Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Necha dedim ul sanamg’a bormag’in



Download 3,81 Mb.
bet90/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Necha dedim ul sanamg’a bormag’in,
Qilmadi ul tark oxir bormog’in.
Munchalik xudroylik ko’rgazdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab barmog’in (5, 519). Tuyuqning ilk bayti she'r qahramoni va uning sevgilisi orasidagi o’zaro bahslashuv, kelishmovchilikka o’xshash bir mayl tasviri asosida qurilgan. Unda oshiqning maslahat-u fikrlariga qaysarlik bilan munosabatda bo’luvchi ma'shuqaning sarkashlik xususiyatlari badiiy tajassumini topgan. Dastlabki misra ishqda sobir, sadoqatli oshiqning o’tinch-u pandlari ifodasidan iborat: «Necha dedim ul sanamg’a bormag’in». She'rxonda haqli bir savol paydo bo’Iadi: Ma'shuqa qayerga bormoqchi-yu, rashk olovida yongan oshiq uni o’sha yo’ldan to’xtatmoqchi? Misra tajohuli orif sarfati asosida qurilgan. Go’yo ma'shuqa ag’yoi^a peshvoz chiqmoqchi, biroq uning bunday niyati, tabiiyki, oshiqqa ma'qul emas va shu bois u yuragini qon qilib, sevgilisini o’sha harakatdan qaytarishga urinib ko’radi, Biroq ma'shuqa uning pandlarini nazarga ilmaydi oshiqnlng mahbubasi o’jarligidan shikoyati keyingi misrada oshkora aytiladi: «Qilmadi ul tark oxir bormog’in.» Tuyuqning keyingi baytida aql timsolidan juda o’rinli istifoda etilganligiga guvoh bo’lamiz. Seviklining bunchalik o’jarlik qilganini ko'rgan «aql hayratdan barmog’ini tishlaydi». So’nggi misradagi qofiyadosh so’z -xbarmog’ini* ma'nosini ifodalab kelgan. Ayni paytda ushbu satrdagi «barmog’ini tishlab» iborasi kuchli hayratlanish ma'nosini anglatadi. Mazkur iboraning aql bilan yonma-yon mtilishi va aql timsolining jonlantirish badiiy tasviriy vositasini hosil qilishi misralarda go’zal manzaralarning gavdalanishi uchuti zamin hozirlagan, Yuqorida zikri o’tgan adabiy san'atlar qatoriga iyhomning qo’shilishi she'r nazokatini shoyon qilish va muallif yuksak mahoratini ko^rsatishga xizmat qilgan. Shunday qilib, ulug’ shoirtuyuq ijod etishda faqatgina tajnisli so’zIaraing turli ma'no qiiralaridan foydalanibgina qolmay, bunday janrdagi asarlarida nihoyatda topqirlik bilan qo’llangan tamsil-u qayroqi iboralarning mazmun-mohiyatiga tayanib, mazkur adabiy shaklning mumtoz namunalarini ijod etdi, desa mubolag’a bo’lmaydi.
Alisher Navoiy she'riy merosining yana bir namunasi chiston (lug’z)lardir. Adabiy istiloh sifatida «lug’z» arab adabiyotida, «chiston» esa fors-tojik adabiyotida keng qo’llanilgan. Turkiy adabiyotda esa bu atamalar bir-birining ma'nodoshi bo’lganligi bois nazmiy topishmoq tarzida yozilgan asarlarni nomlashda ikkalasidan ham foydalanilgan. o’zbek xalq og’zaki ijodida topishmoq janrining ko’plab she'riy va

nasriy shaklda ijod etilgan namunalari uchraydi. Ularning aksariyati istiora (metafora)li topishmoqlardir. Bu adabiyjanrning vujudga kelishida istiora badiiy san'atining ulushi nihoyatda kattadir. Istiora ko’chimning bir turi bo’lib, uning talabiga ko’ra badiiy asarda o’xshagan narsa (mushabbih) o’rnida o’xshatilgan narsa (mushabbihun bih) yoki o’xshagan narsaning ba'zi xususiyatlari qo’llanadi. Natijada she'rxonning zehnini imtihon qiluvchi topishmoq, o’zbek mumtoz adabiyotidagi chiston (lug’z) janri ijod etiladi. Alisher Navoiyning «Badoyi' ul-vasat» devonidan o’rin olgan o’nta lug’z ham mana shu usulda yaratilgan bo*Iib, ular: qalam, tanga, igna, miqroz (qaychi), o’q, anor, bel, yumurtqa (tuxum), poki (ustara) parvona singari to’qqiz narsa-buyum va bir hasharot (parvona)ga bag’ishlangan.


Lug’z va chiston so’zlari she'rning mazmuniga nisbatan qo’llangan adabiy istilohdir. Ulug* shoir chistonlarining barchasi qifa shaklida ijod etilganligi fikrimizni quwatlantiradi. Alisher Navoiyning lug’z ijod etishdagi mahorati hamda ushbu janrning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishish maqsadida shoirning «miqroz» («qaychi») nomi yashiringan chistonini tahlil jarayoniga tortamiz:
Ne qushlar erkin alarkim, birardurur qanoti, Qanotining uchida har birisiga minqor. Biror ayog’lari ham bor-u turfaroq hukitn, Ayog’ uchida biror ko’z ham ettilar izhor. Qachon ayog’larin almashtururlar, ul soat Qanot urarg’a bo’lurlar tuyurdek tayyor. Qanot ko’p urmoq ila qari ucharlari yo’q, Ucharda garchi qaridur alarg*a istizhor (5. 510). Yuqoridagi she'rning birinchi baytida chiston bag’rida «yashiringan» ashyo qushga o’xshatiladi. Keyin esa uning shakli turli o’xshatilmishlari qiyosida tasvirlanadi. Matn bilan to’liq tanishgan o’quvchi baytlardagi bir-birini to’ldirlb boruvchi o’xshatilganlarning nomi satrlarda sir saqlangan narsa bilan o’xshash jihatlarini xayolida gavdalantira boradi. Jumladan, bu qushlarning qanoti «birardurur» so’zi bilan izohlanishi qaychining matoning kesadigan qismlari bir-biri bilan jipslashib qolganiga ishoradir. Aslida ularning ikkita ekanligi «Qanotin uchida har birisiga minqor» misrasida ifoda etilgan. Minqor-tumshuq bo’lib, qaychining uchlari shakliy o’xshashlik asosida qushning tumshug’iga qiyoslanadi. Qizig’i shundaki, bu qushning har bir qanotida bittadan tumshug’i bor. Shunday qilib, o’xshatilmishlar vositasida qaychining
o’quvchi tasawur qilishi mumkin bo’lgan bir qismi to’la tasvirlanadi Qaychining ikkinchi qismini lug’zda ifoda etish uchun o’xshatilgar qushning oyoqlari hamda ko’z timsollaridan foydalaniladi. Chistonds nomi yashiringan qush, ya'ni qaychining oyoqlari ham o’zgacha ulaming turfaligi shundaki, qushning oyoqlari uchida uning bittadar ko’zlari ham boriigi zuhur etib turadi. Ayonlashadiki, qushning oyoqlar qaychining kishi tomonidan tutiladigan qismini, ko’zlari esa barmoqlaj o’tkaziladigan teshiklarni anglatadi. Bu bilan shoir istiora badiiy san'ati asosida qaychining suratini tola chizishga muvaffaq bo’ladi. Endigi navbal uning xususiyatlari bayoniga yetadi. Lug’zning uchinchi va to’rtinchi baytlari ana shu xususiyatlar bayoniga bag’ishlangan. Ularda tasvirlanishicha, bu qush qachon oyoqlarini almashtirsa, xuddi qanot qoqib uchishga tayyorlanganday tuyuladi. Qushning parvoz qijishiga garchi «qari» (qo'1 uchlarijunga homiylik qilsa ham, u har qancha qanot qoqmasin, baribir, «bir qari» (qo'1 uchidan tirsakkacha bo’lgan masofa) ham ucholmaydi. Bu bilan shoir qaychi qismlarining ochib-yopilishi qo’ilar ishtirokida amalga oshirilishiga ishora qiladi. Natijada lug’z bag’rida yashiringan narsaning nomi miqroz (qaychi) ekanligi zehni o’tkir o’quvchiga ayonlashib qoladi. Aiisher Navoiy sohir qalami mahsuli bo’lgan boshqa lug’zlari ham she'rxonni mantiqiy fikrlashga undashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish