Reja: XII-XV asrlarda Bolgariya



Download 453,67 Kb.
bet1/3
Sana08.07.2022
Hajmi453,67 Kb.
#757327
  1   2   3
Bog'liq
Reja XII-XV asrlarda Bolgariya


XII-XV asrlarda Bolgariya va Serbiya. Bolkon yarim orolida Turkiya istilolari.

Reja:


  1. XII-XV asrlarda Bolgariya

  2. XII-XV asrlarda Serbiya

  3. Bolkon yarim orolida Usmoniy turklarning istilolari

Tayanch iboralar:


Bolkon yarim oroli, ikkinchi Bolgariya podsholigi, dehqonlar urushi, Ivaylo otryadi, Serbiya podsholigi, «Stefan Dushan qonunnomasi», parchalanish, Usmoniylar, istilo, yanicharlar, sipoxiylar, Kosovodagi jang.
Turtinchi salib yurishi vaktida Vizantiyaning salibchilar tomonidan tor-mor etilishi va Konstantinopolda Latin imperiyasining uzok fursat xukmronlik kilishi natijasida Vizantiyaning kulashi bilan Bolkon yarim orolida Bolgariya va Serbiya singari slavyan davlatlari birinchi urinni egallaydilar.
1185 yilda Vizantiyaning 150 yildan (1018 yildan) ortikrok davom etgan zulmiga karshi Tirnovoda bolgarlarning kuzgoloni buldi. Shimoliy bolgar boyarlari orasidan chikkan aka-uka Asen bilan Petr bu kuzgolonga boshchilik kildilar. Asen tez orada Ikkinchi Bolgariya podsholigining birinchi podshoxi buldi, 1187 yilda Vizantiya bu podsholikni rasmiy ravishda mustakil deb tan oldi. 1205 yilda Asen I ning taxt vorisi uning ukasi Ivan Kaloyan Konstantinopoldagi latin imperiyasi feodallarini kattik maglubiyatga uchratdi. Latin imperatori Balduinning uzi bolgarlar tomonidan asir olinib, shu yerda u tez orada vafot etdi. Asenning ugli Asen II davrida (1218-1241) Ikkinchi Bolgariya podsholigi zur kudratga erishdi. Uning davrida bolgarlar Frakiya va Makedoniyani, Epir va Fessaliyaning bir kismini egalladilar. Latin imperiyasi Nikey grek imperiyasiga karshi Asenni uz ittifokchisi kilib olishga urinib, uning aytganidan chikmadi. Chunki nikey grek imperiyasi Kichik Osiyodan chikkan salibchilarga xavf-xatar solib turardi. Asen davrida Bolgariya podsholigi Bolkon yarim orolida eng katta davlatga aylandi. Asen II davrida Bolgariyada birinchi marta oltin pul zarb kilina boshlagan edi.
Asen II ning taxt vorislari zamonida Bolgariyada markaziy xokimiyat zaiflasha boshladi. Bolgariyaning xududi kiskardi. Konstantinopolni (1261 yil) uziga kaytarib olgan vizantiya, keyin Frakiyaning katta bir kismini, Makedoniyani va ba’zi bir boshka viloyatlarni kaytarib olishga muvaffak buldi.
XIII-XIV asrlarda Bolgariyada kupdan kup shaxarlar mavjud bulib, ularda turli xil xunarmandlik – jun, surp va ipak gazlamalar, temir va mis buyumlar ishlab chikarish, teri pishirish va kulolchilik, vinochilik va yeg ishlash rivojlangan edi. Bolgariya Dunay daresi buyida va Kora dengiz soxillarida zur berib savdo-sotik olib borardi. Bolgariya savdogarlari Vengriya, Polsha, Vizantiya, Dubrovnik bilan, kushni Dunay buyi knyazliklari, Valaxiya va moldaviya bilan, Galich Rusi bilan savdo-sotik kilardi. Bolgariyadan fakat kishlok xujalik maxsulotlari: galla, gusht, jun, teri, asal, mum va boshkalargina emas, balki turli xunarmandchilik buyumlari xam olib ketilardi. Bolgar savdogarlarining karvonlari Garbiy Yevropaga junardiva Fransiyagacha yetib borardi. Bolgarlar Flandriya va Shampan yarmarkalarida katnashardi. Yukori sifatli bolgar terilari va oyek kiyimlari Garbda kadrlanardi. XIII-XIV asrlarda ayrim bolgar shaxarlari katta sanoat va savdo markazlariga aylandi. Bu jixatdan Dunay buyi shaxarlar: Vladin, Silistra, Dorostol, Nikopol, Kora dengiz buyidagi varna porti, nixoyat ikkinchi Bolgariya podsholigining poytaxti –Tirnovo aloxida ajralib turardi. Shunga karamay Bolgariya kuprok kishlok xujaligi mamlakati xisoblanardi. Mamlakatning ayrim rayonlari notekis rivojlangan edi. Toglar va vodiylardagi axoli xali tarkok yashardi. Natural xujalik xukmron edi. Dehqonlar asosan chorvachilik bilan shugullanardi. Shaxar elementlari zaif edi. Shaxarlarning siyesiy ta’siri yetarlicha kuchli emas edi. Mamlakatda xokim sinf feodal0boyarlar bulib, birinchi galda ularning manfaatlari bilan xisoblashishi lozim edi.
Boyarlar cherkov bilan birgalikda dehqonchilik kilinadigan yerlarning katta kismiga egalik kilardilar. Krepostnoy dehqonlarning kupchiligi shu boyarlarga karashli edi. Krepostnoylar – pariklar (cherkov yerlarida ular kleriklar deb atalardi) kup sonli majburiyatlarni utar, soliklar tulardilar, ya’ni uz feodallari foydasiga barshchina utar va turli xil soliklar – yer soligi, uy soligi, desyatina va fodal davlat foydasiga boshka soliklar tulardi. Bolgar "«rkin dehqonlari"»xam kup sonli soliklar tular va davlat barshchinasi utash (yul, kuprik kurish, binokorlikda ishlash) bilan xam juda ogir majburiyatlarni bajarardilar. Kup sonli soliklar dehqonlarni tamomila xonavayron kilishga olib keldi. Boyarlar urtasida nizo-janjallar, kup sonli urushlar davrida mamlakatga doimiy sur’atda tashkaridan tuxtovsiz bostirib kirishlari, ya’ni tatarlar, poloveslar, vengrlar, vizantiyaliklar xujumlari okibatida axoli boshiga tushgan kulfatlarni xam kushmok kerak.
Tashkaridan kilingan xujumlar orasida XIII asrning 2 yarmidagi tatar boskinlari xalk ommasi uchun ayniksa ogir buldi. Vizantiya xukumati nugay xonning tatar urdalari bilan ittifok tuzib, ularni Bolgariya bostirib kirishga gij-gijladi. Xukumat kushinlarining karshiligiga uchramagan tatarlar boskini bolgar dehqonlarining tatarlarga karshi partizan xarakatini keltirib chikarishga sabab buldi. Partizan otryadlaridan biri chupon Ivaylo otryadi edi. Ivaylo tatarlarga karshi kattik zarba berishga muvaffak buldi. Bu galaba uning axvonini mustaxkamlab, nomini butun Bolgariyaga yeydi. Dehqonlar Ivaylo xuzuriga kelaverdilar. Tashki dushmanni daf etish maksadini uz oldiga kuygan partizan xarakati tez orada krepostnoy boyarlarga po podsho xukumatining uziga karshi antifeodal ichki xarakatga aylandi. Kuzgolonchilar bir kancha kal’alarni bosibolib, podsho kushinlarini yakson kildilar. Podsho konstanning uzini asir kildilar, u tez orada uldirildi. Shundan keyin ivaylo Tirnovo shaxriga karab yurdi, shaxar unga taslim buldi. Mariya malika taxtni uz ugli uchun saklab kolishga urinib, Ivayloga uzini xotinlikka olishni taklif etdi. Ivaylo bu taklifni kabul kilib, Tirnovoda podsho deb e’lon kilindi. Birok yangi podshoga karshi tatarlar xam, vizantiyaliklar xam kurashdi. Mamlakat ichkarisida boyarlar unga karshi fitna uyushtirdi, Ivaylo urniga uz oralaridan boshka nomzodni podsholikka kutardilar. Erishgan yutuklardan keyin dehqonlarning kupchiligi uy-uylariga tarkalib ketishgan edi. Ivaylo vizantiyaliklar bilan kurashda yuutuklarni kulga kiritishiga karamay, Bolgariyadan kochib ketishga majbur buldi. U tatarlar xuzuriga kochib borib, ularni Vizantiyaga karshi ittifok bulishga undadi, birok Nugay xon karorgoxining uzida uldirildi.
1277-1280 yillar xarakati yengilishiga va uz-uzidan kelib chikkan bir xarakat bulishiga karamay, u urta asr Bolgariyasi tarixida eng muxim vokea buldi. Bu bolgar dehqonlarining antifeodal kurolli kuzgoloni bulib, urta asr Yevropasidagi eng ilk dehqonlar urushlarining biri edi.
XIV asrda Bolgariya ayrim mustakil knyazliklarga parchalanib ketdi. Taxminan 1365 yilda u uchta mustakil davlatga – Tirnovo, Vidin va Dobrudja davlatlariga uzil-kesil taksimlandi. Bu davlatlarning xarbiri uz navbatida mayda feodal mulklarga bulindi, bu mulklar tepasida podsho bilan kam boglangan boyarlar turgan edi. Ikkinchi Bolgariya podsholigining parchalanib ketishidan Bolgariyaning yangi dushmani – Bolkon yarim oroliga kirib olgan turklar foydalandilar.
Bolgariya parchalanib ketishidan turklar foydalanib, Bolgariyaga xujum kilishadi. Usmon turklarining zarbalari ostida 1363 yildan 1393 yilgacha Bolgariyaning eng yirik shaxarlari Plovdiv (filippol), Sofiya, Varna, nixoyat poytaxt Tirnovo (1393) birin-ketin kuladilar. 1396 yilda turklar Dunay daresi buyidagi Nikopol shaxrini istilo kiladilar va xuddi shu yili siyesiy jixatdan mustakil bulgan feodal Bolgariyasining sunggi tayanchi bulgan Vidin shaxri kuladi. 200 yildan sal ortikrok (1187-1396) yashagan ikkinchi bolgariya podsholigi 1396 yilga kelib tamom buldi. Bolgariyada uzokka chuzilgan Turkiy xukmronligi boshlandi. Bolgariya turk tutkunligi bir necha asrlargacha, ya’ni XIX asrning 2 yarmigacha davom etdi. 1877-1878 yillari rus-turk urushi natijasida rus kuroli yerdamida Bolgariya turklar zulmidan ozod kilindi.

XII asrda Serbiya ancha yirik davlatga aylanib, unga kup sonli Sharqiy serb va kisman garbiy serb kabilalari kirgan edi. Birlashgan serb kabilalari tepasida Nemanyalar sulolasi turardi. Bu sulolaning asoschisi Stefan Nemanya (1165-1195) boshka Sharqiy Serbiyadan chikkan “buyuk jupan” bulib, Vizantiyaga karam edi.XII asrning 80-yillar boshida u Vizantiyadan Hish shaxarini va Sreds (Sofiya)ning sharkidagi yerlarni urushib olib, sung Vizantiyaga itoat etishdan bosh tortdi. 1190 yildagi shartnomaga kura Vizantiya imperatori serbiya davlatining mustakilligini tan olishi lozim edi. Stefan neman Sharqiy Serbiyadan tashkari Dunay buyi Serbiyasini, shuningdek Dalmasiya, Gersegovina, Chernogoriyani uz xokimiyati ostida birlashtirgan edi. Uning davrida serblar sharki grek urf-odati buyicha xristianlikni kabul kildilar.


Stefan Nemanyaning ugli Stefan pervovenchanniy davrida (1195-1224) Serbiya kirollikka aylandi. Yangi davlat Italiya shaxarlari bilan kizgin savdo-sotik munosabatlari kilishga kirishdi. Serbiyaning Italiya bilan olib borgan savdo-sotik ishlarida Adriatika dengizi buyidagi erkin Dubrovnik shaxri (“slavyanlar Venesiyasi”) vositachilik kildi. Serbiya Dubrovnik shaxritorkali kishlok xujalik va chorvachilik maxsulotlarini, Serbiya toglaridan kazib chikarilgan rudalarni Italiyaga chikaradigan buldi.
Kirol Stefan Dushan podsholigi davrida (1331-1355) Serbiya eng kudratli davlat bulgan. Stefan Dushan Serbiyani vaktincha eng yirik Bolkon davlatiga aylantirdi. Stefan Dushan bolgarlar va vizantiyaliklar bilan olib borgan urushlar natijasida Makedoniya, Albaniya, Epir va Vesfaliyani bosib oldi. Bolgariya bir oz vakt unga karam vassal bulib turdi. 1346 yilda Stefan Dushan Skople shaxrida podsholik tojini kiyib uzini serblar va romeylar (vizantiyaliklar) podshosi” deb e’lon kildi.
X1U asr urtalaridagi Serbiyadan yirik xujjatli yedgorlik “Stefan Dushan qonunnomasi” nomi bilan mashxur bulgan qonunlar tuplami koldi. Qonunnoma 1349 yilda zodagonlarning Skople shaxrida bulib utgan “sobori”da tasdiklangan edi. Dushan qonunnomasi usha davrdagi serblar ijtimoiy tuzumi haqida tushuncha beradi. Unda tarkib topgan feodal munosabatlar manzarasi beriladi. Yirik yer egalari, ya’ni cherkov va duneviy katta yer egalari tugrisida kup gapiriladi. Keyingilar katta xukmdorlarga (katta boyarlarga) yeki kichik xukmdorlarga (kichik boyarlarga) bulinadi. Katta xukmdorlar meros xukuki asosida votchina (batshina) yerlariga egalik kilardilar. Kichik xukmdorlarning xarbiy benifisiya (proniya) xukuki asosida muvakkat pomestyelari bulardi.
Serb dehqonlarining bir kismi –serblar erkin dehqonlar bulib, ular jamoa mulkiga (zadruga) egalik kilardi va podsho xazinasiga solik tulardi. Dekonlar ikkinchi kismi meropxalar deb atalardi, va ularning axvoli ilk Garbiy Yevropadagi villanlarning axvoliga uxshab ketardi. Meropxalar xujayinlar uchun xaftada ikki kun barshchinada ishlab berardilar. Nixoyat, kullar orasidan chikkan dehqon – otroklar mavjud bulib, ular yerga biriktirib kuyilgan edi va xukmdorlarga tamomila shaxsiy krepostnoy karamlikda yashardilar. Stefan Dushan ulgandan sung Serbiya bir kancha udellarga bulinib ketdi. Dushanning ugli va vorisi Stefan U Urosh xokimiyati ostida Serbiyaning ozgina ichki kismi kolgan edi, xolos. Uz knyazliklarida maxalliy sulolalar vujudga keltirgan katta xukmdorlar uzaro urushlar olib bolrardi. Bu xol Serbiyani zaiflashtirib, uni mamlakatni mudofaa kila olmaydigan kilib kuydi. Dushan vafotidan keyin 15 yil utgach, usmon turklari Serbiyaning butun janubiy kismini bosib oldilar.

Bolkon yarim orolida Usmoniy turklarning istilolari

Salib yurishlari davrida Kichik Osiyeda Rim sultonligi nomi ostida yashagan saljuk turklari davlati XIII asr boshlariga kelib 10 ta amirlikka bulinib ketdi. Uguz turklari galalarining urta Osiyedan Kichik Osiyega kuchib kelishi va saljuk turklari bilan aralashib ketishi natijasida kichik Osiyeda XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida yangi davlat paydo buldi. Uzining soni va xarbiy tashkiloti jixatidan uyushkok bulgan kuchmanchi uguz turklari xukumatda yetakchi rol uynadilar. Dastlabgi vaktda Ertugrul uguz turklarining raxbari bulib, Vizantiya imperiyasi bilan kushni Sakarye daresi buyida kichik feodal mulkga egalik kilardi. Uning ugli va taxt vorisi Usmon (1282-1326) Vizantiyaga karshi urush boshlab, uning Kichik Osiyedagi mulklarining kupchiligini, jumladan Bursu shaxrini xam bosib oldi. Bursu shaxrini Usmon uzining poytaxti kilib oldi. Usmon Kichik Osiyedagi boshka amirliklarni uziga itoat kildirdi. Yangi turk xalki tarkib topgan kichik Osiyedagi barcha turklar umuman uning nomi bilan ataladigan buldi (Usmon turklari)..


Vizantiyadan zaiflashib kolganligidan va Bolkon yarim orolidagi boshka davlatlarning parchalanib ketganligidan foydalangan usmon turklari X1U asrda dastlab Kichik Osiyeda, keyin esa Bolkon yarim orolida keng istilochilik xarakatlari boshladilar.
X1U asrda betuxtov olib borilgan urushlar sharoitida turklarda professional kushin tarkib topa boshladi. Usmonning taxt vorisi Urxon davrida (1326-1359) turk kushini orasida xalk lashkari tipidagi muntazam kushinlardan tashkari yanicharlardan iborat professional piyeda askarlarning doimiy otryadlari xam bor edi. Yanicharlar safiga asir kilib olingan va zurlab islom diniga kiritilgan yeshlardan terib olinardi. Shuningdek sipoxiylardan iborat otlik askarlar xam bulardi.Sipoxiylarga kursatgan xarbiy xizmatlari badaliga yer in’om kilinardi, ya’ni uziga xos xarbiy benefisiya ulashilardi.X1U asr oxirida va XU asrda turklar uk otadigan kurol ishlata boshladilar, kamal kilish ishiga katta e’tibor berdilar. Yesh Turkiya davlatida feodallasha boruvchi urug-kabila zodagonlari asosiy raxbarlik rolini uynab, oddiy jangchilarga boshchilik kilardi.
Vizantiyaning istilo kilingan xududlarini uzlariga mulk kilib olgan kuchmanchi zodagonlar bora-bora feodal tipidagi utrok yer egalariga aylanib, tobe etilgan grek-vizantiyaliklarni va slavyanlarni ekspluatasiya kila boshlaydi. Oddiy turklarga xam yer ulashib berildi. Xarbiy soxada erishilgan yutuklar turklarni yangi istilolarga undadi. Urxon 1331 yili Nikey shaxrini, keyin esa Vizantiyaning Kichik Osiyedagi boshka mulklarini istilo kilgandan sung, Yevropada istilolar kilishga kirishdi. 1354 yili u Dardanell bugozining Yevropa kirgogidagi Gallipol shaxrini bosib oldi. Sungra turklar Frakiyaga bosib kirdi. Bu viloyatlar Murod 1 davrida (1359-1389) istilo etildi. Murod 1 1361 yilda Adrianopolni bosib oldi, u Bursu urniga yangi poytaxt bulib koldi.
Turk jangchilari Bolkon yarim orolida goyat shafkatsizlik bilan ish kurdilar. Ular axolingi taladilar va uldirdilar. Axolining kupchiligi kullarga aylantirilib, Sharkdagi kul bozorlarida sotildi. Bolkon yarim orolidagi tortib olingan yerlar kuchirib kelingan turk dehqonlariga ulashib berildi. Adrianopolning va Rumeliya viloyatining bosib olinishi yarim orolda keng istilolarga yul ochib berdi. 1371 yilda serblar, bolgarlar, valaxlar, venggrlar koalisiyasi Murodga karshilik kursatmokchi buldi. Ammo ittifokchilar Marisa daresi buyidagi jangda yengildilar. Shunday keyin Janubiy serbiya sulton kul ostiga utdi. Vizantiya imperatori uning vassali bulib koldi.
Bolgariya parchalanib ketishidan turklar foydalanib, Bolgariyaga xujum kilishadi. Usmon turklarining zarbalari ostida 1363 yildan 1393 yilgacha Bolgariyaning eng yirik shaxarlari Plovdiv (filippol), Sofiya, Varna, nixoyat poytaxt Tirnovo (1393) birin-ketin kuladilar. 1396 yilda turklar Dunay daresi buyidagi Nikopol shaxrini istilo kiladilar va xuddi shu yili siyesiy jixatdan mustakil bulgan feodal Bolgariyasining sunggi tayanchi bulgan Vidin shaxri kuladi. 200 yildan sal ortikrok (1187-1396) yashagan ikkinchi Bolgariya podsholigi 1396 yilga kelib tamom buldi. Bolgariyada uzokka chuzilgan Turkiy xukmronligi boshlandi. Bolgariya turk tutkunligi bir necha asrlargacha, ya’ni X1X asrning 2 yarmigacha davom etdi. 1877-1878 yillari rus-turk urushi natijasida rus kuroli yerdamida Bolgariya turklar zulmidan ozod kilindi.
1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida (Janubiy serbiyada) katta jang buldi. Serbiya kiroli Lazar 80 ming kishilik kushin tupladi, bu kushinda serbiyaliklardan tashkari, bosniyaliklar va vengrlar bor edi. Murod boshchiligidagi Turklar uch martadan ortikrok kuch bilan Serbiya ustiga yurish kildilar. Bir yesh serb jonidan kechib, sulton yetgan chodir ichiga kirib, uni uldirdi. Ammo bu vaziyatni uzgartirmadi. Murodning ugli shaxzoda Boyazid yangi sulton deb e’lon kilindi va ulkan turk armiyasiga kumondonlik kilishni uz zimmasiga oldi. Serblar tor-mor etildilar. Kirol Lazar katl etildi. Serbiya xududining katta kismi Turkiya ga kushib olindi. Shimoliy Dunay buyi Serbiyasi (Podunaviya) ning kolgan kichik kismini serb knyazlari sultonning vassallari xukukida bir oz vakt idora kildilar. 1459 yilda bu xudud xam turklar tomonidan istilo kilindi va turk mulklariga kiritildi.

Nazorat topshiriklari:

  1. Ikkinchi Bolgariya podsholigi kachon tan olindi va uning birinchi podshosi kim bulganligini toping.

  2. XII - XIV asrlarda yirik savdo va sanoat markazlari bulgan bolgar shaxarlarining nomini keltiring _______________________.

  3. Bolgariyada krepostnoy dehqonlar nima deb atalardi

  4. Usmoniy turklar qo’shini tarkibini ta’riflab bering.

  5. Kosovo maydonidagi jang kachon bulib utganini kursating.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Semenov V.F. Urta asrlar tarixi. – T.:O’qituvchi, 1973.

  2. Xrestomatiya po istorii srednix vekov. –M.:Nauka, 1966

  3. Istoriya Bolgarii. – M.:Politizdat, 1954.

  4. Istoriya Yugoslavii. –M.:MGU, 1969.

G‘ARBIY YEVROPANING O’RTA ASR MADANIYATI

Reja:
1 O’rta asr madaniyati va cherkovi.


2.Maktab va universitetlar
3.o’rta asr arxitekturasi
4. o’rta asr adabiyoti va xalq og’zaki ijodi

Tayanch tushunchalar: cherkov, ideologiya, trivium, kvadrium


sxolastika
O’rta asr madaniyati cherkov-
diniy ideologiya bilan chambarchas bog‘langan edi. Cherkov ta’si-
ri o‘rta asr madaniyatining juda turli-tuman sohalarida: fan-
da, maktabda, adabiyotda, san’atda aks etdi.
Urta asr jamiyatida cherkovning ahamiyati juda katta edi.
Cherkov Yevropa mamlakatlarining har bittasida eng yirik yer
egasi edi. Turli korolliklardagi yerlarning deyarli uchdan biri
cherkov korporatsiyalariga qarardi. Cherkov katta siyosiy kuch edi.
Ruhoniylar o‘z oralaridan korol amaldorlari, kanslerlar,
davlat sekretarlari, markaziy muassasalarning amaldorlari
va boshqalarni yetishtirib chiqardilar. Urta asrdagi toifaviy
yig‘inlarda (General shtatlar, parlament, korteslar va h. k.
larda) ruhoniylarning vakillari ko‘plab qatnashardi. Lekin
ideologiya masalasida cherkov ayniqsa katta rol o‘ynar edi.
Cherkov o‘z obro‘-e’tibori bilan o‘rta asr feodal tuzumini mu-
qaddaslashtirgan bo‘lib, feodal jamiyatining diniy rahbari
hisoblanar edi.
Diniy-asketik dunyoqarashning hukmronlik qilishi. Xalq
ommasi tarbiyalangan o‘rta asr dunyoqarashining xarakterli xu-
susiyatlaridan biri—diniy asketizm edi. Asketizm ta’limotiga
ko‘ra, yer yuzidagi hayot insonning o‘zi va uning gavdasi gunoh va
yovuzlikning mujassamlashgani emish. Dinga ishonuvchi . inson-
ning burchi—narigi dunyodagi, ya’ni oxiratdagi eng a’lo hayotga
o‘tish tayyorgarligi ko‘rish uchun yerdagi azob-uqubatlardan o‘z
jonini asta-sekin xalos etishdan, insoniy «havaslar» bilan
to‘xtovsiz kurashishdan iborat emish. Buning uchun cherkov odam-
larga ro‘za tutish, ibodat qilish, chilla o‘tirish va h. k. l.arni
tavsiya etdi. Tarki dunyo qilib ibodatxonaga (monastirga) ke-
tish eng oliy darajadagi jasurlik deb hisoblandi.
Amalda zsa asketizm uncha izchillik bilan olib borilmadi.
Quturgan va beadab feodallar, albatta, asket bo‘lishni hatto
o‘ylariga ham keltirmadilar. Ruhoniylarning o‘zlari, xususan,
ularning oliy martabali vakillari, aslida dunyoviy feodal-
larning turmush tarziga ergashib hatto o‘zlarining asketik qoi-
dalarini ham qo‘pol ravishda buzardilar. Shaharliklar va deh-
qon xalq ommasi hayotining butun alam va kulfatiga bardosh
berib «osoyishta» mehnat qilib kun kechiravergan. Urta asr ja-
miyati yoppasiga monastirlardan iborat bo‘lib, unda odamlar
faqat chilla o‘tirardilar va toat-ibodat bilangina mashg‘ul
bo‘lardilar, deyilsa, albatta xato bo‘lur edi. Ammo, shunga qa-
ramasdan, asketizm rasmiy ta’limot bo‘lib, u cherkov kafedra-
sidan turib propaganda qilinardi, maktabda yoshlarga o‘rta asr
davri adabiyotining ko‘pgina xillariga zaruriy elemeit bo‘lib
kirgan asketizm ta’limoti o‘qitilardi. Turli sinflarga man-
sub bo‘lgan kishilarning anchaginasi ozmi-ko‘pmi asketizmni
yoqlab, uning qoidalarini ba’zan jiddiy ravishda bajarardi.
Urta asrlar davrida asketizm diniy hukmronliqning eng yaqqol
ifodasi edi. Bu vaqtlarda aniq fanlar endigina kurtak otib
kelayotgan edi, insonning tabiat kuchlari ustidan hokimligi
hali uncha takomillashmagan edi, ijtimoiy munosabatlar esa
keskin antagonistik va krepostniklik asosiga qurilgan bo‘lib,
xalq ommasi doimo azob-uqubat chekar, lom-mim deb ovoz chiqar-
mas, qo‘rquv vahimada kun kechirar va oxiratdagi jannat-arsh
a’lo haqida xayol surar edi.
Sxolastika. Urta asr universiteti fani sxolastika (sxola
so‘zidan) deb atalardi. Sxolastika o‘rta asrning asosiy fani
hisoblangan teologiyada o‘zining eng yorqin ifodasini topgan
edi. Sxolastikaning asosiy xususiyati biror-bir yangi narsani
kashf etish emas, balki xristian dinining mazmunini tushunti-
rish va uni bir sistemaga solishdangina iborat edi. Xristian
ta’limotining asosi?! manbalari bo‘lgan muqaddas yozuv va mu-
qaddas rivoyatga tayangan sxolastlar qadimiy faylasuflardan,
asosan Aristoteldan tegishli o‘rinlarni dalil qilib keltirib,
o‘z fikrlarini isbotlashga harakat qilardilar. Urta asr ta’-
limoti Aristoteldan turli xil murakkab mulohaza yuritish va
xulosa chiqarish tarzida mantiqiy bayon qilish formasini qabul
qilib oldi. Urta asr olimlari teologiya-falsafiy masalalar
bilan shug‘ullangan paytlaridagina emas, balki tabiatni o‘rgan-
gan paytlarida ham shaxsiy obro‘-e’tibor g‘oyat katta rol o‘yna-
gan, lekin amaliy tajriba kichik miqyos kasb etgan edi. Masa-
lan, o‘rta asr zamonlarida geografiya sohasida Aristotelning
va boshqa qadimiy avtorlarning orbo‘-e’tibori begumon bo‘lib,
uning to‘g‘riligiga hech kim shak-shubha qilolmasdi. Meditsinada
bir qancha bid’at-xurofotlar mavjud bo‘lib, bu bid’at xuro-
fotlar asrlar bo‘yicha mustahkam saqlanib keldi, chunki o‘rta
asrlar davrida Siviseksiya singari zaruriy eksperiment deyar-
li o‘tkazilmasdi va murdalar anatomiyasi bo‘yicha muntazam ish
olib borilmasdi. Anatomiyaga doir ba’zi bir bilimlar-ko‘proq
arab meditsina kitoblaridan olingan edi. Urta asrlar davriga-
cha yetib kelgan vrachlik ishlariga doir bir necha qadimiy trak-
tatlar singari, arablarn_ing bu kitoblari ham Yevropada shak-
shubhasiz obro‘-e’tibor qozongan edi.
Parij professorlari: Parij universitetini ta’sis etish-
da katta rol o‘ynagan va o‘zining «erkin fikri» bilan oliy
martabali cherkov ruhoniylarining keskin ta’nasiga duchor bo‘l-
gan Per A b ye l ya r (1079—1142); Aristotelning va uning
mantiqiy metodining samimiy muxlisi, qisman teologiya, qisman
tabiiy-ilmiy xarakterdagi bir qancha asarlar avtori Al-
b ye r t Buyuk (1193—1280) hamda tabiat va jamiyatni bilish-
ning hamma masalalarini cherkov-diniy ruhda yoritgan o‘rta asr
dunyoqarashining go‘yo ensiklopediyasi bo‘lgan «Teologiya summasi»
(«Zitta 1peo1o§yue») nomli mashhur asar avtori Foma Ak-
vinskiy, (1225—1274) o‘rta asr zamonlarining eng yirik
sxolastlari hisoblanardilar. Foma Akvinskiy cherkov-xristian
dogmatik ta’limotini sistemalashtirishdan tashqari, o‘sha
zamonning eng muhim iqtisodiy masalalariga to‘xtaldi, feo-
dal doiralarning manfaatlari bilan shaharliklarning man-
faatlarini (protsent haqida «adolatli baho» va h. k. lar
to‘g‘risida fikr yuritish) kelishtirishga harakat qildi. Holbu-
ki, XIII asrning ikkinchi yarmida shaharliklarning salmog‘i
eidi ancha katta edi. Tabiiyot masalalariga eng katta e’tibor
bergan sxolastlardan biri — ingliz olimi monax R o d j ye r
B e k o n (1214—1292) bo‘lib, u tabiatni tajribaviy yo‘sinda
o‘rganish zarurligini birinchi marta ko‘tarib chiqqan edi. Xal-
qaro miqyosda mashhur bo‘lgan so‘nggi eng yirik olim-sxolast
D u n s S k o t t (1260—1309) bo‘lib, u Oksford va Parij uni-
versitetlarida dars berardi. Duns Skott e’tiqod bilan bilim
o‘rtasidagi, ya’ni din bilan fan o‘rtasidagi farq masalasini
boshqa sxolastlarga qaraganda keskinroq qilib qo‘ydi. U о‘zi-
ning ba’zi bir traktatlarida, materiya fikr qilish qobiliyati-
ga ega bо‘lsa ajab emas, degan fikr bildirdi. Duns matematika
•bilan tabiiyotni о‘rganishga katta e’tibor qildi.
XIV asrdan, xususan XV—XVI asrlardan e’tiboran sxolas-
tika orqaga ketadi. Tabiiyot bilan antik adabiyotni yanada о‘rga-
nish sxolastlardan tashqari bordi. Sxolastika teologiyaning
maddohlik-dogmatik masalalarida uzil-kesil ixtisoslashib,
ilmiy taraqqiyotning yanada olg‘a qadam qо‘yishiga monelik qil-
di va tug‘ilib kelayotgan yangi burjuaziya vakillari bо‘lmish gu-
manistlar bilan qattiq kurashdi.
Mistika. Urta asrlar zamonida sxolastikadan tashqari, yana
bir oqim, ya’ni sxolastlar bilan qizg‘in kurash olib borgan
oqim ham mavjud edi. Bu oqim — m i s t i k a edi. Masalan, Abe-
lyarning zamondoshi, ikkinchi salib yurishining sobiq tashkilot-
chisi B ye r n a r d K'l ye r v o s s k i y (1091—1153) Abelyar bilan
qattiq kurashdi. XIV—XV asrlarda nemis mistiklari I o g a n n
T a u l ye r (1300—1361) bilan Foma K ye m p i y s k i y (1379—
1471) eng kо‘p nom qozongan edilar. Tauler bilan Kempiyskiy
asarlari boshqa mamlakatlarga ham tarqalib, bir necha bor
nashr qilingan. Mistiklar Aristotel ta’limotini о‘rganish va
din asoslarini mantiq jihatdan isbot etish zarurligini rad
etdilar. Ular, diniy qoidalar faqat «mushohada qilish», ya’ni
biror-bir «majusiy fan» yordamisiz ibodat qilish va xudojо‘y-
lik yо‘li bilangina о‘zlashtiriladi, derdilar. Mistiklar ana
shu taxlitda maydonga chiqib ochiqdan-ochiq reaksion mavqeni
egalladilar. Ammo mistiklar sxolastlarga qaraganda oz sonni
tashkil qilganliklari sababli mistiklar teologiya va falsa-
fiy obrо‘-e’tibori bilan bog‘langan edilar, mistiklar orasida
ba’zan demokratik kayfiyatdagi mutafakkirlar paydo bо‘lib,
ular о‘z «mushohadalari»da va «mulohazalari»da feodal tar-
tibning о‘zining asl mohiyatiga tanqidiy nazar bilan qarab, bu
tartibning «abadiyligi» va «adolatliligi»ni rad qilardilar
hamda «yangi zamonlar» kelishini, «buyuk tо‘ntarish» yaqin qol-
ganligini, «yer yuzida tangri hukmronligi» qaror topajagini
oldindan karomat qilardilar. Masalan, XVI asrda bо‘lg‘usi
cherkov reformasiyasining eng kо‘zga kо‘ringan radikal rahbar-
lariga ta’sir kо‘rsatgan mistik italiyalik I o a x i m K a l a b-
r i y s k i y (yoki F l o r s k i y ) (1145—1202) bо‘lib, u tez orada
yer yuzida xususiy mulk bо‘lmagan, ekspluatasiya ham bо‘lmagan
mukammal «ming yillik hukmronlik» davri qaror topajagini
oldindan aytgan edi.
Xalq ijodi. Urta asrlardagi dehqonlar madaniyati asosan
folklor, ismi noma’lum og‘zaki ijod tarzida bо‘lib, uning bir
qismi latin va milliy tillarda turlicha tekstlarda yozilgan va
bizgacha yetib kelgan, boshqa qismi yozilmay qolgan bо‘lsa-da, le-
kin adabiy asarlarga uzviy bir parcha bо‘lib kirgan hamda un-
dan xalq ohanglarining manbai sifatida foydalanilgan. Xalq
о‘yinlari—xristian dini joriy etilmasdan burungi majusiy-
lik zamonlaridagi qadimiy xorovodlarning raqslari, turli
lirik qо‘shiqlar — sevgi qо‘shiqlari, ziyofatlarda aytiladigan
qо‘shiqlar va tо‘y laparlari, kо‘mish marosimida aytiladigan
marsiyalar, turli xil va kо‘p sonli chо‘ichaklari, qahramonlik
afsonalari, maqollar, matallar, topishmoqlar va boshqalar
xalq folklorining xilma-xil formalari apa shular edi. Xalq
poeziyasining formalari yaratilib, kо‘z qorachig‘iday saqlanib
371
keldi va avloddan-avlodga о‘tib bordi, bu formalar tobora mu-
rakkablashib, ravnaq topib va takomillashib, umuman, xalq
hayotini, uning kayfiyat va orzu-umidlarini g‘oyat darajada rav-
shan aks ettirdi. Shahar shoirlari folklorning anchagina qis-
midan foydalandilar. Jumladan, asosan qishloqda paydo bо‘l-
gan afsonaviy epos, yuqorida aytib о‘tilganidek, shaharning
hikoyaviy satirasida keng foydalaniladigan bо‘ladi. Urta asr-
larning eng yirik poemalari yuqorida aytib о‘tilganidek avva-
lo, xalq og‘zaki ijodidan manba sifatida foydalandilar.
«Nibelunglar haqida qо‘shiq» tug‘risida xuddi shunday demoq
kerak.
Kо‘pchilik qismi, shuningdek, xalq ommasi orasidan yetishib
chiqqan, ismi noma’lum avtorlarga mansub bо‘lgan va qishloq
bilan chambarchas bog‘langan xalq ijodining о‘ziga xos turi —
x a l q b a l l a d a l a r i d i r . Bunday balladalar о‘rta asr
Angliyasida va Shotlandiyada ayniqsa kо‘p saqlangan. Xalq bal-
ladalarida о‘rta asr qishlog‘ining hayoti, dehqonlar. ommasining
feodallarga munosabatlari, о‘rta asrlarda turli kо‘rinishda
namoyon bо‘lgan xalq harakatlari, xalq ongida u. yoki bu kо‘rinish-
da yuz bergan eng muhim tarixiy voqealar aks etgan.
Dehqonlarga yaqin turgan shaharning quyi tabaqa aholisi
ham о‘rta asrlar davomida о‘z madaniyatini rivojlantirdiki, u
shaharshshg о‘ziga xos plebey xalq poeziyasida о‘z aksini topdi.
Bu poeziyaning ifodachilari- va xalq san’atinyig bu bilan bog‘-
langan formalari—shahar j o . n g l yo r l a r i (sirk artistlari)
va sh p i l m a n l a r i (darbozlari) bо‘lib, ular odatda shahar
yarmarkalarida va bozorlarda о‘z hunarlarini namoyish qilar-
dilar. Umuman qadimgi Rusdagi skomoroxlar (nayrangbozlar)
ga о‘xshab ketadigan joiglyorlar va shpilmanlar qisman xalq
qо‘shiqlarini, qism-an о‘zlari yozgan yangi qо‘shiqlarni ijro etuv-
chi hofiz va muzikantlar edilar. Ular qisqa sahna asarlarini
qо‘yib, bu asarlarda kо‘pincha satirik tarzda turli .toifalar-
ning aft-basharalarini ochib tashlardilar. Jonglyorlar va
shpilmanlar.ayni zamonda ham akrobat, ham masxaraboz, ham
qiziqchi edilar. Qо‘p sonli mahalliy aholi va shaharga kelgan
dehqonlar ularning tomoshabinlari edilar.
Xalq san’ati bu oddiy turining ijtimoiy ahamiyati ancha-
gina katta edi. Tomoshabinlarning kо‘plab kelishi shuni kо‘rsa-
tardi. Vaqt о‘tishi bilan, ya’ni о‘rta asr jamiyatida ijtimoiy
ziddiyatlar keskinlasha borishi bilan, jonglyorlar bilan
shpilmanlarning sahna asarlari tobora о‘tkirlasha va kо‘pchi-
likni qiziqtira boshlaydi. Bu sahna asarlari, bir tomondan,
mehnatkashlar о‘rtasida hamkorlik hissini uyg‘otsa, ikkinchi
tomondan, zolim feodallarga va shahar boylariga nisbatan
nafrat hissini alangalantiradi. Bularning hamMasi hokim
sinflarning jonglyorlarni va shpilmanlarni quvg‘in ostiga
olishiga sabab bо‘ldi. Katolik cherkovi ularga ayniqsa yomon kо‘z
bilan qarardi. Cherkov soborlari jonglyorlar bilan shpilman-
372 I
qullarga aylantirdilar. Yengilganlarning barcha molu mulki
mо‘g‘ul о‘rdalarining о‘ljasi bо‘lib qoldi. Mо‘g‘ullar Urta Osiyo-
dagi irrigasiya sistemasini yakson qildilar (jumladan, ular
Marv yaqinidagi mashhur Murg‘ob tо‘g‘onini buzib tashladilar).
Chingizxonning eng yaqin noyonlar boshchiligidagi mо‘g‘ul qо‘-
shinlarining bir qismi Kaspiy dengizining janubiy sohili
bо‘ylab Zakavkazyega о‘tib kirib, sо‘ng Kavkaz (Darbant dara-
si) orqali Donga, qipchoq chо‘liga chiqdi. Bu yerda, Kalka daryosi
bо‘yida, mо‘g‘ullar 1223 yilda birinchi marta ruslar bilan tо‘q-
nashdilar, ruslar qipchoq (poloves)larning ittifoqchisi sifa-
tida ularga yordam bermoqchi bо‘lgan edilar. Rus knyazlari
bilan qipchoq knyazlarining bir-birlari bilan kelishmasdan
harakat qilishlari oqibatida ittifoqchilar mag‘lubiyatga uchradilar.

Nazorat savollari:





  1. Dinga ishonuvchi shaxsning burchi nima edi?

  2. O’rta asr diniy qarashlariga ko’ra eng oliy jasorat nima edi?

  3. Trivium o’z ichiga qaysi fanlarni olgan?

  4. Sxolastika

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Semenov V.F. Urta asrlar tarixi. – T.:O’qituvchi, 1973.

  2. Xrestomatiya po istorii srednix vekov. –M.:Nauka, 1966

  3. Istoriya Bolgarii. – M.:Politizdat, 1954.

XI-XV asrlarda burjua mafkurasi shakllanishi. Italiyada uyg’onish davri


Reja:




  1. Burjua mafkurasi shakllanishi

2. Yevropada Uyg`onish davrining vujudga kelish sabab va oqibatlari
3. Uyg`onish davrining rivojlanish bosqichlari
4.Yevropada Uyg`onish davrida fan va texnika taraqqiyoti.

Tayanch tushunchalar: renessans, gumanizm, san’at , fan va madaniyat yuksalishi


Burjuaziyaning rivojlanishi. Feodal davlatining yangi
formasi. Ishlab chiqarish usuli о‘zgarib borayotgan, feodalizm-
dai kapitalizmga о‘tilayotgan sharoitda nufuzli ijtimoiy
sinfga aylanib. borgan burjuaziya qaror topdi. Ayrim shahar-
larda yashagan va har xil siyosiy imtiyozlarga ega bо‘lgan shahar-
liklar о‘rniga umumiy sinfiy manfaatlarga va bir xildagi
siyosiy huquqlarga ega bо‘lgan butun milliy kо‘lamdagi shahar'
burjuaziya sinfi vujudga keldi.-
Yevropadagi turli mamlakatlarda burjua millatlarining shakllanish prosessida burjuaziya yetakchi
rol о‘ynab, ishlab chiqarish va ayirboshlashni markazlashtir-
di, о‘z mamlakatida iqtisodiy aloqalarni kengaytirdi va mus-
tahkamladi hamda tobora kattaroq madaniy va siyosiy rol
о‘ynay boshladi. Umuman Yevropadagi kо‘p-
chilik mamlakatlarda feodallar hukmron edilar. Davlat for-
masi dvoryanlar monarxiyasidan iborat bо‘lib, bunda korol о‘z
davlatining «birinchi dvoryani» bо‘lib, imtiyozli dvoryanlar sos-
loviyasiga boshchilik qilar va uning sosloviye manfaatlarini
himoya qilardi. Bu davrda burjuaziyaning feodal davlatiga
munosabati о‘ziga xos xarakterga egadir.
Odatda bu sinf mustahkamlanib olgan korol hokimiyati bi-
lan bog‘langan bо‘lardi. Burjuaziyaning korol hokimiyati bilan
ittifoqi tarix jarayonida, о‘rta asrning bir necha yuz yillari
mobaynida tayyorlanib keldiki, bu davrda korol hokimiyati
bilan shahar burjuaziyasi oldida bitta umumiy dushman — yi-
rik feodallar turardi. Burjuaziyaning boyishi, uning kapita-
listlar sinfiga aylanishi tufayli korol hokimiyati unga:
yanada kо‘proq e’tibor bilai qaraydigan bо‘lishi kerak edi. Mar-
kazlashgan feodal davlatining burjuaziya sinfi bilan aloqa-
sining bir qancha yangi fyurmalari— davlat zayomlari, soliq-
ning otkup sistemasi, proteksiya siyosati va shu singarilar-
vujudga keldi. Feodal ishlab chiqarish usulining yemirilishi
hamda, bir _tomondan, bozor munosabatlarining rivojlanishi-
dan dvoryanlarning (yoki loaqal ularning kо‘pchilik qismining)
manfaatdor ekanligi, ikkinchi tomondan, burjuaziyaning yapgi,.
nufuzli sinf sifatida tashkil topishi feodal davlati sо‘nggi
formasining — a b s o l yu t i z m p i n g о‘riatilishiga olib kel-
di. Absolyutizm — cheklanmagan korol hokimiyati bо‘lib, о‘z sin-
fiy mohiyati jihatidap dvoryanlar hokimiyati edi, ammo u. vu-
judga kelayotgan kapitalizm sharoitida rivojlandi va о‘sib
kelayotgan burjuaziya bilan hisoblashishga majbur bо‘ldi. Ma-
nufaktura davridagi burjuaziya hokimiyatni hali bevosita о‘z
qо‘liga olish darajasiga yetib kamol topmagani sababli abso-
lyutizmga, ya’ni feodal dvoryanlarning siyosiy hokimiyatiga chi-
dab turishga va uni qо‘llab-quvvatlashga majbur edi. Absolyu-
tizm о‘z tomyunidan burjuaziyaga dastlabki jamg‘arylish davrida
bir qancha qimmatli xizmatlar kо‘rsatib, kapytalning jam-
g‘arilishiga kо‘maklashdi hamda uning manufakturani tashkil
etishida va savdoni kengaytirishida • burjuaziyaga yordam
berdi.
Biroq XVI asrga kelib G‘arbiy Yevropadagi ba’zi mamlakatlarda
burjuaziya feodal-absolyut hokimiyati bilan tо‘qnashib qoladi.
Ilk • burjuaziya revolyusiyasining ba’zi xususiyatlari german
Reformasiyasida va XVI asr boshlaridagi Buyuk dehqonlar uru-
shidayoq namoyon bо‘la boshladi. XVI asrniig ikkinchi yarmida
Niderlandiya viloyatlarida bо‘lgan qо‘zg‘olon oqibat natijada
ispan absolyutizmiga qarshi g‘olibona burjua milliy revolyu-
siyasiga aylanib ketgan keng kо‘lamdagi milliy harakat bо‘ldi.
Bu revolyusiya natijasida Yevropadagi dastlabki burjua dav-
lati — Gollandiya respublikasi barpo etildi. XVI asrda va
XVII asrning birinchi yarmida Angliyada burjuaziya .revolyusiya-
sining shart-sharoitlari tarkib topa boshladi. 1640—1633 yil-
lardagi ingliz burjua revolyusiyasi — eng yirik revolyusiya,
K. Marks ta’rifi bilan aytganda, Yevropa miqyosidagi revolyu-
siya bо‘ldi. Bu revolyusiya bilan yangi zamon tarixining davri
ochilib, bu davrda kapitalistik ishlab chiqarish usuli hamda
burjua ijtimoiy tuzumi Yevropada, Amerikada va jahonning
boshqa qismlarida hukmron bo‘lib qoldi.

UYG`ONISH DAVRI, Renessans — G`arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlarning madaniyat tarixida o`rta asr madaniyatidan yangi davr madaniyatiga o`tish davri. Taxm. 14—16- asrlarni o`z ichiga oladi.


«Uyg`onish» termini 16-asr italyan gumanistlari, xususan rassom va tarixchi Jovanni Vazari (1511—74) asarlarida mohiyatini ochib berolmaydi va yangi madaniyat mazmunini faqat antik merosni «tiriltirish» b-n cheklab qo`yadi. Shunga qaramay bu termin fanda ham shartli ravishda qabul qi­lingan.
G`arbiy Yevropa uyg`ronish davrida ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojlanishi. Uyg`onish davri YEvropada XIV asrning iskinchi yarmidan to XVII asrning boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrga kelib, ko`pchilik mamlakatlarda asta-sekinlik bilan eski ishlab chiqarish munosabatlarining o`rniga yangi ishlab chiqarish munosabatlari kurtak shaklida vujudga kela boshlagan edi. Bu esa insoniyat tarixida shu davrgacha yuz bergan eng buyuk ilg`or to`ntarishlardan biri edi.
Haqiqatan ham bu davrda hayotning hamma tarmog`ida muhim ilg`or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o`zgarishlar yuz berayotgan edi. Sanoat ishlab chiqarish usulining dastlabki kurtaklari O`rta yer dengizi atrofidagi ayrim shaharlarda XIV va XV asrlardayoq yuzaga kelgan. Bu davrda, ayniqsa, Italiya eng taraqqiy etgan davlat bo`lgan. Bu yerda boshqa davlatlarga nisbatan avvalroq savdo-sotiq, hunarmandchilik tez sur`atlar bilan rivojlangan. Shular tufayli Italiyada boshqa YEvropa davlatlariga nisbatan shaharlar va shaharlarning hayoti tez sur`-atlar bilan o`sgan. Italiyada XIV asrlardayoq dastlabki manufakturalar vujudga kelganki, ular hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan oldinga tashlangan katta qadam edi. Savdo, sudxo`rlik, hunarmandchilik manufakturalaridan juda katta foyda kelar edi. Natijada bank egalari, savdogarlar, sanoatchilardan iborat mavqeli, tabaqa vujudga keldiki, ular Italiyaning Venetsiya, Genuya, Florentsiya shaharlarida feodallar ustidan g`alaba qozonib, siyosiy hokimiyatni qo`lga oldilar. Shuningdek, sanoatning rivoji G`arbiy YEvropada XV—XVI asrlardagi qator geografik va texnik kashfiyotlar bilan ham bog`liq. Amerikaga va Hindistonga dengiz yo`lining ochilishi, Magellanning butun dunyo bo`ylab sayohati shunga olib keldiki, bir necha asrlar davomida o`zgarmas deb hisoblagan YEr kurrasining chegarasini buzib yubordi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi bu o`zgarishlar, geografik va texnik kashfiyotlar YEvropa xalqining bu davrdagi ma`naviy hayotida ham tub o`zgarishlarga olib keldi. Jumladan, bu davrda cherkovning ma`naviy hokimiyati xristian dini negizida vujudga kelgan islohchilik harakatlari ta`sirida ham singdirilgan edi. Bu islohchilik harakatlarida feodalizm quroli bo`lgan rim-katolik cherkovi ta`siridan qutulishga harakat qilayotgan, tobora mustahkamlanib borayotgan yangi tabaqalarning intilishlari aks etardi. Cherkov ma`naviy hokimiyatining zaiflanishiga faqat turli islohotchilik harakatlari ta`sir qilibgina qolmay, balki cherkov, din bilan hech qanday aloqasi bo`lmagan dunyoviy madaniyat va ma`naviyatlarning keng tarqalishi ham sabab bo`ldi.
XIV asrlarda dastlab Italiyada vujudga kelgan bu yangi madaniyat gumanizm nomini oladi. Umuman gumanizm iborasi lug`aviy jihatdan insoniylik, degan ma`noni anglatadi. O`z moxiyati jihatdan bu madaniyat cherkov, ilohiyotga xos bo`lgan ma`rifatlilikka zid bo`lgan ma`rifatni anglatardi. Gumanistlar dunyoviy fanlarni cherkov sxolastik «olim»ligiga qarshi qo`yardilar. Keyinchalik bu oqim Yevropaning boshqa qator mamlakatlariga ham keng tarqaldi. Bu madaniyat badiiy adabiyot, tasviriy san`at, haykaltaroshlik, arxitektura va me`morchilik, fan va falsafada erishilgan ajoyib yutuqlarni o`zida mujassamlashtirgan edi. Bu madaniyatning eng asosiy mohiyatlaridan biri - asrlar davomida feodal zo`ravonlik va cherkov tomonidan inkor etilgan inson shaxsining manfaatlari va huquqlarini himoya qilgan gumanizm edi, chunki u har tomonlama rivojlangan inson shaxsi haqida gapirsa ham, butun xalqni nazarda tutmas edi. Balki uning ayrim, nisbatan cheklangan tabaqasi haqida gapirardi. Ikkinchidan, bu gumanizm insonni feodal zo`ravonlikdan, cherkov hukmronligidan ozod qilish haqida orzu qilsa ham, umuman, insonni ijtimoiy ozod qilish masalasini qo`ymagan, ya`ni keng mehnatkashlar ommasini ijtimoiy ozodlikka olib chiqishni xayoliga ham keltirmagan edi. Shuning uchun bu gumanizm o`z moxiyati jihatidan tor doiradagi gumanizm ediki, uning asosiy xususiyati invidualizm, raqobat kabi tamoyillardan iborat edi. Ammo shunga qaramasdan, madaniyatdagi bu yangi oqim o`sha davrda ilg`or tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Renessans iborasi — qayta tirilish, ya`ni antik madaniyat, fan, falsa-faning yangidan qayta tirilishi, jonlanishi ma`nosini anglatadi.
Lekin bu ibora tarixiy jarayon mazmuni va asosiy xususiyatining lug`aviy ma`nosini aks ettirmaydi. Balki bu jarayonning antifeodal xarakterdaligi, cherkovga, dvoryanlarga va umuman eski tartiblarga qarshi qaratilganligini aks ettiradi.
Uygonish davri tarixning shunday bosqichini o`z ichiga oladiki, unda xristian dini yaxlit bir mavqeni egallamaydi. Bunday o`zgarish eng avvalo diniy tashkilotlar qatlamlarida yuz beradi. Falsafada, san`atda, adabiyotda yuz yillar davomida odat kuchiga ega bo`lgan an`anaviy tafakkur usuli tugatilgan emasdi. Urta asr teokratizm (ilohiy hokimiyat) bilan kurashda Uyg`onish davri madaniyatida birinchi o`ringa gumanistik (insonparvarlik), insonni diqqat markaziga qo`yuvchi g`oyalar chiqadi. Hayotda faqat insonning ijodiy qobiliyatlarini, aqlni tan olish yerdagi baxtga intilish bilan almashinadi. Bu maqsadni ro`yobga chiqarish o`tmish madaniyati yutuqlarini o`zlashtirishni taqozo etardi. Shuning uchun Uyg`onish davri gumanizmi antik madaniy merosga qiziqishni, qadimgi falsafaning boy-liklaridan foydalanishni taqozo qilardi. Endi Platon va Aristotel ta`limotlari, neoplatoniklar, stoiklar va epikurchilar falsafasi, Tsitseron va boshqalar merosiga yangicha yondoshildi va talqin qilindi. Ularning falsafiy-tarixiy talqini qayta ko`rib chiqildi. Uyg`onish davri bu eng avvalo antik davr asarlarini erkin tafakkur qilish, tayyor va o`zgarmas deb xisoblangan haqiqatlardan voz kechishni anglatardi. Bu esa o`z navbatida nima haqiqat va nima haqiqat emas, degan masalani hal qilish huquqini berardi.
Uyg`onish davri Yevropada o`z iqtisodiy asoslari jihatidan feodal ishlab chiqarish usuli asta-sekin inqirozga uchrab, burjua ishlab chiqarish usuli kurtaklari vujudga kela borishi b-n xarakterlanadi..
Jamiyat hayotida shahar rolining kuchayishi, ya`ni shaharning ijtimoiy ishlab chikarishda borgan sari ahamiyati oshib borishi, shahar ichida va shaharlararo tovar almashinishining kuchayishi, savdo aloqalarining avj olishi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi va shu asosda yangi — burjua ish­lab chiqarish munosabatlarining shakllanishi Uyg`onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatlardir.
Bu davr siyosiy jihatdan cherkov, papa ta`sirida bo`lgan mayda knyazliklar o`rniga Is­paniya, Frantsiya, Angliya va b. joylarda yirik, mustaqil knyazliklarning vujudga kelishi, ularning papa, cherkov diniy-ma`naviy hokimiyati ta`siridan qutulish, dunyoviy hokimiyatni kuchaytirish uchun kurashishi avj olishi b-n xarakterlanadi.
Bu davrda «Qirollik hokimiyati, shaharliklarga suyangan holda feo­dal dvoryanlarning kuchini sindirdi va aslda millatlarga asoslangan yirik monarxiyalarni vujudga keltirdi, bu monarxiyalarda hozirgi zamon Yevropa millatlari va hozirgi burjua jamiyati rivojlandi... Vizantiya yiqilgan paytda saqlanib qolgan qo`lyozmalar, Rim xarobalaridan qazib olingan antik haykallar hayratda qolgan G`arbning ko`zi oldida yangi dunyoni — qadimgi yunon dunyosini gavdalantirdi; uning porloq obrazlari oldida o`rta asrning sharpalari ko`rinmay ketdi.
Italiyada san`at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go`yo klassik qadim zamonning shu`lasi bo`ldi va keyinchalik bunday yuksalishga erishish aslo mumkin bo`lmadi. Italiya, Frantsiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keldi. Shundan so`ng ko`p vaqt o`tmay Angliya va Ispaniya o`z klassik adabiyoti davrini kechirdi...
Davrning iqtisodiy-siyosiy hayoti inson` shaxsiyatini birinchi o`ringa qo`ydi. Insonga; feodal-tabaqachilikni munosabatlari, cherkov asketyak axloqi, o`rta asr traditsiyalari doirasi torlik qila boshladi. U endi o`ziga, atrof-tabiatga boshqacha ko`z b-n qaraydigan bo`l­di, uning voqelikka, o`tmishga bahosi, estetik qarashi o`zgara bordi.
Yangi davr dunyoqarashining namoyandalari—turli kasbdagi va turli ijtimoiy mavqedagi kishilar— shoirlar, filologlar, filosoflar, rassomlar o`zlarining tadqiqot ob`ektlari deb insonni hisobladilar. Insonni tabiatning ajralmas bir qismi va uning mukammal mahsuli sifatida tushundilar. Inson, uning kechinmasi, ichki dunyosi, hayoti adabiyot va san`atning asosiy temasi bo`lib koldi. Shaxs ijodining garmonik, erkin, har tomonlama taraqqiyoti ideali shakllana boshladi. Shuning uchun ham bu davr mutafakkirlari insonshunoslar — gumanistlar deb atalgan (k,. Gumanizm).

G`arbiy Yevropada yuz berayotgan ma`naviy va madaniy qayta o`zgarish turli xarakterlarga ega bo`lgan va turli bosqichlarda kechgan.


Birinchi bosqich XIV—XV asrlarni o`z ichiga oladi. Madaniyat eng avvalo «gumanistik» xarakterga ega bo`lib, asosan Italiyada namoyon bo`lgan. XVI va XVII asrlardagi o`zgarish esa ko`proq tabiiy-ilmiy yo`nalishga ega edi. Bu davrda gumanizm YEvropaning boshqa ko`pgina davlatlariga ham tarqala boshlaydi.
Gumanizm insonning dunyodagi o`rni, moxiyati va vazifasi, borlig`ining mazmuni va maqsadi haqida o`ylay boshlashidan yuz beradi. Bu mulohazalar hamma vaqg aniq tarixiy va ijtimo-iy sharoitlardan kelib chiqadi. Umuman, gumanizm ma`lum ij-timoiy va umummilliy manfaatlarni aks ettiradi.
Tor ma`noda gumanizm iborasi, Uyg`onish davrida shakllangan g`oyaviy xarakterni anglatadi. Uning mazmuni va maqsa-di antik davr adabiyoti, san`ati, madaniyati va tillarini tarqatishdir. Gumanistlar xizmati faqat falsafiy tafakkurni rivojlantirishdangina iborat bo`lib qolmasdan, balki shu bilan birga qadimiy manbalarni o`rganish bo`yicha tadqiqotlardan ham iboratdir. Shuning uchun ham Italiya gumanizmi adabiy-filologik (tilshunoslik) gumanizm bo`lgan.
Tarixshunoslik fanida ba`zi antik davr merosi bir tomonlama bo`rttirib ko`rsatiladi. Ularda «gumanizm» faqat yunon va Rim madaniyatining madaniy va ma`rifiy ta`sirigina qilib ko`rsatiladi. Lekin gumanizmni bunday talqin qilishda uning ma`na-viy tomonigina qo`rsatilib, amaliy, kurashchan tomonlari in-kor qilinadi. Bu tomonlarni hech mahal nazardan qochirmaslik kerak, garchi ular har xil sharoitlarda namoyon bo`lgan bo`lsa ham. Bu narsa Italiya gumanizmiga ham taalluklidir. Bu gumanizm ham o`zining tarixiy cheklanganligiga qaramasdan, aniq ijtimoiy harakatning ifodasi bo`lib, olga tashlangan sal-moqli qadam edi.
XVI—XVI asrlarda Uyg`onish davrining gumanistik g`oyalari faqat Italiya bilan chegaralanib qolmasdan, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Shveytsariya, Ispaniya, Polsha, Vengriya kabi mamlakatlarga ham yoyiladi. Italiya va Shimoliy YEvropadagi Uyg`onish davri tafakkuri qator umumiy ko`rinishi va jihatlarga ega bo`lishi bilan birga o`zining betakror xususiyatlariga ham egadir.
Uyg`onish davri madaniyatining xronologik chegarasi, uning yoyilish doirasi, milliy xususiyati xaqidagi masala ancha murakkab masalalardandir. Renessans madaniyatining tarqalish darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. Uning paydo bo`lishi va yorqin ifodasi Italiya b-n bog`liq.
Italiya 13—14-asrlardayoq Yevropada iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan mamlakat edi. Italiya madaniyati rivojlanishiga uning antik madaniyatining yirik markazi bo`lganligi, bu yerda qadimgi yodgorliklar boshqa mamlakatlarga qaraganda ko`p saqlanganligi ham ta`sir ko`rsatgan.
San`atshunoslar Italiya Uyg`onish davri arafasi — 13—14-asrlarni (k. Protorenessans) hisobga olmay, Italiya Uyg`onish davrini quyidagicha davrlashtiradilar:
Ilk uyg`onish (tasviriy san`at va arxitekturada — 15- asr, adabiyotda hatto — 14-asr),
Yuksak uyg`onish (15-asr oxiri—16- asrning 1-choragi),
So`nggi uyg`onish (16- asr}.
Hozirgi tadqiqotchilar bunday davrlashtirishni ba`zi hollarda boshqa mamlakatlarga nisbatan ham qo`llaydilar, lekin bunda uyg`onish madaniyati ayrim bosqichlarining xronologik chegarasi Italiyanikidan farq qiladi. Uyg`onish madaniyatining Frantsiya, Niderlandiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya va b. Yevropa mamlakatlarida tarqalishi, avvalambor, shu mamlakatlardagi milliy taraqqiyot b-n bog`lik bo`lsa, ayni vaqtda Italiya gumanistik mada­niyati yutuqlari ham ta`sir ko`rsatdi.
Italiya Yevropa gumanizmining chinakam «maktabi» bo`­lib qoldi. Yevropadagi boshqa mamlakatlarning ilg`or intelligentsiyasi unga intilishar va undan o`rnak olishga harakat qilishardi. Yevropaning ko`p mamlakatlarida uyg`onish ma­daniyati ziddiyatli bo`lib, antik ta`sir Italiyaga nisbatan sust, milliy traditsiya va feo­dal madaniyati esa aksincha kuchli edi.
So`nggi Uyg`onish davrida ko`pgina renessans ideallari va normalari Italiyaning o`zida ham, undan tashqarida ham o`zgarishga uchradi. Keskin sinfiy kurash, ayrim mamlakatlardagi feodal-katolik reaktsiyasining, boshqasida protestantizmning g`alabasi sharoitida renes­sans gumanizmida krizis boshlandi. Gumanistlarning inson erkin rivojlanishi uchun imkon beradigan yangi jamiyat haqidagi optimistik va hayoliy ishonchlari puchga chiqdi.
Uyg`onish davri madaniyatida aristokratok tendentsiya kuchaydi. Bu manerizm va shunga o`xshash boshqa oqimlarning paydo bo`lishiga ta`sir ko`rsatdi. So`nggi uyg`onish gumanizmi yirik vakillari— V. Shekspir, M. Servantes, Mikelanjelo ijodida hayot o`z ziddiyatlari («tragik guma­nizm») b-n aks ettirildi; yomonlikka qarshi kurashda fojiaviy motivlar paydo bo`la boshladi. Yangi sharoitda uyg`onish madaniyati o`rniga yangi oqimlar vujudga keldi (sh. Barok­ko, Klassitsizm).

3. Fan va madaniyati Bu davr tabiiy fanlarining eng muhim xususiyati san`at b-n uzviy bog`liqligidadir. O`rta asr diniy-mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san`atda namoyon bo`lar, ko`pincha bir shaxs ijodida uyg`unlashib ketardi. Mas, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bo`lmay, mashhur matematik, mexanik va inje­ner ham edi, A. Dyurer rassom, haykaltarosh,arxitektor, matematik edi.


Tabiatshunoslikda, ayniqsa astronomiya, geografiya, anatomiya sohalarida yirik muvaffaqiyatlarga erishildi. Buyuk geografik kashfiyotlar (X. Kolumb, Vasko de Gama, F. Magellan va b. sayohati) amalda Yerning sharsimonligini isbotladi, quruqlikning katta qismini tasvirlashga imkon berdi. 16-asr o`rtalarida polyak astronomi N. Kopernik geliotsentrik sistemani kashf etilishi fanda revolyutsion to`ntarish bo`ldi; A. Vezaliy ilmiy anatomiyaga asos soldi; ispan olimi M. Servet organizmda konning doiraviy aylanishini ochishga yaqinlashdi. Me­xanika, matematika, xususan algebrada bir qancha kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar faqat geografiya sohasida emas, geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya bo`yicha ham yangi ma`lumotlar berdi.
Uyg`onish davrida fan va madaniyatning ayrim sohalari hali to`la bir-biridan ajralmagan va differentsiyalanmagan edi. Ko`p filosofik g`oyalar professional filosoflar tomonidan emas, balki rassomlar, shoirlar, olimlar tomonidan olg`a surilgan edi. Sxolastikada kuchayib borayotgan oppozitsiya filosofiyani «ilohiyotga xizmat qilishdan» ozod etdi
O`rta asr dunyoqarashidan ajralib chiqish eng avval etika sohasida namoyon buldi. Etikadagi uyg`onish ayrim hollarda so`nggi stoitsizm g`oyalariga qaytish shaklida, ko`pincha epikurizmni tiklashda ko`rindi. Gumanistlarning yunon tili va yunon filosoflari (Platon, Aristotel va b.) asarlari b-n tanishishlari Uyg`onish davri antisxolastik filosofiyasi taraqqiyotida yangi bosqich ochdi. Ayniqsa bu davrda platonizm va neoplatonizm g`oyalarining ta`siri katta bo`lgan.

Uyg`onish davri mutafakkirlari (Italiyada — L. Bal­la, Germaniyada — I. Reyxlin, U. fon Gutten; Niderlandiyada — Erazm Rotterdamskiy va b.) ilohiyot va cherkovga qarshi asarlar yaratdilar. Ba`zi gumanistlar katolik ruxoniylarni tanqid qilib, papaning dunyoviy xokimiyatiga qarshi chiqdilar.


Uyg`onish davrida tarixga xam o`zgacha yondoshildi. Tarix cherkov-feodal tasavvurlaridan ozod qilina borib, iloxiyotchilarning davrlashtirish sistemalari rad etila boshlandi. Guma­nistlar antik davr b-n o`rta asr o`rtalaridagi sifat tafovutiga e`tibor berdilar.
Uyg`onish davri da tarixni qadimgi, o`rta asr va yangi tarixga bo`lish kelib chiqdi.
Uyg`onish davrida gumanistlar dunyoqarashiga xos xususiyatlar ta`lim va tarbiyaviy ishlarga oid qarashlarda ham uz aksini topdi. Gumanistlar (Erazm Rotterdamskiy, F. Rab­le, M. Monten) o`rta asr sxolastik ta`lim sistemasini kattik tankid kilib, akliy va jismoniy kamol topgan kishini tarbiyalashni ilgari surdilar. Mustaqil fikrlashga, yuksak axloqiy sifatning shakllanishiga, estetikaga axamiyat berdilar. Ular maktabda faqat latin tilini emas, yunon tilini, antik badiiy adabiyoti va mifologiyasini xamda matemati­ka, tarix, tabiatshunoslikni o`rganish zarur deb hisobladilar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi haqida g`amho`rlik qildilar va ularga jismoniy jazo berishga qarshi chiqdilar.
Nazorat savollari:

  1. Absolutizmning mohiyati nima?

  2. Yevropada Uyg’onish davriga nima ta’sir o’tkazdi.?

  3. Uyg’onish davri bosqichlarini ayting.

  4. So’nggi uyg’onish davri gumanizmi yirik vakillari

Adabiyotlar:



  1. KarimovI.A.Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch. T.”Ma`naviyat”. 2008.

  2. Sulaymonova.F. Sharq va G`arb. T. O`zbekiston. 1997.

  3. Yo`ldoshevS.,vab.Qadimgiva o`rta asr G`arbiy va YEvropa falsafasi.T.S`Harq.2003.

  4. Konrad N.I. Zapad i Vostok, M., 1966.

  5. Komilov N. Tafakkur karvonlari.T.1999.

  6. Losev A.F. Filosofiya,mifologiya,kultura.M.1991.

  7. M.Xayrullayev. Uyg`onish davri va Sharq mutaffakkiri. T.O`zbekiston.1971.

  8. M.Xayrullayev. O`rta osiyoda ilk uyg`onish madaniyati. T.Fan. 1994.

XIII asrda mo’g’ul davlati va uning istilolari.

Reja:




  1. Mo’g’ul kabilalarining xayoti va ijtimoiy tuzumi.

  2. Chingizxonning tatar-mo’g’ul kabilalarining birlashtirilishi va davlatni idora kilishi.

  3. Mo’g’ullarning Chingizxon vafotidan keyingi istilolarining Yevropa va Osiyodagi axamiyati.

Tayanch tushunchalar: Mo’g’ul, kushxona, kure, noyonlar, bagaturlar, navkar, xarachu, urug ittifoki, xon, «xarbiy demokratiya», xiroj, «kuchmanchi feodalizm», zodagon, rezerv, Timuchin, votchina, mingboshi, Moraviya, vengr koroli, lennik, «imperiya», bek, sirkulyar, xristian, ulus, «Darband darasi», ekspluatasiya, poloves, aillar, kuren.


XII asrda xozirgi Mongoliya, Manjuriya territoriyasida va Sharqiy Sibirning Janubiy kismida mo’g’ullarning kup sonli kabilalari istikomat kilar edilar. Mo’g’ullarning kupchilik kismi dashti-biyobonda yashab, chorvachilik, yilki, koramol va kuy-echki bokish bilan shugullanar edi. Mo’g’ullarning bir kismi urmonlarda yashab, muynali xayvonlar ovlar va balikchilik kilar edi. Dasht mo’g’ullari kuprok sonni tashkil kilib, ancha rivojlangan edi. Ular urmonlarda yashovchi mo’g’ullar ustidan xukmronlik kilib ulardan majburiy suratda muyna soligi olardilar.


XII asrdagi mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumida urugchilik tuzumining xususiyatlari xali juda kurinib turardi. Kuchmanchi mo’g’ullar urug-urug bulib yashardilar. Kuchmanchi mo’g’ullarning manzillari kuren (kushxona)dan, ya’ni urug boshligi – oksokol utovi tevaragida gurux-gurux bulib joylashgan bir necha unlab yoki xatto yuzlab utovlar yigindisidan iborat bulardi. Urugchilik kasosi mo’g’ullar xayotida juda katta axamiyatga ega edi. Ularning dinida avlod-ajdodlar ruxiga siginish katta urin tutardi. Xar bir urugning izzat-xurmat kiladigan uz xudolari – eng shuxrat kozongan urugdoshlari orasidan chikkan ajdodlari bulardi.
Birok XII asrning ikkinchi yarmida – XIII asr boshlarida mo’g’ullarning ijtimoiy tuzumida urugchilik munosabatlari sezilarli darajada yemirila boshlaganligi kurinadi. Kuchmanchilarning urugchilik kureni urniga yakka-yakka xoldagi kuchmanchi xujalik – aillar tobora kupaydi; odatda ail uzining kuy-echki podasi va yilkisiga ega bulgan katta patriarxal oiladan iborat bular edi. Urugchilik yemirila borishi natijasida boylar, ya’ni n o y o n l a r va b a g a t u r l a r n i n g dongdor oilalari ajralib chikadi. Noyonlarda ma’lum mikdorda kul (xarachu)lari bulardi. Noyonlar tevaragida drujinachilari -–navkarlari bulardi. Noyonlar bilan bagaturlar urdaga (uruglar ittifoki) boshchilik kilardilar. Urdalar uz navbatida ancha yirik kabila ittifoklari uyushgan edilar. Bu yirik kabila ittifoklari tepasida x o n l a r turardilar. Xonlar va ularning tevaragida xarbiy – kabila zodagonlari buysundirilgan kabilalardan xiroj olardilar. Mo’g’ullarda davlatning varvarlik formasi ana shu tarika vujudga keldi. Bu davlat boshda «xarbiy demokratiya» xususiyatlariga ega bulib, bu uziga xos mo’g’ul feodalizmi («kuchmanchi feodalizm») yanada rivojlana borishi bilan xarbiy demokratiya asta-sekin buziladi va axamiyatini yukotadi. Ittifokchi kabilalarning zodagonlari vakti-vakti bilan aloxida syezdlarga, ya’ni kurultoylarga yigilardilar. Kurultoylarda xonlarni saylardilar, dushman kabilalar va xalklar bilan urush va yarash masalasini xal kilar edilar. Ba’zan gunoxkor deb topilgan ayrim noyonlar va xatto xonlarning uzlarini sud kilardilar.
XIII asr boshlarida Amur daryosining yukori kismlari bilan Xitoyning shimoliy chegarasi urtasidagi territoriyada yashagan mo’g’ul kabilasining xonlaridan biri bulgan Timuchin (1155-1227) mo’g’ullarning turli kabilalarini va kup sonli tatarlarni birlashtirishga muvaffak buldi. 1206 yilda Onon daryosi vodiysida tuplagan kurultoyda Timuchin ulug xon deb e’lon kilindi va u Chingizxon deb atala boshladi.
Mo’g’ullar katta xarbiy ittifokning vujudga keltirilishi eng yirik istilolarini keltirib chikardi. Buning uchun kupgina shart-sharoitlar mavjud edi. Timuchin kuchli mo’g’ul xarbiy- kabila zodagonlariga boshchilik kilardi, bu xarbiy kabila zodagonlari bungacha xarbiy uljani kumsagan uz drujinachilarnidan iborat tajribali xarbiy kuchga ega edilar. Mo’g’ul kabilalari oddiy jangchilarning katta rezervlariga ega edilar. Mo’g’ullarning kuchmanchi chorvadorlar xayotini kechirishi ularda a’lo darajadagi otlik askarlarni ustirishga sababchi buldi, dehqonchilik bilan shugullanuvchi xalklar bu otlik askarlar bilan kushnichilik yashab va u bilan kupincha urushlar kilish bilan bir vaktda, xarbiy-texnika kupgina narsalarni shu xitoyliklardan kabul kilib olgan edilar. Jumladan, mo’g’ullar aloxida devor teshadigan va ut sochadigan kurollar yordamida shaxarlar olish san’atini batamom egallagan edilar.
Eng yakin yillar ichida Chingizxon Janubiy Sibirda yashagan kupgina xalklarni uziga buysundirdi. Ular orasida buryatlar, yokutlar, kirgizlar va boshka xalklar bor edi. 1211 yilda Chingizxon Shimoliy Xitoyni istilo kilishni boshlab, uni umrining sungi yillaridagina tamom kildi. Ammo Xitoyni uzil-kesil istilo kilishdan avval, Chingizxon Urta Osiyoda keng istilochilik ishlarini boshlab yubordi. 1218-1228 yillar davrida keng Xorazm davlatini istilo kildi, unga Xorazmdan tashkari Sharqiy Eron, Buxoro, Afgoniston davlatlari xam kirar edi. Chingizxon istilo kilgan mamlakatlarni va ulardagi shaxarlarni goyat shavkatsizlik bilan vayron kilib tashladi. Chingizxon karshilik kursatmokchi bulgan Buxoro, Samarkand, Urganch (Xorazm poytaxti) Marv va boshka shaxarlardagi axoli (moxir xunarmandlardan tashkari)ning kupchilik kismi kirib tashlandi. Moxir xunarmandlarni esa mo’g’ullar kullarga aylantirdilar. Yengilganlarning barcha molu mulki mo’g’ul urdalarining uljasi bulib koldi. Mo’g’ullar Urta Osiyodagi irrigasiya sistemasini yakson kildilar(jumladan, ular Marv yakinidagi mashxur Murgob tugonini buzib tashladilar).
Chingizxonning eng yakin noyonlar boshchiligidagi mo’g’ul kushinlarining bir kismi Kaspiy dengizining janubiy soxili buylab Zakavkazyega utib kirib, sung Kavkaz (Darbant darajasi) orkali Donga, kipchok chuliga chikdi. Bu yerdan, Kalka daryosi buyida, mo’g’ullar 1223 yilda birinchi marta ruslar bilan tuknashdilar, ruslar kipchok(poloves)larning ittifokchisi sifatida ularga yordam bermokchi bulgan edilar. Rus knyazlari bilan kipchok knyazlarining bir-birlari bilan kelishmasdan xarakat kilishlari okibatida ittifokchilar maglubiyatga uchradilar.
1227 yilda Chingizxon Mo’g’ul davlatini uzining turtta ugli urtasida taksimladi. Ulug xon unvonini, asl Mugilistonni va Shimoliy Xitoyni Chingizxonning uchinchi ugli Ugaday oldi. Chigatoy nomli ikkinchi ugli Amudaryoning sharkidagi Urta Osiyo yerlarini oldi. Urta Osiyoning garbiy kismi, shu jumladan, Sharqiy Eron va shimoliy Xindiston Chingizxoning turtinchi ugli Tuluyga tegdi. Chingizxonning katta ugli Juji mamlakatlar taksimoti vaktida kazo kilgan edi. Jujining ugli Botuxonga Irtish daryosidan tortib Ural toglarigacha chuzilib ketgan Garbiy Sibir va sungra Shimoldan Kaspiy va Orol dengizlariga tutashgan territoriya, shu jumladan, Janubiy ural togi etaklari berildi.
Chingizxonning vorislari uning istilolarini davom ettirdilar. 1235-1242 yillarda Botuxon Sharqiy Yevropada juda katta istilolar kildi. U Rusni, Volga bilan Don daryolari etaklaridagi Kama bolgarlarini, kipchoklar va boshka xalklarni uziga buysundirdi. Mo’g’ullar Vengriya, Chexiya (Moraviya) va Polshaga utib kirdilar. Ularning kushinlari kisman Serbiya va Bolgariya territoriyasi orkali utdilar. Urta Osiyoni istilo kilgan vaktdagi singari, tatar-mo’g’ullar Yevropada xam uzlarining keyin xamma joyni daxshatli vayronaga va xarobazorga aylantidilar. Yuz minglab kishilar xalok buldi, gullab-yashnab turgan shaxarlar vayronaga aylandi. Axoli urmonlarga kochib jon sakladi. Axolining kolgan kismini ogir xiroj solindi.
Ruslarning kaxramonona karshilik kursatishi mo’g’ullarni xoldan toydirdi va Garbiy Yevropani vayronlikdan kutkarib koldi. Sharqiy Yevropadagi boshka xalklardan chexlar bilan polyaklar tatar-mo’g’ullarga karshi kurashda juda aktivlik kursatdilar. 1241 yil aprelda Sileziyaga bostirib kirgan mo’g’ullar Lignis shaxariga yakin joyda birlashgan polyak va nemis risar otryadlarini yanchib tashladi. Mo’g’ullar Moraviya terristoriyasiga kirdilar. Birok chex-moraviya risarlari Olomous shaxari yakinida (1241 y. iyun) Botuxon kushinlarining bir kismini yengdi. Ana shunday taxlika ostida kolgan paytda german imperatori Fridrix II Shtaufen juda passivlik kursatdi. Agar german imperatori mo’g’ullar xujumiga karshi kurashda Vengriya kiroligi yordam berguday bulsa, u (veng kiroli) Germaniya imperiyasiga xatto (lennik) vassal bulishga roziman deyishga karamay, Fridrix II Shtaufen vengrlarga xam, polyaklarga xam xech kanaka yordam kursatmadi. Imperator Yevropaga kurkuv solgan mo’g’ul xavf-xatariga karshi yordam kursatishning biron-bir amaliy tadbirlarini kurish urniga Yevropaliklarning xristian kirollariga va german knyazlariga birgina «sirkulyator yozish» bilangina cheklandi.
30 va 40 yillarda mo’g’ullar butun Zakavkazyeni – Gruziya, Rmeniya va Ozarbayjonni istilo kildilar. Urta Osiyoda mo’g’ullarning istilolari Chingizxonning boshka nevarasi – Tuluyning ugli Xulagu davom ettirdi. Xulagu 50-60 yillarda Eronni, Mesopatamiyani va Suriyani bosib oldi. 1258 yil boshlarida Xulagu Bogdodni oldi. Bu vaktga kelib Bogdodning siyosiy axamiyati kupdan tushib ketgan edi, ammo bu oxir eng katta savdo-sanoat va madaniyat markazi bulib kolaverdi. Bogdodda kupdan-kup muxtasham binolar bor edi. Arab va boshka shark adabiyotining kimmabaxo tuplamlari saklanadigan katta-katta kutubxonalar, shuningdek, badiiy xunarmandchilik asarlarining eng boy kolleksiyalari Bogdod shaxriga xakikiy shuxrat bagishlagan edi.
Mo’g’ullarning XIII asrdagi istilolari Yevropa va Osiyo tarixida juda katta axamiyatga ega buldi. Bu istilolar Yevropa tarixida avvalo Rossiyaning axvoliga ta’sir kildi. Tatar-mo’g’ullar xujumi natijasida Rossiyaning tarakkiyoti tuxtalib koldi, ammo uning son-sanoksiz kurbonlari evaziga Garbiy Yevropa mamlakatlarining osoyishta rivojlanishi ta’minlandi. Birok mo’g’ullar istilosi natijasida Rus elining iktisodiy va madaniy xayotida yuz bergan tushkunlik okibatda yukotiladi, ruslar mo’g’ullar istibdodini agdardilar. Tatar-mo’g’ullarga karshi kurashda rus milliy xayotining mustaxkam markazi – Moskva vujudga keldi. Ammo kurash xalk ommasidan juda kup kurbonlar talab kildi. Mo’g’ullar xukmron kilgan davrda Rusning kadimgi madaniy markazlaridan - Vizantiyadan va janubiy slavyanlardan alokasi uzilib koldi.
Xolbuki, Rus kup asrlar davomida Vizantiya va janubiy slavyanlar bilan aloka kilib kelar edi. shu bilan bir vaktda, mo’g’ullar xukmronlik kilgan davrda Rus Garbiy Yevropa mamlakatlari bilan xam normal iktisodiy va boshka xil munosabatlarni rivojlantira olmadi, urta asrlarning sungi asrlarida Garbiy Yevropa mamlakatlari uz ishlab chikaruvchi kuchlarini birmuncha tez rivojlantirmokda edi.
Tatar-mo’g’ullar xujumi Vengriya va Polshaning rivojlanishiga xam yomon ta’sir kildi. Bu mamlakatlar mo’g’ullarning xujumidan Rusga karaganda bekiyos darajada kam zarar kurgan bulsalar-da, lekin ular xam zaiflashgan edi. Buning natijasida Vengriya bilan Polsha german feodalariga juda karam bulib koldi, german feodallari Vengriya bilan Polshaning milliy davlat bulib yashashiga jiddiy xavf soldilar. Mo’g’ullar istilosi Osiyo mamlakatlari boshiga xam xaddan tashkari ogir musibatlar soldi. Kadimgi iktisodiy va madaniy markazlar vayron kilindi, irrigasiya sistemasi-buzilib, yaroksiz xolda keltirildi, juda katta mo’g’ullar davlati vujudga keltirgan bulsa xam kadimiy savdo yullari xuvillab koldi.
Chingizxon vorislari bir dinastiyaga mansub bulsa xam. Ular bir-birlariga karshi shiddatli urushlar olib bordi. Chingizxoning ugli Ugaday avlodlarini Xulagular batamom kirib bitirdi. Feodal munosabatlar tobora avj olishi munosabati bilan Urta Osiyoning uzida tamomila feodal tarkoklik vujudga keldi.

Nazorat topshiriklari:



  1. Mo’g’ul davlatining vujudga kelishi.

  2. Chingizxonning boskinchilik yurishlari.

  3. Ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning asl moxiyati?

  4. Chingizxon davrida mo’g’ul imperiyasi?

  5. Mo’g’ullar davlati nechanchi asrlarda tashkil topdi?

Foylanilgan adabiyotlar:



  1. O’rrta asrlar tarixi V.F. Semenov T.,-1973 .378-384 betlar.

  2. Istoriya Arabckogo xalifata. M.,Izd. Vostoch.Lit. 1989.

  3. Sredniye veka.M., Nauka. 11987. Vыp.50.

XI—XV ASRLARDA HINDISTON


Reja:

1 Dehli sultonligi tashkil topishi
2 A.Temurning Hindistonga yurushi
3 Janubiy Hindiston davlati
4 Yevropaliklar kirib kelishi

Tayanch tushunchalar: mamluklar, xiljiylar, tug’luqlar, sayiddlar, Lodilar


Dehli sultonligi. 1206 yilda G‘azna sultonlaridan mustaqil


bо‘lib olgan Dehli sultonligi XIII va XIV asr davomida ancha
katta davlat sifatida yashadi.
Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshla-
rida kengaydi, bu vaqtda uning sostaviga Shimoliy Hindiston-
dan tashqari, Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi
tog‘ligidagi kо‘pchilik davlatlar kirardi. Dekan 1306—1310 yil-
larda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Nav-
batdagi sultonlardan biri — Muhammad Tug‘laq (1325—1351)
deyarli butun Hindistonni bо‘ysundirib, hatto Eron bilan Xi-
toyni ham zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo sultonlikning ken-
gayishi mustahkam xarakterga ega emas edi. XIV asr о‘rtalarida
Dekan ajralib chiqdi, kо‘p о‘tmay Dehlidan shimoldagi kо‘pgina
viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sul-
tonligi sostaviga kirgan kо‘pchilik viloyatlar XIV asrning ik- |
kinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehli-
ning о‘zida uncha mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda ]
feodallarning turli guruhlari о‘rtasida hokimiyat uchun uzluk-
siz kurash borardi.
Dehli sultonligi davrida feodal tuzumining о‘ziga xos xu-
susiyatlari. XIII—XVI asrlarda Hindistonda feodal tuzumi
о‘ziga xos tarzda rivojlandi. Bir tomondan, Hindistonda musul-
mon yer egaligi sistemasi qaror topib, shu tufayli butun yerlar
1 Tojiklar XIV asrdayoq о‘zining alohida tiliga ega bо‘lgan xalq sifa-
tida shakllangan edi. Bu til asosan sharqiy eron til gruppasiga oid bо‘-
lib, unda anchagina turk elementlari mavjud. Asosan turk tilida gapla-
shadigaa о‘zbek xalki uzil-kesil XV—XVI asrlarda shakllangan.
davlat boshlig‘i—sultonning mulkideb qaralardi. Kelgindi mu-
sulmon feodallari sultonning harbiy xizmatchisi bо‘lib, undan
iqta — vaqtincha va umrbod foydalanish uchun yer olardilar. Ular
aholidan (dehqonlardan) renta undirib olish huquqiga ega edi-
lar. Ikkinchi tomondan, mamlakatda mahalliy feodallar —
knyazlar (rojalar) saqlanib qolgan edi. Ular о‘z viloyatlarini
amalda mustaqil ravishda boshqarib, sultonga muayyan miq-
dorda boj tо‘lardilar. Urta va mayda hind feodallari — roja-
putlar va boshqalar—qisman meros bо‘lib qolgan feodal mulkchi-
ligi huquqi asosida, qisman harbiy xizmatni о‘tab turgan paytda
vaqtincha beriladigan in’om tariqasida yerga egalik qilardi-
lar. Vaqt о‘tishi bilan kelgindi iqtadorlar ham yernyng meros-
xо‘r egalariga aylanib bordilar, ammo bu jarayon XIV asrning
oxirigacha ham tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikka-
la din — mahalliy, hind dini (eski ibodatxona yer egaligi)
hamda yangi, musulmon (vaqf yerlari) dinidagi ruhoniylarning
qо‘lida edi.
Bu davrda Hindistondagi feodal tuzumining yana bir xusu-
siyati — jamoachi dehqon xо‘jaliklarining ilgarigidek ustun
bо‘lib qolganligidir. Mahalliy hind va kelgindi turk-musul-
mon feodallarining о‘zlari odatda xо‘jalik bilan shug‘ullan-
mas, balki qaram dehqonlardan oziq-ovqat rentasi, qisman pul
rentasini undirib olardilar. Barshchina ishlari mavjud bо‘l-
gan joylarda asosan qullar va past tabaqa dehqonlar mehnati-
dan foydalanilardi.
XIII—XIV asrlarda Hindiston feodal tuzumining xarakter-
li xususiyati—shahar hayotining ancha intensiv rivojlanishidir.
Qadimgi tarix davridayoq mavjud bо‘lgan shaharlar qato-
riga sultonlar va ularning nabiralari—feodallarning re-
zidensiyasi sifatida vujudga kelgan kо‘pgina yangi shaharlar
qо‘shildi. Dehli shahrining о‘zi ana shunday feodal-poytaxt shah-
ri uchun misol bо‘la oladi. Bu yerda juda kо‘plab saroy ahli va
xizmatchilari, askarlar, amaldorlar va shu singarilardan tash-
qari, kо‘pgina hunarmandlar va savdogarlar yashab, ular sulton
saroyi hamda poytaxtdagi boshqa feodallarning iqtisodiy eh-
tiyojlarini qondirardilar.
Ana shu shahar-rezidensiyalar yoki «shahar-qarorgohlar»dan
tashqari, Hindistonda XIII—XIV asrlarda Bengaliya qо‘ltig‘i bi-
lan Arab dengizi sohilida joylashgan hamda xalqaro savdo-
sotiq bilan bog‘langan kо‘pgina dengizbо‘yi shaharlari mu-
vaffaqiyatli rivojlandi. Bular orasida, xususan, Malabar
sohilida Goa va Kalikut, Kambay qо‘ltig‘i sohilida Kambay
ajralib turardi. Shimoliy Hindistonda karvon savdosi bilan
bog‘liq bir qancha shaharlar bor edi. Bular orasida Agra, Pani-
pa, Laxor, Multan eng muhimlaridir. Hind hunarmandlarining
mahsuloti bо‘lgan juda kо‘plab buyumlar (avvalo yuqori sifatli
hind gazlamalari), shuningdek, turli ziravorlar Yevropaga va
Shimoliy Afrikaga muntazam yuborib turilardi. Hindistonga
yilqi, qalayi, mis, oltin, kumush pullar va shu singarilar
tashib keltirilardi.
Temur hujumi. XIV asrda Hindiston tamomila tarqoq feo-
dal mamlakat edi. Juda kо‘p musulmon va hind feodal davlat-
lari bir-birlari bilan uzluksiz kurash olib borardilar. 50 va
60- yillar davomida sultonning vassal rojalar bilan olib bor-
gan urushlari natijasida Bengaliya, Sind, Orissa va Gujarat
g‘oyat xonavayron bо‘lgan edi. 1366 yilda Gujaratdagi qо‘zg‘olon
bostirilgan, sulton Feruz qо‘zg‘olonining asosiy о‘choqlarida
hindlarni batamom qirib tashlash haqida buyruq berdi. Shaf-
qatsiz feodal ekspluatatsiyasi va tо‘xtovsiz ichki feodal urush-
lari Dehli sultonligi tanazzulining asosiy sabablari bо‘ldi.
70—80- yillarda Dehli sultoni о‘z qо‘lida qolgan ozgina yerlar-
ni ham himoya qilishga qodir emasdi. Markaziy hokimiyatning
bu zaifligi yomon oqibatlarga olib keldi, Hindistonni yangi
chet el hujumlariga qarshi qarshilik kо‘rsata olmaydigan qilib
qо‘ydi. XIII asr oxiri va XIV asr boshlaridayoq ayrim mо‘g‘ul
otryadlari Shimoliy Hindiston yerlariga bostirib kirdi va
hatto Lohur va Dehli kabi katta shaharlarning darvozalariga-
cha kela boshladi. Kо‘chmanchilarning hujumlari, qiyinchilik
bilan bо‘lsa-da, qaytarilardi. Ammo shimoliy о‘lkalarning
vayron qilinishi, aholining talanishi va buning natijasida
qishloq xо‘jaligi, sanoat va savdoning tushkunlikka yuz tutib
ketishi Hindistonning iqtisodiy ahvoliga tobora yomon ta’sir ,
qildi. XIV asr oxirlarida Hindiston Temurning qo’shinlari tomonidan egallandi..
Temur 1398 yilning kuzida 120 ming askari bilan Hindis-
tonga bostirib kirdi. Dehli sultoni shu qadar katta armiya-
ning hujumini tо‘xtata olmadi. Temur Hind daryosidan о‘tib,
Panjobdagi shaharlarni birin-ketin ishg‘ol qildi. Poytaxt о‘lja tarzida soldatlar ixtiyoriga topshirildi. Poytaxtning bir qismi qochib ketdi, kо‘plari asir olindi.
Dehlidagi juda kо‘p hunarmandlarni — tosh-tarash ustalar va
boshqa binokorlarni Temur keying‘alaba sharafiga Samarqand-
da katta jome qurishga uchun, olib ketdi. Temur «juda kо‘p asir va о‘lja olib», 1399 yilning ba-
horida Samarqandga qaytib keldi.
Temurdan keyin Hindistonning ahvoli. Temur Hindistonni
tamomila xonavayron qildi. Usiz ham zaif bо‘lgan Dehli sul-
tonligiga Temur qaqshatqich zarba berdi. Ammo Temur Hindis-
tonni birlashtirish va hatto uni O’rta Osiyodagi о‘z yerlari bi-
lan biror darajada mustahkam bog‘lash maqsadini qо‘ymagan edi.
Boshqa yurishlar bilan (bular orasida ayniqsa katta ahamiyatga
ega bо‘lgan Kichik Osiyodagi Usmon turklariga qarshi yurish bi-
lan) band bо‘lgan Temur Hindistonni о‘z holiga tashlab qо‘ya qol-
di. Temur vafotidan keyin Hindiston chet el zulmidan qutulib,.
о‘zining baquvvat, mustaqil davlatini tuzishi mumkindek tuyu-
lardi. Ammo XV asrda Hindistonni birlashtirish yana ham qi-
yinlashdi. Doimo birlashtirish markazi bо‘lib qolgan Shimoliy
Hindiston Temur hujumi tufayli necha о‘n yillar davomida qat-
tiq iqtisodiy krizisni boshidan kechirdi. Ammo Temur huju-
mining boshqa bir oqibati ham bо‘ldi. Temur hujumidan keyin
musulmon feodallari bilan hind feodallari о‘rtasidagi о‘zaro
kurash yana ham kuchaydi. Ilgari vaqtlarda katta ta’sirga ega
bо‘lgan shimoliy musulmon knyazlari endi zaiflashib, avvalgi ge-
gemonliklarini qо‘lda saqlay olmay qoldilar. Janubdagi hind
rojalari, garchi bir qadar kuchaygan bо‘lsalarda, о‘z kuchlari bi-
lan birlashtirish darajasida yetarli qudratga ega emasdilar.
Ikki guruh ind feodallarining kurashi Hindistonning shi-
moli bilan janubidagi milliy va sotsial-iqtisodiy farqni aks
ettirib, bir-biriga qattiq dushman bо‘lgan ikki xil diniy (is-
lom va hindu) ideologiya kurashi formasiga aylandi hamda
samarasiz tarzda juda chо‘zilib ketib, mamlakatni yana chet el
intervensiyasi xavfi ostida qoldirdi.
Janubiy Hindiston davlati — Baxmani va Vijayanagar.
XIV—XV asrlarda Hindistonning janubida ancha yirik davlat-
la£ mavjud edi. Ulardan biri Baxmani davlati G‘arbiy Dekan
territoriyasida joylashgan bо‘lib, uning poytaxti yirik shahar
Bidar edi. Bu davlat 1347 yilda Dehlidan ajralib, tashkil
topdi. U 1482 yilgacha yashadi va shundan keyin bir necha knyaz-
likka bо‘linib ketdi. Rus savdogari, sayyoh Afanasiy Nikitin
xuddi shu davlatda 1469—1472 yillarda (u eng gullagan paytda)
bо‘lib, Hindistonning bu qismidagi feodallar va oddiy xalq
turmushini yorqin, ajoyib tarzda bayon qildi.
Baxmanidan janubda joylashgan yana bir davlat — Vijaya-
nagar davlati edi. Bu davlatga taxminan 1336 yilda asos soli-
nib, 1486 yilgacha yashadi. Uning tarixi qо‘shni Baxmani bilan
deyarli tо‘xtovsiz urush olib borish bilan о‘tdi. Bu urushlar har
ikkala davlatni zaiflashtirib, ularning yanada maydaroq knyaz-
liklarga bо‘linib ketishini tezlashtirdi. Vijayanagarga qaray-
digan Malabar sohili G‘arbiy Yevropa mustamlakachilari kirib
kelgan dastlabki territoriya bо‘ldi. Baxmani bilan Vijayana-
gar о‘rtasidagi о‘zaro urushlar, shuningdek, XV asr oxirlarida
kuchaygan feodallar о‘rtasidagi о‘zaro nizolar G‘arbiy Yevropa
mustamlakachilariga Malabar sohilidagi bir qancha tayanch punkt-
larini deyarli tо‘siqsiz ishg‘ol qilish imkonini berdi. Bu
punktlar yevropaliklarning shundan keyin Janubiy va Sharqiy
Osiyoda mustamlakalarni bosib olishlarida juda katta rol
о‘ynadi.
Hindistonda yevropaliklarning paydo bulishi. 1498 yilda
Vasko da Gama eskadrasi Malabar qirg‘og‘ida paydo bо‘lib, Kali-
kut shahriga tushdi. Portugallar XVI asr boshlaridayoqHindis-
tonning g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarida bir qancha joylarni
egalladilar. Portugallar Hind okeani, Fors qо‘ltig‘i va Qizil
dengizda hukmron bо‘lib oldilar. Ular keng suratda dengiz qaroq-
chiligibilan shug‘ullanardilar, hind kemalariga hujum qilib,
ularni talardilar. Ular bosib olgan territoriya umuman Goa
shahri, Seylon oroli va yana boshqa bir necha joydangina ibo-
rat bо‘lsa-da, talonchilik ekspeditsiyalari mamlakatning ancha ich-
karisiga kirib borar edi. Portugallar yevropaliklar ichida
Hindistonni mustamlakachilik ekspluatatsiyasiga birinchi bо‘-
lib duchor qildilar. Keyinchalik, XVI asr oxiri va XVII asr
-boshlarida ularga gollandlar va inglizlar kelib qо‘shildi.
Dehli sultonligining tushkunlikka uchrashi. XV asr mobay-
nida Dedli sultonligi buyuk davlat bо‘lmay qolgan edi. Dehli
shahri va uning atrofidagi yerlar hukmroni Dehlining buyuk
sultoni degan dabdabali unvonga ega bо‘lsa ham, u Shimoliy Hin-
distondagi oddiy davlat-knyazliklardan biri edi. Eng yirik
davlat — qо‘shni Bengaliya knyazligi edi, biroq u ham loaqal Shi-
moliy Hindiston uchun gegemonlik rolini о‘z zimmasiga ololmas
edi. Feodal tarqoqligi,qо‘shni knyazliklarning raqobati va о‘za-
ro urushlari, ayrim xususiy feodallar ham, kо‘pdan-kо‘p mayda
hukumatlar ham undirib oladigan soliqlarning о‘sishi sharoiti-
da mamlakat mehnatkash aholisini ekspluatatsiya qilish yanada
kuchaydi. Dehqonlar soliq va renta tо‘lashdan' bosh tortishar,
о‘rmonlarga qochib, davlat soliqlarini yig‘uvchilardan va о‘z
feodallarining zо‘ravonligidan yashirinishar edi. Ba’zan qa-
hatchilsk va ocharchilik natijasida dehqonlarning stixiyali g‘a-
layonlari bо‘lib turardi.
Tarqoq, sinfiy kurash keskinlashgan, musulmon va hind feo-
dallarydan iborat bir-biriga dushman ikki guruhga bо‘lingan
Hindiston mо‘g‘ul-turklarning yangi hamlasi oldida tamomila
himoyasiz bо‘lib qolgan edi.
Shimoliy Hindistonning Bobir tomonidan bosib olinishi.
1526 yilda Temurning evarasi — amir Bobir afg‘on tog‘ yо‘lla-
ri orqali Hindistonga kirib bordi. Avval Bobir Samarqand
shahrida hukmron edi, ammo u yerdan mahalliy feodal zodagonla-
ri tomonidan xaydaldi. Movarounnahrdan haydalgan Bobir Af-
g‘onistonni vaqisman Sharqiy Eron (Xuroson)ni bosib oldi.
Qobul va G‘azna shaharlari uning qо‘liga о‘tdi. Bu yerdan Bobir
asosan Urta Osiyo turklari, xurosonliklar va afg‘onlardan ibo-
rat 20 ming kishilik qо‘shin bilan Shimoliy Hindistonga hu-
jum qildi. Hindiston uchun qat’iy jang Panipat tekisligida
(Dehlidan shimol tomonda) 1526 yil 21 aprelda bо‘ldi. Dehli-
ning Lodi dinastiyasidan bо‘lgan Dehlining sо‘nggi sultoni Ib-
rohim bu jangda о‘ldirildi. Shundan keyin Bobir Dehlini bo-
sib olib, о‘zini Hindiston imperatori (tо‘g‘rirog‘i — shoh) deb
e’lon kildi. Kelgusi 1527 yilda musulmon va hind knyazlari
koalitsiyasi son jihatidan Bobir qо‘shinidan bir necha marta
ko’p keladigan, 100 ming kishilik juda katta qо‘shin tо‘pladi.
Lekin Bobir Agra shahri yaqinidagi Kanvag yonida bо‘lgan jang-
da koalitsiyani tor-mor qilishga muvaffaq bо‘ldi. Shundan ke-
yingi yillarda Bobir Bixar bilan Bengaliya viloyatlarini
istilo qildi. Shimoliy Hindiston va Afg‘oniston yerlaridan
iborat bо‘lgan katta bir davlat vujudga kelib, bu davlat Boburiylar imperiyasi imperiyasidegan nom oldi. Bobir vorislari davri-
da uning hokimiyati о‘rta va Janubiy Hindistonga
tarqaldi.

Nazorat savollari:



  1. Hindistondagi eng muhim savdo shaharlari qaysilar?

  2. XIV ast 50 yillarida sulton va vassallar o’rtasidagi kurashi qanday oqibatlarga olib keldi?

  3. 1366-yil qayerda qo’zg’olon ko’tarildi

  4. Baxmani davlati qanday tashkil topdi?

Adabiyotlar:


1.Qurbongaliyeva M. G. O`rta asrlar tarixi . T., 1990


2. Semyonov V. F. O`rta asrlar tarixi . T., 1973
3. Udalsova Z. V.Istoriya Yevropo`. T. 1. M. «Nauka». 1988.
4. Udalsova Z. V.Istoriya srednix vekov. T. 1-2. M, «Vo`shaya shkola». 1991.

XI - XV asrlarda Xitoy.


Reja:
1. Xitoy Mug‘ullar sulolasi .


2. Min sulolasining idora qilishi.
3. Xitoyda yevropaliklarning paydo bо‘lishi.
4. XV-XVI asrlarda Xitoyda ziddiyatlarning keskinlashuvi.
Tayanch tushunchalar: xitoyda mo’gullar hokimiyati, min sulolasi, shaharlar rivoji,
Yevropaliklar kirib kelishi

Tan imperiyasi о‘rnini olgan Sun imperiyasi 11 asrda vujudga keldi. 12 asr boshlarida shimoldan xujum kuchayganligi tufayli 1126 yili poytaxt janubdagi Xanchaoga kо‘chirildi. 1127 yildan sun sulolasi qо‘lida faqat janubiy Xitoy bor edi xolos. Shimoliy Xitoy manjur tungus qabilalaridan biri bо‘lgan jurjenlar tuzgan va Szin deb atalgan yangi davlat tarkibiga kirdi. Bu davlat ilgarigi Kidanlar davlatini о‘ziga singdirib oldi. XIII asrda Shimoliy Xitoyni mug‘ullar bosib oldi. Janubiy Xitoydagi Sun imperiyasi 1279 yilgacha Chingizning nevarasi Xubilay bosib olguncha yashadi. Xubilay yangi mug‘ul sulolasiga asos soldi. Bu sulola Xitoyda Yuan deb ataldi. Mug‘ullargacha bо‘lgan (Xitoy 11 asrda 2000 shaxar, 9-10 asrlarda Kompas, ilm-fan prox kashf etildi. VIII asrdan xukumat gazetasi tashkil etildi.). VIII asrda fanlar akademiyasi tashkil etildi. Adabiyot, san’at, arxitektura.


Xitoy mug‘ullar sulolasi ostida-xukmronligi.
Dastlab Xubilay zamonida (1259-1294) Xitoyning shimolda tashkil topgan mug‘ullar monarxiyasi asta sekin janubiy Xitoyga ham yoyildi. 1278 yilgi Sun sulolasining poytaxti Xanchjaou shaxri olindi. 1279 yili janubiy Xitoy tomomila istilo etildi. Yildayoq yangi sulola Yuan deb nom olgan. Mug‘ullar istilosi Osiyo va Yevropa kabi Xitoy uchun ham daxshatli bо‘ldi. Chingizxondan boshlangan yurishlar davomida Xitoy bexisob qurbonlar berdi. Xitoyliklar ekin yerlarining bir qismini yaylovlarga aylantirildi. Yangi soliqlar paydo bо‘ldi. Mug‘ullar olib boriladigan urushlar munosibati bilan ularning talabiga muvofiq har xil yuklarni tashib berish tarzidagiyillik solig‘i Xitoy dehqonlari zimmasiga tushgan og‘ir yuklardan biri edi. Uning oqibatida qishloq xо‘jaligiga zarar yetkazardi. Yuan sulolasi davrida asosiy kuch mug‘ullarning о‘zidan iborat bо‘lsa, armiyaga Xitoy axolisi keng kо‘lamda jalb qilinardi (yuk tashish, yer qazish, kanal ishchilari...) qonun bо‘yicha bunday ishlarga 10 kishidan birini olish kerak edi (mardikor). Xitoy shaxar axolisi ham og‘ir axvolga solindi.
Katta devorlarni teshuvchi tosh otuvchi kurollar ishlab chiqarish bо‘yicha Xitoy xunarmandlari janglarga olib ketilgan. Sun sulolasi davrida yerga xusisiy mulkchilik dehqonlarni qaram etish kuchaygan edi. Mug‘ullar davrida ham jarayon davom etdi. Va dehqonlar sotiladigan va sotib olinadigan tovarga aylandi. Soliqlar va boshqa tо‘lovlar endi tamomila feodallarga bog‘liq bо‘ldi. Shahar sexlari mug‘ullar xazinasiga katta pul tо‘lardilar. Xunarmadchilik maxsulotlarining katta qismi mug‘ul davlatiga bepul о‘ziga xos rekvizitsiya tariqasida topshirilardi.
Marko Polo: Yuan sulolasi dastlabki paytlarda Xitoy Sharq kurashini tomosha qilib ulardan nega Mug‘ullarga qarshi kurashmaysizlar, sizlar ulardan kuchli sizku deganda, ulardan biri mug‘ullarni biz о‘zimizga singdirib boramiz, degan edi.... 13 asr oxiri 14 asr boshlaridayoq mug‘ullar Xitoyliklarning kuchli ta’siri ostiga tushib qoldilar. Ular Xitoy tilida gapiradigan bо‘ldilar, Xitoy yozuvini о‘zlashtirdilar, va Xitoyliklarning ilgarigi idora usulini qabul qildilar.
2-tomondan Xitoyning mug‘ul davlatlari sistemasiga kiritilishi tufayli endilikda Xitoy ilgarigi Tan va Sun "milliy" sulolalari zamonidagidan ham kо‘proq darajada savdo-sotiq ishlarida ishtirok qiladigan bо‘la oldi. Xitoyda Eron, Arab, О‘rta Osiyo va Xind savdogarlarining savdo rastalari paydo bо‘ldi. Xitoyda 13 asrda bambukdan yasalgan trubkaga о‘xshash miltiqlar, 14 asrda esa tosh va temir о‘q solib otiladigan metal zambaraklar ixtiro qilindi.
Xubilay zamonida Xitoyga borgan Venetsiyalik sayyox Marko Polo "Xitoy ipagi, chinnisi, temiri, misi, dunyoning hamma burchagiga chiqarilardi" deb yozgan. Savdoning asosiy samarasini mug‘ular va turk fors savdogarlari kо‘rardi. 14 asrda mug‘ul imperatoriga qarshi bir necha bor saroyda fitna uyushtirildi. Axolining kengroq doiralari о‘rtasida о‘z oldiga mamlakatni ozod qilishi maqsad qilib qо‘ygan milliy tashkilotlar tuzildi. 1351 yili Xenan va shandun viloyatlari " Oq nilufar" nomli ittifoq tomonidan tayorlangan "Qizil peshonabog‘lilar" qо‘zg‘oloni bо‘ldi. Dehqonlarga shaxarliklar qо‘shildi. Bu qо‘zg‘olon ozodlik urushiga aylanib ketdi. U qariyb 20 yil davom etdi. 1356 yili "qizil peshona bog‘lilar" ulug‘ xon poytaxtini Yansizin (Pekin) shahrini xavf ostida qoldirdilar. 14 asr 60 yillarida Xitoy viloyatlarining kо‘pchiligida mug‘ullarga qarshi qо‘zg‘olonlar bо‘ldi. qо‘zg‘olonchi dehqon armiyasining raxbarlaridan Chju-Yuan-Chjan 1369 yili imperator deb e’lon qilindi. U ta’sis etgan sulola Min deb ataladigan bо‘ldi.
Min sulolasining idora qilishi.
Bu sulola Xitoyning 1368 yildan to 1644 yilga qadar idora qildi. Uning poytaxti dastlab Nankin shaxri edi. Lekin kо‘p о‘tmay poytaxt yana Yanszin shaxriga kо‘chirildi. U endi Pekin degan yangi rasmiy nom oldi. Xalq orasida chiqqan yangi sulola dastlab mexnatkashlar manfaatini birinchi о‘ringa qо‘ygan xolda siyosat yuritildi. M: soliqlarni tengrok taksim qilish maqsadida, soliq rо‘yxatlari qaytadan kо‘rib chiqildi. Mug‘ul zodagonlarining yerlari xiyla kо‘paydi. Boqimandlarni kechishi tо‘g‘risida Chjou Yuan Chjan bir necha marta farmon chiqardi. XIV asr oxirlari XV asrning birinchi yarmida irrigatsiya sohasida katta ishlar qilindi. Shaxarlardagi xunarmandlar tо‘laydigan soliqlar ham dastlabki paytlarda bir qadar kamaytirildi. Lekin shu bilan birga "dehqonlar imperatori " biror bir ijtimoiy inqilob qilishni о‘ylamasdi.
Katta yer egalari dastlab sal cheklab qо‘yilgan bо‘lsada umuman Saqlanib qoldi. Bu xolat о‘sishda va mustaxkamlanishda davom etdi. Chjou Yuan Chjangga xokimiyatni qо‘lga olishga yordamlashgan lashkarboshilar va yangi sulolaning faol tarafdorlari kо‘pgina yer mulklari oldilar. Sulola udeal yerlar sifatida ekinzorlar va yaylov yerlarning juda katta qismini о‘z qо‘liga kiritdi. Bu yerlardan olingan daromad imperator saroyi va shaxzodalarning xarajatini qoplardi. Chjou-Yuan-Chjanning 20 dan ortiq о‘g‘li bо‘lib ularning hammasi yuqori ma’muriy lavozimni egallar va ayni vaqtda yirik yer egalari edi. Ammo imperator xonadoniga taalluqli bо‘lmagan oliy ma’muriy shaxslar ham katta yer mulklar egasiga aylangan.
Shaxarlarning rivojlanishi, ilk shaxar kurtaklari.
14-16 asrlarda Xitoyda sanoat ancha tez suratlar bilan rivojlandi. Sholi va ipak tayyorlash, gazlamalarga pardoz berish, qog‘ozga shisha, chinni tayyorlash, turli xildagi kon sanoati tez rivojlandi. Pekin, Nankin va boshqa shaxarlarda saroylar, ibodatxonalar, bezakli minoralar, kо‘priklar, arklar, turli kal’a inshootlari qurildi. Minlar davrida ham sanoat, asosan xunarmandchilikdan iborat bо‘lib qoldi. Biroq sanoatning ayrim tarmoqlari, asosan katta ishlash sanoatida manafaktura tipdagi yirik ustaxonalar bor edi. Qullar va krepostnoylar mexnatidan foydalanadigan kо‘pgina davlat manifakturalari (chinni ishlab chikarish mavjud edi). Kon ruda qazib chiqarish sanoatida majburiy mexnat tamomila xukmron edi. О‘z ichki axvolini mustaxkamlab olgan sulola yangi yerlar bosib olish hamda Xitoyning tashqi bozorlarini kengshaytirish maqsadida keng istilochilik yurishi uyushtirildi. Chjou-Yuan-Chji zamonidayoq Koreya bilan Tibet xitoy imperatori xukmronligi ostida edi. Uning vorislari Indoneziya, Xindu-Xitoy, mamlakatga xarbiy ekspiditsiyalar yubordilar. Bu mamlakatlardagi kichikroq xokimlarning bir qismi Xitoy imperatorining oliy xokimiyatini tan oldi. Xitoylarliklar Indoneziya bilan Xindu-Xitoyga kо‘plab kо‘chib bora boshladilar. Min xukumati Xindu xitoy, Indaneziya, Xindiston va xatto Sharqiy Afrika qirg‘oqlariga sistematik tarzda xarbiy-dengiz ekspeditsiyalarini yuborib turdi. Admiral Chjen Xe boshchiligida 1403-1433 yillar mobaynida turli mamlakatlarga 7 marta dengiz yurishlari uyushtirildi. 16 asrda Min imperiyasiga birovlarga xujum qilish emas, balki bundan keyin о‘z mamlakatini chegaralarini mudofaa qilishga tо‘g‘ri keldi. /arb tomondan unga mug‘ullar xavf solib turardi. 1550 yili mug‘ullar qо‘shini Pekinga bostirib kirib, uning chegeralariga о‘t qо‘yib ketdi.
Xitoyda yevropaliklarning paydo bо‘lishi.
16 asrning 2 yarmida Xitoy Yaponlar agressiyasiga qarshi og‘ir kurash olib borishga majbur bо‘ldi. Shunday kurashlar oqibatida Min sulolasi samuraylar xujumlarini kaytarib shu asrning oxirida ularni qit’adan xaydab chiqardi. 16 asr boshlarida Xitoyga yevropaliklar kirib kela boshlashdi. 1516 yili Kanron portiga birinchi bо‘lib portugal kemalari keldi. 16 asrning 40-yillarida portugallar Xitoy qirg‘oqlarida bir necha kolonna barpo qildilar. Lekin portugallarning tamagirliklaridan о‘zboshimchaligidan bezor bо‘lgan xitoylar 50 yillarning boshida ularning hammasini yakson qildi. 1557 yilda bosib olingan Makkooda (kanton) janubida portugallar konsensiyasini olib, ancha mustaxkamlanib olishga muvaffaq bо‘ldilar. 16 asrning 2 yarmi 17 asrning boshlarida Xitoyda Ispanlar, Gollandlar, Ingilizlar va Fratsuzlar paydo bо‘ldi. Ammo Min xukumati chet elliklarni bir oz bulsa ham Xitoyning ichkarisiga suqilib kirishga yо‘l qо‘ymadi. 16 asr yevropa savdogarlarining Xindiston va Indoneziya bilan savdolariga nisbatan Xitoy bilan bо‘lgan savdo oborotlari juda ozgina edi. Xitoy ruslar bilan bir marta 16 asrning birinchi yarmida aloqa qila boshladi.
XV-XVI asrlarda Xitoyda ziddiyatlarning keskinlashuvi.
15-16 asrlarda Xitoyda sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. Sudxurlikning yoyilishi, soliqlarning oshib borishi, xalqning noroziligini keltirib chikardi. 1448-1449 yillarda Fuszyan viloyatida Den Maotsi boshchiligida dehqonlar qо‘zg‘oloni bо‘ldi. Uning atrofiga о‘zi singari о‘n minglab mayda ijarachi dehqonlar tо‘plandi. Bu ijarachilar aslida qaram xolatiga tushgan edilar. qо‘zg‘olonchilar eski odatdagi rentani talab qilib oshirilgan ijara xaqqini tо‘lashdan bosh tortadilar.
16 asrning boshlarida bunday qо‘zg‘olonlar deyarli barcha viloyatlarda bо‘lib о‘tdi. Ayni vaqtda 15-16 asrlarda Xitoyda xukmron sinfning о‘z ichida turli guruxlar kurashi davom etayotgan edi. Min imperatorlariga yaqin bо‘lgan Chinovniklar yuqori va daromadli lavozimlarni egallaganlar. Ularga feodallarning kengroq doirasi xususan Shenshiy deb nomlangan olimlar tabaqasi qarshi chiqqan.
1506 yili Chinovniklar (maxramlar) markaziy boshqaruvni butunlay qо‘lga olib uni 1521 yilgacha saqladilar keyin 2 gurux g‘olib keldi. Chinovniklar mollari talandi, о‘ldirildi... lekin 16 asrdan sо‘ng 17 asrning 20 yillarida yana chinovniklar g‘olib chiqdilar.

Nazorat savollari:





  1. “Qizil peshonabog’lilar” qo’zg’olon qaysi tashkilot tomonidan tashkil etilgan?

  2. Qaysi asrlarda xitoyda sanoat tez suratlar bilan rivojlandi?

  3. Xitoy –Rus aloqalari qachon boshlangan?

  4. Den Maotsi qo’zg’oloni nima uchun bo’lib o’tgan?

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Istoriya stran Azii i Afriki v srednо‘ye veka. M.,1987.

  2. Istoriya narodov Vostochnoy i Sentralnoy Azii. M., 1986.

  3. Istoriya stran Azii i Afriki v srednо‘ye veka. 1-2 Y. M., Vо‘sshaya shkola, 1988.

  4. Istoriya srednо‘x vekov (pod.red.Z.V.Udalsovoy i S.P.Karpova. 1-2 ch.). M.. Vо‘sshaya shkola, 1991.

  5. Srednovekovо‘y vostok. M., 1980.

  6. Vasilyev.L.S. Agrarnо‘ye otnosheniya i obshina v Drevnem Kitaye. M., 1961.

  7. Velgus.V.A. Srednevekovо‘y Kitay. M., 1987.

  8. Lapina.Z.G. Ucheniye ob upravlenii gosudarstvom v srednevekom Kitaye.M.. 1985.

  9. Istoriya KitaY. M., Izd. Vostoch. Lit. 1989.

XI-XV asrlarda Yaponiya. Samuraylar. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Yapon madaniyati.


REJA:

1.Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Samuraylarning kelib chiqishi, manbalari, tashkiliy tuzumi va g‘oyasi.
2.Yapon shaharlarining rivojlanishi. Eks imperatorlar davri va ular hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.
3.Mo‘g‘ullar bosqini va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Ichki va tashqi siyosat. Shaharlar va savdoning rivojlanishi. Madaniyat.
Tayanch tushunchalar: samuraylar, yer egaligi, Davlat boshqaruvi, diniy qarashlar, dehqonlar ahvoli, mo’g’ullar bosqini xavfi
Y aponiyada feodal munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi. Yaponiyada feodal munosabatlari XI—XII asrlarga kelib, qat’iy qaror topdi. Yapon feodal pomestyelari — syoenlar о‘sha vaqtlarda vujudga keldi.

Syoenlar otadan bolaga meros bо‘lib о‘tardi va ular hech qanday soliq tо‘lamasdi. Budda monastirlari juda kо‘p yerlarga egalik qilardilar, chunki budda dini Yaponiyaga VII asrdayoq kelib kirgan edi. Dunyoviy va ruhoniy feodallarning yerlarida ishlovchi krepostnoy aholi, qisman, bir zamonlar xiyla kо‘p sonni tashkil etgan va keyin yer olib, qaram dehqonlarga aylantirilgan sobiq qullardan, qisman esa, turli yapon urug‘larining oddiy a’zolari avlodidan chiqqan, keyinchalik erkinlikdan mahrum qilingan sobiq erkin jamoachi dehqonlardan iborat bо‘lgan. Qishloq aholisidan anchasi davlat dehqonlari sifatida qoldirilib, ular bevosita imperatorga va uning saroyiga qarashli bо‘lib, imperator amaldorlariga soliq tо‘laganlar.


Yapon feodallari bir necha darajaga bо‘linardi. Eng katta feodallar — x o n k e l a r, sо‘ngra ularning vassallari mayda pomestyeli feodallar — rekalar bо‘lgan.
Xonke va rekalarning yana samuraylardan iborat drujinalari bо‘lgan. Z amon о‘tishi bilan о‘rta asr Yevropasidagi ritsarlarga о‘xshash, s a m u r a y l a r n i n g ham bir qismi mayda pomestyeli dvoryanlarga aylanganlar. Samuraylarning bir qismi hamon professional-drujinachi bulib qolavergan. Samuraylarda yer bо‘lmagan, faqat urushlarda topgan о‘lja va о‘z senyorlaridan olgan maoshi bilan kun kechirgan.
О‘rta asr Yaponiyasidagi siyosiy tuzum о‘ziga xos kо‘p xususiyatlarga ega bо‘lgan. Bir tomondan, Yaponiyada XII asrdayoq markaziy imperator hokimiyati - m i k a d oо‘rnatilgan. Mikado butun yerning oliy mulkdori deb e’lon qilingan. Urug‘ zodagonlari mikado amaldorlariga aylantirilgan, ular gubernator va shahar hokimi sifatida ayrim rayonlar va viloyatlarni idora qilgan. Yerga, hunarmandchilikka va savdoga Xitoydagi singari murakkab intensiv soliq solingan. Ammo, ikkinchi tomondan, bu hol feodallarning mustahkamlanishiga va nomigagina oliy hokimiyat bо‘lgan imperator hokimiyati va uning hukumati qо‘l ostida feodallar tamomila mustaqil idora qilgan mamlakatning aslida parchalanib ketishiga xalaqit bermagan.
Imperator hokimiyatining о‘zi esa, kо‘p о‘tmay real ahamiyatini yо‘qotgan. Eig katta feodallar о‘rtasidagi о‘zaro nizolar natijasida din boshlig‘i ham bо‘lgan imperator qо‘lida diniy hokimiyatgina qolgan, xolos. Dunyoviy oliy hokimiyat esa eng kuchli feodal — syogun qо‘liga, oliy hokim qо‘liga о‘tgan.
Eks-imperatorlarning boshqaruvi va ularning xokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosi. Fudzivara regentlari va kanslerlarining siyosati natijasida imperator xonadoniga qarashli yer-mulklar qisqarishi tufayli imperatorlar tomonidan ularning siyosiy ta’sirini yо‘qotilishiga olib keldi, bu esa manbalardan imperatorlarning “ilohiy kelib chiqishi” tо‘g‘risidagi eslatmalarning yо‘qolganida kо‘rinadi, 969 yilda esa “imperator”(tenno) atamasi “taxtdan voz kechgan imperator” atamasi bilan almashilgan.
I mperator о‘zining kichik yoshli о‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechdi va sochini qirdirib rohib sifatida ibodatxonaga ketdi. Mamlakat tarixida bu davr eks-imperatorlar boshqaruvi deb nomlanib, odatda 1068 yildan 1167 yillarni о‘z ichiga oladi. Eks-imperatorlarning lar gubernatorlarning yirik feodal yer egalariga aylanishi tufayli shakllangan. Taxtdan voz kechgan imperator imperator xonadonining boshlig‘i sifatida qolavergan, lekin haqiqiy xokimiyat kelib chiqishi Fudzivaralar xonadonidan bо‘lgan imperatorning onasini yoki xotinini qо‘lida bо‘lgan. Endilikda eks-imperatorlar samuraylarning, viloyatlardagi amaldorlarning va cherkovning qо‘llab-quvvatlashiga tayanib, imperator xonadoni yer-mulklarini qayta tiklab, kо‘paytira boshladi.XII asrga kelib, imperator xonadonining sobiq yer-mulklarining qо‘pchiligi qayta tiklanib, ular mamlakatdagi 60 ta viloyatlarning mingdan ortiq rayonlarida joylashgan edi. Imperator xonadoni yana yirik yer egasiga aylandi, bu ishda unga ayniqsa samuraylarning Tayra guruhi kо‘maklashdi. Yerga о‘z egligini mustahkamlab olgan о‘ziga tо‘q dexqon, asosiy soliq tо‘lovchi hisoblangan. Kо‘plab miqdorda turli xildagi о‘g‘itlarning ishlatilishi, ekin turlarining kо‘paytirilishi natijasida qulay ob-havo sharoitida, ayniqsa janubi-g‘arbda yiliga 2-3 marta hosil olingan. Qishloq boylarida bozorga olib chiqib sotiladigan ortiqcha mahsulotlar yuzaga keldi.Barshchina va kо‘p sonli soliqlar dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli bо‘lib qolaverdi. Majburiyatlarning bajarilmagani uchun faqat yerlardan haydab, uy-joylarini buzib yuboribgina qolmasdan, balki Angliyada Styuartlar davridagi singari quloqlarini kesishgan.Samuraylarning ayrim guruhlari о‘rtasida xokimiyatni egallash uchun ham kurash ketgan. Samuraylarning Minamoto guruhi 1185 yilda Simonosekidan sharqdagi Dannoura buxtasi yonidagi jangda Tayra guruhini tor-mor qildi. 1192 yilda о‘zlariga bosh qumondon(syogun) unvonini olishdi, ular sharqdagi Kamakura shahrini qarorgoh etib tanlashdi. Kamakurada qarorgohning barpo etishidan maqsadi, Minamoto imperator xonadoni xokimiyatini zaiflashtirish va о‘zining mustaqil xukumatini barpo etishdan iborat bо‘lgan.Shundan kelib chiqib yapon tarixshunosligida Kamakura syogunati(1192-1333) deb nomlanadi. 1199 yilda syogun Minamoto Yoritomo vafot etgach, uning kuyovi Xodzyo Tokimasa Minamotoning о‘g‘li - Yorinening sochini qirdirib ibodatxonaga roxiblikka jо‘natdi va regent sifatida(smikken) amalda xokimiyatni qо‘lga oldi. Xodzyo davridan boshlab muntazam ravishda ikkita amaldorni otryadlari bilan Kiotoga, Rokuxara rayoniga jо‘natiladigan bо‘ldi. U joyda imperatorning va uning yaqinlarini harakatlarini nazorat qilish uchun regentlarning rasmiy muassasasi joylashgan edi.
Syogunlik dastavval, 1192 yilda, kelib chiqishi Kanto viloyati hukmdorlaridan shimoliy feodallardan biri bо‘lgan Minamotoо‘z raqiblari bо‘lgan boshqa feodallarni samuraylardan tuzilgan qо‘shin yordami bilan tor-mor keltirib, mamlakatning poytaxti Kiotoni bosib olganidan keyin vujudga keladi. Minamoto imperatorni о‘z saroyi bilan Kiotoda qoldirib, о‘zi esa Kamakuradagi qasrida yashaydi va u yerdan turib imperator nomidan davlatni idora qiladi. Shunday qilib, Yaponiyada ikki parallel sulola — imperator sulolasi va syogun sulolasi о‘rnatiladi. XIII asrda syogun vazifasi ham ancha vaqtgacha nominal bо‘lib qoladi. Minamoto vorislari juda yosh bо‘lganligidan, davlatni sikkenlar (hokimlar) degan boshqa feodal xonadonlaridan bо‘lgan regentlar idora qiladi.
Mо‘g‘ullar bosqini xavfi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari. 1266 yilda Xubilay uning xokimiyati Yaponiya ustidan о‘rnatilganligini tan olishni talab qilib elchilar jо‘natdi, bu talab javobsiz qoldirildi, shu kabi keyingi talablar esa rad etildi. 1274 yilda Yaponiyaning g‘arbiy qirg‘oqlariga bungacha Susima va Iki orollarini bosib olgan mо‘g‘ul floti keldi, sо‘ngra Kyusyu orolini shimoli-g‘arbidagi Tikudzen viloyatiga qо‘shin tushirish boshlandi. Samuraylarning qismlari qizg‘in janglar olib bordi, lekin ular kuchli dushmanning siquvini qaytarishga qodir emasdi. Tо‘satdan dengizda kо‘tarilgan bо‘ron 200 ortiq dushman kemalarini yо‘q qildi va mо‘g‘ullarning xujumini barbod qildi. Bir yil о‘tgach Xubilay yangi elchilarni jо‘natdi, uning a’zolari qatl etildi. Kyusyu oroliga qо‘shin tushirishga urinish yaponlar tomonidan barbod etildi. 1278 yilda Xubilay yana unga bо‘ysunib, о‘lpon tо‘lashni talab qiladi, lekin elchining bu safar ham kallasi kesildi. 1281 yil iyun-avgustida Yaponiya qirg‘oqlariga yangi yurish uyushtirildi: 3500 ta kemalar va qayiqlardan iborat ikkita armiya- biri Koreya yarimorolidan, ikkinchisi Xitoydan yapon qirg‘oqlariga suzib keldi.Bungacha yapon sohillari mustaxkamlanib, jangovar kemalar tayyor xolatda edi, biroq dengizda tо‘satdan dovul kо‘tarilib, dushman flotini majaqlab tashladi, qolgan kemalar yaponlar tomonidan chо‘ktirildi.Shu paytdan boshlab dovul “ilohiy shamol”(kamikadze) deb atala boshlandi, bu atama keyinchalik ikkinchi jaxon urushi yillarida dushman kemalarini chо‘ktirish uchun yuborilgan yapon uchuvchilariga nisbatan ham qо‘llanilgan.
Obrо‘li janubi-g‘arblik feodal Asikaga Takaudzi 1333 yilning may oyida Kiotoni egalladi, bu vaqtda sharqiy feodal Nitta Yosisada esa Kamakuraga bostirib kirdi va barcha Xodzyolarni qirib tashladi. Kamakura syogunligi qulatildi, G‘oliblar – Asikaga va Nitta о‘rtasida xokimiyat uchun kurash boshlandi. 1336 yil noyabrida bu kurash Asikaga foydasiga hal bо‘ldi. U mamlakatda harbiy boshqaruv о‘rnatilganini, hokimiyatni Dala stavkasi(Bakufu) qо‘liga о‘tganini e’lon qildi. Asikaganing siyosiy xukmronligi davri Muromati syogunligi (1336-1568)deb ataldi, chunki Kioto shaxridagi syogunlar qarorgohi joylashgan rayon Muromati deb nomlanardi.
Dehqonlar ahvoli. XII—XIII asrlardayoq yapon dehqonlarining ahvoli juda og‘ir edi. Feodallar yeregalari sifatida qо‘llaridagi shaxsiy va harbiy hokimiyatdan ham, shuningdek, davlat tashkiloti va uning butun moliyaviy-ma’muriy tizimidan ham keng suratda foydalanib, dehqonlarga juda kо‘p har-xil tо‘lov va soliqlar solardilar. Bir necha saroyni — mikado, syogun, sikken saroylarini — ta’minlash mamlakatga juda qimmatga tushardi. Shu bilan birga katta va mayda feodallarning tinmay davom etgan о‘zaro urushlari mamlakatni xonavayron etib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilardi. Yapon dehqonlari kо‘p jihatdan shahar sudxо‘rlariga ham qaram edilar, chunki soliq yig‘ish ishi odatda sudxо‘rlarga topshirilardi. Dehqonlar kо‘pincha kelgusi yil hosilini garovga qо‘yib, sudxо‘rlardan qarzga urug‘lik olardilar. Hamisha ocharchilik va buning natijasida doim bо‘lib turadigan yuqumli kayealliklar epidemiyasi XIV va XV asrlarda yapon qishloqlarida keng tarqalgan hodisa edi. Qishloqdagi sotsial ziddiyatlar juda keskinlashib ketganligidan Yaponiyada dehqonlar qо‘zg‘oloni kо‘p bо‘lib.turardi. XV asrda bunday qо‘zg‘olonlar ayniqsa kо‘p bо‘ldi. 1428 yilda Kioto shahri yaqinida kо‘tarilgan Qо‘zg‘olon dehqonlarning birinchi katta qо‘zg‘oloni edi. Bu harakat tezda О‘rta Yaponiyaning boshqa qо‘shni viloyatlariga ham tarqaldi. Bunda qо‘zg‘olonchi dehqonlar «Yо‘qolsin samuraylar!» degan shior ostida kurashdilar. Qо‘zg‘olonchilar mahalliy feodallar yuborgan qо‘shinni tor-mor keltirdi, faqat 20-yillarning oxiriga kelibgina harakat bostirildi.
Feodallarning drujinalaridan chiqib ketib, shu sababli tirikchiligi uchun hech narsasi qolmagan samuraylarning bir qismi ham, 1441 yildagi dehqonlar qо‘zg‘olonida qatnashdi. Ular ryuninlar deb atalgan qochoq feodal-samuraylar — quvilganlar edi. Bundan keyingi qо‘zg‘olonlar tо‘lqini XV asrning 50 va 60-yillarida bо‘ldi. 1461 yil aholi uchun nihoyatda og‘ir bо‘ldi. Usha yili yolg‘iz Kiotoning о‘zida ochlikdan 80 mingkishi о‘ldi.
1532 yilda Kiotoning о‘zida va uning atrofida katta qо‘zg‘olon kо‘tarildi. Qо‘zg‘olon о‘zining g‘oyat murakkab sostavi bilan maroqli edi. Unda roninlar, dehqonlar, shuningdek, Kioto shahrida yashovchi hunarmandlar, mayda savdogarlar, hammollar, yuk tashuvchilar va boshqa kambag‘allar qatnashdi.
Yagona davlatning tashkil topishi. Bir tomondan, shaharlarning о‘sishi, sanoat va savdoning rivojlanishi va, ikkinchi tomondan, mamlakatning aslda tarqoq bо‘lishi va mamlakat ichida feodal urushlarning uzluksiz davom etib turishi bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan hodisa edi. Shu bilan birga dehqonlarning qudratli qо‘zg‘olonlari ham butun feodal rejimini ag‘darib yuborish xavfini tug‘dirmoqda edi. Mamlakatni birlashtirib, markazlashtirilgan davlat tuzish feodal guruhining kechiktirib bо‘lmaydigan vazifasi bо‘lib qoldi. Kuchliroq, feodallar о‘zlarining samuray qо‘shinlariga tayanib hamda ma’lum darajada о‘sgan va mustahkamlangan shaharlarning yordami va xayrixohligiga suyanib, bu vazifani hal etishga kirishdilar.
Yaponiyani dastlab birlashtirgan, bir necha mustaqil knyaz-feodallarni tor-mor qilgan, bu davrga kelib о‘ziyoq haqiqiy hokimiyatni qо‘lidan berib qо‘ygan syogunni 1568 yilda ag‘darib tashlagan kishi Oda Nobunaga bо‘ldi. U О‘rta Yaponiyaning о‘z mulkiga kо‘ra о‘rtacharoq feodal knyazlaridan bо‘lsada biroq samuraylar (otliq askarlar) va qisman dehqonlar (piyodalar) dan tuzilgan kuchli harbiy drujinasiga ega edi. Nobunaga Yaponiyaga yevropaliklar olib kelgan miltiqni dastlab ishlata boshlagan yapon lashkarboshlaridandir. Nobunaga Yaponiyani 14 yil (1568—1582) mobaynida diktator sifatida idora qilib turgan bо‘lsada, о‘ziga mikado unvonini ham, syogun unvonini ham olmadi. U tor savdo monopoliyasi kompaniyalarini tugatish, ichki boj soliqlarini bekor qilish va boshqa shu singari yо‘llar bilan savdo-sotiq ishlarida erkinroq imkoniyatlar berib, unga homiylik qildi; kо‘pgina yangi yо‘llar qurdirdi. Soliq tо‘plash ishlarini qaytadan tashkil etdi va tartibga soldi. Nobunaga mamlakatni birlashtirish ishini tugallashga ulgura olmadi. U Yaponiyadagi 66 viloyatdan faqat 30 tasini о‘z nazorati ostiga oldi. U о‘lgandan keyin hokimiyat tepasiga uning hamkori Tayetomi Xideyosi chiqib oldi (1582—1598), Xideyosi dehqondan chiqqan bо‘lib, u о‘z mavqeni drujinachilikdan boshlaydi.
Nobunaga boshlagan Yaponiyani birlashtirish jarayonini Xideyosi tugalladi. U Sikoku va Kyusyu orollarining mustaqilligini bitirdi va eng muhimi Xonsyu orolining hali bir necha mustaqil feodalliklar saqlanib qolgan shimoliga muvaffaqiyatli harbiy yurish qildi. U Osaka shahrini qurdi, keyinchalik bu shahar Yaponiyaning eng katta portiga aylandi. Mamlakatni birlashtirib, Xideyosi feodallarining va Yaponiyadagi katta savdogarlarning manfaatini kо‘zlab, Koreyani istilo qilishga kirishdi va bu ish Yaponiyani Xitoyga qarshi urushga olib keldi.
Xideyosining rejasi Koreyani bosib olishdangina iborat bo‘lib qolmaydi. U Koreyanigina emas, balki Manjuriyani, Filippin orollarini va Tayvanni ham, keyin esa Xitoyning o‘zini ham bo‘ysundirishni xayol qiladi, u hatto o‘z poytaxtini Xitoyga ko‘chirishni ham oldindan mo‘ljallab qo‘yadi. Xideyosi bu urush uchun bir necha yil davomida katta flot tayyorladi. 1592 yil bahorida u 300 ming kishilik katta qo‘shinni Koreyaga tushiradi.
Koreys xalqining yaponlar bosqiniga qarshi kurashi. Koreya hukumati yaponlarning bostirib kirishidan g‘aflatda qoldi va bunga biror darajada jiddiy tayyorgarlik ko‘ra olmadi. Koreys muntazam armiyasi va bu yerga kelgan xitoylarning kichik otryadi Seul yaqinida yaponlar tomonidan tor-mor keltirildi. Shundan keyin qirol, saroy ahli va oliy tabaqadagi zodagonlar poytaxtdan qochib ketishdi. Ular, asosan, xitoy imperatoridan yordam olishdan umidvor edilar. Uzoq Sharqda mo‘g‘ullar hukmronlik qilgan vaqtda Koreya Yuan mo‘g‘ul-xitoy sulolasiga bo‘ysunardi. Xitoyda mo‘g‘ul istilochilarining hokimiyati qulagach, 1368 yilda Koreya vani(xukmdori) ham mo‘g‘ullarga bo‘ysunishdan bosh tortdi va o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qildi. Xitoylarning yangi Min sulolasi bundan buyon ham Koreya ustidan o‘z protektoratini davom etirmoqchi edi, Ammo, aslida Koreya bu davrda, ayniqsa, XV va XVI asrlarda mustaqil davlat edi. Koreyaning Xitoy bilan vassallik munosabatlari amalda bo‘ysunishga qaraganda ko‘proq siyosiy ittifoq xarakteriga ega edi.
Seul bosqinchilar qo‘lida edi. Yapon qo‘shinlari shimolga siljib, mamlakatni vayron qildilar. Yaponlar Shimoliy Koreyada ishg‘ol qilgan shaharlar orasida Koreyaning eng qadimgi shaharlaridan biri bo‘lgan Pxenyan shahri ham bor edi.
Koreys xalqi ana shu sharoitda o‘z vatanini himoya qilishi kerak edi. Turli viloyatlarda partizan otryadlari vujudga kela boshladi. Ular mahalliy provinsial otryadlar bilan birgalashib, yapon armiyasining harakatiga to‘sqinlik qilardilar. Chollado viloyati mudofaa platsdarmi sifatida ayniqsa katta rol o‘ynadi. Keyinchalik Koreya flotining bosh qo‘mondoni L i S u n S i n yaponlarga qarshi kurashning asosiy tashkilotchisi bo‘lib chiqdi. U nihoyatda mehnatsevarligi, vatanparvarligi, katta harbiy tashkilotchilik qobiliyatlari bilan ajralib turardi. Uning tashabbusi bilan chetiga temir qoplangan keng bortli alohida («toshbaqa» deb ataladigan) kemalar qura boshladilar, bu esa koreys flotini yaponlarning o‘t otuvchi qurolidan omon saqlab qoldi. 1592 yil yoz faslida Li Sun Sin yapon flotini mag‘lubiyatga uchratdi. (1592 yil iyul.) Bu esa Koreyadagi okkupantlarning quruqlikdagi qo‘shinlarini tang ahvolda qoldirdi. Xitoydan yetib kelgan harbiy kuchlar va qayta tiklangan muntazam koreys armiyasi hujumga o‘ta oldi. 1593 yil boshlarida Pxenyan shahari ozod qilindi; 1593 yil aprelida koreys-xitoy qo‘shinlari Seulga kirdi. Endi samuraylarni barcha mamlakatdan tamomila haydab chiqarish mumkin edi. Ammo xalq ommasining faollashganidan tashvishga tushgan koreys-xitoy qo‘mondonligi Xideyosi bilan muzokaraga qirishdi. Li Sun Singa qarshi fitnalar boshlandi va u lavozimidan chetlashtirildi. Hideyosi dushman lageridagi bu nifoqdan foydalanib, muzokaralarni cho‘zib yubordi va armiyasini
qayta tashkil qilib, urushni yana boshlab yubordi. Ammo 1597—1598 yillarda urush yaponlar uchun yanada katta halokat bilan tamomlandi. Ular dastlabki yutuqlardan keyin birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchray berdilar.
Xalqning talabi bilan van(xukmdor) Li Sun Sinni yana flotning bosh qo‘mondoni qilib tayinladi. 1597 yil sentabridayoq Li Sun Sin yapon floti qismlariga yangi jiddiy talofat yetkazdi.
M amlakatda keng partizanlar harakati yana avj olib ketdi. Xitoydagi Minlar hukumati bu gal Koreyaning‘ yaponlar tomonidan istilo qilinishi o‘zlari uchun naqadar xavfli ekanligini yanada ravshanroq his qildi. Shuning natijasida Xitoydan katta harbiy va harbiy dengiz kuchlari yuborildi.. Ikkita hal qiluvchi jang — biri quruqlikda 1597 yil oktabrida Seul yaqinida va yana biri dengizda Noryanchjin yaqinida 1598 yilda(G‘alabaning tashkilotchisi Li Sun Sin dengiz jangida og‘ir yarador bo‘ldi va ko‘p o‘tmay vafot etdi)— yapon bosqinchiligiga barham berdi.
Xideyosi Koreyaga yanada ko‘p sonli yangi qo‘shin. yuborish niyatida edi. Ammo bunga qizg‘in tayyorlik borayotgan vaqtda u vafot etdi. Uning vafotidan keyin urush davom etdi. Ammo yaponlar qo‘ldan ketgan territoriyalarni qaytarib olishga muyassar bo‘la olmadilar.
Xideyosidan keyin hokimiyat tepasiga chiqib olgan hukmdor 1614 yilda Koreya territoriyasiga bo‘lgan har qanday da’vodan voz kechdi. «Osiyoda buyuk yapon imperiyasi» tuzishni xayol qilgan yapon samuraylarining birinchi rejasi ana shu tariqa tamomila barbod bo‘ldi.

Y apon madaniyati. X - asrdan mualliflari ayollar bo‘lgan yapon badiiy adabiyoti rivojlanib bordi. Sey-syonagon “Yostiqdagi xatlar”, Murasaki Sikibu esa – “Gendzi xaqida qissa” deb nomlangan – jahon adabiyotida birinchi marta o‘rta asr romonini yozdi. Rasm chiza olish, musiqa asboblarini chalish va she’rlar to‘qish saroydagi ma’lumotni asosini tashkil etgan, bu esa saroyda she’riyatni, rassomchilik va musiqaning keng yoyilishiga imkon bergan.


X-asrda ikkinchi she’riy antologiya - “ Kokinsyu” yaratildi. Musiqali teatr ko‘rinishlari vujudga keldi. “Quvnoq o‘yinlar”(Sarugaku) alohida shuhrat qozongan bo‘lib, u qiziqchilikni, akrobatika va pantomimani o‘z ichiga olgan. Saroy she’riyatining o‘rniga ommaviy qo‘shiqlar keldi, ularni ko‘chalarda sayoq qo‘g‘irchoqbozlar, quvnoq qizlar – bular geyshalarning o‘tmishdoshlari bo‘lib, erkaklar kiyimida qo‘shiqlar aytib, raqsga tushishgan. Yapon madaniyatida shu davrdagi budda dinida yuzaga kelgan bir qancha oqimlar ilgari surgan ta’limotlar ham muhim axamiyat kasb etadi.
Nazorat savollari:



  1. Qaysi yillarda yaponiyada tanga zarb etilmagan?

  2. 1586-yilda kim Syogun hokimiyatini ag’dargan?

  3. Koreys-Yapon urushi qanday natija bilan tugagan?

  4. “Kokinsyu” nima?

Foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati



  1. O’rta asrlar tarixi. V.F Semyonov. T., 1973.

  2. O’rta asrlar tarixi. T.Salimov. T., 2014.

  3. Istoriya sredni vekov. Udalsov. M.,1973

  4. www.ziyonet.uz.

IX-XV asrlarda Koreya davlati.


Reja:




  1. Koryo davlati.

  2. Koryoning XI-XII asrlarda ijtimoiy ravnaqi. Madaniyat.

  3. XII asrdagi siyosiy va sinfiy kurash. Dexqonlar xarakati.

  4. Koryo xalqining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi.

5. Li sulolasi paytida markaziy feodal davlatni mustaxkamlash.
6. XV asrning 1-yarmida iqtisodiy o‘sish va madaniyatning rivojlanishi.

Tayanch tushunchalar: silla , xupekche, txebon, Van Gon


Dehqonlar harakati, Li Son Ge

Koryo davlati.IX asr oxirida qadimgi Silla davlati federatsiyasi mustaqil feodal udellariga bulingan. Davlat yerlarini chinovniklar va ruxoniylarga bo‘lib berishi va mustaqil feodal votchin (chanvon)larning tashkil topishi markaziy xokimiyatni zaiflashtirib yubordi. Kata mulk egalari markaziy xokimiyatdan yanada mustaxkam bo‘la boshladi. Katta yerlarni egallagan Budda monastirlari xam butkul mustaqillikdan foydalanganlar, yerlik feodallar (yonchju), xristyanlarning ustidan xukmronlik kilish xuquqiga ega edilar. Ularga shaxsiy drujina Yana bir-birlarini ustidan kurash olib borish uchun xam kerak edi. Krestyanlarning axvoli silla xukmdorlari qo‘lida xam, feodallar qo‘lida xam yomon edi.


819 yilda dehqonlar xarakatlari keskin tus olgan. 896 yil poytaxt Kyonchju devorlari ostida dehqonlar qo‘zg‘olon boshlaganlar. Xarakatchilar aristokrat va chinovniklarni buysundirishdi. Nisbatan yirik feodallar uzlarini mustaqil deb e’lon kildilar. 900 yil orolning janubiy garbiy kismida Xupekche davlati (sungi pekche) tashkil topgan. Koreyaning markaziy kismida (xozirgi chxol’van rayoni) Txebon davlati tashkil topgan Silla xokimiyati esa bir necha kichik rayonlardangina iborat bo‘lib koldi.
Dehqonlar xarakatlari xukmron sinfni qo‘rquvga solardi va kuchlirok xukmdor topilib xalkni boshkarishini istar edilar. Navbatdagi janglar natijasida feodal Van Gan keyinchalik u davlatni birlashtiradi va davlatni xukmroni buldi. 918 yili bu davlatning nomi Koryoga almashtirildi. Kegenne (xozirgi Keson) ikta poytaxti. Ko‘p feodallar Van Ganoga bo‘ysunishdi. Chunki u boshqalarga nisbatan kuchliroq edi. Bo‘ysunmaganlarni esa u kuch bilan bo‘ysundirdi. 936 yilda Van Gon so‘ngi Pekcheni buysundirdi va butun Koreyaning xukmdori bo‘ldi.
Yakka feodal davlatning vujudga kelishidagi muxim bir sabab tashqi hujumlar edi. 926 yilda Boxay davlatini bosib olgan Kidoni shimoli- sharqiy Xitoy va Koreyaning ashaddiy dushmani bo‘lib qoldi. Yangi tashkil topgan Koryo uchun shimoli chegarani kuchaytirish asosiy masala edi. Butun shimoli chegaraga himoya devori tashkil etildi.
Bu qonunning tashkil topishi bilan sharqiy davlat strukturasi tashkil topdi. Sanjone (982-997) davrida davlat apparati tashkil topdi asosiy davlat apparati vujudga keldi va 12 viloyat, 10 provinsiye tashkil topdi. Mamlakat xavfsizligi va davlat ishlari harbiylar qo‘lida edi. Harbiylarning asosini esa davlatga bo‘ysunuvchi dehqonlar tashkil qildi va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar harbiy xizmat qilishga majbur edilar. Armiyadagi dehqonlarni ularning hamqishloqlari moddiy tomondan qo‘llashar edi. Odatda 4 - 5 xonadondan 1 soldat borishar, boshqalar esa uni va uning oilasini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashishi lozim edi.
Biroq mamlakatning markazlashishi tekis bo‘lmagan. Keyinchalik ham kata yer egaligi va buddaviylikka sig‘inishgan. Markaziy davlatni tashkil topishi uchun tashqi dushmanlarning kurashi ham to‘sqinlik qilar edi. Asosiy xavfli dushmanlar (kidanlar)Lao imperiyasini tuzgan va Xitoy va koreyani bosib olmoqchi bo‘lganlar. 993 yilda Kidanlarning ko‘pchilik armiyasi Amnokandan o‘tib Koryoga bostirib kirishdi Chxonchxongan daryosi yonida kidanlar qattiq qarshilikga uchrab ortga qaytishga majbur bo‘ldilar. Lekin bu bilan Kidanlarning xarakati to‘xtamaydi. Koryoning ichki kurashlaridan foydalanib kidanlar 1010 yilda Yana ko‘p sonli Askar jo‘natdi va Koryoning poytaxti Kegyonni bosib oladi va talon taroj qiladilar. Biroq shimoldagi Koreys askarlarining xarakatlari bosqinchilarni ortga chekinishga majbur qildi. 1018 yil qishida 200 minglik kidan armiyasi chegarani buzib o‘tib Yana Koreyaning poytaxtiga bostirib kirishdi. Ular qo‘mondon Kan Gam Chxon tomonidan qattiq qarshilikga uchraydilar. Shimoli rayondagi Koryo askarlari 1019 yilda Kidanlarga qattiq zarba beradi. Ular o‘rtasida sulh tuzilib Koryo hukmdori tomonidan Lyao Kidan imperiyasini tan oladi.
Koryoning XI-XII asrlarda ijtimoiy ravnaqi. Madaniyat.
Mamlakatning birlashishi va kidanlar bilan ittifoq Koreyaning iqtisodini rivojlanishiga, qishloq xo‘jaligi va xunarmandchilikning gullab-yashnashiga olib keldi. Kidanlar tomonidan buzib tashlangan viloyatlar Yana taraqqiy eta boshladi. X11 asr boshlarida Xitoy sayyoxi Syuy Szin dehqonchilikning Karyo buyicha keng tarqalganligidan guvohlik beradi. Uning guvohligicha xatto tog‘li zonalarda ham sholi ekilgan.
Davlatning iqtisodiy asosini dehqonlarning mehnati tashkil etgan. Dehqonlar yuridik holatiga qarab 2 ga bo‘lingan. Uning kata qismi Yanin «yaxshi odam»larga qarardi, ular oddiy ozod,davlat yerlarida ishlovchi odamlar edilar. Ikkinchi qismi esa chxonin (yomon yoki yaramas) kishilarga bo‘lingan. Ular ozod emas edilar. Ular bo‘ysunuvchi dehqonlar hisoblangan.
Dehqonlar renta-solig‘ini to‘lar davlat ishlarini o‘tar, harbiy xizmatni o‘tar edilar. Yer solig‘i 1 10 dan 1 11 gacha hosildan to‘lanar, ko‘p vaqtda uning hajmi ko‘payar edi. Dehqonlardan Yana qo‘shimcha soliqLar: donni poytaxtga olib borgani uchun soliq, yo‘lda himoya qilish uchun soliq to‘y solig‘i, podsho oilasidan biror kishi o‘lsa ko‘mish uchun soliq, chet El elchilari kelishi uchun soliq undirilgan. Shaxsiy yerlarda renta solig‘ining hajmini feodal o‘zi belgilangan.
XI-XII asrlarda shaxsiy yer egaligi o‘sa boshladi. Yirik feodallar va Budda monastirlari podsho saroyi a’zolari monastir va feodalar davlat yerlarini dehqonlar bilan birga qo‘shib ola boshladi. Ba’zida feodal votchinniklar davlat yerlarida ishlovchi dehqonlarni kata va’dalar berib o‘zlariga og‘dira boshlashdi. Lekin bu va’dalarga ishongan dehqonlar tezda erkin dehqonlardan qaram kreposnoylarga aylanib, qattiq ekspluatatsiya qilingan.
Davlat majburiyatlariga nafaqat dehqon mahsulotlari, balki uyda ishlab chiqargan mahsulotlar, hayvon terilari, baliqlar ham to‘langan. Bu barcha narsalar xukmron sinfning manfaatlarini qondirmas edi. Kerakli qazishmalarni topish tuz topish, metalni qayta ishlash, qurol shisha ishlab chiqarish, har-xil taqinchoqlar bularning barini maxsus hunarmandlar ishlab chiqarishgan. Poytaxt va yirik shaxarlarda davlat hunarmandchilik ustaxonalari mavjud edi. Ustaxonalarda davatga qarashli kreposnoylar ishlagan. Hunarmandlarning ishi avlodlariga meros bo‘lib o‘tgan. Ichki savdo ham yaxshi rivojlangan. Poytaxt va yirik provinsiya shaharlarida butun bir savdogar mahallalar bor edi. Ko‘p joylarda bozorlar tashkil etilganedi. Bu bozorlarda dehqonchilik mehnatlari hunarmandlar mahsulotlariga almashgan. Savdo va hunarmandchilik feodal davlatning qattiq ta’qibi ostida bo‘lgan.
Tashqi savdo hunarmandchilik sinf uchun yaxshi daromad manbai hisoblangan.koryo Xitoy chjurchjenlari va Yaponiya bilan ancha kuchli savdo olib borgan. 1024 va1040 yillarda Koryoga arab savdogarlari kirib kelgan. Ular dorivorlar va boshqa narsalar olib kelishgan va oltin, kumush, ipakka almashishgan. Koryo Sunn davlati bilan e’tiborga molik savdo olib borgan. U yerdan turli hil matolar qimmatbaho ipak va boshqa narsalar olib kelingan. Koreya savdogarlari Xitoydan jenshen va kamyob dorilar asal va kumush, qog‘oz va xokazolar olib kelishgan. Chjurjenlardan koreyslar teri, ot, yung o‘q va kamonlar olishar edi. Yaponiyadan asal olib kelishib, xunarmandchilik mahsulotlarini ularga sotishar edi.
Ichki va tashqi savdoning qanchalik mujimalligiga qaramay savdogarlar o‘zaro ijtimoiy kuch xisoblanmagan. Ular feodal va Budda cherkovining agenti sifatida mavjud edi va feodallar ularni qattiq nazorat qilgan.
Koreya davlatida Ayniqsa XI asr 2-yarmida feodal madaniyat asosiy o‘rinni egallagan. 985 yilda chinovnik mansabiga o‘tish uchun davlat imtixonining analogik xitoycha usuli ishlab chiqildi. 992 yilda esa xukmron chinovniklar uchun oliy konfusiylik maktabi ochilgan. XI asrda Saroy kutubxonasida juda ko‘p xitoy konfusiylik adabiyoti va bir necha ming xitoy kitoblari mavjud edi. Konfusiy olimlarining xarakati bilan shaxsiy maktablar ochilgan. Ular ichida 1055 yilda tashkil topgan maktab ancha taniqli bo‘lgan.
Bu vaqtda buddizm roli ancha yuksak edi. Budda cherkovi a’zolari davlat ishlariga tez aralashardilar. Podsho Munchjona (1047-1083) davrida 60 yil davom etgan «Techanchyon» budda adabiyoti maqomiga yetkazilgan. 1097 yild Kegyon atrofida Xinvonsa Budda maqbarasi qurilishi nixoyasiga yetgan. Bu maqbarada 1000ta monax bo‘lgan. Mo‘g‘ullar tomonidan Xinvanga buzib tashlangan va yoqib yuborilgan.
Budda adabiyotining monumental nashrlari kitob bosishning ravnaqiga turtki berdi. XIII asr yozuvchisi Li Kyu Bo ma’lumot berishicha «Sanjon yomun» (Qadimgi va xozirgi boshqaruv xaqija kitobi) kitobi 1234 yilda yozilgan. Bu kitobda Koreya davlati institutlari xaqida ma’lumot berilgan.
XII asrlardagi siyosiy va sinfiy kurash Dehqonlar xarakati.
XII asr boshlaridan Koreya davlatining zaiflashuvi ko‘rinib qolgan edi. Buning asosiy sababi feodallar, Budda monastirlarining va yirik chinovniklar tomonidan davlat yerlari va xrestyanlar davlatidan tortib olingan edi. Davlat yer fondining qisqarishi bilan XI asr 2-yarmida davlat turli majburiyatlardan voz kechishga majbur bo‘ldi. Lekin shunga qaramay ba’zi bir xizmatlari uchun yer in’om etish to‘xtamagan.
Yirik feodal uzellarning boshliqlari о‘zlarining shaxsiy qurollangan otryadini tuzdilar. Budda monastirlari qurollangan monaxlardan otryad uchun ichki kurashi xarbiy dvoryanlar va chinovniklar, ruxoniylar о‘rtalarida boshlanib ketadi. 1126 yilda xarbiy kurash poytaxt Kechen kо‘chalarida tarqaladi. Bu kurashga xokimiyatni egallash uchun feodal Li Cha Gyoma boshchilik qiladi. Bu kurash xatto tashqi chjurchjeyeneylarning bosqini tufayli ham tо‘xtamaydi. Chjurchjeniylar bilan kurashda mamlakatning shimoliy g‘arbiy qismidagi feodallar Monax Myoxonam boshchiligida podsho rezidensiyasini Sogyon (Pxenyenga) kо‘chirishni talab qiladilar. Poytaxt aristokratiyasining qarshiligiga uchragan feodallar ochiqchasiga shimoliy-g‘arbiy rayonda alohida davlat «Buyuk mо‘jizalar davlati» (Pevichuk)ni tuzishlarini e’lon qiladi. Feodallarning kurashi dehqonlar xarakatiga turtki berdi. Feodal Kim Bu Sin boshchiligida dehqonlar xarakatini tо‘xtashi bilan davlat bu barcha xarakatlarga ham barham berdi.
1756 yilda Janubiy Koreyada Myonxvakso qishlog‘ida davlatga qaram krepostnoylar bosh kо‘tarishdi. Man boshchiligidagi bu qо‘zg‘olonlar Kenchju shahrini egallashdi. Poytaxtdan jо‘natilgan 3000 kishilik otryad qattiq zarbaga uchradi. Shuning uchun otryadlar ularga yon bosib Menxvaksoda yashovchi aholini krepostnoylikdan ozod qildilar. Podsho Man I bilan gaplashguncha xokimiyat qо‘zg‘olonchilarga qarshi yangi otryad tayyorladi. Bundan xabar topgan Man I xukumat askarlari bilan kursha boshladi va poytaxtga xavf soldi. Bir vaqtning о‘zida mamlakat janubi va shimolidan qolgan dehqonlar ham qо‘zg‘olon kо‘tarishdi. 1117 yilda Man I saroyga kelishuvga chaqirtirilib ushlanadi va о‘ldiriladi. Shimolda Kim Dana boshchiligidagi kurashlar ham tо‘xtadi.
1193-1194 yillarda dehqonlar qо‘zg‘olonlarining yangi tо‘lqini kо‘tarildi (Qо‘zg‘olon Kim Sa Mi, Xe Sima va boshqalar boshchiligida bо‘ldi). Katta dehqonlar qо‘zg‘olonlari feodal xokimiyatni kuchsizlantiradi.
Feodal xarbiylarning biri Chxve Chxun Xan xokimiyatga kelgach dehqonlarga qarshi kuchli xarakat boshladi. XIII asr boshlarida yana dehqonlar qо‘zg‘olonlari boshlandi.
Koreya xalqining mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi.
Birinchi marta mо‘g‘ul askarlari 1218 yilda Koreyada paydo bо‘lgan. U Koreya xukumatidan juda og‘ir о‘lpon talab qiladilar. 1225 yil Koreyadan qaytayotgan elchining о‘ldirilishi mо‘g‘ul va koreys munosabatlarini yomonlashtirib yubordi. 1231 yil yozida mо‘g‘ul askarlari Salitoy boshchiligida Koryoga bostirib kirishadi va xalqning qattiq qarshiligiga uchraydi. Kuchju (xoz. Kuson) himoyachilari 30 kun davomida mо‘g‘ul armiyasiga qarshilik kо‘rsatdilar. Chxunchju shaxri himoyachilari mо‘g‘ul askarlarining mamlakat janubiga yurishlari tо‘sib qо‘ydilar. Biroq poytaxtga hujum arafasida xukmron feodal sinf Chxve boshchiligida bosqinchilarga yon bosishadi va sulh tuziladi. Ular kata о‘lpon, kiyim kechak, matolar tо‘plashlari kerak bо‘ladi.
1232 yil mо‘g‘ul askarlarining janubiy qismi katta о‘lja (oltin, kumush)olishib mо‘g‘uliyaga qaytishadi. Koryoda esa 70 mо‘g‘ul askarlari qolishadi. Mо‘g‘ullar Koryoliklarga Yangi poytaxt Kandani qurdiradilar.
Mо‘g‘ullarning butun og‘irligi xalq gardaniga tushar edi. 1232 yil Kchyonda qaram prepostnoylarning va davlatga qarashli dehqonlarning qо‘zg‘oloni boshlandi. Ular shaharda qolgan aristokratlarni yо‘q qilishdi ularni boyliklarini qambag‘allarga bо‘lib berishdi va Kandanga yashiringan feodallarga qarshi kurashga tayyorgarlik kо‘rishdi. Xukmron sinf bu xarakatni tо‘xtatdi. Bu xarakatlar keyingi yil Sochyon, Tongyoda (Kyonchju), Nanchjuda va boshqa joylarda bо‘lib о‘tadi. Lekin bularning barchasi xukmron sinf tomonidan bostiriladi.
Mо‘g‘ullarning о‘ldirilishi va feodallar Kondoga qochishiga javoban 1232 yil oxirida Yana Mо‘g‘uliston askarlari Koryoga yurishga majbur bо‘ldi. Keyingi 20 yil davomida Yana 5marta bosqinchilik, talon-taroj yurishlari sodir etildi.1253 yil bir chinovnik podshohga aholining har 10 kishisidan faqat 2 kishigina tirik qolganini aytadi. 1254 yil bosqini natijasida 207 ming kishi asirga olingan va olib ketilgan.
Oqibatda hokimiyat Kechyonga qaytib mо‘g‘ullarni tan olishga majbur bо‘ladi. Yana mamlakatda mо‘g‘ul askarlari tо‘lib ketdi, janubiy qismida esa mо‘g‘ullarning xarbiy qishloqlari paydo bо‘ldi. Feodallar mо‘g‘ullarning istaklarini sо‘zsiz bajo keltiradi.
Bunday xolat mamlakatni oyoqqa turg‘azdi. Shunda davlat dexqonlari va krepostnoylardan tashkil topgan «uch asosiy korpus» qо‘zg‘olon kо‘tardi. Ular mamlakatni Chxve sulolasidan chiqqan podsho boqarishini talab qilishdi. qо‘zg‘olonchilar xukmron sulolaning bir a’zosini podsho etib saylashdi. Mingta mayda kemalarda ular Chindo ( keyincha Chechjudo) oroliga suzib keladi. Qо‘zg‘olon uch yil davom etadi. Mо‘g‘ullarning yordami bilan xukumat Chechjudodagi qо‘zg‘olonni bostirdi. Natijada xokimiyat mо‘g‘ullar qо‘liga о‘tdi.
Mо‘g‘ul imperatori Xubilay Koreyani Yaponiyani bosib olishda tayanch nuqtaga aylantirmoqchi bо‘ldi. 1274-yilgi yurishning о‘zidayoq 8000 koreys askari va 6700 dengizchi qatnashdi. Ikkinchi yurish paytida (1281) mо‘g‘ullar 900ta kema talab qildi. Koreys xalqini tinch ushlab turish maqsadida mо‘g‘ullar о‘q - yoy ishlab chiqarishni mann etishdi. Ular Koryo davlatidan ikki viloyatni Shim./arbiy (Tonnyobu) va Shim.Sharqiy (Ssanson chxongvanbu)larni tortib olishdi. Koreys feodallari keyinchalik mо‘g‘ul qiziga uylanadi yoki Yuan imperiyasi poytaxti Pekinda yashay boshladi. Shu Bilan mо‘g‘ullar ularni о‘z iznlarida saqlab turishdi.
Li sulolasi paytida markaziy feodal davlatni mustaxkamlash.
1392-yil Koryoning oldingi xukmdorlaridan Li Son Geо‘zini podsho deb e’lon qildi. U Yangi sulola asoschisi bо‘ldi. Uning davrida davlat Choson nomi Bilan atala boshladi. Poytaxt esa Seulga kо‘chirildi. Bu sulola Koreyada 1910-yilgacha xukmronlik qiladi. Yangi sulola xukmdorolarning siyosati markaziy xokimiyatni mustaxkamlashga qaratilgan edi. Ular federatsiyani о‘z mustaqilligidan olib tashladi. Faqatgina Budda ibodatxonalarigina mustaqil edi. Li xokimiyati bir necha bor (1392, 1402, 1424-yillarda) Budda yerlariga va kreposnoylarga yirik konfiskatsiyalar e’lon qiladiY. Kо‘p cherkov yerlari davlatga qaytarildi.
Senchjona davrida(1419-1450) Saroy akademiyasi «Donishmandlar uyi» tashkil etilgan. Bu yerda asosan konfusiylik ta’limotlariga asoslangan etika va xuquqIy savollar muxokama qilingan. Saroy ziyolilari «Koryo tarixini» yaratishdi. Qattiq nazorat ostida juda kо‘p bilimlar kengaydi. Olimlar tibbiyot, astronomiya, matematika, qishloq xо‘jaligi, geografiya, fizikaning Yangi qirralarini ochdilar. Buyuk olimlar keyinchalik xokimiyatda xam yuqori о‘rin egallay boshlashdi.
Kitob bosishda metall shriftlardan foydalanish kitob bosishdagi va madaniyat tizimidagi yangilik bо‘ldi. Bu davrda 28 xarfdan iborat alfavit vujudga keladi. 1443 yilda vujudga kelgan bu alfavit Saroy ziyolilari tomonidan (Chan In Chji vujudga keldi) «xunmin chonim» (axolini о‘rganish uchun xaqiqiy ovozlar) deb nomlangan edi. Alfavit yaratilganiga qaramay muxim xujjatlar va badiiy yozuv qо‘lyozmalari koreys yoki iyeroglif yozuvida qolar edi.
Nazorat savollari:



  1. “Sanjon Yomula” kitobi nima haqida?

  2. Koreada Buddizm dini ta’siri qanday edi?

  3. Davlatagi majburiyatlar haqida ayting

  4. Kidanlar bilan munosabatlar haqida ma’lumot bering

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. История стран Азии и Африки в среднўе века. М.,1987.

  2. История народов Восточной и Центральной Азии. М., 1986.

  3. История стран Азии и Африки в среднўе века. 1-2 я. М., Вўсшая школа, 1988.

  4. История среднўх веков (под.ред.З.В.Удальцовой и С.П.Карпова. 1-2 ч.). М.. Вўсшая школа, 1991.

  5. Ванин.Ю.В. Аграрнўй строий феодальной Кореи. М., 1981.

  6. История Кореи. М., 1974.




Download 453,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish