Midiyaga itoat etganlar. Kambiz bilan Midiya shohi Astiagning qizi o'rtasidagi nikohdan Kayxusrav II dunyoga keladi. Kambiz vafot etgach, Parsua taxtiga Kayxusrav II o'tirib, miloddan avvalgi 559- yilda Pasargada shahrini qurib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Miloddan avvalgr553—549-yillarmobaynida olib borilgan urushlarda Kayxusrav bobosi Astiag qo'shinlarini yengib, Midiya va Elamni Parsuaga qo'shib oladi. Shu tariqa ahamoniylar urug'i asos solgan Parsua. — ya'ni Eron davlati tashkil topadi. Kayxusrav II g'arbda Lidiya shohi Kraz qo'shinlarini, shirnolda armanlarni yengib, butun Kichik Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sard! talanib, shoh Kraz asir olinadi va o'ldiriladi. Miloddan avvalgi 545—530-yillar orasida Eron shohi Bobilni ham bosib olib, Hind daryosigacha bo'lgan yerlarni istilo qiladi. Kayxusrav II ning miloddan avvalgi 530—529- yilda Turonga qil-gan yurishi eroniylarning massagetlardan yengilishi va ,,Kayxus-rav"ning o'ldirilishi bilan tugaydi. Kayxusrav IJ o'ldirilgach, Eron taxtiga uning o'gli Kambiz.II o'-tiradi. Kambiz II miloddan avvalgi 529—522- yillardagi faoliyati davrida itoat ettirilgan mamlakatlar va Erondagi isyonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Miloddan avvalgi 522- yili u Misrni bosib oladi. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy yurishi muvaflaqiyatsizlik bilan tugaydi. U Misrda ekanida Gaumata boshliq eroniylar isyon ko'taradilar. Isyonni bostirish uchun Eronga qaytayotgan Kambiz II miloddan avvalgi 522- yili yo'lda o'ldiriladi.



Kambiz II o'ldirilgach, Gaumata Eron taxtiga o'tirib, yetti. oy podsholik qiladi. Lekin ko'p o'tmay miloddan avvalgi 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o'ldiriladi. Gaumata o'ldirilgach, Eron taxtiga ahamoniylar urug'idan bo'lgan Doro I o'tiradi (miloddan avvalgi 522-^486- yillar). Doro I podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa mamlakatlarda boshlangan qo'zg'olonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osoyishtalik o'rnatgach, bir qator islohotlar o'tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka — viloyatga bo'lib, ularning har biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi qo'shinga harbiy sarkardalar boshchilik qilib, davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat o'rnatganlar. Butun mamlakat satrapliklarida »podshoning ko'zi va. qulog'i" deb nom olgan nazoratchilar faoliyat ko'rsatganlar. Har bir shubhali kishi qattiq nazorat qilinib, jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o'ldirilgan ham. Mamlakat viloyatlari o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan nshoh yo'llari" qurilgan. Bu yo'llar Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yo'llarda, bekatlar,.karvonsaroylar, korizlar qurilib, ularni otliq soqchilar qo'riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe mamlakatlardan xiroj solig'i -undirilgan. Doro I Misr, Milet, Bobil, Elam, Turon va boshqa joylarda ko'tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va isyonchilarni jazolagan. Doro I podsholigining so'nggi yillarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani bosib olganlar, Yunonistondagi Afma va Sparta eroniylarga qattiq qarshilik ko'rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining o'rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olganlar. Doro I ning Turon va Qora dengiz shimolidagi skiflar yurtiga, Yunonistonga uyushtirgan istilochilik yurishlari eroniylarning mag'lubiyati bilan tugagan. Miloddan avvalgi 486- yili Misrda eroniylarga qarshi qo'zg'olon 1 boshlanadi. Doro I qo'zg'olonni bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486- yili 64 yoshida vafot etadi. Doro 1 vafot etgach, taxtga uning o'g'li Kserks o'tiradi. U Eronda miloddan avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465- yilgacha podsholik qilgan. Miloddan avvalgi 484—481-yillarda Misr va Mcsopotamiyada -juda katta isyonlar ko'tarilib, Kserks ularni.juda qiyinchilik bilan bostiradi. Miloddan avvalgi 480- yilda Kserks juda katta qo'shin bilan Yunonistonga bostirib kiradi. Eron qo'shinlari yana Frakiya bilan Makedoniyani jangsiz bosib oladilar. Shimoliy Yunonistonni ishg'ol qilgan eroniylar Fermopil shahri ostonasiga kirib keladilar. Fermopil mudofaasiga Sparta podsbosi Leonid boshchilik qilib, uning qo'shinlari dushmanm O'rta Yunonistonga o'tadigan yo'lni to'sib turar edi. Leonid b'z qo'shinlari bilan ikki kun davornida eronliklarning hujumini qaytarib turadi. Ammo fessaliyalik bir xoin katta boylik evaziga eron qo'shinlarini tog' so'qmoqlari orqali yunon qo'-shinining orqa tomoniga olib o'tadi Leonid 3100 kishidan iborat sparta jangchilari bilan jangga kiradi. Jang ikki kecha-yu ikki kunduz davom etadi. Ayovsiz jangda Leonid va uning jangchilari qah-ramonlarcha halok bo'ladilar. Eroniylar O'rta Yunonistonga bostirib kiradilar va Afmaga yaqinlashadilar. Afma aholisi Salamin oroli va Peloponnesga ko'chiriladi. Afma eroniylar tomonidan ishg'ol qilinib, yondiriladi. Ammo jang Salamin bo'g'ozida davom etib, eroniylarning mag'lubiyati, yunonlarning g'alabasi bilan tugaydi. Bu mag'lu-biyatdan so'ng eroniylar Yunonistondan ketishga majbur bo'ladilar. Yunon-Eron urushi to'xtab-to'xtab miloddan avvalgi 449- yilgacha davom etib, eroniylarning mag'lubiyati bilan yakunlanadi. Miloddan avvalgi 449- yil Suzada bo'lgan ,,Kalliy sulhi" ga binoan Eron Kichik Osiyodagi ko'p joylaridan ajralib, uning harbiy-dengiz floti Egey dengizida suzishdan mahrum etiladi. Miloddan avvalgi 465-yili Kserks o'ldirilgach, Eron taxtiga birin-ketin Artakserks I (460-424), Doro II (423-404), Artak-serks II (404-358), Artakserks III (358-336) va Doro III (336-330) kelib ketadilar. Bu davrda Eron kuchsizlanib ko'p o'lkalarda qo'zg'olonlar avj olib ketadi. Bu qo'zg'olonlarning ba'zilari shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ayni paytda Kariya, Lidiya, Kilikiya, Hindiston, Xorazm va boshqa mamlakatlar Eron tobeligidan chiqib ketadilar. Miloddan avvalgi 336-yili Filipp II o'ldirilgach, Makedoniya taxtiga uning o'g'li Iskandar o'tiradi. Miloddan avvalgi 334- yili Iskandar 30 000 piyoda, 5000 otliq askar va 160 harbiy kemadan iborat kuch bilan Kichik Osiyoga o'tib, Eronga umsh e'lon qiladi. Miloddan avvalgi 334—332- yillardagi dahshatli janglar natijasida Iskandar Kichik Osiyo, Kilikiya, Suriya, Finikiya va Palastin kabi davlatlarni bosib oladi. Iss yonidagi jangdan so'ng Eron shohi xolin, bola-chaqasini tashlab, Markaziy Eronga qochib ketadi. Uning butun oilasi Iskandarga asir tushadi. Misr fskandarga urushsiz taslim bo'ladi.

Miloddan avvalgi 331- yil 1- oktabrda Gavgamel yonidagi dah­shatli jangda Eron qo'shinlari yana tor-mor etiladi. Shundan so'ng ikki daryo oralig'i va unga tutash bo'lgan Bobil, Suza, Persepol, Eron poytaxti Pasargad yunon-makedon qo'shinlari tomonidan bosib olinadi. Doro 111 qolgan qo'shinlari bilan Ekbatanga chekinadi. Iskandar esa eroniylarni ta'qib qilib boraveradi. Ekbatanga Iskandarni kelayotganini eshitgan Doro III Baqtriyaga qochib ketadi. Baqtriya satrapi Bess o'z qarindoshi Doro 111 ni o'ldirib, o'zini Artakserks IV norm" bilan Eron shohi deb e'lon qiladi. Ko'p o'tmay Bess Iskandar tomonidan ushlanib qattiq qiynoqqa solib o'ldiriladi. Miloddan avvalgi 329—327-yillarda Iskandar Turonning bir qismini, 327—325- yillarda esa Hindistonning g'arbiy viloyatlarini bosib oladi. U 325- yili Ikki daryo oralig'iga qaytib, Bobilni buyuk saJtanatining markaziga aylantiradi. Iskandar buyuk saltanatni ikki yildan oshiqroq boshqaradi. Qadimgi dunyoning buyuk sarkardasi va shohi tez orada betob bo'lib, ehtimol zaharlanib miloddan avvalgi 323- yilda vafot etadi. Iskandar tuzgan bu ulkan davlat mustahkam emas edi. Ayni paytda bu davlatni boshqara oladigan Iskandarzodalar ham yo'q edi. Shu tufayli bu ulkan davlat parchalanib, uning o'rnida bir qancha mayda davlatchalar tashkil topdi. Ularni Iskandarning lashkarboshilari bo'lib oladilar. Eronda esa Salavkalar davlati tashkil topadi.




Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish