Ravish so'z turkumiga oid mulohazalar mundarija: kirish



Download 180,5 Kb.
bet3/12
Sana01.04.2022
Hajmi180,5 Kb.
#522449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ravish so\'z turkumiga oid mulohazalar

1. Sodda ravish

So‘z turkumlarining tasnifi va tahlil tamoyillarini o‘rganish uzoq tarixga ega. So‘z turkumlari masalasi tilning eng muhim birligi tushunchaning shakli bo‘lmish so‘z bilan bog’liq bo‘lgani uchun ushbu masala qadimgi davrlardan boshlab tilshunoslar, faylasuflar hamda boshqa yondosh fan vakillarining diqqat markazida bo‘lib kelgan2.


Har bir tildagi so‘zlar o‘zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo‘lgan tillardagi so‘zlarning semantik xususiyatlari, qo‘llanish doirasi, grammatik belgilari, o‘zaro birikishi doim ham o‘xshash bo‘lavermaydi. Qolaversa, so‘zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo‘lgan yagona bir tamoyil bo‘lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so‘zlarni turkumlash shu tilda so‘zning o‘ziga xos ma’nosi, grammatik xususiyati, so‘z yasalish tizimi va so‘zlarning o‘zaro birikish qonuniyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so‘z turkumi va ularning ichki guruhlarini ajratishda jiddiy farq bo‘lishi mumkin. Chunonchi, o‘zbek va turk tili o‘zaro qarindosh, lekin asliy va nisbiy sifatlarning bir-biridan ajratilishi bu tillarda keskin farq qiladi. Ma’lumki, o‘zbek tilida asliy va nisbiy sifatlarning o‘zaro farqlanishi grammatik (morfologik) omilga tayanadi: asliy sifatlar -roq qo‘shimchasi bilan erkin birikish xususiyatiga ega. Turk tili uchun esa sifatlarning -roq qo‘shimchali qiyosiy daraja shakli xos emas.3 Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida asliy va nisbiy sifatlarni farqlovchi omil turk tili uchun tamoyil bo‘lolmaydi va aksincha. Bundan xulosa qilish mumkinki, har bir til uchun va ularning ichki guruhlarini ajratish asoslari shu til uchun alohida va o‘ziga xos bo‘lishi lozim.
So‘z turkumi tasnifi masalasini chigallashtiruvchi yana bir holat shundan iboratki, tilshunoslikda So‘z nima? So‘zlar tasnifining mantqiy mezoni qanday? So‘z turkumlarining o‘zaro munosabati qanaqa? kabi azaliy savollar o‘z yechimini to‘liq topmagan. Bu masala ham So‘z turkumini ajratishning har bir tilda o‘ziga xosligi bilan bog’liq. Tilshunoslik tarixida morfema haqidagi nazariya paydo bo‘lguncha (tilning markaziy birligi sifatida morfema e’tirof etilgunga qadar), mutaxassislar diqqati so‘zga qaratib kelindi. Boshqa birliklar so‘z asosida belgilandi. Holbuki, so‘zning tabiati va mohiyati haqida yaxlit, ziddiyatsiz hamda barcha tadqiqotchilar tomonidan tan olingan ta’rif va talqin haligacha yaratilmagan.4
Sistem-struktur tilshunoslikning rivojlanish jarayonida til va nutq hodisalarini farqlash (lisoniy birliklarni nutqiy birliklardan farqlash) So‘z turkumi tasnifi masalasini yana ham chigallashtirdi. Chunki endi lisoniy birlik - leksema va uning nutqiy voqyelanishi (nutq parchasida qo‘llangan so‘zshakl)ni o‘zaro farqlash muammosi o‘rtaga qo‘yildi. Tadqiqotchilar oldida So‘z turkumi, ularning tasnifi deganda lisoniy birlik (leksemalar guruhi) tushunilishi lozimmi yoki so‘zshakllar majmuasimi degan muammo o‘rtaga chiqdi.
Ma’lumki, umumiylik aniqlanmaguncha, shu bilan birga, xususiylikning shu umumiylik tizimidagi o‘rni belgilash, xususiylikning mohiyatini ochish va sharhlash mumkin bo‘lmaydi. So‘z turkumini ajratish va tasnif etishning umumiy tamoyillari masalasida o‘z qarashlarimizni aniqlamagunimizcha, ravishning so‘z turkumi tizimidagi o‘rni haqida aniq xulosa chiqara olmaymiz. Aniqrogi, so‘z turkumi tasnifining umumiy masalalari, jumladan, so‘z turkumini ajratish tamoyillari haqida o‘z mulohazalarimizni bayon etmasdan turib, tadqiqotimiz uchun aniq yo‘l belgilay olmaymiz. Chunki ravishning so‘z turkumlari tizimidagi o‘rni degan masalaning yechimi So‘z turkumi nima? U qaysi asosda ajratiladi? kabi savollarga muayyan bir javobni talab qiladi.
Antik tilshunoslikda so‘z turkumlari, asosan, semantik asosda ajratilgan, morfologik va sintaktik xususiyatlar esa qo‘shimcha, ikkilamchi, so‘zning ma’no xususiyatidan kelib chiqadigan belgi sifatida qabul qilingan. Mazkur tamoyil u yoki bu o‘zgarishlar bilan Yevropa tilshunosligida deyarli XX asrgacha amalda bo‘ldi.
Arab tilshunosligida so‘zlarni turkumlarga - fe’l, ism va harflarga ajratishda asosan morfologik, ya’ni so‘z o‘zgarishi xususiyatiga tayanilgan bo‘lib, fe’l so‘z turkumining markazida qo‘yilgan, qolgan so‘z turkumlari (ism, otlar) fe’llarning hosilasi sifatida qaralgan. Leksik birliklarning sababi shundaki, arab tilida istalgan ismdan keng taraqqiy etgan nav (nisbat) sifatdosh, harakat nomlari, zamon va mayl, shaxs-son shakllariga ega bo‘lgan fe’l yasalishi, fe’ldan esa ismi foil (shaxs oti), o‘rin joy oti, harakat nomi, harakat natijasi nomi, belgi-xususiyat nomi yasalishi mumkin. Shuning uchun arab grammatikasida fe’lni boshqa So‘z turkumidan ajratishda, asosan, morfologik tamoyilga asoslanilgan.
Bugungi o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumi va uning tashkil etuvchisini ta’riflash, so‘z turkumlarini ajratishning mantiqiy, lisoniy mezoklarini aniqlash bo‘yicha u yoki bu darajada yutuqqa erishildi, deb aytish mumkin. Har bir turkumning turkona lisoniy talqini, boshqa lug’aviy hamda grammatik kategoriya bilan semantik-funkqional o‘xshashligi va farqi bo‘yicha ancha ma’lumotlar qo‘lga kiritildi5.
Ma’lumki, tildagi biror bir hodisaning zohiriy belgilari tavsifi ma’lum bir bosqichga ko‘tarilgach, shu hodisalarning bir-biriga munosabati, bu munosabatlarning o‘ziga xosligini ochish jarayoniga zamin yaratiladi. Qolaversa, lingvistik sath tushunchasining paydo bo‘lishi va sathlararo darajaviy (gradual) munosabatga e’tiborning kuchayishi, har bir quyi sath birligining funktsiyasi o‘zidan bir daraja yuqori sath birligi tarkibida namoyon bo‘lishini so‘zning mohiyatini belgilashga ham qulay imkoniyatyaratdi.
So‘z turkumlari o‘ziga xos ma’nosi, muayyan morfologik yoki sintaktik belgilariga ko‘ra farqlanadi. Tilshunoslik nazariyasidan ma’lumki, so‘zlarni turkumlashda ayrim tilshunoslar ularning leksik ma’nosini yetakchi belgi qilib olsa, boshqalari so‘zning shakli va o‘zgarishini, ba’zilar esa so‘zning gap tarkibidagi vazifasini yetakchi omil sifatida belgilaydi. So‘z turkumini shu asosda, ya’ni bosh morfologik tamoyilda tasnif etish XIX asrning o‘rtalarigacha arab tilshunosligi tamoyillari asosida qurylgan turkiyshunoslikda hukmron bo‘lib keldi.
XX asrning 80-yillaridan o‘zbek tilshunosligida so‘z turkumining tasnifiga dialektik mantiq - hodisaga substansial yondashish, ya’ni uni xilma-xil sifat va belgi-xususiyat majmuasi sifatida qarash va talqin etish ommalasha boshladi so‘z serqirra hodisa sifatida qaraldi.6 So‘zning ma’noviy, morfologik va sintaktik xususiyati mohiyatan serqirra hodisa so‘z (leksema)ning turli qirrasi bo‘lganligi sababli tasnif jarayonida ularning uchalasini birgalikda emas, har birini alohida-alohida olish va shu asosda so‘z turkumining semantik, morfologik, sintaktik tasnifini berish g’oyasi ilgari surildi. Natijada So‘z turkumi tushunchasi mavhum sanalib, so‘zlarning o‘zaro birlashishi:

  1. semantik turkumlari (ya’ni so‘zlarning ma’noviy xususiyatiga ko‘ra

ma’lum guruhlarga birlashishi);

  1. morfologik turkumlari (ya’ni so‘zlarning morfologik xususiyatiga ko‘ra

ma’lum guruhlarga birlashishi);
v) sintaktik turkumlari (ya’ni so‘zlarning sintaktik xususiyatlariga ko‘ra ma’lum guruhga birlashishi) kabilarda muayyanlashtirildi. Tabiiyki, so‘zlarning semantik, morfologik, sintaktik turkumlari hajm va mazmun jihatidan bir-biriga to‘la mos keladigan tushunchalarni tashkil etmaydi, ya’ni sig’ishmaydigan munosabat (bir ma’noli tushunchalar munosabati; bo‘ysunish munosabati; hajmlarning qisman mos bo‘lib kelish munosabati)da tushuncha hajmlari o‘zaro mos bo‘lmaydi
Semantik, morfologik, sintaktik belgilar asosida ajratilgan guruhlar nisbatan mustaqil hodisa bo‘lib, ular o‘zaro umumiy ega bo‘lishi mumkin.
Turkiy tillar tarixida ravishlar mustaqil so‘z turkumi sifatida eng yosh, kenjasi bo‘lib, qadimgi turkiy til davrida boshqa guruhdagi so‘zlar hisobiga alohida so‘z guruhi sifatida endigina shakllanayotgan edi. Ravish boshqa so‘zlar guruhidan morfologik va semantik qayta shakllanish tufayli ma’lum darajada kengaygan, kengayib borayotgan turkumdir. Ravish so‘z turkumi nafaqat turkiy tillarda, balki jahon tillari, xususan, Sharq tilshunosligida ham nisbatan kenja so‘z turkumidir. Ravishning (arab tilshunosligida "zarf", Yevropa tilshunosligida "adverbial" - fe’loldi so‘zlar) fanda hamisha muammo bo‘lib kelganligi tilshunoslar tomonidan qayta-qayta ta’kidlangan. Fanda ravishning ziddiyatli talqinga egaligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:

  • birinchidan, ravish boshqa so‘z turkumlari hisobidan boyigan so‘z turkumi, ya’ni ravish boshqa so‘z turkumlaridan morfologik va semantik qayta shakllanish tufayli paydo bo‘lgan guruhdir;

  • ikkinchidan, ravish guruhining aksariyat qismi "soddalanish", "tublanish", "adverbializatsiyalashish" asosida tarkib topgan. Shu sabab bo‘lsa kerak, akademik V.V.Vinogradov ravishlarni so‘zlarni guruhlashdan ortib qolgan "chiqit"lar bilan qiyoslaydi7.

  • uchinchidan, ravishning turkiy tillar (o‘zbek tili)da muammoligi va ziddiyatli talqini ishimizning "Kirish" qismida aytib o‘tganimizdek, o‘zbek tili hodisalariga rus tili grammatikasi qolipi asosida yondashilganligi oqibatidir.

So‘z turkumlari muammosi har bir tilshunos oldida tadqiq manbai - so‘z tabiatini imkon boricha to‘liq va ziddiyatsiz talqin etish vazifasini qo‘yadi. Bu esa so‘zlarga xos bo‘lgan aynanlik, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, ularni tasnif etish hamda guruhlash orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Ravish deb baholanadigan so‘zlar ma’no tomoni bilan ot, sifat, son, olmoshlarga yaqinligi umumiy tilshunoslikda takror-takror qayd etilgan. Bu haqda prof. N.Mahmudov quyidagi fikr-mulohazalarni bildiradi: "O‘zbek tilshunosligida sifat va ravish turkumlari farqlanadi. Sifat predmet belgisini, ravish harakat belgisini bildiradi. Ko‘rinadiki, har ikkisi ham belgi bildiradigan so‘z, shunday ekan, ularni ikki turkumga ajratish shart emas, chunki ularning shaklida ham farq yo‘q8.
O‘z davri uchun so‘z turkumlari tasnifining mukammal nazariyasini yaratgan akad. V.V.Vinogradov tilshunoslikda ravish haqidagi qarashlarni ilmiytanqidiy tahlil qildi. Ravishga nisbatan yangicha yondashuv tizimini ishlab chiqdi. Ravishlarni belgilashda har tomonlama - semantik-leksik, morfologik, sintaktik tomondan yondashish lozimligini ta’kidladi ...mustaqil so‘z turkumlarining hech bir guruhiga sig’may qolgan so‘zlar ravish turkumiga yig’ilgan bo‘lib, bu so‘zlar (ravish)ning o‘ziga xos gumoni - belgi ma’nosining predmet ma’nosidan ustunligida", - deb yozgan edi. Uning e’tirof etishicha, mazkur turkum o‘zining morfologik belgisi, sintaktik vazifasi, turlicha ma’no ifodalashi bilan ajralib turadi K.S.Baskakov ravishlarning alohida so‘z turkumi bo‘la olishini inkor etadi, ularni sintaktik hodisa sifatida baholaydi. U yozadi: "Alohida mustaqil so‘z turkumi bo‘lish uchun o‘zining grammatik kategoriya (morfologik belgi)lariga zga bo‘lishi kerak, ravish bo‘lsa bunday belgilarga ega emas. U faqat boshqa so‘z turkumlaridan o‘tgan so‘zlar guruhidan iborat. V.V.Vinogradov K.S.Baskakovning ravishlarga faqat grammatik jihatdan yondashib, so‘zning semantik jihatini e’tibordan chetda qoldirganligini bayon etadi. AA.Potebnyaning ravish haqidagi fikrlari K.S.Baskakov qarashi bilan hamohangdir. A.A.Potebnyaning ravishga yondashuvida sintaktik tamoyil yetakchi o‘rin tutadi. Tilshunos ravish haqida fikr bildirib, uni "...belgining belgisini ifodalovchi o‘zgarmas so‘zlar" deb ataydi." Tilshunosning bu g’oyasi akademik A.A.Shaxmatov, prof. A.M.Peshkovskiy tomonidan rivojlantirildi. Akademik A.A.Shaxmatov so‘z turkumlari, jumladan, ravishni tekshirishda sinxron yondashuv va jonli nutqqa tayandi. Ravishlarning asosiy sintaktik funktsiyasi, semantik xususiyatni belgilashga intiladi. Ravish mustaqil so‘z turkumi ekanligini ta’kidlaydi. A.A.Shaxmatov ravishni o’z turkumlari tizimida markaziy o‘rin egallashini e’tirof etadi. U mavhum belgi va munosabat ifodalovchi bu turkumning boshqa turkum so‘zlari bilan qorishiq holdagi aloqasi ravishlashgan so‘zlar doirasida yaqqol ko‘rinadi.
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi bo‘yicha E.R.Tenishev rahbarligida yaratilgan umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ham A.M.Shcherbak ishida ham ravishlar o‘zgarmas so‘z sifatida talqin etiladi, lekin har ikkala tadqiqotda asosiy diqqat boshqa So‘z turkumidan ajralib chiqqan o‘zgarmas so‘z sifatida tublashgan so‘zshakllar tarkibining qiyosiy-tarixiy tahliliga, ya’ni ravish va ravishlashgan so‘zlarning etimologiyasiga qaratilgan. O‘zbek tilining grammatik qurilishini Yevropa tilshunosligi ilmiy mezonlari asosida o‘rganish boshlanishi bilan (XIX asr oxiri XX asr boshlarida) o‘zbek tilida so‘z turkumlari, ularning tarkibi va sirasi haqida zamonaviy qarashlar shakllana boshladi.
So‘z turkumlari A.Kononovning “Grammatika”larida ham ravishga boshqa so‘z turkumidan ko‘ra kam o‘rin ajratilib, ravishning ma’no turlari va tarkibi ruscha "narechiye"ning o‘zbek tilidagi muqobillarini berish bilan cheklanilgan. Shuning uchun ruscha zdes, teper, tam, tut kabi so‘zlarning o‘zbekcha muqobili (bu yerda, hozir, u yerda, shu yerda) ham ravish guruhiga kiritildi.
O‘tgan asrning 50-yillarida o‘zbek tilshunosligi da ravish bo‘yicha o‘z davri uchun mukammal tadqiqot ustoz tilshunos olim S.Fuzailov tomonidan amalga oshirilgan edi.


  1. Download 180,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish