2.2.1. Mif va afsonalar
Tabiatning mo’jizaviy siru sinoatlari oldida juda ojiz qolgan ibtidoiy odamlar tabiiy hodisalar: chaqmoq chaqishi, dovul, suv toshqini, zilzila kabilardan dahshatga tushishgan, ularning kelib chiqishi, mohiyatini yetarli darajada anglashmagan. Ular osmon, yer, oy, quyosh kabilarni jonli narsalar sifatida tasawur qilishgan. Shu bois kishilaiga ofat keltiruvchi kuchlar (dushman)dan xalos bo’lish uchun ezgulik kuchlari - (do’st)dan madad so’rashgan, ularga topingan, ayrim hayvonlarni muqaddas deb bilishgan. Qadiragi kishilar ezgulik kuchlarini xudolar, ruhlar; yomonlik kuchlarini esa devlar, jinlar tarzida tasavvurlarida gavdalantirishgan. Shu tariqa olamning tuzilishi, uning mohiyatJ, tabiiy hodisalarning vujudga kelish sabablari xususidagi ibtidoiy odamlarning xayoliy tasawurlari mahsuli- miflar paydo bo’lgan.
Mif grekcha atama hisoblanib, so’z, rivoyatdan olingan bo’lib, dunyoning paydo bo’lishi, tabiat hodisalari, xudolar va pahlavonlar haqidagi to’qima afsonalardir. Mazkur miflar ibtidoiy odamlarning ezgulik bobidagi shirin niyatlarini o’zida badiiy ifoda etgan, ulaiga ruhan dalda bergan, doimo g’alabalar sari undagan. Baxt va baxtsizlik o’lkasi qahramonlari o’rtasidagi keskin kurash miflarning asosiy ziddiyati (konflikti) va mavzui sanaladi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» va boshqa ilohiy kitoblarda mohiyat e'tibori bilan shunday mavzularga uyg’un ohanglar nazarga tashlanadi.
«Avesto», shuningdek, «Bundaxshin»da aytilishicha, ikki olam: yaxshilik va yomonlik olami bor. Yaxshilik olamiga Ahura Mazda (Hurmuz), yomonlik olamiga Angra Manyu (Axriman) boshchilik qiladi. Go’yo 3000 yil mobaynida bu ikki olam bir-biri bilan to’qnashmagan, olishmagan. Yaxshilik va nur olamidan xabar topgan Axriman unga qarshi kurash ochmoqchi bo’ladi. Hurmuz bu kurashning oldini olib, ikkinchi uch ming yillikda osmon, suv, yer, o’simlik, hayvonlar kabi mavjudotlarni hamda birinchi insonni yaratadi. o’sha davrda zulm ham, kasallik va o’lim ham bo’lmagan ekan. Shundan so’ng uchinchi davr (6000-8999) - kurash davri boshlanadi, Yer yuzi turli kuchlarning to’qnashuv maydoniga aylanadi. Axriman birinchi insonni o’ldirsa hatn, kishilik urug’ini butunlay yo’qotib yuborolmaydi. To’rtinchi davr (9000-11999) da yaxshilik va nur kuclilari yomonlik va zulmat ustidan g’alaba qozonadi. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasida shafqatsiz kurash
manzaralari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp, Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan (MaUayev N. o’zbek adabiyoi tarixi. Toshkent: "o’qituvchi", 1976, 43-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |