3. Juft ravish
Til elementlarining o‘zak tarkibiga singib, ajralmas holga kelishi ravish guruhida ko‘plab kuzatiladi. Bu esa mazkur turkumni tarkiban murakkablashtirib turadi, Ravish leksemalar (so‘ngra, endi, oldin, ildam, uzra, tegra, kechhurun, birvarakayiga, bajonidil, astoyidip, jindak, andak va b.) tarixan uzok o‘tmishning "qoldiq"lariga to‘la. Ravish nihoyatda ajoyib so‘zlar turkumidan biridir. Ularni haqiqiy jonli qazilmalar deyish mumkin. Ular qadimgi davrlardan butun yoki bo‘lak-bo‘lak holda saqlanib kelayotgan qadimgi hayvonlar yoki o‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlari, tog jinslariga o‘xshaydi. Xuddi shu fikrni turkiy tillarning barchasi, jumladan, o‘zbek tiliga xos ravishlarning morfologik tarkibiga nksbatan ham to‘la-to‘kis qo‘llash mumkin. Har bir turkiy tildagi ravishning morfologik tarkibini o‘rganish va izohlash shu tilning tarixiy grammatikasini yaratishda qo‘l kelishi mumkin.
Ravish so‘zlar tarkibida bir qator arxaik qo‘shimchalar borligi e’tirof etiladi Turkiy tillardagi ravishlarni qiyoslab o‘rgangan olim A.M.Shcherbak ravishni turli-tuman "shakllar omborxona"si (sklad)ga o‘xshatadi Umuman, ravishlarning tarkibini aniqlash va tasniflash orqali turkiy tillardagi eng qadimgi til shakllarini qayta tiklash imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Qolaversa, muayyan bir so‘zning ravish bo‘lib shakllanishiga xizmat qilgan, ayni paytda "jonsizlangan" shakl (o‘zak, qo‘shimcha)larni (masalan: so‘ng-ra, en-di, il-dam, uz-ra, kech-qurun, olga, na-ri, be-ri) tadqiq etish orqali leksika va grammatikadagi ayrim muammolarga oydinlik kiritish mumkin. Bu esa nafaqat ravishlar bilan bog’liq muammolarni, balki boshqa so‘z turkumlarining tarkibini yoritishda ham qo‘l keladi. Ayni shu masala bo‘yicha N.K.Dmitriyev shunday yozadi: "...turkiy tillar uchun bu turkum [ravish] "ochqich" vazifasini o‘taydi. Chunki bu turkumda ot ... fe’llar tavsifida chetlab o‘tib bo‘lmaydigan qator xarakterli belgilar saqlangan bo‘lib, ravish so‘zlarni o‘rganish orqali so‘z turkumlari doirasidagi muammolar oydinlashadi.
Sodda tub ravish sodda ravishlarning alohida bir ko‘rinishi bo‘lib, mazkur ravishlarning tarkibi hozirgi o‘zbek adabiy tili nuqtai nazaridan batamom qorong’i. Sodda tub ravishlar qatoriga boya, eng, bot, so‘ng, jim, cho‘rt, chirt, tek, sal kabi turkiy hamda juda, hamon, darrov, hali, hamshia, xiyla, xiyol, mudom, nuqul, ohista, zoye, zinhor, aslo, battar kabi olinmalarni kiritish mumkin. Yuqorida sanalgan so‘zlardan juda, eng so‘zlarining mustaqil so‘z turkumi tarkibiga kiritilishi munozarali, Lingvistik adabiyotlarda eng, juda so‘zlari ravish (kuchaytirma ravish) sifatida keltiriladi. Eng so‘zi gapda belgini kuchaytirib, ta’kidlab keladi: Eng katta o‘y, eng yaxshi bola va x.k. Bularda eng so‘zisiz ham belgi ifodalanaveradi, qolaversa, eng so‘zi gapda alohida sintaktik pozitsiyani egallay olmaydi. Bu esa "eng" mustaqil so‘z emasligini, kuchaytirish va ta’kidlash xususiyatlaridan kelib chiqib, mazkur so‘zni kjlamalar qatorida o‘rganish kerakligini ko‘rsatadi. Bu fikrni juda so‘ziga nisbatan ham aytish mumkindir, lekin juda so‘zi eng so‘zidan farqli holda qisman bo‘lsa-da, gapda alohida sintaktik pozitsiyani egallay oladi, ya’ni holat fe’llaridan oldin kelib, alohida gap bo‘lagi vazifasida keladi.
Ma’lumki, eski turkiy, xususan, eski o‘zbek tili davriga kelib, qadimgi turkiy tildagi asl turkiy ravishlardan tashqari eroy tillari va arab tilidan bu guruhga oid ko‘plab so‘zlar o‘zlashgan. Tarixan eroniy yoki arabiy qatlamga oid bo‘lib, tarkibi o‘zbek tili nuqtai nazaridan mutlaqo ajralmaydigan o‘zlashmalar ham sodda tub ravishlar sifatida baholanishi l ozim. Lekin ravish yasovchi qo‘shimchasi ajralib turuvchi olinmalar (mardona, oqilona, lutfan, vijdonan, xafasimonya)ni sodda tub ravishlar guruhiga kiritish munozarali.
Sodda tub ravishlarning ko‘pchiligi gapda hol va har xil bog’lamalar bilan kesim vazifasida kela oladi: Ochil chirt burildi-da, jadallab zinapoyadan pastga tushdi. Shu o‘tirishdan so‘ng O‘zbek oygsh juda ham jonlanib ketdi solib jim o‘tirdi. Hujraga qorongilik cho‘kkaniga ancha bo‘ldi.
Sodda tub ravishlarning sifatlovchi-aniqlovchi bo‘lib kelishi nisbatan chegaralangan: Sal gapga jaxl qiladigan bo‘lgan (Oybek). Asl turkiy ravishlar (boya, bot, jim, cho‘rt, chirt) odatda ish harakat tarzi va paytini ifodalab hol vazifasida kela olishi bilan xarakterlanadi.
Tublashgan ravish guruhiga tarkibli ekanligi taxmin etilib, lekin tarkibini aniq sharhlash mumkin bo‘lmagan ravishlarni kiritish mumkin. Bunday so‘zlar tarkibidagi qo‘shimcha shakllar (qolaversa, ayrim so‘zshakllar) o‘z xususiyatini birmuncha oldin yo‘qotib ulgurgan. Lug’atimizda tublashgan ravishlar sifatida quyidagi ikki va undan ortiq morfemali so‘zlarni sanash mumkin: olga, endi, yayov, yana, kechqurun, zo‘rga, obdon, atigi, kunduz, ildom, qiyg’os, uvvalo (astoyidil), ulug’vor (mutlaqo), atayin, qamti, tag’in, ancha, asta, yashol, baralla. Qo‘shimcha shakllarning o‘zak tarkibiga singishi uzoq tadrijiy taraqqiyot davomida yuzaga keladi, ya’ni ma’lum shakllar o‘z grammatik ma’nosidan chekinib, so‘z o‘zagiga singishi asta-sekin shakllanadigan hodisa ekanligi aniq. Ko‘rinadiki, turkiy tillarda, jumladan eski o‘zbek tilida bu jarayon qadimdan boshlangan bo‘lib, hozir ham davom kelmoqda.
Qo‘shimcha shakllardan bir qismi bugungi kunda o‘zining fonetik shaklini o‘zgartirgan, ba’zisida esa ular qo‘shilgan o‘zak iste’moldan chiqib qolgan. Chunonchi, olg’a o‘rin ravishida bu hodisaning har ikkalasini ko‘ramiz. Bu so‘zning o‘zagi qadimgi al (prostranstvo (-mesto) pered chem-l.) so‘zi bo‘lib, olga, old, oldin, alii (peiyuna) kabi so‘zlar tarkibida saqlangan. Olg’a so‘zi tarkibidagi g’a jo‘nalish kelishigining qattiq o‘zaklarga qo‘shiladigan ko‘rinishidir. Demak, olga so‘zi hozirgi o‘zbek tilidagi oldga so‘zi bilan ma’no va grammatik jihatdan bir xildir. Yoki yayov so‘zini turkiyshunoslar tarixan (y)ado - "qadam tashlamoq" so‘zi bilan bog’laydilar. Shuningdek, manbalarda emdi/emti (hozirda endi) ravishi tarixan iyana", "va" kabi ma’nolarni ifodalovchi em so‘ziga -di/ti qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan tublashgan ravish sifatida izohlanadi. Xuddi shuningdek, qamti so‘zi ham tublashgan ravish sanaladi: ... uch kishi qamti o‘tirib, manti tanovul qildilar. (A.Qodiriy)
Do'stlaringiz bilan baham: |