Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Xayli ushshoqki, mardud yetting, a Bonnen ul xaylda men ham go’yo. > Dudi oh ichra qora kiymishlar, f Bo’ldi ishq ahliga motam go’yo



Download 3,81 Mb.
bet86/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Xayli ushshoqki, mardud yetting, a Bonnen ul xaylda men ham go’yo. > Dudi oh ichra qora kiymishlar, f Bo’ldi ishq ahliga motam go’yo.
azalning ikkinchi baytida alamzada oshiqning ginaxonligi davom etadi. U o’zining oshiqlar to’dasidan haydalganligidan shikoyat qiladi. Uchinchi baytda she'r qahramonining ichki kechinmalari yanada chuqurlashadi. Hijron iztiroblari ushshoqqa qora libos kiydiradi. Ular motam libosida. Ulug' shoir o’quvchini hayratga soladigan manzara tasvirini chizadi. Aslida oshiqlar libosining qoraligi motam tufayli emas. Ular o’zlari tortgan so’ngsiz ohlarning dudiga bo’yalib, shu qiyofaga kirdilar. o’ta mubolag’a san'ati muallif muddaosini io’yobga chiqarishda qo'l kelgan. Ayiii lavhalar tasviridagi voqealar makoniga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. Ulug* shoirning chizgilari muayyanlikdan mavhumlikka, yeroan samoga qarab yuz tuta boshlaydi. Mo’ridan oqib chiqqan tutun samoga o’rlaydi va osmonni qoplaydi, falakdagi yog’du zulmat ichra yo’qola boradi. Yuzaga kelgan bunday ajib manzara yer yuzasida yurgan insonlar uchun ham izsiz ketmaydi. Katta tutun barcha narsani o’z domiga tortgani va qoraga bo’yagani uchun ham ular qorayib ko’zga tashlanadi. Radif bo’lib kelgan «go'yo» o’z vazifasini o’tay boshlaydi. Zulmatga hatnrang qiyofadagilarning dilini hijron uqubatlari xufton qiladi. Ular go’yo motam libosiga burkanganJar. To’rtinchi baytda yer go’zali va tasavwurdagina namoyon bo’luvchi afsonaviy hur-parilar yonma-yon qo’yiladi: Buki devona ko’ngil sevdi pari, Bevafodur bani Odam o’o^


Ya'ni ul sahro giyohi bor emish xunbor tiyg’. Olam ahli qatlini bir damda qilsang orzu, Yuzdin ol burqa'ni, qindin chekmagil zinhor tiyg*. Nazm mulkin til chekib olmish Navoiy uylakim, Cheksa olamm olur shohi falak miqdor tiyg*. (3, 246-247). Yyetti baytdan tarkib topuvchi g’azalda «tiyg’» (qilich) radif bo’Iib kelgan. «Dildor», «izhor», «bisyor», «ozor», «nokor», «xunbor», «zinhor», «miqdor» esa g’azalning qofiyadosh so’zlaridir. Radif va qofiyadosh so’zlar o’rtasida zich mantiqiy aloqadorlik mavjud. Shoir mustaqil baytlardan tuzilgan g’azallar «beradigan» imkoniyatdan mahorat bilan foydalangan. Mazkur g’azal g’oyavtiy yo'nalishiga ko’ra oshiqona. Boshdan aytib qo’yaylik, g’azaldagi ishq talqinida omextalik balandroq. Ba'zan majoziylik, gohida haqiqiy-ilohiylik ustun keladi. Satrlarda mantiq va manzaralarga murojaat nuqtai nazaridan tez-tez yer-u samo bog’lanib turadi. Bunday jarayon tasvirlanayotgan voqealarning holati ruhiyasidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Shunday gapni misralarda ifodalangan ranglar jilosi tanosubi xususida ham aytish joizdir. Mazmun rishtasining bir uchi "lolagun" va «Iolazor»dan boshlanadi. Shunday misralarda lola tusi qizil rang va qpn o’rin almashtirib turadi. Tazod san'ati she'r voqealari ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. She'ming tayanch qahramoni-oshiq. Barcha «saiguzashtlar» uning tilidan hikoya qilinadi. Matladayoq mubolag’a san'ati ishga solingan. Tiyg’ damidagi qon yuqi lola rangida. Uni oshiqning qon yoshlari bo’yagan. Oshiq talqinidagi manzara sal boshqacha tus oladi. Go’yo ma'shuqa oshiqni o’ldirmoq uchun tiyg’ ko’targan va qilich uning badaniga tegib ketishidan jarohat hosil bo’lib, dam (qilich) qonga bo’yalgan. Oshiq gumonlarini davom etadi: Yo’q, ko’p tiyg’lar ishga tushgan, balo tog’day yuksalgan va balanddan oqqan qon yer yuzini qoplaganki, u lolazorni eslatadi... Shu tariqa «ishq dashti» manzaralari xususiylikdan (juz'iydan) umumiylikka (kullga) o’sib boradi, yer-u osmonni bir-biriga ulaydi... Xotimada kichik bir ishora bilan she'riyat va jamiyatdagi ko’rinishlar qiyoslanadi. Nazm dunyosida tiyg’ vazifasini til va tafakkur ado etadi. Ana o’sha bir-biriga uzviy aloqadoromillaroqilona ishga solinsa, olam guliston, kishvar sizning tasarrufingizda... Shohning yo’rig’i boshqacha, u kishvarni olish uchun son-sanoqsiz tiyg'larni ishga solishi muqarrar... Albatta, biz ayrimlarini bayon qilganimiz talqinlar she'riy qatorlarning zohiriy ma'nolari xolos. Tabiiyki, har bir so’z, ishora, majoz-u tashbeh o’z tag ma'nolariga ega. Ularni uzoq sharhlashdan
tiyilgani holda, aniq muddaoni dadil aytish mumkin. Til ham tiyg’, uning vazifasini «so'z Jashkari» qonsiz uddalay oladi. Aql-u farosat ishga tushsa, olam tabiiy lolazor tusiga kirgusidir...
Alisher Navoiy g’azallarining bosh qahramoni, shubhasiz, shoirning o’zidir. Ularda muallifning ichki tug’yonlari, ruhiy iztiroblari-yu quvonchlari, tarfimai holiga oid qaydlar uchraydi. Shuningdek, shoir g’azaliyotidagi boshqa obrazlar: ma'shuqa, slioh, darvesh, shayx, zohid, orif, rind, soqiy, raqib kabi rang-barang badiiy timsollar asardagi yetakchi g’oyani she'rxonga teran yetkazish uchun buyuk tafakkur sohibining taxayyul olamidan she'rga ko’chadi hamda uning badiiy salohiyati yuksak g’azallarning vujudga kelishini ta'min etadi.

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish