Ravishni boshqa so‘z turkumlaridan ajratib turuvchi belgisi qaysi? Buni aniqlash uchun so‘z turkumlarini ajratishda asos bo‘ladigan ma’noviy, tarkibiy (morfologik) tahlil qilish mumkin.
Predmetlik ma’nosi. Bu ma’no otlarda yorqin, sifatlarda yashirin (assoqiativ) ravishlarda o‘ta kuchsizlangan holda namoyon bo‘ladi. Predmetlik ma’nosi ba’zan ot va sifatlarda o‘ta kuchsizlanishi kuzatiladi (chunonchi: shu yerda, shaharda, istiqomat qiladi; issgsh, issiqxona, issgshda qoldi va b.). Bir qator ravishlar esa predmetlik ma’noshga bemalol ishora qila olganligi sababli (masalan: Doya, bar daqiqa oldin, men bu haqda gapirdim kabi) bu belgi ot, sifat, ravish va olmoshlarni bir-biridan ajratish uchun yetarli asos bo‘lolmaydi.
Belgi, belgining belgisi ma’nosi, Bu ham so‘z turkumini ajratish uchun asos bo‘lolmaydi, chunki bu ma’no H.Ne’matov, I.Madrahimov, J.Eltazarov ishlarida ko‘rsatilganidek, turli sintaktik birikuvlarda kelgan ot, si fat va sonlar bilan bemalol ifodalanishi mumkin12.
O‘rin, payt, yo‘nalish ma’nolari. Bu ma’no ham ot, sifat, ravish va olmosh bilan ifodalanadi. Ot va sifatlarning makon otlari, zamon otlari, makon sifatlari, zamon sifatlari kabi ma’no guruhlarga ajratilishi buning yorqin dalilidir.
Miqdor ma’nosi. Bu ham ot, sifat, ravish, olmosh, hatto fe’llar bilan (yigmoq, ko’paymoq, ugshoq, to‘tamoq) ifodalanishi mumkin. Shuning uchun bu tamoyil ham ravishni ajratish mezoni bo‘lolmaydi.
Yuqoridagi bayondan ko‘rinib turibdiki, ravishni ot, sifat, sondan qat’iy farqlovchi aniq ma’noviy omil yo‘q. Ta’riflarda mavjud bo‘lgan o‘rin, payt, holat, miqdor, tarz kabi. umumlashma ma’nolarni ifodalash nafaqat ravishlarga xos, balki boshqa so‘z turkumlariga ham bunday ma’nolarni ifodalay oladi. Ma’lum bo‘ladiki, bu tamoyil (semantik) asosida ravishlarni ajratish mushkul. Lekin ravishlar mustaqil ma’noli, ya’ni eslanganda yoki so‘zlovchi qo‘llaganda tinglovchi xotirasida muayyan bir tushunchani gavdalantiruvchi mustaqil so‘zlardir. Bu so‘zlar yordamchi so‘zlardan farqli o‘laroq har xil sintaktik, modal munosabatlarni ifodalashga emas, balki so‘zlovchi va tinglovchi ongida mavjud bo‘lgan ayrim tushunchalarni ifodalashga xizmat qila oladigan, shu bilan bog’liq ravishda ganda mustaqil o‘rin (pozitsiya) egallay oladigan so‘zlardir. Demak, ravishlarning mustaqil ma’nolilik belgisi ularni differenqial (farqlovchi) emas, balki integral (birlashtiruvchi), ravishlarni mustaqil so‘zlar guruhiga kirituvchi belgidir. Shu asosda ravishlarning sintaktik belgisini aniqlashga o‘tamiz.
Turkiy tillarda fe’loldi aniqlovchi o‘z shaklini o‘zgartirish zaruriyatiga eta emas. Rus tilida tarixan qisqargan sifatlarning sredniy rod ko‘rsatkichi bo‘lgan -o qo‘shimchali so‘z fe’loldi aniqlovchi mavqyeida yangi mohiyat, ya’ni ravishlik belgisi xususiyatini olgan. Uyg’ur tillarga aniqlovchi-aniqlanmish moslashuvi xos bo‘lmaganligi sababli aniqlovchi shaklan farqlanmaydi. Qiyoslang: Yaxshi bola yaxshio‘qiydi.
So‘zlarni ot yoki fe’l bilan birikib kelish tamoyili asosida farqlash, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, turkiy tillar uchun mutlaqo yaroqsiz. Zeroki, bu tamoyilni turkiy tillarga nisbatan qo‘llash shaklan aynan bir so‘zni ot, sifat va ravish kabi uch omoleksemaga ajratishga olib keldi va bu turkiy tillarning tabiatiga zid.
Gapda aniqlovchi, hol va kesim vazifasida kelish mustaqil so‘z turkumining barchasi uchun, jumladan, ravish uchun ham xosdir. Demak, bu belgi ham ravishni boshqa So‘z turkumidan ajratishga xizmgg qila olmaydi. Lekin ega va to‘ldiruvchi vazifasida kela olish ot, sifat, son, fe’l (harakat nomi va sifatdosh shakllari), olmosh uchun xos ekanligi tilshuыoslikda keng tavsiflangan. Ravishning bu vazifada kelishi odatda sharhlanmaydi, Buning sababi, ehtimol, ravishlarning sintaktik qobiliyati emas, balki to‘ldiruvchining albatta kelishik shakllari, ya’ni morfologik o‘zgaruvchanlik belgisiga ega bo‘la olish zaruriyati bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardan ravishning boshqa So‘z turkumi bilan morfologik shakl hosil qilish, ya’ni so‘z turkumlarining so‘z o‘zgartiruvchi shakllariga ega bo‘la olish va bo‘la olmaslik qobiliyati masalasigham mavjud.
Agliyutinativ tabiatli turkiy tillar lug’aviy va sintaktik munosabat shakllarining so‘zlarga birikish qobiliyati flektiv tillarga ko‘ra ancha keng va yorqin ekanligi bilan ajralib turadi. Bu masala turkiyshunoslikda, xususan
V.G.Guzev, D.M.Nasilov ishlarida keng muhokama etilgan13. Turkiyshunoslikda ravish sifatida baholanuvchi hozir, bugun, oldin, keyin kabi o‘nlab so‘zning egalik, kelishik va hatto son qo‘shimchalari bilan erkin birika olishi (o‘zgarishi) shu xususiyat bilan izohlanadi. Ravish guruhiga kiritilgan yuqoridagi so‘zlarning son, egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan birikishida hech qanday zo‘rmazo‘rakilik yoki 30 g’ayritabiiylik sezilmasligi har bir o‘zbek uchun tushunarli. Bunday so‘zlarning o‘zgarishi bu tilda so‘zlovchilar uchun g’ayrioddiy emas, balki tabiiy kechadi, ya’ni o‘zbek tilida, yuqorida eslatib o‘tganimizdek, so‘zlarning qo‘shimchalar bilan birikish imkoniyati juda keng. Agar boya, endi, olg’a kabi so‘zlarni hozir, keyin, oldin, kecha, bugun, erta so‘zlari bilan qiyoslagan holda kelishik qo‘shimchalarini qo‘shib ko‘rishga harakat qilsak, quyidagi holatni ko‘rishimiz mumkin:
Bu ikki guruh so‘zlarining egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan birikish qobiliyati turlicha. O‘zbek tilida so‘z o‘zgarishi va agglyutinativ mohiyatiga ko‘ra birikuvchanlik xususiyati o‘ta keng. Shu bilan birga, ko‘plik son, egalik, kelishik shakllarini mutlaqo qabul qila olmaydigan mustaqil so‘zlar guruhi ham mavjud. Mana shu guruhni ravish sifatida belgilash ravishning turkona tabiatini ochish va tavsiflashga asos bo‘la oladi. Tabiiyki, bunday talqinda ravish darajalari degan tushuncha ham batamom yo‘qoladi. Ravishlar o‘zgarmas so‘z bo‘lgani uchun ularga daraja shakli, kuchaytirma va ozaytirma ko‘rinish mutlaqo xos bo‘lmasligi kerak. O‘zgarmas so‘zlarga yuklama (qo‘shimcha yuklama)lardan boshqa hech qanday qo‘shimcha birika olmaydi. Ravishlarning ega va to‘ldiruvchi vazifasida kela olmasligi (yoxud kela olishining o‘ta chegaralanganligi) shu xususiyat bilan bog’liq.
Endi ravishni ajratishda tilshunoslar asoslanadigan yana bir jihat ravish yasalishi (derivatsion asos yoki tamoyil)ga to‘xtalamiz. Dastlab shuni ta’kidlash lozimki, turkiy tillar so‘z yasash tizimi lison-nutq dixotomiyasida keng o‘rganilmagan hodisa bo‘lib, bu yo‘nalishda H.Ne’matov, R.Rasulov, A.Hojiyev ishlaridagina ayrim mulohazalar bildirilgan, xolos. Shu tadqiqotlarda bayon etilgan fikrlarga tayangan holda so‘z yasash qoliplari, bu qoliplarda unumlilik va mahsullilik tushunchalarini aniqlaymiz. Unumli, ya’ni yangi-yangi so‘zlarni yasashga xizmat qila oladigan qoliplarnigina lisoniy birlik sanab, ularning hosilasini nutqiy birlik sanaymiz. Bunda R.Saloyev tomonidan asoslangan, ya’ni o‘zbek tilida shaxs oti va ismi fo-illarni ajratish tamoyiliga tayangan holda, so‘z yasash qolipining nutqiy hosilasini ma’noviy (sohaviy, vazifaviy) ixtisoslashuvini, nutqiy birlik lisoniylashish bosqichiga o‘tganligini hisobga olamiz.
Umumiy lisoniy qolipini [ism/fe’l+chi/uvchi = ism anglatgan narsa, belgi, miqdor, voqyea-hodisa bilan bog’liq bo‘lgan biror harakatni bajaruvchi shaxs/fe’l anglatgan harakatni bajaruvchi shaxs] sifatida belgilab, uning ikki ko‘rinishini: ism+chi = ism anglatgan narsa, belgi, miqdor, voqyea-hodisa bilan bog’liq bo‘lgan biror harakatni bajaruvchi shaxs] va [fe’l+(u)vchi = fe’l anglatgan harakatni, holatni voqyelantiruvchi shaxs] ajratadi. Shu asosda, masalan,
- buzni yoqtiruvchi... kabi ma’nolarga nutq sharoitiga ko‘ra ega bo‘la olishini, nutq sharoitigina bunday so‘zning ma’nosini muayyanlashtirishi mumkinligini ta’kidlaydi. Xuddi shuningdek, uchuvchi so‘zi ham (uchish harakatini bajaruvchi shaxs yoki predmet) nutq jarayonida ma’nosini muayyanlashtiradi. Lekin tilda so‘zning muayyan tushuncha bilan boglanish an’anasi mavjudligi sababli tildagi bu qonuniyat nutqiy hosila sifatida ikkinchi farq bu so‘zlarning so‘z o‘zgariA tizimiga munosabatida namoyon bo‘ladi.
Forma yasash (suz o‘zgartirish) qobiliyatiga ega bo’lmagan mustaqil ma’noli so‘zlarni ravish sifatida ajratish tamoyili asosida mantiqiy hukm chiqara olamizki, -ona qo‘shimchali mustaqil ma’noli o‘zbekona so‘zi o‘zgarmas so‘z (ravish), -cha qo‘pgamchasi esa mustaqil ma’noli, lekin o‘zgarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ya’ni ravish turkumiga kiritilishi mumkin bo‘lmagan so‘z yasayapti. Ko‘rinadiki, tilimizda ravish yasovchi derivaqion (so‘z yasovchi) vositalar mavjud. Shuning uchun ishning navbatdagi bobida ravishning yasalish vosita va usullari maxsus tadqiq qilingan.
Demak, ravishni mustaqil so‘zlarning alohida bir guruhi sifatida ajratishda biz ularning ma’no qobiliyati jihatidan mustaqil so‘zlar guruhiga mansubligi, o‘zgarmasligi hamda yasalish tizimiga tayanamiz, Ravishlarning lisoniy mohiyatini quyidagicha belgilar majmuasi sifatida berishimiz mumkin:
Mustaqil turkumga mansublik;
Shaklan o‘zgarmaslik-
Gapda hol, aniqlovchi, kesim vazifalarida kela olish. Bir qarashda, bu yerda sanab o‘tilgan uch belgi So‘z turkumlarini ajratishdagi semantik, morfologik va sintaktik asoslar bilan aynandek ko‘rinadi, biroq mohiyatan bunday emas. Ravish boshqa So‘z turkumidan faqat bitta asosiy belgi - morfologik (shaklan) o‘zgarmaslik tamoyili asosida ajraladi. Qolgan ikki belgi (semantik-leksik, sintaktik) esa ravishni boshqa mustaqil so‘z turkumiga birlashtiruvchi (integral) belgilardir. Hatto ravish takroran qo‘llanganda yoki har xil okkozional holatda qo‘shimcha olganda ham, bunday hosilalarni ch ravishning o‘zgarishi deb qabul qilish to‘g’ri bo‘lmaydi. Bunday hosilalar ravishdan o‘zga hodisa (birlik) sifatida sharhlanishi lozim, Barcha tadqiqotlarda ravish sifatida talqin etiladigan nari, beri kabi so‘zlar narida, naridan, beridan kabi shakllarga kira oladi. Shu bois bu so‘zlar ravish turkumiga xos emas, chunki ular kamida ikki shaklda qo‘llana oladi. Mazkur so‘zlarga turli qo‘shimcha shakllar qisman bo‘lsada qo‘shila oladi.
Shunday qilib, ravish deganda biz mustaqil so‘zlarning morfologik shakllar (so‘z o‘zgartirish tizimi)ga ega bo‘lmagan guruhini tushunamiz. Shu munosabat bilan bir necha hodisani o‘zaro farqlash lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |