Ravish so'z turkumiga oid mulohazalar mundarija: kirish


O‘zgarmas so‘z va o‘zgarmas pozitsiya (o‘rin)



Download 180,5 Kb.
bet6/12
Sana01.04.2022
Hajmi180,5 Kb.
#522449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ravish so\'z turkumiga oid mulohazalar

O‘zgarmas so‘z va o‘zgarmas pozitsiya (o‘rin)


Shaklan o‘zgarmaslik kabi tushunchalar izoh talab etadi. Tilshunoslar, jumladan, S.Ivanov, V.G.Guzev, D.M.Nasilov, H.G’.Ne’matov, I.Madrahimov nutqiy hosilalarda so‘z o‘zgarish kategoriyalarining to‘liq yoki qisman neytrallashadigan o‘rinlari ham mavjudligini ta’kidlab o‘tganlar" Shunday o‘rinlardan biri sifatida [ot+ot] qurilishli so‘z birikmalar (chunonchi, darvoza, oltin uzuk)ning birinchi komponenti tushuniladi. Bu pozitsiyada kelgan so‘zlar sintaktik munosabat shakllarini qabul qila olmaydi. Pozitsiya (bog’li qurshov) leksemaning mohiyatini belgilashga xizmat qilmaydi. Bu yerda o‘zgarish qobiliyatiga ega bo‘lgan mustaqil ma’noli leksemalarning o‘zgarmas (morfologik shakllanmaydigan) guruhi privativ tabiati bilan baholanadi. Morfologik o‘zgarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ya’ni o'zgaruvchan so‘zlar o‘zgarmas pozitsiyada kela oladi, lekin o‘zgarmas so‘zlar maxsus bir grammatik shaklni talab qiluvchi pozitsiyani egallay olmaydi. Ravish va yordamchi so‘zlar gapda ma’lum bir kelishik shakliga ega bo‘lishni talab qiladigan sintaktik pozitsiyalarda qo‘llana olmaydi, Ravish kesim mavqyeida qo‘llanganda ham, albatta ifodalangan yoki ifodalanmagan (implisit) bog’lamaga ega bo‘ladi. Bu holda grammatik kategoriya ma’nosi ravish orqali emas, shu bog’lama orqali nutq jarayoniga kiritiladi.
Ravishning yasalishi hamda tarkibiga ko‘ra turlari, shuningdek, bu turlarning voqyelanishida xizmat qiluvchi til birliklarini aniqlash mazkur so‘z turkumining semantik-grammatik tabiatini ochib berishga xizmat qiladi. Taraqqiyoti muammosi sababli bu masala yozma yodgorliklardan olingan misollar orqali o‘rganiladi.
So‘zlarning o‘zi yasalishning leksik-semantik, sintaktik-leksik, affiksatsiya, kompozitsiya kabi turlarga bo‘linadi ravish tizimida yasalishning bu usullaridan keng uchraydiganlari affiksatsiya, sintaktik-leksik (leksikalizatsiya) va kompozitsiya usuli bo‘lish fonetik va semantik usulda yasalgan so‘zlar tub ravishlar (soddalashgan yoki tublashgan ravishlar) tarkibiga kiradi. Ravishning yasalishi va tuzilishiga ko‘ra turlarini birgalikda tahlil qilish yasama va tub sodda, qo‘shma ravishni birgalikda olib tahlil qilish imkonini ham beradi. Chunonchi, ravish o‘ziga xos maxsus bir leksik-grammatik kategoriya sifatida ajralar ekan, shu kategoriyaga mansub bo‘lgan har bir birlikda uning tuzilish turlari (sodda, qo‘shma) va bu turlarning tub va yasamaligidan qat’i nazar mazkur turkumning kategorial belgisi to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Lisoniy tizim uchun ma’lum bir turkumga birlashgan birliklarning struktur (sodda, qo‘shma), tarixiy-etimologik (o‘z yoki o‘zlashmaligi), diaxronik (tub yoki yasamaligi) xususiyati hech qanday ahamiyatga ega emas, Chunki tuzilishi, genetik mansubligi, tarixiy kelib chiqishidan qat’i nazar ravish tizimidan o’rin olgan har bir xoh tayyor (lisoniy), xoh hosila (nutqiy) birlik ravishning kategorial belgisiga ega bo‘ladi va shu tizimning teng huquqli a’zosi mavqyeida turadi, Shuning uchun ravishning ichki ma’noviy guruhlari va bu ma’noviy guruhlarni tilimizdagi boshqa so‘z turkumlariga munosabatini o‘rganishdan oldin ravishning yasalishi va tuzilish turlari masalasi oilan atroflicha tanishib o’tish zarur. Ravishning har bir ma’noviy (yoki ma’noviy-funkqional) guruhchalarida tub yoki yasamaligiga ko‘ra xilmaxil qurilishli birliklar mavjud. Bu hol mazkur turkumning murakkab kategoriya ergashganini har qadamda ko‘rsatib turadi.
Ravishning yasalishi masalasi, o‘zbek tilida leksik derivatsiya (so‘z yasalish) muammosining juz’iy bir ko‘rinishidir. Shu sababdan, so‘z yasalishining umumiy masalalariga nisbatan qat’iy bir dunyoqarashga ega bo‘lmaguncha, bu masala bilan jiddiy shug’ullanish mushkul.
O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi bo‘yicha o‘z davri uchun ham, hozirgi kun uchun ham ahamiyatli fikrlar prof. A.G’ulomov tomonidan aytilgan edi14. XX asrning 60-yillaridan boshlab so‘z yasalish muammolarini o‘rganish borasida jiddiy yutuqlar qo‘lga kiritildi. Shu nuqtai nazardan akad. A.Hojiyevning o‘zbek tilida so‘z yasalishining nazariy masalasiga bag’ishlangan ilmiy ishi diqqatga sazovar. Olim bu monografiyasida so‘z yasalishi hodisasi tilning lug’at tarkibi va grammatikasiga bir xil aloqadorligini, bu hodisa tilshunoslikning alohida bo‘limini tashkil etadigan fan sohasi ekanligini tugal asoslaydi. Shu bilan birga, so‘z yasalishi asosi, so‘z yasash formanta, so‘z yasovchi qo‘shimchalarning unumli va unumsiz (mahsuldor va kammahsul, aktiv va passiv) turlarini batafsil tahlil etadi. Tadqiqotda o‘zbek tilining ikkinchi ilmiy grammatikasida shuningdek, 1980 yildan beri oliy o‘quv yurtlarida hozirgi o‘zbek adabiy tili kursi bo‘yicha asosiy o‘quv qo‘llanmalaridan biri bo‘lib kelayotgan "Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida bayon etilgan fikrlar umumlashtirilgan va kengaytirilgan. Ta’kidlash lozimki,
A.Hojiyev mazkur tadqiqotida lison-nutq dixotomiyasiga alohida urg’u bermasada, so‘z yasalishida unumli va unumsiz, regulyar va noregulyarlikni farqlash, ularga tayanib tahlilni amalga oshirishda lison-nutq farqlanishidan amalda foydalangan. Lekin lison-nutq dixotomiyasining amaliy tatbiqi so‘z yasash qolipini ajratish va uni lisoniy birlik, lisoniy tizimning konstruktsiyalar (modellar, qurilmalar) sathi (bosqichi) sifatida alohida monografiyada esa model (andaza, sxema) o‘ziga xos tushunilgan.
Prof.A.Hojiyev, E.V.Sevortyan izidan borib qo’shimchaning unumli va unumsizligini farqlab juda to‘g’ri yo‘l tutgan. E.V.Sevortyan unumli unumsizlik bilan bir qatorda sermahsullik kammahsullik tushunchalarini farqlaydi A.Hojiyev mahsuldorlik/kammahsullikni unumlili dubleti (sinonimi) sifatida qo‘llab, affikslarni aktiv va passivlik jihatidan farqlaydi. Biz ham E.V.Sevortyan atamalarini saqlagan holda so‘z yasalishida so’z yasash qolipi, so‘z yasash asosi, so‘z yasovchi vosita, so‘z yasash usuli, so‘z yasash qolipining unumlilik/unumsizligini, sermahsul/kammahsulligini farqlaymiz. Masalan, hajmmiqdor oti (numerativ so‘z) takrori (qop-qop, shoda-shoda, hovuch-hovuch) daraja miqdor ravishlarini keltirib chiqaradi. Istalgan numerativ takrori bu qolipdan ([numerativning so‘z takrori = daraja miqdor ravishi]) o‘rin ola biladi. Bu ravish yasash qolipi unumli va sermahsuldir.
Soddalashish, tublanish asosida hosil bo‘lgan ravishlarga nisbatan qolip tushunchasini qo‘llab bo‘lmaydi. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, bu holat tilshunoslikda ravishlashish (adverbializatsiya) hodisasi bilan bog’liq holda talqin etilishi l ozim. Ravish yasashning umumiy invariant qolipini [nominativ birlik + yasovchi vosita = mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘z, ya’ni ravish] tarzida ko‘rsatish mumkin. Masalan, ravish yasalishining [ot/sifat + ona = holat ravishi] yoki [numerativ takrori = daraja-miqdor ravishi] va boshqa ravishga tegishli so’z yasovchi qo’shimchalari yuqorida keltirilgan umumiy qolipning ko‘rinishi
(varianti)dir.
Leksemalashgan (bunday birliklar nisbatan ravishlarda ko‘p kuzatiladi) hosilalarda ravish so’z yasovchi qo’shimcha kuzatilmaydi. Bunday ravishlar masalan: yoppasiga, sidirgasiga; vaqtshcha, ko‘pincha)so‘z yasash asosi va so‘z yasash formantiga ajralmaydi. Yoki qo‘sha-xo‘sha so‘zi ravish so’z yasovchi qo’shimcha hosilasi emas, balki ravishdosh takrori qo‘llanish qolipi hosilasining ravishlashgan (adverbializatsiya) ko‘rinishidir. Xuddi shuningdek, uzib-uzib takror so‘zi ham ravish so’z yasovchi qo’shimcha hosilasi emas, u leksikalizatsiya hodisasi, ya’ni bir turkumdan ikkinchi turkumga, bir ma’noviy guruhdan ikkinchi ma’noviy guruhga ixtisoslashuvi asosida qo‘llanadigan birlikdir.
So‘z yasalishi tadqiqi jarayonida leksemalarning tarixan qurilin1 turlarini farqlash ham katta ahamiyat kasb etadi. Buniig boisi shundaki, har qanday turg’un, mavjud, hozirgi holat (sinxroniya) uzoq bir tarixiy taraqqiyot (diaxroniya) mahsulidir va har qaysi holatda o‘tmish ta’siri mavjuddir.
Endi ravishlarning tuzilish turlari tahliliga o‘tamiz. Eslatib o‘tganimizdek, ravishlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini biz sodda va qo‘shma kabi ikki turga, ularni o‘z navbatida tub, yasama ko‘rinishlarga ajratgan edik. Tub ravishlar ikki ko‘rinishga - tarkibi tamoman qorong’ilashgan, ya’ni tom ma’noda tub, tarkibi u yoki bu darajada ajralib turadigan hosilalarga, ya’ni ravishlashgan (leksemalashgan) so‘zlarga ajraladi. Leksemalashishning bosqichlari ixtisoslashish, soddalashish va tublanish bo‘lganligi sababli sodda ravishlarni ham, qo‘shma ravishlarni ham quyidagi struktur (tuzilish) turlarga ajratish mumkin:
Sodda ravish deganda bir o‘zakdan iborat bo’lgan ravishni tushunamiz. Umuman, leksemani sodda, qo‘shma kabi turlarga ajratish o‘ta shartlidir. Chunki sodda leksema (ravish) deb izohlanib kelinayotgan ko‘pgina ravishlar tarixan murakkab bo‘lib, hozirgi til nuqtai nazaridan ongimizda tarkiban va mazmunan yaxlit bir butunlik sifatida gavdalanadi. Tilshunoslarning yakdilona fikriga ko‘ra, ravishlarning tarkibida juda ko‘p qadimgi so‘z yasovchi, forma yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar saqlanib qolgan. Turkiy tillarda sodda ravishlar tarkibida saqlanib qolgan qadimgi qo‘shimchalar olimlarning ishlarida atroflicha tadqiq etilgan. Bu tadqiqot natijalari E.V.Sevortyanning ikki jildli monografiyasida, O‘zbek va turk tillari bo‘yicha fundamental grammatikalarida, E.R.Tenishev rahbarligida tuzilgan Moskva tilshunoslarining turkiy tillar qiyosiy grammatikasi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarida, A.M.Shcherbak ishida umumlashtirilgan. O‘z tahlshshmizda keyingi, umumlashtiruvchi tadqiqotlarda berilgln talqinlarg’a tayanamiz.



Download 180,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish