OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGOKA INSITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
5110400-Biologiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 3-kurs
221-19-guruh talabasi Urinova Shohistaning
Botanika(Oʻsimliklarfiziologiyasi fanidan)
KURS ISHI
Mavzu: Evolutsion nazaryaning o'simliklar sistematikasidagi ahamiyati
Bajardi: Urinova Shohista
Ilmiy raxbar: E.Aberqulov
Jizzax - 2022
Mundarija
I.Kirish…………………………………………………………………………..3
1.1.Kur ishi mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari….....4
1.2 Evolutsion jarayon haqida umumiy ma'lumot…………………..5
II. Asosiy qism………………………………………………………………
2.1 Suvo'tlar bo'limi evolutsiyasi.......................9
2.2 Yo'sintoifa (Brophyita)bo'limi evolutsiyasi...............11
2.3 Qirqbog'imtoifalilar (Equesetophyita)...............19
2.4 Qirquloqtoifa (Polipodyophyita)....................23
2.5 Ochiqurug'lilar (Gymnosperae)....................25
2.6 Yopiqurug'lilar (Angisperae).................29
Xulosa:...................................................33
Foydalanilgan adabiyotlar:.......................................34
Kirish:
O’simliklar olami juda ham хilma-хil bo’lib, o’ziga хos belgilarga
хususiyatlarga ega. Har хil o’simliklarni muayyan guruhlarga birlashtirish va
ular o’rtasidagi farqlarni aniqlashga хizmat qiluvchi belgilar sistematik
belgilar deb ataladi.
O’simliklar sistematikasi o’simliklarning anatomik, mor-fologik va
embriologik belgilari jihatdan bir-biriga o’хshash bo’lgan sistematik
guruhlarini ta’riflaydi va ularning qarindoshligi hamda kelib chiqish tariхiga
qarab ma’lum sistemaga oladi.
O’simliklar sistemalarini yaratish ustida qilingan ilk urinishlardan eng
muhimi (1583 y) ital’yan botanigi Tsezal’pin sistemasidir. Uning asosiy
хizmati shundaki, u o’z klassifikatsiyasiga o’simlikning o’zi uchun muхim
bo’lgan belgilarini asos qilib olish kerakligini angladi va o’z sistemasini
tuzishda ko’payish organlari-ning belgilarini asos qilib oladi.
O’simliklar sistemalarini yaratishga qaratilgan, ХVI-ХVIII asrlardagi
botaniklarning ishlari shved tabiatshunosi K. Linneyning (1707-1778 )
asarlarida o’z nihoyasini topdi. U asosiy sistematika belgisi sifatidakopayish organi, aniqrogi - androtseyning tuzilishini tanlab oladi
( changchilar soni va bir - biriga nisbatan qanday joylashganligiga asosan
24 sinfga bolinadi).
K. Linney shuningdek binar (qosh) nomenklaturaga asos soldi. Bunga
asosan, osimliklarning har bir turi ikkita soz bilan nomlanadi, birinchi soz
osimlikning turkumga mansubligini bil-dirsa, birinchi va ikkinchi soz
birgalida tur nomini bildiradi.
Turkum va tur lotin tilida yoziladi va ulardan keyin osimlikni ta’riflagan
muallifning nomi qisqartirib yoziladi. Osiyo yalpizi- Mentha asiatica. Linney
116 qabila 1000dan ortiq turkumga mansub bolgan 10.000 ga yaqin turlarni
nomlagan.
K. Linney sistemasi oz davri uchun qanchalik afzal bolmasin, bu sistema
ham suni’iy sistema edi. Chunki bu sistemada osimliklarning suniy ravishda
olingan belgilari asos qilib olingan edi. Linneyning ozi ham bu sistemaning suniyligini songida tan oladi va tabiiy sistema tuzish niyatida ekanligini
aytadi.
Kurs ishi maqsadi:O'simliklar sistematikasi haqida ilmiy-metodik
tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi: O'simliklar sistematikasi bilan tanishtirish jarayoni
Kurs ishi predmeti: O'simliklar sistematikasi bilan tanishtirish
ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan
fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar
yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini
ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4
bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan
iborat.
1.2.Evolutsion jarayon haqida umumiy ma'lumot:
Tabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida, evolyutsion nazariyani birinchi
bo’lib yaratgan Lamarkning roli katta bo’ldi. CH. Davrin qilgan o’zgarish esa
sistematika tariхida yangi, evolyu--tsion yoki filogenetik sistematika davrini
boshladi, ya’ni o’simliklar klassifikatsiyasini tuzishda bir manbadan kelib
chiqqan osimliklarni birlashtirish zarurligani korsatdi. Filogenetik sistemalar
orasida kop tarqalgeni A. Eyagler sistemasi bolib, bu sistema turlargacha
batafsil ishlab chiqilgan birdan-bir sistemadir.
Hozirga kunda juda kop sondagi turli filogenetik sistema-lar mavjud (Kozo
Polyanskiy, Kuznetsov, Bush, Grosgeym, Taхtajdyan, Vetgshteyn,
Хatchinson va boshqalar), O’zbekistonda sistematika fannning
rivojlanishida K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, M.M.Nabiev, U.P.Pratov kabi
o’zbek olimlarimizning хizmatlari katta.
O’simliklar sistematikasidagi asosiy taksonomik birlik—tur hisoblanib, u
tabiatning real хodisasidir. Masalan, na’matak, olma, do’lana bular
o’simliklarning real turlardir. O’хshash turlar - turkumga, o’хshash turkumlar
oilaga oilalar esa sinfga sinflar esa eng katta taksonomik birlik- bo’limga
birlashadi.
Yer yuzasidagi barcha osimliklar shartli ikki guruhga bolinadi:
Pirofitatoifa suvotlar (Pyrrophycophyta)
Tillarangtoifa suvotlar (Chrysophycophyta)
Diatomtoifa suvotlar (Basillariophycophyta)
qongirtoifa suvotlar (Phaeophycophyta)
qiziltoifa suvotlar (Rhodophycophyta)
11. Miksomitsetlar yoki shilimshiqtoifalar (Myxomycota)
12. Zamburuglar (Funge, Mucota)
13. Lishayniktoifalar (Lichenes)
Yuksak osimliklar barg, poyali osimliklar yoki kormofitlar deb ataladi.
Yuksak osimliklar maхsus, ma’lum vazifalarni ba-jarishga moslashgan turlb
to’qimalarga (o’tkazuvchi, meхanik, hosil qiluvchi va boshqalar) va haqiqiy
ildiz, poyalarga ega.
Yuksak o’simliklar quyidagi bo’limlarga bo’linadi.
Rinoyatoifa o’simliklar bo’limi (Rhyniophyta)
2. Zosterofiltoifalar bo’limi (Zosterophyllophyta)
3. Moхtoifa o’simliklar bo’limi (Bryophyta)
4. Plauntoifalar bo’limi (Lycopodiophyta)
5. Psilottoifalar bo’limi (Psilotophyta)
6. qirqbo’g’imtoifalar bo’limi (Equisetophyta)
7. qirqquloqtoifalar bolimi (Polypodiophyta)
8. Ochiq uruglilar yoki qaragaytoifalar bolimi (Gumnospermae,
Pinophyta)
9. Gulli osimliklar yoki magnoliyatoifalar bolimi (Angyospermae yoki
Magnoliophyta).
Tuban osimliklarning birinchi olti bolim vakillarida хlo-rofil bo’lib, shunga
ko’ra ular yorug’likda {SO2} karbonat angidrid-ni o’zlashtirib mustaqil
ravishda oziqlanadi va shu belgilariga asosan ular ko’pincha "suv o’tlari"
degan umumiy nom bilan ham ay-tiladi. Bu esa ularning yashash joylari
yoki yashash sharoita suv ekinligidan dalolat beradi. Suvo’tlari jumlasiga
kiradigan 6 bo’lim o’z filogeneziga ko’ra mustaqil bo’lishlaridirTuban o’simliklarning oхirgi 3 bo’limida - bakteriyalar, miksomitsetlar va
zambrug’larda хlorofil bo’lmaydi, ular foto-sintez qilish хususiyatiga ega
emas, ular saprofit yoki parazit holida tayyor organik modda hisobiga
yashaydi.
Filogenetik sistematikada "bo’lim" deyilganda ayrim evol-gatsiya shoхlari
bilan ularning hamma tarmoqlari yoki o’sha shoх-larning uzoq tariхiy
taraqqiyot bosqichlariga mos keladigan va yangi, oziga hos yashash
sharoitlarida hayot kechirishga moslanish mu-nosabati bilan tuzilishning
tubdan ozgarishi jihatidan avvalgi va kelgusi bosqichlardan ajralib turadigan
qismlar tushuniladi.
Yuksak osimliklarning guli osimliklar bolimidan boshqa hamma bolimlari,
avvallari "arхegoniyli o’simliklar" - deb, ham nomlangan. CHunki, ular
urg’ochi jinsiy organlari ko’p hujayrali bo’lib "arхegoniy" - deb nomlangan.
Gulli yoki yopiq urug’li o’simliklar esa urug’chi — deb ataluvchi
jinsiy organga ega bo’lib, u birikib o’sgan bir nechta meva
bargdan iborat va urug’chi ichida urug’kurtaklar joylashgan
bo’lib, urug’lanishdan keyin urug’ hosil bo’ladi SHuning uchun ham
bu bo’limdagi o’simliklar yopiq urug’li o’simliklar, deb ham nomla-
nadi. Bu bo’limning asosiy хususiyatlari - ularda jinsiy yol bi-
lan kopayish organ - haqiqiy gul bolishidir (gulli osimliklar
bolimi).
.
2.1 (Algae)dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda oʻsadi.
Suvo'tlar. bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya boʻlib yashaydigan,
koʻp hujayrali va uz. 60 m gacha boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. Ayrim
turlarida toʻqimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan
, oʻtkazuvchi toʻqimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish
uchun xizmat qiladi. Koʻkyashil va proxlorofit S. — prokariotlar; ularni,
odatda, mustaqil guruh sifatida sianobakteriyalarga, evglenasimon S.ni
koʻpincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini boʻlishi, ayrim turlarining
golozoy oziqlanishi tufayli) kiritiladi. Eukariot S hujayrasi xloroplastlari
(xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan S.da xivchin, baʼzan koʻzcha,
qisqaruvchi vakuola boʻladi. Koʻpchiligi avtotrof, bir qancha turlari
geterotrof va golozoy oziklanadi. S.ning bir qismi geterotrof, jumladan,
parazit oziqlanishga oʻtgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy (gologamiya,
izogamiya, anizogamiya, oogamiya) koʻpayadi. S. zoosporalar hosil qilib
koʻpayishi bilan yuksak oʻsimliklardan farq qiladi.
Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobigʻi tarkibi, zaxira oziq
moddalar xili)ga va gʻujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, S. 10
boʻlim; koʻkyashil, qizil, tillarang , diatom, dinofit, qoʻngʻir, sariqyashil,
evglenasimon, yashil, harasimonlarga ajratiladi. 41000 dan ortiq turi maʼlum
Dengizlarda qirgʻoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda,
chuchuk va oʻta shoʻrlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda,
jumladan, togʻ va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega boʻlgan S.
guruhga boʻlinadi: a va v xlorofillga ega boʻlgan yashil S. (evglenasimonlar,
yashil S, harasimonlar) hamda v xlorofillsiz, lekin koʻpincha s xlorofillga
ega boʻlgan sariqqoʻngʻir S. (tillarang , diatom, sariqyashil S). S.ning har xil
boʻlimlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib
chiqqanligi taxmin qilinadi.
1-rasm
Boshlangich barg poyali arxegonial osimliklar
Procormobiontha archegoniata
Boshlangich barg poyalilar haqiqiy barg poyali arxegonial osimliklardan
haqiqiy bargning bolmasligi, ayrimlarida barg ornida barg vazifasin
bajaradigan filodiylarning bolishi bilan xarakterlanadi. Boshlangich barg
poyali arxegoniyli osimliklarga yosinsimonlar (Bryophyta), riniyasimonlar
(Rhyniophyta) va psilotsimonlar (Psilotophyta) singari bolimlar mansub.
Yosintoifa (Bryophyta) bolimi
Bu bolimga mansub turlar morfologik jihatdan sodda tuzilishli osimliklar
bolib, odatda suvli muhitda tarqalgan. Yosinsimonlarning ildizi yoq, uning
vazifasini bir yoki bir necha hujayra tizimidan iborat rizoid deb ataluvchi
organlar bajaradi.
Yosinsimonlarning rivojlanish siklida gametofit nasl ustun. Bu nasl barg
poyali yoki dixotomik shoxlangan plastinka shaklidagi tanadan iborat.
Osimlikning hayot holati uchun zarur bolgan suvni shimish, nafas olish,
fotosintez, osish va rivojlanish jarayonlari gametofit naslda sodir boladi.
Yosinning sporofiti sporagoniy deb yuritiladi. U zigotadan shakllanib,
gametofitda rivojlanadi. Sporagoniy kosakcha, kosakni tutib turuvchi
ustuncha va gametofitda suv va ozuqa moddalarni shimib olish vazifasini bajaradigan tovon deb yuritiladigan, gametofitga mahkam yopishib turuvchi
organdan iborat.
Yosinlarning ayrim turlarini uy sharoitida issiqxonalarda ostirish mumkin
. Buning uchun yosin tuprogi bilan olinadi. Tuvak yoki shisha idishdan
yasalgan idish chirindi aralash boz tuproqqa toldiriladi. Idish ostida qum
qatlamining bolishi va vaqti-vaqti bilan sugorilib turilishi maqul. Yosinlar
bolimi jigarsimon va barg poyali ajdodlarga bolib organiladi.
Jigarsimon yosinlarning barchasi uchun dorzoventral tuzilish va dixotomik
shoxlanish xarakterli.
Marshansiyalar (Marchantiales) qabilasi
Qabilaga mansub jigarsimon yusinlarning vegetativ tanasining ichki tuzilishi
ancha murakkab. Jinsiy organlari maxsus vertikal holda joylashgan osimta
tirgak ustida joylashgan.
Marshansiyaning (Marchantia) tuzilishini organish.
Marshansiya nam subtropik iqlimli olkalarning daryo sohili, tog yonbagri va
ormonlarida keng tarqalgan. Uning tanasi dixotomik shoxlangan
tasmasimon plastinkadan iborat (1-rasm).
Novdalarning uch qismida, u qadar chuqur bolmagan botiq joyida osish
nuqtasi joylashgan. Plastinka shaklidagi tananing ust tomoni tok yashil
rangli. Lupa yordamida qaralganda, u juda kop sonli mayda qipiq
parchalaridan iborat bolib, har birining epidermisi ostida havo kamerasi,
markazida esa ogizcha joylashgan. Marshansiyaning ust tomonida,
maxsus savatchani eslatadigan chuqurchalarda kop sonli osuvchi kurtaklar
hosil boladi. Bu kurtaklar shamol va yogingarchilik davrida ona tallomdan
ajralib, marshansiyaning yangi tanasini hosil qiladi.
Marshansiyaning ostki (qorin) qismi och qongir yoki ayrim hollarda oqish
rangli bolib, uning ustida rangsiz yoki och qongir rangli qipiqlar amfigaus-
trinlar mavjud. Mar-shansiyaning qorin qismida uzun tortgan bir hujayrali
suv va oziq moddalarni shi-mib olish vazifasini bajaradigan rizoidlari bor.
Marshansiya-ning anatomik tuzi-lishi ancha murak-kab. Tananing ust va
ostki tomoni epider-mis bilan qoplangan. Ustki epidermis os-tida bir-biridan
rang-siz hujayralar bilan ajralib turadigan havo kameralari joy-lashgan.
Kamera bir necha qavat ipsimon shoxlangan yumaloq hujayralardan iborat,
xlorofillga boy as-similyatorlarga ega.
Marshansiya ikki uyli osimlik. Uning arxegoniy va anteridiylari har xil jinsli
tallomlarda (maxsus ustuncha gametoforda) orin olgan.
Arxegoniy ustunchada joylashgan nurli yulduzchaga oxshash diskdan
iborat. Uning shakllanish jarayonidan boshlab ustuncha juda qisqa bolib,
disk togridan-togri tallom ustunda joylashgan boladi. Disk nurlari bukilgan,
us-tunchaga yopishib turadi. Diskning pastki qismida nurlar qoltigida
arxegoniy joylashgan boladi. Otalanishdan song nurlar kotarilib, disk osa boshlaydi.
Anteridiy ustunchasi ham urgochi ustuncha singari avval juda kalta bolib,
tallomga yopishib turadi. Voyaga yetishi bilan ustuncha uzayib, uning qisqa
parrakli diski ustida bittadan anteridiyli kameralar joylashadi. Anteridiy
devori bir qavat hujayradan shakllangan. Uning ichida spermatogen
toqimalar joylashgan bolib, bu hujayralarning har biridan xivchinli
spermatozoid hosil boladi.
Anteridiyning jinsiy elementlari toliq shakllangach, uning ustida joylashgan
tirqish ochilib ingichka nay orqali spermatazoidlar disk ustiga tashqariga
chiqadi. yetarli darajada namlik bolganda, spermatozoidlar arxegoniy
ogizchasiga, songra uning shilimshiqlashgan boyin qismi orqali qorin qismiga tushadi va tuxum hujayrasini otalantiradi.
Marshansiya sporogoni uning sporofit nasli hisoblanadi. U otalangan tuxum
hujayrasidan shakllanadi. Marshansiya sporofiti yumaloq shaklli kosakdan
iborat. Uning qorin qismi kengaygan, ostidagi ustuncha sorgich gaustoriy
deb yuritiladi. Bu sorgich gaustoriy sporogoniyni suv va oziq moddalar
bilan taminlaydi. Oziq moddalarni gaustoriy marshansiya tallomidan sorib
oladi.
Sporogon rivojlanib qalpoqchali kosakchaga aylanadi. Odatda kosakcha
qopqoqchasi kop qirrali bolib, kosak pishguncha qirralar orasida tirqish
vujudga keladi. Bu tirqish orqali sporalar tashqi muhitga chiqib tarqaladi.
Kosakcha ichida uning osishi davomida arxesporiylar shakllanib, uning kop
martalab bolinishi natijasida sporalar shakllanadigan ona hujayralar hosil
boladi. Aksariyat hollarda bu hujayralarda reduksion (meyoz) bolinish sodir
bolib, hosil bolgan spora gaploid hisoblanadi. Kosak ichidagi shakllangan
ona hujayralarning bir qismi uzun tortib, ularning devori qalinlashadi va
spiral holda bukilgan, quruq muhitda qiskaradigan, nam bolganda
uzayadigan prujinali elatera shakllanadi. Nam havoda elatera chozilib
sporalarni tashqariga uloqtiradi. Jigarsimon yosinning sitoplazmasi,
yadrosi va ikki qavatdan iborat tashqi ekzosporiy va ichki endokarpiy deb
yuritiladigan posti mavjud.
Barg poyali yosinlar (Mysci) bolimi
Barg poyali yosinlar yer sharining barcha mintaqalarida tarqalgan. Ular
ayniqsa motadil va sovuq iqlimli mintaqalarda, nam yerlar, botqoqlar va tog
yonbagirlaridagi ormonzorlarda keng tarqalgan (2-rasm). Tropik va
subtropik mintaqalarda osadigan yosinlarning epifit va epifil hayot
shaklidagi turlari daraxtlarning poyasi va barglarida hayot kechiruvch
osimliklar hisoblanadi. Unumsiz yerlarda lishayniklar bilan birga yonma-yon
osadigan barg poyali yosinlar ham mavjud, ular tuproq hosil bolishi
jarayonida muhim rol oynaydi. Yosinlar motadil va subtropik mintaqalar
osimliklar olamini shakllanishida muhim orin tutadi. Barcha yashil yosinlar
barg poyali yuksak osimliklar olamining boshlangich primitiv tuzilishli
vakillari hisoblanadi.
Barg poyali yosinlar jigarsimon yosinlarga nisbatan ancha murakkab
tuzilishli, barg poyalari qoplovchi, otkazuvchi va mahkamlik toqimalaridan
shakllangan, sporogoniy kosakcha, murakkab tuzilishli.
Yashil yo'sinlar (Bryales) qabilasi
Qabilaga yashil, barg poyali yosinlar mansub bolib, uning poyasi bargli,
poyaning otkazuvchi nay boglamlari ancha murakkab tuzilishli, sporofiti
kosakcha, murakkab tuzilishli, u
sporalarni tarqalishi uchun moslashgan. Protonema yashil rangli, yashil
novdani eslatadi. Qabilaning tipik vakili kakku zigiri hisoblanadi.
Kakku zigirining (Politichum commune)
Kakku zigiri uncha baland bolmagan, boyi 20-40 sm keladigan tik osuvchi ot
(3-rasm). Poyasining yuqori va orta qismi spiral ravishda joylashgan,
lansetsimon, uzun tortgan, tok yashil
rangli barglar bilan qoplangan. Poyaning pastki qismi tuproq bagrida
joylashgan uzun rizoidli poyadan iborat.Kakku zigiri ikki uyli osimlik. Uning
erkak va urgochi tanasi bir-biridan alohida joylashgan. Jinsiy organlari
osimlik novdasining (poyasi) uchida bahor yoki yozning boshlanishida vujudga keladi. Bahor va yoz oylarida yigib olingan jinsiy organlar tekshirish
uchun qulay va spirtda yaxshi saqlanadi. Odatda arxegoniylar guruhi
urgochi osimlik poyasining uchida, yashil barglar orasida joylashgan boladi.
har bir arxegoniyning ustunchada joylashishi yosinlar uchun xos. Anteridiyni
urgochi osimlik poyasi uchida guruh.
guruh holda joylashgan barglar orab turadi. Anteridiy gujumidagi har qaysi
anteridiy orasida bir yadroli iplar yoki parafizalar deb yuritiladigan plastinka
(parda) joylashgan.Jinsiy elementlar yetilgach, otalanish sodir boladi.
Otalanish sodir bolishida arxegoniyli osimliklar uchun xos namlik zarur.
Otalangan tuxum hujayrasidan shakllangan sporogoniy kelgusi yil bahor
yoki yoz oylarida pishadi. Pishgan holda u kosakcha va ustunchadan iborat
boladi (4-rasm).Kosakchaning tumshuq tomoni kop (4-6) qirrali prizma
shaklidagi qalpoqcha bilan qoplangan. Kosakcha aniq korinib turadigan va
apofiz deb yuritiluvchi ost qism, sporalar saqlanuvchi qopchiqlar va
sporalar pishgach, kosakchadan ajraladigan qalpoqcha shaklidagi
qopqoqchadan iborat boladi.
Sporalar pishgach, kosakchadan ajraladi va peristom qirralari quruq
muhitda bir-biridan ajralib, tirqish ochiladi va sporalar tashqariga tushadi.
Qulay muhitga tushishi bilan osimlikning shoxlangan ipsimon protonemasi
shakllanadi va unda kurtaklar hosil boladi.
Qirqbogimtoifa (Eguisetophyta) bolimi
2.2. Bu bolimga mansub osimliklar poyasining bogim va bogim oraligidan
iborat ekanligi bilan xarakterlanadi. Bogimlarida mayda barglar ozining tub
qismi bilan halqa shaklida ornashgan. Hozirgi davrda tarqalgan
qirqbogimsimonlarning faqat bir qirqbogimdoshlar (Eguisetaceae) oilasi va
qirqbogim (Eguisetum) turkumi motadil iqlimli mintaqada tarqalgan.
Ozbekistonda keng tarqalgan tipik vakili dala qirqbogimi (Eguisetum
arvense) tashqi tuzilishi va spora hosil qilishidagi oziga xosligi bilan boshqa
yuksak sporali osimliklardan keskin farqlanadi.Dala qirqbogimi, kopincha,
madaniy ekinlar orasida, daryo va ariq boylarida, shudgor qilingan yerlarda
uchraydi. Tik osuvchi, balandligi 50 sm ga qadar. Ildizpoyasi yer ostida 50-60 sm chuqurlikda gorizontal holda joylashgan. Unda kraxmalga boy
tuganaklar va kop sonli ildizlar mavjud.
Ildizpoyalaridan ikki xil novdalar (poya) hosil boladi. Ularning biri ba-horgi
xlorofillsiz, qongir rangli, spora saqlovchi novdalar, ikkinchisi yozgi yashil
rangli, assimilyatsiya qiladigan novdalardir.Spora saqlovchi novdalar shirali,
qizgish-qongir rangli, shoxlan-maydi. Poya bogimlarida qipiqsimon barglar
halqa shaklida joylashgan. Poya-ning uchida spora saqlovchi kosaklar
joylashgan bolib, kosakcha ustunchasida 6-8 qongir qizil tishli sporofillar
(spora saqlovchi) halqa shaklida ornashgan. Sporofil olti qirrali, bandli
qalpoqcha shaklida bir-biriga zich joylashgan. Qalpoqcha yuzasining ost
tomonida 5-13 tadan sporangiylar, ularda esa oz navbatida sporalar shakl-
lanadi. Qirqbogim sporasi ekzoderma va endoderma qavatlaridan tashqari,
uchinchi qavat episporiy qatlami bilan qoplangan. Spora pishishi bilan bu
qatlam yorilib uzayadi va tasma shaklidagi elateraga aylanadi. Nam
sharoitda bu tasma sporani orab turadi, quruq muhitda togrilanib sporaning
tarqalishiga yordam beradi. Elatera tufayli spora yopishish, ilinish imkoniga
ega boladi. Barcha arxegonial osimliklar singari dala qirqbogimi ham har xil
porali. Ularning biridan erkak, boshqasidan urgochi
gametofishakllanadiErkak osimta mayda, yashil, cheti oyma plastinkadan
iborat.Bolmalar chetidan anteridiylar taraqqiy etadi. Anteridiyda koplab
xivchinli spermatozoidlar shakllanadi. Urgochi osimta bir qadar katta, unda
ham arxegoniy taraqqiy etadi. Uruglanish yogingarchilik davrida sodir bolib, uruglangan tuxum hujayrasidan murtak bunyodga keladi. Dastlab murtak
osimta tokimalariga botgan holda bolib, u mitti poyacha, 2 ta barg va
ildizdan iborat. Vaqt otish bilan qulay muhit sharoitida murtak osimtani
yorib chiqadi va haqiqiy ildiz, poya va barg hosil qiladi (4-rasm).
Dala qirqbogimi (Eguisetum arvense) poyasining anatomik tuzilishini
organish.Dala qirqbogimini poyasi bogim va bogim oraliqlariga aniq
ajralgan. Poyada Dala qirqbogimi (Eguisetum arvense) poyasining anatomiktuzilishini organish.Dala qirqbogimini poyasi bogim va bogim
oraliqlariga aniq ajralgan. Poyada 6-12 qovurga shaklidagi bogim va bogim
oraligi bolib, usti uzun tortgan hujayralardan shakllangan epidermis bilan
qoplangan. Hujayra posti giltuproqqa boy bolganligi tufayli usti gadir-budir.
Post ostida prozenximatik hujayralardan shakllangan mexanik toqima,
uning ostida esa xlorofil donachalariga boy assimilyatsion parenxima orin
olgan. Undan chuqurroqda post qatlami epidermial hujayradan iborat. U
markaziy oqni qoplab turadigan peritsikl bilan chegaralanadi.
Bu joyda kollaterial tipidagi parenximadan iborat yopiq holdagi otkazuvchi
tolalar joylashgan. Ksilema otkazuvchi nay boglamlari ustida, floema (lub)
torsimon lub parenximasidan iborat qatlamdan orin olgan. Bogin
oraliqlarida otkazuvchi nay boglamlari bir-biri bilan parallel holda boradi.
Boginga kelib ularning har biri uchta boglamga ajraladi. Ulardan
markazdagisi bargga qarab yonaladi. Ikki yon tomondagi boglamlar oziga
oxshash qoshni nay boglamlari bilan qoshilib yonalishda davom etadi 6-12
qovurga shaklidagi bogim va bogim oraligi bolib, usti uzun tortgan
hujayralardan shakllangan epidermis bilan qoplangan. Hujayra posti
giltuproqqa boy bolganligi tufayli usti gadir-budir. Post ostida
prozenximatik hujayralardan shakllangan mexanik toqima, uning ostida esa
xlorofil donachalariga boy assimilyatsion parenxima orin olgan. Undan
chuqurroqda post qatlami epidermial hujayradan iborat. U markaziy oqni
qoplab turadigan peritsikl bilan chegaralanadi.
Bu joyda kollaterial tipidagi parenximadan iborat yopiq holdagi otkazuvchi
tolalar joylashgan. Ksilema otkazuvchi nay boglamlari ustida, floema (lub)
torsimon lub parenximasidan iborat qatlamdan orin olgan. Bogin
oraliqlarida otkazuvchi nay boglamlari bir-biri bilan parallel holda boradi.
Boginga kelib ularning har biri uchta boglamga ajraladi. Ulardan
markazdagisi bargga qarab yonaladi. Ikki yon tomondagi boglamlar oziga
oxshash qoshni nay boglamlari bilan qoshilib yonalishda davom etadi
Qirqquloqtoifa (Pteridophyta) bolimi
2.3.Bu bolimga mansub hozirgi vaqtda tarqalgan osimliklarning poya va
barglari murakkab tuzilishga ega. Poyasi haqiqiy otkazuvchi toqimalar bilan
taminlangan. SHuning uchun ham paporotniksimonlar haqiqiy yuksak
osimliklar qatoriga kiritilgan. Ularning rivojlanish siklida gametofit va
sporofit nasllarga, aksariyat hollarda, mustaqil hayot kechiruvchi organizm
sifatida qaraladi. Sporofit ancha murakkab morfologik organlar ildiz, poya
va barg singari vegetativ organlarga ega. Gametofit esa uncha katta
bolmagan osimta deb yuritiladigan tallomdan iborat.Sporofit
sporangiylarida sporalar hosil boladi. Gametofitda (osimta) arxegoniy va
anteridiy shakllanadi. Bu bolimga umumiy qiyofasiga kora birlashtirilgan
paporotniksimonlar ozining morfologik tuzilishi, poya va barg ontogenezi va
kopayishiga kora bir-biridan farq qiladigan ajdod va qabilalardan iborat.
Kopchilik hozirgi davrda uchraydigan otsimon paporotniklarning yer ustki
organlari u qadar yaxshi taraqqiy etmagan, ammo ildiz, poya shaklidagi yer osti novdalari mavjud. Tropik mintaqada tarqalgan daraxtsimon turlarda
poya yaxshi taraqqiy etmagan. Sporali sporangiylari, odatda
assimilyatsiyaga qodir spora barglarida shakllanadi.
Paporotniklarning aksariyat qismi teng sporali, ammo har xil sporali turlari
ham uchraydi. Osimtasi reduksiyalangan, mayda, odatda yashil rangli.
Paporotniksimonlar bolimi asl, eusporan-giysimon va leptosporangiysimon
ajdodlarga bolib organiladi.
Ochiq uruglilar yoki qaragaytoifa (Gymnospermae) bolimi.
2.4 Ochiq uruglilar yer shari florasida muhim ahamiyatga ega buta va darax
Hayot shaklidagi osimliklardir. Ular shimoliy yarim sharda va baland
toglarda uchraydigan doimiy yashil osimliklardir. Ochiq urugli osimliklar
urugi yordamida kopayadi. Urug esa shakli ozgargan, ust tomonidan
integument bilan qoplangan. Urugmurtak (megasporangiy) ichida
megaspora hosil bolib, megasporangiydan ajralmagan holda osa boshlaydi
va undan urgochi gametofit nasl hosil boladi. Erkak gametofitda chang
hosil boladi. Ochiq uruglilarda otalanish sodir bolishi uchun (changning
urugchi tumshuqchasiga tushishi) changlanish sodir bolishi zarur.
Uruglanishning sodir bolishi uchun urugchi tumshugchasiga tushgan chang
osib, nay hosil boladi. Bu nay orqali chang arxegoniy tomon harakat qilib,
arxegoniyni otalantiradi. Ochiq uruglilarning aksariyat qismida jinsiy
gametalar yoki harakatsiz chang spermiy deb yuritiladi.
Otalangan tuxum hujayrasidan urugmurtak, undan oz navbatida urug
shakllanadi. Urug sporachi barglar ustida ochiq joylashganligi tufayli bu
bolim vakillari ochiq uruglilar deb yuritiladi. Ochiq uruglilardan qubbalilar
(Coniferopsida yoki Pinopsida) ajdodi yer yuzida keng tarqalgan.
Qubbalilar (Coniferopsida) ajdodi
Bu ajdod hozirgi kunda tarqalgan va qazilma holda uchraydigan qubbalilarni
ozida birlashtiradi. Ularning barglari bandsiz, mayda ignasimon yoki
qipiqsimon, chetlari qirqilmagan, butun. Mikrosporangiylari qubbalarda aylana shaklida joylashgan.Ajdod vakillari mezozoy erasining yura va bor
davrlarida keng tarqalgan. Uning qazilma holda uchraydigan qadimiy
qabilalaridan kordaitlar, ginkgolar va qubbalilarni uchratish mumkin.
Qubbalilar (Coniferales) qabilasi
Qubbalilarning yer sharida 600 dan ortiq turi keng tarqalgan. Ularning
aksariyat qismi orta va sovuq iqlimli mintaqada uchraydi. Ozbekistonda
qabilaning zarnabdoshlar (Taxaceae), qaragaydoshlar (Cupressceae),
sarvdoshlar (Pinaceae) oilalarining yovvoyi va madaniylashtirilgan turlari
keng tarqalgan.
Oddiy qaragayning (Rinus silvestris) tuzilishi
Oddiy qaragay ormon xojaligi uchun muhim daraxtlardan hisoblanadi. U
doimiy yashil, balandligi 20-40 metr keladigan daraxt. yosh qaragay poyasi
silliq, ulgaya borgan sari poyaning usti dagallasha boradi va sargish qizil
rangli plastinkaga oxshash post qatlami bilan oraladi.
Oddiy qaragay bir uyli osimlik. Urgochi va erkak qubbalar bir osimlikda
joylashgan. Urgochi qubba qizgish rangli, 4-5 sm uzunlikda, 1-3 tadan yosh
novdalar uchidan joy olgan. Har bir qubba markaziy ustunchadan va spiral
holda joylashgan yopqich vazifasini bajaruvchi qipiqlardan iborat. Ularning
qoltigida urug qipigi shakllanadi. Urug qipigining ustuncha tomonidagi qipiq
qoltigida ikkita urugmurtak (megasporangiy) bunyodga keladi. Yosh
urugmurtak nusellus (urugmurtak tanasi) va integumentning uch qismi
chetlari birlashmagan, tirqish shakliga ega. Shu joydan chang otganligi tufayli chang yoli mikropile deb yuritiladi. Yosh urugmurtak bir qator
hujayralar tizimidan iborat bolib, vaqt otishi bilan undan arxesporial hujayra
shakllanadi. Uning reduksion bolinishi hisobida tortta megaspora vujudga
keladi. Ulardan uchtasi halok bolib, bitta ostkisi saqlanib bolina boshlaydi
va undan endospermli megasporangiy (urugmurtak) shakllanadi.
Endospermning ust qismida ikkita arxegoniy shakllangan bolib, ularning har
birida bittadan tuxum hujayra mavjud.Oddiy qaragayning erkak qubbalari
yosh novdalarning tub qismida joylashgan. Ular bir necha sonli mayda
qubbalardan iborat, 2-3 sm uzunlikda. U markaziy oq va spiral ravishda
joylashgan qipiqlar mikrosporafillardan iborat. Mikrosporafillarning tub
qismida ikkitadan orin olgan mikrosporangiylarda (changdon) mikrospora
(chang) hosil boladi.Har bir chang ust tomonidan tashqi ekzina va ichki
Entina deb yuritiladigan post
Mikrosporaning osishi mikrosporangiy-ning ozidan boshlanadi va tortta
hujayra shakllanadi. Undan ikkitasi (protallial hujayralar) halok bolib, qolgan
ikkitasidan biri vegetativ, ikkinchisi generativ yoki anteridial hujayralar deb
yuritiladi.Changchi ham xuddi shunday tarkibda (ikkita vegetativ va
generativ) yadrolari shakllangan holda yorilib, chang shamol yordamida
tarqaladi. Chang urugmurtakka tushgach, bir yil tinim holida saqlanadi.
Faqat bir yil otgach, u rivojlana boshlaydi. Vegetativ hujayradan hosil bolgan
chang nusellus toqimasiga suqilib kiradi. Uning vegetativ yadrosi nay
oxirigacha suriladi. Generativ hujayra bu paytda bazal (ustuncha) anteridial
(spermatogoniy) hujayraga ajraladi. Anteridial hujayrada ikkita jinsiy
element spermiy vujudga keladi. Chang nayda harakatlanib, spermiydan
biri arxegoniydagi tuxum hujayrasini otalantiradi. Shunday qilib, chang nayi
jinsiy hujayrani arxegoniygacha borib, tuxum hujayrasini otalantirishi uchun
zarur organ hisoblanadi. Otalangan tuxum hujayrasidan zigota, undan esa
oz navbatida endospermli urug shakllanadi. Oddiy qaragay qubbasi
otalangach, osa boshlaydi va rivojlanib bir qadar qongir tusga kiradi.
Oddiy qaragay 10-15 yoshga yetgandan song unda jinsiy jarayon sodir
boladi. Umuman oddiy qaragay 300-350 yil umr koradi. U yoruglikni
sevuvchi, sovuqqa chidamli osimlik, qumoq, tosh aralash qumoq yerlarda
yaxshi osadi. Ammo botqoqlashgan yerlarda ham uning uchrashi haqida
malumotlar bor
Magnoliyatoifalilar (Magnoliophyta), Yopiq urug'lilar
(Angisperae)
Bargpoyali, urugmurtakli osimliklar Cormobionta gynociatae
Yopiq uruglilar bolimiga mansub turlar bir qator, faqat gulli osimliklar uchun.
xos xususiyatlari bilan osimliklar olamining boshqa bolimlaridan farq qiladi.
1. Ularning megasporofillari yoki boshqacha meva barglari osib, malum
usulda yopiq orindiq urugchini hosil qiladi. Unda urugmurtak
shakllanadi.Urugchisi tumshuqcha, boyin qism va kengaygan qorin
qismlardan iborat. Uruglangandan song urugchi mevaga aylanadi
2. Gulli osimliklarning gametofiti toliq reduksiyalangan organ bolib,
urgochisi kop hujayrali tanaga ega emas. Megaspora 8 yadroli murtak
xaltasidan iborat. Na erkaklik va na urgochi gametofit kop hujayrali jinsiy
organlar hosil qilmaydi. Ularda faqat gameta mavjud.
3. Uruglanishda chang spermiysining har ikkalasi ishtirok etadi (qosh
uruglanish). Endosperm ikkilamchi chang xaltasining ikkinchi yadrosi bilan
ikkinchi bor uruglanganligi tufayli triploid yadro shakllanib, undan
endosperm hosil boladi. Tuxum hujayrasining otalanishi natijasida
urugmurtak bunyodga keladi.
4. Ksilemada, odatda traxeidlar bilan bir qatorda narvonsimon,
elaksimon otkazuvchi nay boglamlari ham uchraydi.
5. Yopiq uruglilar nihoyatda turli-tuman. Shu sababli ularning tarkibida
kop sonli hayot shakllari bor.
6. Hayvonot olami bilan bogliqligi ham turli-tuman (changlanishga
moslashuvi, urug va mevalarning tarqalishi va hokazo). Gulli osimliklarning
bioximiyaviy evolyutsiyasi (organik birikmalar, yoglar, oqsil, vitamin, alkaloid
va hokazo) ham ularning shu xususiyati bilan bogliq bolsa ajab emas.
Gulli osimliklar klassifikatsiyasi
Gulli osimliklar klassifikasiyasi va ularning filogenetik aloqalari yaqinligini
aniqlash, ularning sistematik belgilarining bir tomondan oddiyligi va
qadimiyligi bilan, ikkinchi tomondan ularning murakkab tuzilganligi bilan
bogliq. Shuning uchun ham gulli osimliklarning filogenetik sxemasi qarab
chiqilganda klassifikasiyada muhim rol oynovchi xarakterli belgilari asos
qilib olingan. Filogenetik sistemalarning aksariyat qismida gulli osimliklar
ikki ajdodga: ikki pallalilar yoki magnoliopsidlar va bir pallalilar yoki
liliopsidlarga bolinadi. Bu ajdodlar oz navbatida kenja ajdodlar, qabilalar va
boshqa quyi taksonomik birliklarga (qarang S. Mustafaev, Botanika, 2002 y.)
bolinadi. Bir pallali va ikki pallali osimliklar bir-biridan qator xarakterli
xususiyatlari bilan farq qiladi.
Ikki pallalilar (Dicatyledoneae) ajdodi
Ikki pallalilar alohida ajdodga ajratilib, uning asosiy belgisi sifatida gul
qorgonining tuzilishi olinadi. Birinchi tabiiy sistema muallifi A. Jusse (1889)
ikki pallalilarning shu belgisiga asosan: gul tojbargsiz (Apetaleae), bir
tojbargli (Monopetaleae) va kop tojbarglilar (Polypetaleae) kenja
ajdodlariga boladi.
Keyingi filogenetik sistemalarda ham osimliklarning gul qorgon tuzilishiga
alohida etibor berilgan (Galler 1912, Besi 1915, Xatchinson 1926). Ayrim
hollarda gul qorgonsiz ikki pallali osimliklar (Archychlamydeae) va
gulqorgoni oddiy ikki pallali (Monochlamydeae) kenja ajdodlarga ham ajratiladi.Shu bilan bir qatorda qosh gulqorgonli, tojbarglari erkin joylashgan
ikki pallalilar (Dialypetaleae) alohida va gultojbarglari tutash ikki pallalilar
(Sympetaleae) alohida guruhlarga ajratiladi.Ikki pallalilar toj barglari tutash
osimliklar besh aylanma (Pentacyclica) va tort aylanma (Tetracyclicae)
kenja ajdodlarga ajratilgan.Keyingi filogenetik sistemalarni tuzishda
osimliklarning vegetativ va generativ organlarining tuzilishi bilan bir
qatoridabioximiya, genetika, fiziologiya, paleobotanika fanlarining
malumotlari hisobga olinishi nazarda tutilmoqda.Quyida talaba etiboriga
havola qilinadigan gulli osimliklar klassifikasiyasida yangi fundamental
nazariyalar qollangan, didaktik jihatdan kopchillikka maqul bolgan .
Taxtadjyan (1987) sistemasi asosida tuzilgan bolib, unda Orta Osiyoda va
hamdostlik mamlakatlarida tarqalgan yopiq urugli (gulli) osimliklar
bolimining ajdod, qabila, oila, turkum va turlarining umumiy tavsifini
organish uslublari haqida fikr yuritiladi.
Gulli osimliklarni organish ularni aniqlashdan boshlanadi. Tegishli oilaga
mansub osimlik turini aniqlashdan oldin tavsifini yozish (bilish) va
osimliklarning alohida organlarining suratini chizish lozim. Osimlikning
tegishli turidan dala sharoitida gerbariy tayyorlash uslubi ilovada keltirilgan
Xulosa:
Botanika fanining asosiy vazifalariga quydagilar kiradi: talabalarga o’rta va
o’rta maxsus maktablarda o’simliklar qaqida olgan bilimlarini kеngaytirish,
chuqurlashtirish, bir tizimga solish, taksonomik birliklar, filogеnеtik
sistеmalar va boshqa shunga o’xshash o’simliklar qaqidagi tasavvurlarni
ilmiy asosda kеngaytirish; o’simliklarni ilmiy asosda o’rganish tarixini,
botanika va o’simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi tarixini bosqichma-
bosqich bayon etish; talabalarni biologiya, qishloq xo’jaligi, farmatsеvtika
va o’rmonchilikda kеng miqiyosda qo’llaniladigan tadqiqotlarning amaliy va
ekspеrimеntar mеtodlari bilan tanishtirish; talabalarga tabiat qonunlarining
birligi, o’simlik organizmlariga nisbatan fizikaviy va kimyoviy qonunlarni
tadbiq etilishini tushinishiga yordam bеrish.
Xulosa qilib aytganda o'simliklar sistematikasi quyidagi jadval bo'yicha
Adabiyotlar ro'yxati:
Tojiboev Sh. Osimliklar sistematikasi. Toshkent, Oqituvchi, 1966.
Tuban osimliklar (M. Ikromov tarjimasi). Toshkent Oqituvchi, 1995.
Xamidov A., Nabiev M., Odilov T. Ozbekiston o‘simliklar aniqlagichi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1987.
Zokirov K. 3., Jamolxonov X. A. Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensiklopedik lug‘at. I tom, Toshkent, “O‘qituvchi”, 1973.
Жизнъ растений. I-VI том, Москва, “Просвещение”, 1976-1986.
Зокиров К. З. Ключ для определения семейств флоры Средней Азии. Тошкент, “Фан”, 1975.
Международный кодекс ботанической номенклатуры. Москва, “Просвещение”, 1959.
Определителъ растений Средней Азии. Коллектив. I-VII томлар, Тошкент, 1968-1983.
Тахтаджян А. Л. Система и филогения цветковых растений. Ленинград, 1966.
Флора Узбекистана. Коллектив. I-VI томлар. Тошкент, 1941-1962.
Тоджибоев Ш. - Ўсимликлар систематикаси "Ўқитувчи"
Т. 1990
Курсанов Л.И. ва бошқалар - Ботаника, Т. "Ўрта ва олий
мактаб" 1977.
Ўсимликлар географияси Т. "Ўқитувчи" 1984.
Мустафаев С. Ботаника . тошкент 2002 “Ўзбекистон”
Тошмухамедов Ўсимликлар систематикасидан амалий машғулотлар.
Тошкент 2006 “Ўзбекистон”
Do'stlaringiz bilan baham: |