islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir",-deyiladi
Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida.
Ta'Iim to’g’risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy dastunni, ayniqsa, uning ikkinchi bosqichi-sifat pog’onasi talab-tamoyillarini hayotga tadbiq etish yo’Iidagi harakatlar respublikamizda kun sayin qanot yoympqda. Ayni paytda o’rta umumiy ta'lim maktablari Davlat standartlarining ishlab chiqilishi, fanlar bo’yicha takomillashgan Dasturiarning amaliyotga joriy qilinayotganligi quvonchli holdir. Qayd etilgan yangi dasturfaming afzalligi shundaki, unda bilimdon o’quvchini tarbiyalash bosh muddao bo(lmay, balki barkamol avlodni (shaxsni) shakllantirish diqqat markazida tutiladi. Tabiiyki, bunday jarayonda badiiy adabiyotning, jumladan, umrboqiy qadriyatlarimiz, islomiy-tasawufiy sarchashmalar va mumtoz asarlarning o’rni beqiyos kattadir. Ayrimlari aytiJgan jihatlami nazarda tutib, biz ilk tajriba sifatida mazkur qo’llanmani yaratishga jazm etdik.
Taniqli adabiyotshunos olim, professor N. M. Mallayevning "o’zbek adabiyoti tarixi" (XVII asigacha , 1-kitob) darsligining oxiigi nashridan ham chorak asrdan ziyodroq davr o’tdi. Shunday gapni akademik VAAbdullayev va professor . K. Karimovlarning "o’zbek adabiyoti tarixi" (2-3-kitoblar) darsliklari haqida ham aytish mumkin. Mazkur darsliklarda, birinchidan, sho’ro mafkurasining "quyuq changi" o*z asoratini qoldirgan bo’lsa, ikkinchidan, ularning nusxalari kamayib, kamyob bo’Iib qoldi Bular oliy maktabda mumtoz adabiyotni o’qitish borasida bk qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotir, Bugun yozilayorgan ma'ruza matnlari ham zikri o’tgan bu boradagi talabalarimizning chanqoqligini yetarli darajada qondira olmaydi, albatta. Shulaiga ko*ra biz bu qo’llamnani yozishga kirishdik. Buning uchun bakalavrlar tayyorlashga mo’Ijallangan o’quv rejasidagi ma'ruza va amaliy mashg’ulot soatlari asos sifatida qabul qilindi. Shuningdek, o’rta umumiy ta'lim maktablarining yangi Dasturlariga tayanildi yoxud o’sha Dasturlardagi mavzulaiga alohida ahamiyat berildi. Shuni nazanda tutib, oHy va o’rta umumiy ta'lim maktablari Dasturlarida kuzatiladigan nomuvofiqliklarni hisobga olishga ham harakat qilindi. Qo’llanmani yaratishda mualliflar uchun istiqlol davri adabiyotshunosligi yutuqlari yo’lchi yulduz vazifasini o’tadi. Bizning dastlabki tajribamiz mahsuli bo’Igan qo’llanmaning kamchiliklardan xoli emasligi tabiiydir. Sizning xolisona fikr-mulohazalaringiz, beg’araz tanqidingizdan umidvormiz, muhtaram o’quvchi! Ular, shubhasiz, qo’Ilanmaning takomillashgan nusxalarini yaratishda bizga qo(I keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |