Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov



Download 3,81 Mb.
bet8/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

1.4. o’zbek mumtoz adabiyoti tarixining taraqqiyot yo’li, davrlashtirish tamoyillari va u haqdagj bahs-u munozaralar
Ilm-fan, san'at va madaniyat rivqji bevosita davrning ijtimoiy-siyosiy voqeligi bilan chambarchas bog’liq. Adabiyot ham jamiyat taraqqiyoti qonunlariga vobasta harakatlanadi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy voqelik, fikrlar kurashini o’zida badiiy aks ettiradi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak, o’zbek mumtoz adabiyotini muayyan tarixiy jarayonlar asosida davrlashtirib o’iganish u haqda malum umumlashma-xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. Biroq adabiyot taraqqiyotining o’ziga xos qonuniyatlari inobatga olinmas ekan, bu xulosalar bir yoqlama mohiyat kasb etadi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy-estetik mohiyat kasb etishi, unga turli adabiy oqimlarning ta'siri, ular o’rtasidagi fikrlar kurashi, rang-barang va xilma-xil janrlar taraqqiyoti, muayyan davrda yaratilgan badiiy asarlarning til xususiyatlari hamda so’z san'atining boshqa tamoyillarini nazarda tutib o’zbek adabiyoti taraqqiyot jarayonlarini tarixiylik nuqtai nazaridan davrlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi.
o’zbek adabiyoti tarixini davrlashtirishda uni ba'zi podsholiklar, sulolalar nomlari bilan atash lozimligi haqida ham fikrlar bildirilgan. Biroq adabiyotning o’ziga xos taraqqiyot qonuniyatlari bunday qarashlarni to’la oqlamaydi. Adabiyotshunos N. M. Mallayev o’zining "o’zbek adabiyoti tarixi" kitobida o’zbek adabiyoti tarixini yuqorida qayd etilgan qamrovli tamoyillarga ko’ra 6 davrga bo’lib o’iganishni tavsiya etadi. Olim undagi ayrim bosqichlarni ichki bosqich - etaplarga bo’lib o’rganish mumkinligini ham e'tirof etgan. o’zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirishda N.Mallayevning fikrlariga tayanish mumkin. Chunki mazkur masalaga doir bahs-u munozaralar o’zining yetarli yechimini topmagan ekan, fanda qabul qilingan hukmron fikrga tayanish, uni o’quvchilarga taqdim etish pand bermaydi. Shu o’rinda
(dchik bir tahrirni e'tiboringizga havola qilishni lozim topdik. o’zbekiston mustaqilligi e'lon qilingach, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlari adabiyotini "Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti" tarzida atash tamoyilga kirdi. Biz ham bu o’rinda uni qabul qilishni ma'qul ko’rdik. Shunday qilib, o’zbek mumtoz adabiyotini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga bo’lib o’rganish maqsadga rrmvofiqdir:
l.Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. ;
2.X-XII asrlar adabiyoti.
3. XIII asr va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
4. XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot.
5. XVII asrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot.
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar qadim zamonlardan Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning mushtarak adabiy yodgorligi sanaladi. Shuningdek, X-XII asrlarda vujudga kelgan turkiy tildagi adabiyot ham faqat o’zbek xalqiga taalluqli bo’Imay, balki Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarning ham mushtarak ma'naviy boyligidir.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish