Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Eng qadimgi og’zaki adabiyot yodgorlildari



Download 3,81 Mb.
bet11/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

2.2. Eng qadimgi og’zaki adabiyot yodgorlildari
Dastlab og’zaki shaklda paydo bo’lgan badiiy ijod yozma adabiyotning vujudga kelishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Xalq og’zaki ijodiyotining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki#>Sk3>aratfigmr^^
qolmay og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga, davrdan-davrga o’tib, sayqallashib boradi. Shu yo’sinda badiiy ijod asarlarining turli variantlari vujudga keladi. Uzoq o’tmishda ajdodlarimiz tomonidan ijod etilgan badiiy so'z namunalarining ko’pchiligi tabiiyki unutilib yuboriJgan. Shunday bo’lishiga qaramay, ba'zi tarix kitoblari, ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar va boshqalar ilk og’zaki badiiy ijod haqida ma'lum taassurotlarni hosil qilishimizga asos beradi. Bular Gerodot, Kteziy, Polien, Xores Mitilenskiy kabilarning tarixiy asarlari, shuningdek, o’rta asr tarixchilari Hamza Isfahoniy, Tabariy, Ma'sudiy, Beruniy, Saolibiy, Baramiylarning ilmiy, tarixiy kitoblari va tazkiralaridir. Mazkur tarixiy-ilmiy asarlarda xalq og’zaki ijodi ayrim namunalarining mazmuni hikoya qilingan bo’Isa, ba'zilaridan ayrim parchalar keltirilgan. Bulardan tashqari, «Avesto», «Bexustun», «Bundaxshin», «Denkard» singari yozma yodgorliklardan ham qadimgi folklor namunalari o’rin olgan. Mashhur tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining qo’shiq, lirik she'r, maqol kabi janrlaridan namunalar keltiriladi. Qadimgi mif va afsonalar Firdavsiyning «Shohnoma»sida qayta ishlandi. Arab tilida yirik tazkira yaratgan Abu Mansur as-Saolibiyning "Yatimat-ad dahr" asarida (961-1038) o’sha qadimiy madaniy obidalarning namunalari keltirilgan. To’Ia nomi «Yatimat ad-dahr fi maxosin ahl al-asr» («Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi») bo’lgan bu tazkiraning Qohira nashri 1801 sahifani tashkil etadi. Tazkira to’rt qismdan tarkib topadi. Uning oxiigi fasli o’rta Osiyoda nash'u namo topgan ijod ahliga bag’ishlangan bo’lib, ular 124 adibdir. Shulardan 48 nafari Buxoro farzandlari hisoblanadi, Buxorolik qalamkashlar zamona zayli bilan o’z asarlarini yo arab tilida yozishgan yoxud .mavjud adabiy yaratmalarni arabchaga o’girish bilan shug’ullanishgan, Tabiiyki, tarjima uchun tanlangan asarlar qatorida xalq donishmandlik xazinasining noyob namunalari ham bor edi. Og’zaki ijod obidalarini yozma badiiy adabiyotga olib kirish jarayoni mumtoz adabiyotimizning aksariyat yirik hajmli asarlarida o’z ifodasini topib, takomillashgan. Ayniqsa, ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy «Xamsa»si tarkibidan joy olgan dostonlanda bunday noyob adabiy hodisa namunalarini ko’plab uchratishimiz mumkin...
Bizgacha yetib kelgan qadimgi xalq og’zaki ijodi namunalari miflar, afsonalar, qo’shiqlar, lirik she'rlar, qahramonlik eposlari va boshqa shakldagi adabiy asarlardan iboratdir.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish