Ravish so'z turkumiga oid mulohazalar mundarija: kirish


Qo‘shma ravish va uning turlari



Download 180,5 Kb.
bet4/12
Sana01.04.2022
Hajmi180,5 Kb.
#522449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ravish so\'z turkumiga oid mulohazalar

Qo‘shma ravish va uning turlari

Tilshunoslikda ravishga quyidagicha ta’rif beriladi: Mazmunan ot, sifat, son va kisman olmoshlarga yaqin bo‘lib, morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan mustaqil so‘zlarga ravish deyiladi. Mohiyatan shunga o‘xshash ta’rifni istagan darslik va qo‘llanmadan topish mumkin. Grammatikalarda ravishning talqini va uni ajratishning metodologik asosi mana qgu ta’rif bilan qat’iy chegaralanganda, munozaraga hech ham o’rin qolmas edi. Vaholanki, tadqiqotlarda holat bunday emas. Ravishning grammatik belgisi sifatida morfologik o‘zgarmaslik va belgining belgisini ifodalash mezoni ilgari surilgan bo‘lsa-da, ko‘plab ilmiy ishlarda shu me’yordan chetga chiqish hollarini kuzatish mumkin. O‘zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bagishlab yozilgan o‘nlab darsliklarda ravishning o‘zgarmaslik omiliga izchillik bilan amal qilinmaydi.


Ravishlar orasida belgining belgisini ifodalovchi o‘zgarmas so‘zlar (qasddan, taxmыnan, baralla, butkul, do‘stona, hamisha, andak, vijdonan, birga, mardlarcha, endi, hali, mutlaqo, aslo) bilan bir qatorda morfologik o‘zgarish qobiliyatini to‘la-to‘kis saqlagan o‘nlab ravish bo‘lmagan nutqiy va lug’aviy birliklar (u yoq, bu yer, shu vaqt, ichkari, tashqari, ko‘p, atrof) ko‘rish mumkin. Payt, o’rin, miqdor ma’nosini ifodalash faqat ravishga xos xususiyat emas, ot, sifat ham bunday belgilarni bildira oladi. Demak, semantik jihatdan ravish boshqa mustaqil so‘z turkumlariga o‘xshash bo‘lsa-da, sintaktik munosabat va lug’aviy shakllarni qabul qila olmasligi bilan farqlanadi9.
Ma’no va vazifasi jihatdan ravishni yuqorida sanab o‘tilgan ism guruhlaridan farqlash mumkin emas. Turkiy tillarda ravishni ma’no va vazifasi jihatdan (semantik-funkqional) emas, balki tamoman boshqa, mustaqil so‘zlarning birortasiga xos bo‘lmagan belgi - o‘zgarmaslik belgisi asosida ism va ishoralar (olmosh)dan farqlash zarur. O‘zgarmaslik ravishning for mal belgilaridan biridir.
Morfologik o‘zgaruvchan keyin, har kun, tun, kun, oqshom kabi payt ma’nosini ifodalovchi so‘zlarni ravish hisoblash tanlangan mezon -morfologik o‘zgarmaslik talablariga mutlaqo javob bermaydi. Bu kabi so‘zlar egalik, kelishik ko‘rsatkichlari bilan erkin birika oladi. Yuqoridagi so‘zlarni ba’zan, hamon, boya, endi, darrov, mudom, hamisha kabi o‘zgarmas so‘z (payt ravish)lardan farqlashimiz darkor. Holbuki, har kun -endi, bugun - boya juftliklarining birinchi komponentydagi leksema payt oti (turlanadi), ikkinchi komponent payt ravishi sifatida baholanishi lozim. Yukoridagi juftliklarning atash semalari bir xil bo‘lsada, ular faqat grammatik tabiati (o‘zgarish, o‘zgarmaslik) bilan farqlanadi.
Shu fikrni o‘rin otlari misolida ham aytish mumkin. Grammatikamizda ravish tarkibida o‘rganib kelingan old, chap, o‘ng, tashqari, ichkari, har yer, bu yer, u yoq, bu yoq kabi o‘nlab so‘zlarning o‘zgaruvchan (turlanuvchi) ekanligini isbotlashning hojati bo‘lmasa kerak. Bu so‘zlarni olt, orqavarotdan kabi joy, makon ma’nosini ifodalovchi o‘rin ravishlari bilan aralashtirmaslik lozim.
Ravishlar o‘rin hamda payt belgisini ifodalashiga ko‘ra otga o‘xshash, ya’ni ma’lum bir aniq yoki mavhum tushuncha bilan mazmunan bevosita aloqador, biroq ravishlarda mavhumlik (orqavarotdan, tubanda, boya, endi) ot (ichkari, tashqari)ga nisbatan ustun turadi. Boshqacha qilib aytganda, ravishda predmetlik ma’nosi sifat va otlarga ko‘ra ancha zaif. Chunonchi, olg’a va oldin kabi ikki so‘zning ma’nosini o‘zaro qiyoslasak, olg’a so‘zida o‘rin ma’nosi (so‘zlovchining yuzi tomonida joylaigan makon) mavjud bo‘lsa-da, olg’a so‘zini eptitgan o‘zbekning ko‘z oldida qandaydir bir muayyan predmetlik gavdalanmaydi. oldin so‘zi esa o‘zbek ongi (ko‘z o‘ngi)da ma’lum bir predmetlik(aniq tushuncha)ni gavdalantiradi. Xuddi shunday holat o‘zbekcha va o‘zbekona so‘zlarida ham kuzatiladi. O‘zbekcha so‘zi ongimizda o‘zbeklarga xos bo‘lgan nimanidir predmetlik sifatida gavdalantirsa (shuning uchun o‘zbekcha so‘zi ko‘pincha o‘zbek tili ma’nosida qo‘llaniladi), o‘zbekona so‘zi bunday predmetlik haqida tasavvur bermaydi. Ravishlar bilan ot va sifat orasidagi jiddiy ma’noviy farq ham mana shunda, ya’ni assoqiativijda ko‘rinadi. Sifat va otlar ongda predmetni, olmosh bu predmetlikka ishorani gavdalantirsa, ravishlarda bu xususiyat o‘ta zaifdir.
A.Hojiyev ravish yasalishi bo‘yicha an’anaviy qarashdan keskin farqlanuvchi kat’iy fikr bilaq chiqadi. U ravish yasovchi deb kelingan qo‘shimchalar aslida sof so‘z yasalish tipini hosil qilolmasligini ta’kidlaydi10. Mazkur holat bo‘yicha olimning quyidagi fikrini keltirishni o‘rinli deb o‘ylaymiz. U yozadi: "... xuddi boshqa so‘z turkumlari kabi ravish turkumi ham so‘z yasalishi sistemasiga ega deb, aslida yo‘q ravish yasovchilarni qidirib topishga, ularni taqdim va tahlil etishga o’rinishdan ko‘ra, haqiqiy holatning o‘zini, uning sababini belgilash muhimdir" Prof.Sh.Rahmatullayev ham oxirgi fundamental tadqiqotlaridan birida A.Hojiyev kabi ravishning affiksasiya usulida yasalishini inkor etadi. Sh.Rahmatullayev shunday yozadi: "... -lay (in) ko‘rsatkichidan boshqa maxsus ravish yasovchi affiks hozirgi o‘zbek tilida yo‘q.
Ravish leksemalar tarkibida qatnashadigan ko‘rsatkichlar asli shakl yasovchi, shakl o‘zgartiruvchi affikslarga teng. Bunday affikslarni leksema yasovchi deb bo‘lmaydi. Bu yerda ravish leksema yasalishi haqida emas, balki biror turkum leksemasining ma’lum bir shakl hosil qiluvchini olgan holda ravish leksemaga aylanishi haqida gapirish to‘g’ri." Ko‘rinadiki, A.Hojiyev hamda Sh.Rahmatullayevning mazkur holat haqidagi qarashi hamohang bo‘lib, bu holat fanda turlicha qizg’in munozaralar keltirib chiqarishi tabiiy. Chindan ham, yasama deb kelingan ayrim ravishda tom ma’noda yasalish uchramaydi. Masalan, ochiqcha, yashirincha, keyincha va boshqa suzlarda -na qo‘shimchasi uslubiy ma’no ifodalash - ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash, bo‘rttirish - maqsadida qo‘llaniladi. Aslida, bu kabi so‘zlarning fe’l bilan birikib, holli birikma hosil qilishi ayni so‘zlarga qo‘shilgan shakllarni ravish yasovchi deb izohlab kelinishiga sabab bo‘lgan. -na qo‘shimchasining turli so‘zshaklga birikib kelish holatiga ko‘ra ham (chunonchi, shog’ilgancha, yugurgancha va boshqa ravishga xos ayrim qo‘shimchalarni so‘z yasovchi emas, balki shakl yasovchi deb baholash mumkinligini ko‘rsatadi (bu xususida ishimizda o‘rni bilan kengroq ma’lumot berilgan. Lekin affiksatsiya usulida so‘z yasash ravishga mutlaqo xos emas, degan qat’iy xulosaga hozircha kelish mumkin bo‘lmasa kerak. Bu haqda ravishni boshqa So‘z turkumidan ajratishning to‘la asoslangan mezonlari ishlab chiqilgach, shu mezon asosida tub, sodda, sodda yasama, qo‘shma, juft va takror ravishlarning tugal tarkibi zamonaviy tilshunoslikning asosiy metodologik talablaridan biri bo‘lgan lisoniy za nutqiy birliklarni izchil farqlash asosida ro‘yxatlashtirilgachgina xulosa chiqarilishi mumkin. Ravishning tarkibi to‘la aniqlanmaguncha, uning xossalari haqida gapirishning o‘zi mustahkam nazariy asosga ega bo‘lolmaydi.
Umuman, so‘z turkumlarining tabiati va ma’nosini anglash uchun, eng avvalo, uni tashkil qiluvchi turli-tuman asos va qo‘shimchalarning morfologik tahlilini amalga oshirish, shu asos va qo‘shimchalarning xil va to’rini aniqlash muhimdir. Turkiy tilshunoslikda yaqin o‘n yil ichida yaratilgan ayыi shu masala, ya’ni ravishlarning morfologik tarkibi bo‘yicha B.Shoniyozovning tadqiqoti e’tiborga molik. Qoraqalpoq tilidagi ravishlarning material tarkibiga bag’ishlangan mazkur tadqiqot o‘zbek tilidagi ravishlarning ham morfologik tarkibini o‘rganish, ularni tavsiflash va tasniflashda ma’lum darajada ahamiyatlidir. So‘zning tarkibini bilmay turib leksika va grammatikaning, so‘z yasalish jarayonining xususiyatini tushunish ancha mushkul shu B.Shoniyozov tadqiqotida qoraqalpoq tilida adverbializasiya hodisasi, shuningdek, qo‘shma ravishlarning tuzilishiga ko’ra turlari (qo‘shma, juft, takror tavishlar), murakkab ravish va uning turi sifatida erkin so‘z birikmzsharidan tuzilgan ravish, turg’un so‘z birikmalaridan shakllangan ravish, frazeologik birikmali ravishlar tahlil qilinadi 11.
Ma’lumki, ravishning alohida guruhini makon kelishiklari affiksi bilan shakllangan so‘zlar tashkil etadi. Jo‘nalish, o’rin-pait, chiqish kelishigidagi ko‘pgina so‘z ravishlashishga moyillashadi, chunki bu kelishikdagi so‘zlar harakatning bajarish o‘rni, payti, tarzi haqida ma’lumot beradi, ko‘pincha hol vazifasida keladi. Sh.Rahmatullayev e’tirof etishicha, o‘rin kelishigidagi uzoqda, orqada kabilar soddalashgan tezda, kunda, boshda kabi ravishlardan farqlanadi. Bu yerda (uzoqda so‘zida) asli uzoq yerda kabi birikma shaklning ikkinchi a’zosi bo‘lib keladigan yer (joy) ot leksemasi ellipslanadi, natijada kelishik affiksi birinchi a’zo vazifasida kelgan sifat leksemaga qo‘shiladi. Sh.Rahmatullayev tadqiqotida o‘ngga, o‘ngda, o‘ngdan kabilar uch ravish leksema emas, balki o‘rin otining uch kelishik shaklida ishlatilishig’a teng deb ko‘rsatiladi. Bu fikrni inkor etmagan holda aytmoqchimizki, o‘ngga, ungda, o‘ngdan kabilar shu holicha, leksemalashish hodisasi, asosida o‘z paradigmasi (ot turkumi)dan chiqib ravishga siljiyotgan so‘zlardir. Qolaversa, o‘ng so‘zining egalik, qaratqich va tushum kelishiklari bilan erkin birika olmasligi (turlanmasligi) ham, nazarimizda, mazkur so‘zning makon kelishiklari bilan birga soddalashayotganligidan dalolat beradi. Bu so‘zlar (o‘ngga, o‘ngda, o‘ngdan) o‘zak va qo‘shimchaga erkin ajratilsa-da, mazkur holat ularni soddalashayotgan leksema deb baholashimizga monelik qilolmaydi. Zero, soddalashgan leksemaning sodda tub leksemadan asosiy farqi uni tarkibiy qismlarga erkin ajratilishi bilan belgilanadi.
Turkiy tillarda ham, noturkiy tillarda ham ravish turkumi ot, sifat, son, olmosh, fe’lning ma’lum bir shakllarda o‘z paradigmasidan uzilishi va markazdan qochuvchi kuch ta’sirida bir guruh, ya’ni ravish turkumiga birlashishi asosida shakllangani hamda hozir ham bu jarayon tilda davom etayotganligi haqida qat’iy xulosa chiqarishimiz mumkin. Yuqorida ko‘rilgan o‘ngga, o‘ngda, o‘ngdan kabi so‘zlarda o‘ng lug’aviy asosida kelishik paradigmasining notugalligi (qaratqich va tushum kelishigi shaklining yo‘qligi) fikrimizning yorqin dalilidir. Bu so‘zlar (o‘ngga, o‘ngda, o‘ngdan) hali o‘zining lug’aviy asosi o‘ng leksemasi bilan aloqasini batamom? uzmagan, lekin uzish arafasida. Shuningdek, o‘ng leksemasida so‘z o‘zgartirish qobiliyati ham, makon-yo‘nalish belgisini ifodalagan holda predmetlik bilan bog’liqlik ham to‘la yo‘qolgan emas. Shuning uchun o‘ngga, o‘ngda, o‘ngdan kabi so‘zshakllarni qat’iy ot yoki sifatning shakli sifatida ham, ravish tarkibiga mansub soddalashgan leksema sifatida ham baholash mumkin emas. Bu hosilalar kelishik shaklida ravishlashayotgan oraliq birlikdir.
Ravishning tilshunoslikda o‘rganilishiga yakun yasab ayta olamizki, o‘zbek tilshunosligida ravishni Yevropa tilshunosligi mezonlari asosida tadqiq va tahlil etish, ular tarkibini, ma’no turlarini aniqlash bo‘yicha ancha ish qilindi. Lekin ravishni boshqa So‘z turkumidan ajratishdagi ziddiyatsiz va yagona mezon haligacha ishlab chiqilgan emas. Bu tilshunoslikda So‘z turkumi tasnifidagi uch asosli mezonning ommalashganligi, har bir so‘z turkumiga o‘ziga xos ma’noviy, shakliy va vazifaviy xususiyatni nisbat berish an’anasi bilan bog’liq. Shu an’ana asosida ravishga ham o‘ziga xos ma’noviy, shakliy va sintaktik, shakliy va morfologik, vazifaviy va sintaktik belgilarni nisbat berishga harakat qilish oqibatida aniq mezon ishlab chiqilmagan. Ravishni ajratish mezoni aniq bo‘lmagach, uning tarkibini aniq belgilash va o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish ziddiyatli kechadi. Shuning uchun oldinda turgan muhim vazifa ravishning turkona (o‘zbekona) tabiatini, o‘zbek tilida ravishni boshqa so‘z turkumidan ajratish mezonini ishlab chiqish va shu mezon asosida ajratiladigan ravish turkumini aniqlab, uning lingvistik tabiatini ko‘rsatishdan iborat.
Xullas, ravish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlar turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilshunosligida ravishni o‘rganish va tadqiq qilish uchun asos bo‘ldi, deb aytish mumkin. Shu kunga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlar ravish so‘z turkumini struktural nuqtai nazardan tahlil qilish, o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatish, har birini turli model asosida guruhlash va bu guruhlarning semantikfunksional xususiyatlarini aniqlash, aniq mezonlar asosida jamlash imkonini beradi.
80-yillargacha turkiy tillar grammatikasi talqini uchun nazariy asos vazifasini o‘tagan ta’limotlar, shakllangan ravishlarni ajratish tamoyilini yetarlicha asosga ega deb bo‘lmaydi. Qolaversa, ravishlarni ajratishda o‘zgarmaslik va fe’l bilan birikish tamoyili shu tilshunoslikning o‘zidayoq ziddiyatli va natural edi. Tadqiqotchilar ravishni ajratish uchun tayangan tamoyilning o‘zi notugal bo‘lganligi sababli o‘zbek tilida ravishning talqini ham pozidtsiyatli bo‘lishi tabiiy.
O‘zbek tilshunosligida bu yer, bu yerda, bu yerga kabi "ko‘rsatish olmoshi + ot" (aniqlovchi-aniqlanmish) birikmali erkin so‘zlar birikmasi bo‘lgan hosilalarni 90-yillarning boshlarigacha ravish deb baholab kelinganligini tanqid qilganida haq edi. "O‘zbek tilining izohli lug’ati”da bu yer, yo‘qqa kabi birikmalardagi yer lug’aviy uyasiga "ko‘rsatish olmoshlari bilan kelib, shu olmoshdan anglashilgan tomondagi joyni ifodalaydi deb izoh beriladi. Ravishning turkona tabiatini ochish mazkur tilning umumiy va xususiy tabiati bilan vobasta kechsa, ziddiyat birmuncha kamayadi. Qolaversa, ravishda tabiatan (antologik) xos bo‘lgan belgilarning ajralishi bu turkumning boshqa grammatik kategoriya (So‘z turkumi)lar bilan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shu asosdagina ularning ma’noviy, shakliy, tarkibiy, so‘z yasash va birikuvchanlik (semantik, morfologik, sintaktik, derivaqion va struktur) xususiyatlarini tasniflash mumkin.

Download 180,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish