1.3. o’zbek mumtoz adabiyotining boshqa turdosh fanlar bilan aloqasi
Adabiyot boshqa fanlar singari borliqning sir-u sinoatlari, insonning ruhiy-ma'naviy olami kashfiyotlari haqida tasavvur beruvchi ilm tarmoqlaridan biridir. Bu jihatdan u boshqa faniarga juda yaqin turadi. Adabiyotning fan va boshqa san'at turlaridan jiddiy farqi esa uning ifoda uslubida ko’rinadi. Fanning tarmoqlari hayot, borliq, inson taqdiri bilan bog’liq jarayonlarni ma'lum kuzatish, izlanish, tajribalar hosilasi bo’Igan umumlashmalarga tayanib, ularni ilmiy uslubda umumlashtirsa, adabiyot o’sha murakkab jarayonlarni obrazli badiiy aks ettirish bilan shug’ullanadi. Obrazlilik badiiy uslub vositasida vujudga kelib, kishining ruhiy-manaviy olamiga ta'sir etadi. Shuning uchun adabiyot jamiyatdagi muayyan tabaqa, toifa, soha vakillariga mo’ljallanmay, ommaviylik kasb etadi.
Badiiy adabiyotning obraz yaratuvchi muhim quroli so’z bo’lganligi bois o’zbek mumtoz adabiyoti bevosita til tarixi bilan uzviy aloqadorlikda ish ko’radi. Muayyan davrda yaratilgan badiiy asar o’sha davr til xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi bilan bir qatorda, ijtimoiy-siyosiy voqelik, xalqning irfoniy-ilohiy kuzatishlari, falsafiy mushohadasi, dunyoqarashi, urf-odatlarini ham o’zida badiiy ifoda etadi. Bu jihatdan o’zbek mumtoz adabiyoti ilohiyot, tasawuf, tarix, falsafa, jug’rofiya, etnografiya (elshunoslik) singari fanlar bilan yaqin aloqada ish ko’rib, rivojlana boradi.
Badiiy adabiyot ilm-fan yutuqlaridan uzluksiz ravishda ijodiy istifoda etadi. Malikul-kalom Mavlono Lutfiy Shoshiy qalamiga mansub quyidagi bayt fikrimizning yorqin dalilidir:
Quyosh oydek yuzingning xijlatindin, Qochib, to’rtinchi ko*k uzra chiqibtur.
Baytda shoir ma'shuqa yuzini oyga tashbeh qilib, tashxis san'ati vositasida quyoshga insonga xos xususiyatlami ko’chiigan. Mazkur satriarda quyidagi mazmun o’z badiiy ifodasini topgan: Quyosh yorning oydek jamolidan xijolat chekadi va qochib to’rtinchi ko’kka chiqadi. Baytning yanada to’liq mazmunini tugal anglash uchun Mavlono Lutfiy davri nujum (yulduzshunoslik) ilmiga oid ba'zi ma'lumotlarga ega bo’lish ham talab etiladi. Sharq-u arbda keng tarqalgan geosentrik nazariyaga asosan Yer atrofidan boshqa sayyoralar aylanib turadi. Ularning bar biri Yerga nisbatan ma'lum uzoqlikda bo’Iib, y yetti qat osmon tushunchasini izohlashga asos bo’lgan. Chunonchi, Oy Yerga eng yaqin samoviy jism bo’lib, mazkur sayyora - birinchi, Utorid (Merkuriy)-ikkinchi, Zuhra (Venera, Nohid)-uchinchi, Quyosh-to’rtinchi, Mirrix (Mars)-beshinchi, Mushtariy (Yupiter)-o!tinchi, Zuhal (Saturn)-yettinchi falakda deb tushunilgan. Yer atrofidan y yetti sayyoraning yuqorida keltirilgan tartib asosida aylanishi mumtoz ijodkorlar, jumladan, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy va Alisher Navoiy asarlarida, shuningdek, y yetti qat osmon tushunchasi Qur'oni karimda ham uchraydi. Mavlono Lutfiy yuqoridagi misralarida ana o’sha har ikkala jihatni ham nazarda tutgan. Shoirbaytda Quyosh to’rtinchi falak sayyorasi deb unga aniqlik kiritmasa-da, shunga ishora qiladi. Zero, she'riyatning vazifasi sayyoralarning fazodagi o’rnini anglatish bo’lmay, balki ilmiy kashfiyotlarga tayangan holda go’zal manzaralar yaratish, hayotiy-falsafiy qarashlarni ifodalash va badiiy
rangni quyuqlashtirishdan iboratdir. Shunga ko’ra, quyosh yorning jamolidan xijolat chekib, tolrtinchi ko’k uzra chiqqan, - deya baytda husni ta'lil san'atining go’zal namunasi hosil qilingan.
Ko’rinadiki, badiiy adabiyot uchun faqatgina sohaning tor qonuniyatlari emas, balki barcha fanlarning yutuqlariga tayanib ish ko’rish badiiyatning zaruriy taqozosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |