Bog'liq portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI
"Shoh Abulg’oziy saodat axtari Sulton Husayn, Kim, quyoshni zarra der ko’rgan sipehri hashmatin"(5. 481). Yuqorida keltirilgan ayrim lavhalardan ko’rinadiki, Samarqandda yashayotgan ulug’ shoir Xuroson davlati atrofida sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o’ta sinchkovlik bilan kuzatarkan, maktabdosh do’stining ulug’ g’alabasiga katta ishonch bilan qaragan. Ayni kurashlarning intixosi tahniyat marosimiga olib kelishi muqarrarligi avliyosifat shoirga tobora ayonlashib qolgan. U «Sayqali ro’yi zamin» Samarqandda «Hiloliya»day go’zal asarni bunyodga keltirish uchun puxta hozirlik ko’rgan. Nihoyat, 1469 yil navro’zi arafasida Amir Shayxim Suhayliyning «Iydiya» va Alisher Navoiyning «Hiloliya» qasidalari yaratiladi. «Iydiya» forsiyda, «Hiloliya» turkiyda ibratli ijodiy hamkorlikning dilbar namunasi sifatida ro’shnolik ko’radi. Ta'kidlash joiz, garchi «Hiloliya» ulug’ shoirning yagona turkiy qasidasi bo’lsa-da, biroq unda qo’llangan mutlaqo yangi uslubiy jilo, teran falsafiy mazmun, betakror san'atkorlik tufayli shunday yuksak mahorat pag’onasiga ko’tarilganki, ayni she'riy janrda bunyod qilingan o’nlab she'rlar bilan bemalol raqobat qila olish qudratiga egadir.
Qasidada Sulton Husayn Boyqaro tarixiy shaxslikdan badiiy asar qahramoni darajasiga ko’tarilib, juda zo’r ehtiros bilan madh qilinadi. Shoh saodat yulduzi yanglig' porloqdir. Uning ulug’vorligi nazdida quyosh bir zarra bo’lib ko’rinadi. Shu tariqa ulug’ shoir hukmdorni samoviy jismlar timsollaridan foydalangan holda uning o’ta mubolag’aviy badiiy tasvirini chizishga erishadi. Alisher Navoiy «Hiloliya»da o’zi orzu qilgan shoh timsolini Husayn Boyqaro qiyofasida ko’rsatishga harakat qiladi. Shoir nazarida mazkur hukmdor shohlar darveshi-yu darveshlar shohidir. U suratini shoh, siyratini darvesh maqomida tutganligi uchun ham yuksak ehtiromga loyiq zotdir. Shunday tantanavorlik, ko’tarinki kayfitni o’zida aks ettirgan misralar va yuqorida ko’chirilgan maqta' noyob badiiy mahorat namunasi bo’lgan qasidaga yakun yasaydi.
Alisher Navoiyning ikki turkum qasidalari ham ana shunday ehtirosii baytlardan tarkib topgan. «Sittai zaruriya»dagi badiiyat namunalari falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta'limiy mohit kasb etib, ular Anvariy, Xusrav Dehlaviy, Xoqoniy Shervoniy, Abdurahmon Jomiy va Sharqning boshqa buyuk shoirlarining qasidalariga tatabbu' sifatida yaratilgandir.
«Sittai zaruriya» tarkibidagi uchinchi forsiy qasida «Tuhfat ul-afkor» bo’lib, Amir Xusrav Dehlaviyning «Daryoi abror», Nuriddin Abdurahmon Jomiyning «Lujjat ul~asroi» asarlari ta'sirida dunyoga kelgan. Alisher Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin» asarida mazkur qasidaning yaratilishi tarixiga doir qiziqarli iavhalar keltiradi. Xuroson davlatioing vaziri a'zami lavozimida faoliyat ko’rsatayotgan ulug’ shoir Marvga qilishi lozim bo’lgan rasmiy safari oldidan (1476-yilda) Maxdumi Nuran ziyoratiga kiradi. Suhbat jarayonida Abdurahmon Jomiy «Lujjat ul-asror» qasidasini Alisher Navoiyga beradi. Ulug’ o’zbek shoirining o’z taklifi bilan Amir Xusrav Dehlaviy «Daryoi abroi^iga javobiya tarzida yozilgan bu qasida unga (Alisher Navoiyga) favqulotda ta'sir etadi va shu tabarruk dargohda ushbu she'rga tatabbu' qiljsh niyati tug’iladi. Nihoyat, Hirot - Marv safari davomida, ot ustida to’qson to’qqiz baytdan iborat shoh qasida «Tuhfat ul-afkor» dunyoga keladi. Asar chindan ham jo’shqin ilhom, ulkan ehtiros va zavqning mahsulidir. Mulohazalarimiz muallaq qolmasin uchun o’sha dilbar qasidaning shoh baytlaridan birini nazardan o’tkazaylik: