Andin berikim , qoshimda yorim yo’qtur,
Hijronida juz nolai zorim yo’qtur.
Dasht uzra quyun kabi qarorim yo’qtur,
Sargashtaligimda ixtiyorim yo*qtur. (3, 571).
Ruboiyning ilk misrasidagi «andin berikim» birikmasi she'r qahramonining yillar davomida mahbubasiz umr kechirganiga ishoradir. Ayni choqda, matndagi bu ikki so’z ushbu asar shoir umrining «kibar» davri mahsuli bo’lishi mumkin, degan fikrni she'rxon taxayyulida jonlantiradi. Oshiqning ko’pdan beri yori yo’q ekan, tabiiyki, uning ma'shuqa hijronidan o’zga «nolai zori» ham yo’q. Ishqiy mavzuda bitilgan mazkur ruboiyning dastlabki qo’sh satri undagi asosiy g’oya -muallifning ichki kechinmalari tasviridan iborat ekanligini dalillaydi. Keyingi misra bildirilgan mulohazalar rivoji uchun xizmat qiluvchi hayotiy tamsildan iborat. Unda shoir o’z holati bilan dasht uzra ko’kka dahshat solib, beqaror izg’iyotgan quyun orasida o’xshashlik borligini tasvirlaydi. Quyun maqsad-muddaosiz osmonga o’rlaydi, aniqrog’i, u shamolning hukmiga tobe'dir. So’nggi misrada esa shoirning quyun misol saigashtaligining sababi ixtiyori o’zida emasligining ifodasi bilan yakunlanadi. Demak, shoir bu «ixtiyorsizlik»ni taqdirdan deb biladi. Xuddi shunday qismatdan shikoyat g’oyalari bilan sug’orilgan ruboiylarni Alisher Navoiy she'riyatida yana juda ko’plab uchratish mumkin:
Ollimda tabibi chorasozim ham yo’q,
Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo’q.
Tegramda anisi jongudoziin ham yo’q,
Boshimda shahi bandanavozim ham yo'q. (3, 577). Mazkur she'rda shoir o’zining tanholigini nafaqat mahbuba bilan bog’liq holda tasvirlaydi, balki u qismatidagi bu holatni ifodalash uchun «tabibi chorasoz»-she'r qahramonini shunday holatdan xalos etuvchi, dardiga davo topuvchi tabibning, «rafiqi dilnavoz»-kerakli paytda jonini qiynovchi, unga ozor beruvchi yoki huzur baxsh etuvchi yaqin kishining hamda «shohi bandanavoz» boshini silovchi, bechoraparvar shohning (yana bir ma'nosi mahbuba) mavjud emasligidan shikoyat qiladi. Tabiiyki, aytilgan sifatlar ma'lum ma'noda ma'shuqaning fazilatlariga ham tegishlidir. Biroq asarda ifodalangan shoir holatidagi yakkalikning sabablaridan yana biri mavjud hayotiy voqelikdir. Ko’rinadiki, shoir o’z hasbi holi bilan aloqador fikrlarni zamon va ahli zamon bilan bog’liq tarzda tasvirlaydi. Bu tabiiy hol, chunki she'r qahramoni ham o’sha mavjud ijtimoiy hayot bilan birga nafas oladi, biiga o’sha ijtimoiy-maishiy muhitda yashaydi. Ruboiyning o’ziga xos ohangdorligi uning tarse' badiiy san'atiga asoslanganligida namoyon bo’ladi. Asarning har bir misrasi boshidagi ilk so’zIari («ollimda», «yonimda», «tegramda», «bosliimda») bo’g’in jihatidan teng bo’lib, o’zaro qofiyadoshlik hosil
singari janrlarda bitilgan asarlari fors-tojik adabiyotining boy an'analari negizida shu tilda yaratilgan badiiyat namunalari bilan bellasha olish xususiyatiga ega bo’lishi lozim edi. Tuyuqda ijod qilingan she'rlar oldida esa bunday talab qo’yilgani yo’q. Shunday bo’Ushiga qaramay, shoirning bu janrda ijod etgan asarlari g’oyaviy-badiiy nazokati nuqtai nazaridan turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari maqomida bunyod qilinganligi bilan ahamiyatlidir.
Alisher Navoiyning ma'shuqa go’zalligi vasfiga bag’ishlangan yuqoridagi tuyug’i ham badiiy mahoratining yuksakligi bilan shu adabiy shaklda yaratilgan asarlarning mumtoz namunasi hisoblanadi. Mazkur tuyuq «yo labmudur» so’zining uch ma'nosi, aniqrog’i, shakli bir xil, ammo ma'nosi uch xil bo’lgan uch kalimaning satri oxirida qofiyalanishidan vujudga kelgan. Dastlabki misralarda ulug’ shoir muxlis e'tiborini ma'shuqaning labiga qaratar ekan, she'r qahramonining o’ta hayajonli holatini tasvirlash niyatida «Yo rab»,- deya Allohga murojaat etadi. She'r qahramonining cheksiz his-hayajon va ehtirosi she'rxonga tajohuli orifona san'ati yordamida «ul shahd-u shakar yo labmudur?»-tarzida gavdalantiriladi. Misradagi mazmun quyidagicha: Yo rab, u asal-u shakarday shirin mo’jizalar ma'shuqaning til uchida omonat turgan labimikin? Bunday tasvir o’quvchining tuyg’ulariga ta'sir etmay qolmaydi, albatta. Shoir tajohuli orif—bilib, bilmaslikka olish badiiy san'atiga tayaiiib, ma'shuqa dudog’larining ehtirosli tasvirlarini chizishga erishadi. Ikkinchi misra o’sha fikrni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda qalbni kuchli tug’yonga keltiruvchi ehtirosli savol: «Yoki sevgilim asal-u shakar yalabdimikin?»- shaklida tadrijiy rivojlantiriladi. Keyingi satrlarda esa ma'shuqa qosh-u ko’zining tajnis-u tajohuli orif hamda istiora san'atlari vositasida go’zal tasviri hosil qilinadi: «Ma'shuqa jonimga qo’shaloq novaklarni otish niyatidakiprik o’qlarini qoshi kamoniga yoylabdimikin?» Ayonlashadiki, ulug’ shoirga mahbubaning kamon shaklidagi ikki qoshi va ulaiga o*q yanglig’ tutashib tuigan uzun kipriklari hamda lablarining payvasta-bog’liqligi o’ziga xos hazil-mutoyiba qilish imkoiiini yaratgan. «Yo labmudur» qofiyadosh so’zlarining ma'nolari esa quyidagcha: l.«Yolabmikin?». 2.«Yalabdimikin?» 3. «YoyIabdimikin?» Tahlil etilgan she'r ma'shuqa go’zal jamolining o’ziga xos qochirim, hazil-mutoyiba hisiari uyg’unligida tasvirlashning mahsuli sifatida vujudga kelgan bo’lsa, shoirning «Bormag’in» tajnislt so’zlarining qofiyalanishidan hosil bo’lgan tuyug’ining ijod etilishida oshiq va ma'shuqaning o’zaro munosabatlari, mahbubaning o’jar-u qaysarligi mavzu sifatida tanlangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |